Abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball berish tartibi. Hukumat qarori (12.10.2020, №646)ga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan.
Tavsiya etamiz : Abituriyent yangiliklari
Bunda:
2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida):
Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda abituriyentlarga test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;
Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.
Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.
2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga (Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan):
A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;
B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.
Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.
Tavsiya etamiz : Abituriyent yangiliklari