Bosh sahifa Abituriyentlarga Ikkinchi mutaxassislik uchun qabul boshlandi

Ikkinchi mutaxassislik uchun qabul boshlandi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlumotiga koʼra, Ikkinchi mutaxassislik uchun qabul qabul my.edu.uz platformasida 10 iyuldan 10 avgustgacha davom etadi.

Kerakli hujjatlar

1. Fuqarolik pasporti yoki ID karta
2. Bakalavriat bosqichini tamomlaganligi to’g’risidagi diplom ma’lumotlari
3. Xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

Arizani topshirish va qabul qilish bosqichlari

Tizimdan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza topshirish

Tizimdan telefon raqamingiz orqali ro‘yxatdan o‘ting va shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘ldiring hamda ariza qoldiring! Ikkinchi mutaxassislik qabul

Diplom ma’lumotlarini kiritish

Diplom ma’lumotlar abituriyentning bitirgan oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlanadi.

Arizani qabul qilish

Oliy ta’lim muassasasi tomonidan abituriyentning arizasi ko’rib chiqiladi hamda tasdiqlanadi.

Qabul 10 iyuldan 30 iyulgacha davom etadi.