50-80-yillarda O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot.

0

50-80-yillarda O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot.

50-80-yillarda O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot.

50-80-yillarda O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot. Ikkinchi jahon urushi yillari davrida izdan chiqqan O’zbekistonning iqtisodiyoti urushdan keyingi  1946-1950 yillari g’oyat keskinlashgan xalqaro vaziyatda qayta tiklana boshladi. Mamlakatning ichki  resurslari, tabiiy boyliklari va arzon ishchi kuchini g’oyat kuchli ekspluatatsiya qilish evaziga, xorijiy  sarmoyalardan bosh tortgan holda olib borilgan iqtisodiyotni tiklash xalq boshiga og’ir kunlarni keltirdi.  O’zbekiston  xalq  xo’jaligini  tiklash ishlari  sovet  hukumatining  zo’r  berib  kurollanish  siyosatiga  buysundirildi. Ayni bir vaqtda o’zbek xalqi urushda vayron bo’lgan o’lkalarni tiklashga ham o’z hissasini  qo’shdi. Urush davrining shart-sharoitlari saqlangan holda xalqning mardona va fidokorona mehnati bilan  besh yil ichida sanoat mahsulotini ishlab chiqarish urushdan avvalgi darajaga yetib, deyarli ikki marta  oshib ketdi.

Urushdan keyingi yillarda qishloq xo’jaligini, ayniqsa chorvachilikni tiklash ishlari ancha og’ir  o’tdi.  1945  yil  15  iyuldagi  Markaziy  hukumatning  «O’zbekistonda  paxtachilikni tiklash  va  yanada  rivojlantirish   choralari    to’g’risida»gi    qarori    asosida    paxta  yakkahokimligi    kuchaytirildi   va  O’zbekistonning  markazga  bog’liqligi  yana  ham mustahkamlandi.  Ob-havoning  injiqligiga,  tiklash  ishlarining qiyinchiliklariga qaramasdan, 1950 yilgi tayyorlangan paxta 2.200.000 tonnaga yetdi.

50-60-yillarda  sanoat  va  qishloq  xo’jaligini  boshqarish  tizimiga  ayrim  o’zgarishlar kiritildi.  Jumladan, 1954-1956 yillari ittifoq miqyosidagi bir qator yirik korxonalar respublika ixtiyoriga o’tkazildi.  Natijada  sanoat  mahsuloti  ishlab  chiqarishning  salmoQi 31  foizdan  55  foizga  ko’tarildi.  Xo’jalikni  boshqarishda  iqtisodiy omillarga  suyanish, mehnat manfaatdorligini  oshirish  va  boshqa  tadbirlar  o’z  samarasini  bermadi,  chunki jamiyatda  tub  islohotlar  o’tkazilmagan  edi.  Sanoat  va  qishloq  xo’jaligi  ekstensiv yo’l bilan, ya’ni tabiiy boyliklardan o’rinsiz, hisobsiz foydalanish, butun xalqning mehnatini  haddan ortiq ekspluatatsiya qilish hisobiga 60-70-yillarda sanoatning yangi sohalari vujudga keldi.

O’zbekistonda  oltin,  uran,  rangli  metallar  ishlab  chiqarish  keng  yo’lga  qo’yila boshlandi.  Energetika,  kimyo  sanoati  rivojlandi.  Sanoatning  rivojlanishi  natijasida yangi  shaharlar:  Navoiy,  Uchquduk,   Zarafshon,   Zafarobod,   Nurobod   kabilar   qad  ko’tardi.   Lekin   mustamlaka   holatidagi  respublikaning rivojlanayotgan iqtisodidan boshqalar ko’proq manfaatdor edilar. So’nggi hisob-kitoblarga  qaraganda bevosita Ittifoq ministrliklariga bo’ysundirilgan faqat oltin va uranning o’zidan 15 milliard  amerika  dollariga  teng  boylik  Markazga  olib  ketilgan.  O’zbekistonning  aksariyat  shahar, qishloqlari  gazlashtirilmagan  holda  respublikada  qazib  chiqarilgan  tabiiy  gaz Rossiyaning  sanoat  markazlariga  yetkazib berildi.

50-60-yillari O’zbekistonda paxta maydonini yanada kengaytirish maqsadida qo’riq va bo’z yerlarni  o’zlashtirish ishlari olib borilib, 1945-1985 yillari qariyib 2.400.000 gektar yangi yerlar o’zlashtirildi.  Sug’orish ishlarini yaxshilash uchun sun’iy suv omborlari qurildi. Qishloq xo’jaligi uchun traktor, paxta  terish mashinasi va boshqa texnika uskunalari tayyorlab berildi. Paxtachilikning moddiy texnika bazasini  mustahkamlash   bilan   birga  paxta   hosildorligini   oshirish   uchun   kimyoviy   moddalardan   cheksiz  foydalanildi. Ko’rilgan  tadbirlar  natijasida  1970  yili  respublikada  paxta  maydoni  1.700.000 gektarni  tashkil qildi, yalpi hosil 4.495.000 tonnaga yetdi.

Yirik sanoat korxonalarining vujudga kelishi bilan Respublikaning Ittifoqqa bog’lanishi yana ham  kuchaydi.  Birinchi  Prezident  I.A. Karimov:  «…  u  paytda  O’zbekiston  bir  yoqlama  iqtisodiyotga –  Markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo’lgan yarim mustamlaka mamlakat qatoriga  aylangan edi», deydi.

1985 yilning bahorida qishloq xo’jaligini boshqaruv tizimiga o’zgartirish kiritilib, mehnatni tashkil  etishning brigada yoki oila pudrati, ijara singari yangi shakllari joriy etildi. Lekin markazda ma’muriy  buyruqbozlik  boshqaruv  tartibi  saqlangan  holda  ko’rilgan  tadbirlar, qayta  qurishlar  natija  bermadi.  Jamiyatda, xususan iqtisodiyotda inqirozli holatlar kuchaya bordi. Qayta qurish deb boshlangan qurug’  kompaniya Birinchi Prezidentimiz I. Karimov ta’biri bilan aytganda, «hamma yoqni buzib, baqir-chaqir,  o’Qrilik, qotillikni kuchaytirdi».

XII besh yillik vazifalari ilgarigi uch besh yilliklardagi kabi bajarilmay qoldi. O’zbekistonda milliy  daromadning o’sishi 80-yillar birinchi yarmida o’rta hisobda 3,3 foizni tashkil qilgan bo’lsa, ikkinchi  yarmida bu ko’rsatgich 2,2 foizni tashkil qildi.

Paxta ekin maydonlarining o’rinsiz kengaytirilishi va agrotexnika qoidalarining buzilishi tufayli  yerning  hosildorligi  pasayib  ketdi.  O’osildorlikni  oshirish  uchun  ekin maydonlarida  haddan  tashqari  ortiqcha  mineral  o’g’itlaridan  foydalanish  oqibatida  bu yerlar  ma’lum  bir  vaqtdan  keyin  batamom  yaroqsiz  holga  kelib  qoldi.  Qo’riq  va  bo’z yerlarni  o’zlashtirish,  O’rta  Osiyoning  yirik  daryolari  suvlaridan nazoratsiz foydalanish, o’lkada o’rinsiz ravishda sun’iy suv havzalarining qurilishi natijasida  Orol dengizi asta-sekin quriy boshladi va XX asrning eng yirik Orol fojiasi vujudga keldi.

O’zbekistonning iqtisodiy ahvolidagi noxush holatlarning ijtimoiy oqibatlari nihoyatda og’ir bo’ldi.  O’lkaning  o’ziga  xos  demografik  holati  hisobga  olinmasdan  davlat  byudjetidan ijtimoiy  sohaga  ajratiladigan mablag’ qoldiq prinsipiga asoslanib yildan-yilga qisqarib bordi. Ta’lim-tarbiya, sog’liqni  saqlash, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish masalalarida miqdoriy o’sishlar ko’zga tashlanganligi bilan,  aslida bular inson talabini qondirmas edi. Respublika bu sohalardagi ko’rsatkichlar bo’yicha Ittifoqdagi  15 respublika o’rtasida 13-14 o’rinlarda turdi.

80-yillarda fan, madaniyat va xalq ta’limiga ajratilgan xarajatlar davlat byudjetining atigi 2,7 foizini  tashkil qilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1989 yili Yevropa mamlakatlarida 5,5 foizni, Afrika mamlakatlarida  5,4 foizni tashkil qilgan. Bolalar o’limi, oshqozon-ichak va yuqumli kasalliklar bo’yicha O’zbekiston  SSSR da birinchilar qatorini egalladi. Aholining o’rtacha yoshi 1970 yil 72 yosh bo’lsa, 1980 yili bu  ko’rsatgich 67,7 yoshni tashkil qildi. Bunga asosiy sabab ekologik vaziyatning keskinlashuvi bo’ldi.  Jafokash  o’zbek  xalqining  turmush  darajasi  achinarli  ahvolda  bo’lib,  boshqa  respublikalar  bilan  qiyoslaganda oxirgi  o’rinlarda  edi.  Bundan  boshqacha  bo’lishi  mumkin  ham  emas  edi.  Davlat bosh  ekspluatator rolini bajargan sotsialistik tizimda mehnat ahli o’z kuchi bilan yaratgan mahsulotning atigi  25-30  foizi  hajmidagina  haq  oldi.  Sovet  Ittifoqining  sanoat rivojlanishiga,  yadro  qurollarini  ishlab  chiqarish, koinotni o’zlashtirishdagi yutuqlariga katta hissa qo’shgan O’zbekistonning million tonnalab  paxtasi, ming tonnalab oltin, kumush, uranlari uchun Markaz u bilan nohaq, surbetlarcha, adolatsiz hisob- kitob qildi. O’sha davrning mehnat ilg’orlari sovet tizimidagi sotsial siyosatning og’ir oqibatlarini hali  ham ko’rishyapti.

«Shaklan  milliy,  mazmunan  sotsialistik  madaniyat»ning  oqibatlari.  Totalitar  tizim jarayonida  o’lkadagi  madaniy-ma’rifiy  ishlar  e’tibordan  chetda  qolmadi.  20-30-yillarda  savodsizlikni  tugatish,  ta’lim-tarbiya ishlari astoydil qo’lga olindi. 1941 yili O’zbekistonda 5.504 maktab bo’lib, ularda 42.000  o’g’ituvchilar dars berdi, 1 mln. 315 ming o’quvchi ta’lim oldi. Sanoat ishlab chiqarishining ishchi  kadrlarga talabini qondirish uchun fabrika, zavodlar qoshida maxsus o’quv yurtlari ochildi.

O’rta Osiyoda oliy ta’limning beshigi, hozirgi O’zbekiston Milliy Universiteti bir qancha oliy o’quv  yurtlariga asos bo’ldi, 1940 yili respublikada 30 ta oliy, 100ga yaqin o’rta maxsus o’quv yurtlari ishlab  turdi.

1943 yilda tashkil etilgan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi va uning ilmiy tekshirish institutlarida  fanning turli sohalari: ayniqsa kimyo, fizika, elektronika, tarix, arxeologiya va boshqa fanlar rivojlandi.

20-30-yillarda adabiyot va san’at sohasida jahonga mashhur yozuvchilar va shoirlar yetishib chiqdi.  Teatr va kino san’ati o’zining dastlabki qadamlarini qo’ydi. Madaniy-oqartuv muassasalarining soni ortib  bordi.

Achinarlisi   shundaki,   respublikada   ta’lim-tarbiya,   madaniy-ma’rifiy   ishlar   «Shaklan  milliy,  mazmunan  sotsialistik»  shiori  ostida  olib  borildiki,  asl  maqsad «baynalmilalchilik»  niqobi  bilan  pardalanib, o’lkaga rus madaniyatini, ularning turmush tarzini tarqatishdan iborat bo’ldi. 1929 yil 19  martda O’zbekiston rahbariyati milliy maktablarda majburan rus tilini o’g’itish to’g’risida qaror qabul  qildi.  O’qishlar  va idoralarda  ish  yuritishlar  1929  yildan  boshlab  lotin,  1940  yildan  boshlab  kirill  alifbosida olib boriladigan bo’ldi. Bularning oqibatida ko’p asrlar davomida arab alifbosida yaratilgan  tariximiz, madaniyatimizni o’rganishdan respublikaning tub aholisi mahrum bo’ldi. 1927 yili o’tkazilgan  «Hujum» harakati oqibatida o’zbek xotin-qizlari jahon taraqqiyotiga tortilgan holda, ikkinchi tomondan,  ular  industriyalashtirish  girdobiga  keng jalb  qilinib,  o’zlarining  tabiiy  burchlarini  bajarish  hamda  sharqona fazilatlaridan mahrum bo’ldilar.

Madaniy-ma’rifiy muassasalar kompartiyaning g’oyalarini, sotsialistik mafkurani omma o’rtasida  keng tarqatish yuzasidan faol ishlar olib bordi.

Fashizmga qarshi urush yillari izdan chiqqan ta’lim-tarbiya ishlari, madaniy-oqartuv muassasalari  urushdan  keyingi  yillarda  qayta  tiklandi  va  kengaytirildi.  1970  yili respublikada  2977  ta  klub  muassasalari, 5822 ta kutubxonalar, 26 ta muzey, 3988 ta kinoqurilmalar ishlab turdi. Lekin, amalda bu  muassasalarning bir qismi statistik axborotlarda oshirib ko’rsatilgan, boshqa qismi har xil sabablarga  ko’ra qoniqarsiz bo’lib, moliyaviy yordamga muhtoj, ayniqsa, qishloq joylarda tashlandiq ahvolda edi.  Qanday bo’lmasin bu muassasalar marksizm-leninizm soxta g’oyalarini, sotsialistik qurilish amaliyotini  tashviqot-targ’ibot qilishning quroli bo’lib xizmat qildi. Urushdan keyin majburiy 7 yillik, 1959 yildan 8  yillik, 1970 yildan boshlab 10 yillik ta’lim amalga oshirila boshlanadi. 1980 yillarda o’rta va oliy ta’lim  tarmoqlari kengayib bordi. 1990 yil O’zbekistonda maktablar soni 9.000 ga yetdi, lekin ulardan 1.700 tasi  vayrona ahvolda bo’lib, kapital ta’mirlashni talab qilar edi. 1978-79-o’quv yilida respublikada 43 ta oliy  o’quv yurti bo’lib, bularning kunduzgi, sirtqi, kechki bo’limlarida 26.000 talabalar o’qidi. Respublika  Fanlar Akademiyasida ilmiy-tadqiqot institutlarining qatori kengayib, ularda yirik olimlar ilmiy izlanish  ishlarini olib bordilar.

Talabalar,  oliy  ma’lumotli  mutaxassislar,  ilmiy  xodimlarning  soni  jihatdan  10.000 kishiga  hisoblaganda  O’zbekiston  ilg’or  mamlakatlar  qatorida  tursa  ham  kadrlar tayyorlash  tizimida  qo’pol  nuqsonlar  bor  edi.  Oliy  o’quv  yurtlariga  viloyatlardan qat’iyan  reja  asosida  qabul  qilish:  qanday  o’qimasin, ularni bitirtirib chiqarish natijasida ko’pincha malakasi yetarli bo’lmagan mutaxassislarga  diplom berishga to’g’ri keldi.

Ta’lim-tarbiya, ilmiy-tadqiqot ishlarining miqdoriy ko’rsatkichlari qanchalik Yuqori bo’lmasin, ular  Markazga  qaramligi  sababli  o’zlarining  ish  faoliyatida  kompartiya  mafkuraviy tazyiqidan  chetga  chiqolmadilar.  O’quv  dasturlari,  ayniqsa  ijtimoiy  fanlar  haddan tashqari  siyosatlashtirildi.  O’tmishda  dunyoga mashhur bo’lgan, jahon fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan ajdodlarimiz nomi esga  olinmadi, millatimizning boy tarixi va adabiyoti o’g’itilmadi. Chunki, maktab, oliy ta’lim tizimining asl  maqsadi O’zbekiston misolida butun jahonga sovet davlati milliy siyosatining tantanasini ko’rsatishdan  boshqa hech narsa emas edi. Bu tizim respublikaning Markazga qaramligini yana ham kuchaytirdi.

Markazning baynalmilalchilik siyosati aslida mamlakatda istiqomat qiluvchi 120 dan ortiq millatlar  va elatlardan yagona sovet xalqini shakllantirish siyosatini ro’yobga chiqarish uchun jadal ishlarni olib  bordi. Shu maqsadda rus tilini hayotga kiritish faollashdi. 1969 yildan boshlab O’zbekistonning barcha  bolalar bog’chalarida rus tilini o’rgatish boshlandiki, butun harakat yagona baynalmilal til yaratishga  qaratildi.  Bunday  siyosatning  oqibatida o’zbek  tilining  jamiyatdagi  o’rni,  milliy,  diniy  qadriyatlari  yo’qola bordi.  50-80-yillarda O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot.

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba