2-mutaxassislikka qabul.
2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, 2025-yilda ikkinchi mutaxassislikka qabul jarayoni 10-iyuldan 10-avgustga qadar davom etadi. Ushbu qabul faqat onlayn shaklda amalga oshiriladi. Nomzodlar o‘z hujjatlarini maxsus platforma orqali topshiradilar.
2-mutaxassislik bo‘yicha o‘qish shartlari.
-
Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
-
O‘qish shakli odatda kunduzgi kechki yoki masofaviy ta’lim (sirtqi ta’lim yopilganini ma’lum qilingan edi) tarzida bo‘ladi.
-
Qabulda ishtirok etish uchun abituriyentda avvalgi oliy ma’lumot to‘g‘risida diplom bo‘lishi majburiy.
2-mutaxassislikka qabul qilish jarayoni soddalashtirilgan va onlayn shaklda amalga oshirilmoqda. Ariza topshirish jarayonida hujjatlarni tayyorlab, platforma orqali tizimli tarzda topshirish kifoya. O‘qishni davom ettirish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun bu yaxshi imkoniyatdir.
Tavsiya etamiz: Endi davlat granti o‘rinlari eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar tanlovi asosida belgilanadi














