20-30-yillar O’zbekiston iqtisodi va uning Markazga qaramligi.

0
 20-30-yillar O’zbekiston iqtisodi va uning Markazga qaramligi.

 20-30-yillar O’zbekiston iqtisodi va uning Markazga qaramligi.

20-30-yillar O’zbekiston iqtisodi va uning Markazga qaramligi.

20-30-yillar O’zbekiston iqtisodi va uning Markazga qaramligi. 20-yillarning boshlarida joriy  etilgan yangi iqtisodiy siyosat O’zbekistonning ham iqtisodiyotida jonlanishga olib keldi. Lekin 20- yillarning oxirida bu siyosat o’zining mohiyatini yo’qota boshladi va 1929 yilda batamom bekor qilindi.  Erkin  savdo,  xususiy  tadbirkorlikka  chek  qo’yildi.  Qishloq  xo’jalik  maxsulotlarining  xarid  narxi  tushirilishi oziq-ovqat muammosini keltirib chiqardi, dehqonlar qashshoqlashdi.

O’zbekistonda sovet hokimiyatini mustahkamlashning zaruriy sharti sifatida industriyalashtirish  siyosatini amalga oshirish boshlandi. Sanoati qoloq, malakali ishchi kadrlari, mutaxassislari deyarli yo’q,  og’ir sanoatni rivojlantirish tajribasi yo’q o’lkada industriyalashtirish og’ir kechdi. Shu bahona malakali  ishchilar,  muhandis-texnik xodimlarni  Rossiyaning  markaziy  hududlaridan  ko’chirib  keltirildi.  Faqat  1931  yilning o’zida  ko’chirib  keltirilganlar  15.000  nafarni  tashkil  qildi.  Oqibatda  1926-1939  yillari  O’zbekiston aholisi 37 foizga ko’paygan bo’lsa, yevropaliklar soni 62 foizga oshdi.

Industriyalashtirishning dastlabki paytida kichik suv elektrostansiyalari hamda qishloq xo’jaligiga,  paxtachilikka  qaratilgan  xom-ashyoni  qayta  ishlash  korxonalari  qurilib ishga  tushirildi.  Chirchiqdagi  GESlar, Toshkent tikuvchilik, poyafzal, tamaki, Farg’ona to’qimachilik, Samarqand va Marg’ilondagi  ipak  fabrikalari  shular  jumlasidandir.  30-yillarda  Toshkent  to’qimachilik  kombinati,  qishloq  xo’jalik  mashinasozlik zavodi, Chirchiq ximiya kombinati va boshqa ko’plab yirik korxonalar ishga tushirildi. 30- yillar oxirida respublikada 1445 ta har xil sanoat korxonalari mavjud bo’lib, bularda 142 ming ishchi  mehnat qilar edi.

Sovetlarning «o’z kuchimiz bilan qisqa muddatda» deb olib borgan industriyalashtirish siyosati  O’zbekiston uchun g’oyat og’ir kechdi. Markaz respublikamizning yer osti va yer usti qazilma boyliklari, xom-ashyo  manbalarini  talon-taroj  qilib,  arzon  ishchi  kuchidan foydalanib,  o’lkadan mumkin  qadar  ko’proq  foyda  olish  harakatida  bo’ldi.  Bu  siyosat ayniqsa  millionlab  ehqonlar  hisobidan  amalga  oshirildi. Chunki qishloqda zo’rlik bilan olib borilgan jamoalashtirish siyosati g’arazli maqsad uchun juda  ham qo’l keldi.

1930 yilning boshlaridan yoppasiga jamoalashtirish harakati boshlanib, katta yer egalari, o’rta hol  dehqonlar va kambag’allarning yerlari jamoa xo’jaliklariga birlashtirildi, ularning qo’llaridagi ot-ulov,  mehnat  vositalari,  chorva  mollari  ham  majburiy  umumlashtirildi. Davlat,  jamoa  xo’jaliklari  orqali  rejalashtirilgan yo’l bilan mehnatkash dehqonlar oladigan hosilning deyarli barchasini yig’ib oladigan  bo’ldi.  Buning  natijasida  dehqonlar xo’jaligi xonavayron  bo’ldi.  30-yillar  boshlarida  yuz  bergan  ocharchilik, uning oqibatida minglab kishilarning qirilib ketishi, aholining haligacha qishloq xo’jalik  mahsulotlariga yolchimay kelishi-o’sha  davr  ko’r  ko’rona  siyosatining  natijasi  bo’ldi. Ommaviy  jamoalashtirishga suyanib, badavlat xo’jaliklar,  ayrim o’rtahol dehqonlardan 5,5 mingdan ortig’i o’z  oilasi bilan uzoq o’lkalarga surgun qilindi. Bu bilan sovet davlati qishloq aholisining bosh ko’tarishga  qodir, vaziyatni tushunadigan qismini yo’q qilib, talonchilik siyosatini osonlashtirdi.

O’z-o’zidan ravshanki, jamoalashtirish siyosati natijasida qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi  pasayib,  moddiy  manfaatdorlik  yo’qoldi,  qishloq  aholisi  qashshoqlashdi, dehqonni  ekspluatatsiya  qilishning birdan-bir takomillashgan uslubi kashf etildi.

Hatto xalqimizning qadim an’anasi hashar ham ekspluatatsiya quroliga aylantirildi. 1939 yilda  qazilgan Katta Farg’ona kanali bir tomondan, xalqimizning mehnat jasorati, ikkinchi tomondan xalqni  ezishning  sovetcha  ko’rinishi  bo’lgan  desak  xato  qilmaymiz. O’zbekistonda  paxta  yakkahokimligini  kuchaytirish yo’li bilan SSSR paxta mustaqilligiga erishdi.

1941  yil  22  iyun  kuni  gitlerchilar  Germaniyasining  SSSRga  to’satdan  qilgan  hujumi o’zbek  xalqining ham tinchini buzib, qalbini nafratga to’ldirdi. O’tkazilgan miting va yig’ilishlarda ariza bergan  ko’ngillilar soni dastlabki oylardayoq 32 mingdan ko’proqni tashkil etdi.

Front  orqasini  mustahkamlash,  xalq  xo’jaligini  qayta  qurib,  harbiy  izga  tushirish mamlakatni  yagona  harbiy  lagerga  aylantirishga  doir  umumiy  dasturning  eng  muhim tarkibiy  qismi  bo’ldi.  Bu  dasturni amalga oshirishda O’zbekiston qizil Armiyaning front orqasidagi mustahkam bazasiga aylandi.  O’zbekiston g’arbdan keltirilgan 100tadan ortiq korxonalarni qabul qilib oldi va bu zavodlar xalqimizning  fidokorona mehnati bilan qisqa vaqt ichida mahsulot bera boshladi. «Rostselmash», «Krasnыy Aksoy»,  «Moskva», «Pod’yemnik» va «Elektrostanok» zavodlari shular jumlasidandir. «Tashsel-mash» zavodi,  Chirchiq elektrokimyo zavodi va boshqa respublika sanoati korxonalari ham front ehtiyoji uchun ishlay  boshladi.

O’rta Osiyo va Qozog’iston respublikalari aholisi va moddiy resurslarini safarbar qilish va jangovar  tayyor holga keltirishda O’rta Osiyo harbiy okrugi muhim rol o’ynadi. Bir yarim yil ichida bu okrug 110  qo’shilma tuzdi. O’zbekiston mehnatkashlari milliy harbiy qo’shilma tuzish tashabbusi bilan chiqdilar.  1941 yil noyabridan 1942 yil martigacha O’zbekistonda 14 ta milliy brigada, jumladan, 9 ta alohida  o’qchi brigada, 5ta otliq diviziya tuzildi. Urush yillarida bir million to’rt yuz ming o’zbekistonliklar  frontlarda jang qildilar. Ulardan to’rt yuz ellik ming kishi qaytib kelmagan. Urushning dastlabki kunlarida  Respublika mudofaa fondiga 30 mln. so’m miqdorida pul to’plandi. Qisqa vaqt ichida O’zbekiston xalq  xo’jaligi harbiy izga o’tkazildi. Butun xalq, jamiiyki moddiy resurslar vatan himoyasiga sarf qilindi.

Sobir  Rahimov,  Mamadali  Topivoldiyev,  R. Abzalov,  O. Rahimov,  Xalloq  Aminov, Qo’chg’or  Turdiyev, Nazar Rajabov kabi o’zbekistonliklar jangovor jasoratlari uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni  unvoniga sazovor bo’lgan bo’lsalar, butun O’zbekiston ahli xalq xo’jaligi mehnat frontida yuksak jasorat  namunalarini  ko’rsatdilar.  280  dan  ortiq  o’zbekistonliklar  frontdagi  jasoratlari  uchun  Sovet  Ittifoqi  Qahramoni unvoniga, minglab jangchilarimiz esa urush yillari ta’sis etilgan orden va medallarga o’z  jasurliklari sababli sazovor bo’ldilar.

Mamlakatning  turli  rayonlaridan  ko’chirib  keltirilgan  aholini  O’zbekistonda  hurmat-e’tibor  va  Qamxo’rlik bilan kutib olindi. Bu yerga bir millionga yaqin odam, jumladan, 200.000 bola ko’chirib  keltirildi. O’zbekistonda ular boshpana va mehr topishdi. Ularga 135 ming kvadrat metrdan ko’proq turar  joy berildi, ularni ishga joylashtirish yuzasidan doimiy ish olib borildi. O’zbekiston aholisi o’zining  so’nggi burda nonini, kiyim-kechagini, turar joyini ko’chib kelganlar bilan birgalikda baham ko’rdi. 15  nafar yetim bolani farzandlikka olgan Shomahmudovlar oilasining nomi butun jahonga ma’lum. Bu xalqlar do’stligining buyuk namunasi bo’lib, xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirsa-da, bu yillarda milliy  siyosatda kechirib bo’lmaydigan xatolarga ham yo’l qo’yildi. 1943-44 yillarda qalmiqlar, qrim tatarlar,  chechenlar,  ingushlar,  nemislar,  Qorachoylar,  mesxeti  turklari  o’zlarining  tarixiy  vatani  va  doimiy  joylaridan mamlakatning sharqiy rayonlariga ko’chirib yuborildi. O’zbekistonga 15 mingdan ortiq qrim  tatarlar, 175 ming chechenlar, 157 ming ingushlar va boshqa xalqlar ko’chirib keltirildi. Urush yillarida  va undan keyin omon qolgan harbiy asirlarning ham ahvoli og’ir kechdi.

Ma’muriy buyruqbozlik tizimining urush yillaridagi xunuk ko’rinishlaridan biri «talafotlar bilan  hisoblashib o’tirmay, har qanday qilib bo’lsa ham harbiy maqsadlarga erishish zarur» degan prinsip  bo’ldi.  Halaba  nihoyatda  qimmatga  tushdi.  Sovet  kishilarining  27 millionga  yaqin  nafari  urushning  alangayu otashida halok bo’ldi. 18 milliondan ortiqroq jangchilar yarador bo’ldilar. Ularning ko’pchiligi  mehnat qobi-liyatlarini yo’qotib, nogiron bo’lib qolishdi.

Yurtboshimiz  aytib  o’tganlaridek,  bu  urush  kimlar  tomonidan  qanday  maqsadlarda, qayerlarda  bo’lib o’tganligidan qat’i nazar, unda o’zbekistonliklar qatnashib, o’z  oilasi, bola-chaqasi, ota-onasi,  muborak zaminni himoya qildilar. Ularning jasorati esa hech qachon unutilmaydi. 20-30-yillar O’zbekiston iqtisodi va uning Markazga qaramligi.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba