80-90 yillardagi maktab reformasi va uning inqirozga uchrashi. Hamkorlik pedagogikasi.

0
Arab xalifaligi yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta’sir etdi. Madaniy hayotda yuz bergan ko’tarinkilik ma’naviy hayotda ham o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. Ana shu ko’tarilish butun arab xalifaligini, yaqin va o’rta sharqni qamrab olganligi uchun ham sharq uyg’onish davri deb ataldi. bu uyg’onish jarayoni ix asrdan boshlab XV-XVI asrlargacha davom etdi. Arab xalifaligida 9 asrda vujudga kelgan Uyg’onish davri xalifalikning Bag’dod, Damashq, Halab shaharlarida boshlanib, barcha boshqa halqlar madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa u davlatlarning ham madaniy rivojlanishga zamin tayyorlagan. xalifalik emirilishi jarayonida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi edi. Xalifa Horun ar-Rashid davrida (786-833 y.y.) va uning o’g’li al-Ma’mun davrida Bag’dodda “Bayt–ul-Hikma” (“Donishmandlik uyi”) (hozir Akademiya ma’nosida) tashkil etiladi. Mazkur Akademiya barcha ilm sohiblarining ilmiy markaziga aylanadi. Uning qoshida jahon kutubxonasi tashkil etilgan. Akademiya 813-833 yillarda yanada rivojlangan. Akademiya qoshida rasadhona ham bo’lgan, keyinchalik yangi kutubxona qurilgan. Bog’doddagi mazkur ilm markazi, o’z navbatida Sharq va G’arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, ma’naviy hayotning rivojlanishiga ta’sir etgan. Bu o’rinda xalifa al-Ma’munning ilm-fan ravnaqida ko’rsatgan homiyligini alohida ta’kidlash joiz. Zero, xalifa al-Ma’mun ilm fanni juda qadrlagan. U IX asr boshlaridan xalifalikning Xurosondagi noibi bo’lib turganda ham Movarounnahr va Xurosondagi olimlarni to’plab, ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular orasida alXorazmiy, al-Xuttaliy, al-Javhariy, al-Farg’oniy, al-Marazviy kabi vatandosh olimlarimiz ham bo’lgan. Al-Ma’mun xalifalik tahtiga o’tirgach u olimlarning barchasini Bag’dodga chaqirib oladi va “Bayt-ul-hikma” -donishmandlik uyi (“Ma’mun akademiyasi”)da arab olimlari bilan hamkorlikda ilm-fan ravnaq topadi. Shuningdek, qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar, ular xoh yunon, xoh arab, xoh Movarounnahr va Xuroson xalqining eng qadimgi antik davrlar madaniyati bo’lsin, Uyg’onish davri madaniyatining yaratilishi va rivojlanishiga asos bo’lib hizmat qildi. Agar arablar Markaziy Osiyoni bosib olib, bu erda ilgari mavjud bo’lgan fan va madaniyat o’choqlarini yo’qotgan bo’lsalar, ko’p o’tmay qadimiy ilmiy an’ana asta-sekin tiklanib, natijada ilm-fanning etuk siymolari etishib chiqa boshlaydi. Bularning barchasining bir-biriga qo’shiluvi natijasida Sharqda bir butun madaniyat tarkib topadi va rivojlana boshlaydi. Yaqin va o’rta Sharqda, jumladan, Eron, Kavkazorti va Movarounnahrda savdo aloqalarining rivojlanganligi, ilm-fan, hunarmandchilikning taraqqiy etishi moddiy va madaniy aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga ta’sir etdi. Yaqin va o’rta Sharq mamlakatlarida madaniy yuksalishga olib kelgan asosiy sabab-feodal munosabatlarning yangi bosqichi bo’ldi. Bu davr madaniy taraqqiyotida arab xalifaligiga bo’ysungan mamlakatlarning ho’jalik-iqtisodiy aloqalarining kuchayishi va buning oqibatida turli madaniyatlar-Hind, Movarounnahr, Eron, arab, Misr, grek-yunon-rim madaniyatlarining yaqindan o’zaro aloqasi va bir-biriga ta’sir etib borishi katta rol o’ynadi. Haqiqatdan ham bu davrda iqtisodiyot taraqqiy etdi, qishloq ho’jaligi, hunarmandchilik rivojlandi. Bu davrda qishloq ho’jaligida foydalaniladigan er maydonlari kengaydi, ko’plab sug’oriladigan erlar ochildi, sug’orish inshootlari tiklandi, yangilari qurildi, pahta, zig’ir, kanop ekilib, ularning tolasidan mato to’qildi. Movarounnahrda, hususan, Xorazm, Urganch, Farg’ona, Samarqand va Buxoro to’qimachilik mahsulotlari, ayniqsa Samarqand va Buxoro shoyisi dunyoga mashhur bo’lgan. Qishloq ho’jaligi va hunarmandchilik, sanoat mahsulotlariningishlab chiqarilishi savdoning rivojlanishiga yo’l ochdi. Natijada Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarining chet davlatlar: Ispaniya, Hindiston, Xitoy, Vizantiya bilan savdo ishlari ko’lami ortib bordi. Pireney yarim orolining arablar tomonidan bosib olinishi insoniyat tarihining yangi sahifalarini ochib berdi. Bu jarayonning, ayniqsa, Ovro’pa uchun ahamiyati beqiyos bo’ldi. Sharq faqatgina Ovro’po madaniyatining rivojiga ta’sir etibgina qolmay, balki umuman, Ovro’polik odamning psihologiyasi, tafakkuri, harakteri, hayot tarzini tarihiy jarayonni tubdan o’zgartirib yubordi. Bu esa o’z navbatida matematika, falsafa, astronomiya, tabiiyot, tibbiyot, hulq-odob, turmush tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’sir etdi. X asrdan boshlab Movarounnahr va Xurosonda mustaqil feodal davlatlar– Tohiriylar, Somoniylar, Qorahoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlarining paydo bo’lishida xalifalikning emirilishi ham madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga olib keldi. Bu davrda pul muomalasi rivojlandi. Jamiyat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o’zgarishlar, albatta madaniy hayotga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi. Somoniylar davlatida Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch o’sha davrning madaniy markazlari sanalardi. Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Maktablarda darslar arab tilida olib borilar edi. Rasmiy hujjatlar, shariat qoidalari arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar ham arab tilida yozilar edi. X asr o’rtalariga kelib, fors-tojik tilida ham ish yuritila boshlandi. Ammo hujjatlar, ishlar fors-tojik tilida bo’lsa ham, arab imlosida yozilar edi. Bu shaharlardagi maktablarga hatto tevarak-atrofdagi qishloqlardan oddiy halq bolalari ham kelib o’qiganligi manbalarda keltiriladi. O’sha davrda Buxoroda katta kitob bozori bo’lgan. Kitob do’konlarida olim va fozil kishilar uchrashib, ilmiy muloqot, munozaralar o’tkazganlar. Abu Ali ibn Sino kitob do’konlaridan birida Forobiyning Aristotel “Metafizika”siga yozgan sharhlarini sotib olganligini tarjimai holida hikoya qiladi. Buxoro amiri saroyida esa yirik kutubxona mavjud bo’lgan. Amir kutubxonasini o’sha davrdagi Sheroz kutubxonasi bilan bellasha oladigan yagona kutubxona sifatida tan olganlar. Somoniylar davrida Rudakiy, Firdavsiy, al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkirlar ijod etganlar. X asrning ikkinchi yarmidan tashkil topgan Qorahoniylar davlatida ham ba’zi honlar o’z saroylarida kutubxonalar tashkil etdilar. Bu kutubxonalarda arab va hatto G’arbiy Evropa olimlarining asarlari ham mavjud edi. Bu davrda turkiy til shakllanib bordi. Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg’ariy kabi olimlar jahon ahamiyatiga ega bo’lgan asarlarini yaratdilar. XI asr boshida G’aznaviylar davlati, keyinroq Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlati tashkil topdi. G’aznaviylar davrida ham ilmiy, ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojlandi. Mahmud G’aznaviy o’z saroyiga juda katta madaniy boyliklarni to’playdi, olimlarni ilmiy ishga taklif etadi. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning mashhur “Hindiston” asarini shu erda yaratgan edi. Saljuqiylar davrida Alp-Arslon Muhammad hokimiyatni boshqarganda uning vaziri Nizom ul-Mulk o’z davrining mashhur siyosiy arbobi va eng ma’rifatparvar kishilaridan bo’lgan. Saljuqiylar hokimiyati harbiylashgan bo’lib, bu hokimyatning ichki va tashqi siyosatini Nizom ul-Mulk boshqarar edi. U g’aznaviylar ish uslubiga bir oz o’zgartirishlar kiritib, hokimiyatni boshqarish uslubini ishlab chiqadi va o’zining “Siyosatnoma” asarini yaratadi (1091-1092 y.y.). Bu asarda davlatni boshqarish tamoyillari-printsiplari bayon etiladi. Nizom ul-Mulk maorifni rivojlantirishda katta hizmat qiladi. 1067 yilda Bag’dodda o’zining shahsiy jamg’armasiga o’sha davrning eng mashhur o’quv yurti- “Nizomiya” madrasasini qurdiradi. U olimlar, din peshvolari, so’fiylarga katta e’tibor berib, g’amho’rlik qiladi. Uning katta hizmatlaridan yana biri taqvimni isloh qilgani. U 1074 yili o’rta Sharq mamlakatlari uchun kalendar-taqvim tuzadiki, bu taqvim hozirgacha eng takomillashgan kalendarlardan biri hisoblanadi. XI asrda Xorazmda ilm-fan taraqqiy etadi. Xorazm shohi Ma’mun II o’z saroyiga zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil etgan “Bayt-ul-Hikma” -Donishmandlar uyi tarihda “Ma’mun akademiyasi” deb nom qoldirgan. Bu akademiyaning rivoj topishida Abu RayHon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, tarihchi Miskavayh, riyoziyotchi Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu SaHl al-Masihiy, tabib Abulhayr Hammor kabi olimlar ilmiy ijod bilan shug’ullanganlar. Lekin toj-taht uchun kurash natijasida bu ilm dargoHi o’z faoliyatini to’htatib, olimlar tarqab ketadi. Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko’tarilish Sharq Renessansi – Uyg’onish davrining boshlanishga olib keldi. Movarounnahrda ilm-fan va ma’rifat soHasida o’z hizmatlari bilan dunyoga mashhur bo’lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarih, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar. Qomusiy olimlar o’z ilmiy merosida ta’limiyahloqiy asarlar yaratishga ham katta e’tibor berib, bu asarlarda ilgari surilgan g’oyalar insonning ham aqliy, ham ahloqiy, estetik va jismoniy jihatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shuningdek, Sharq uyg’onish davrida sof pedagogik asarlar ham yaratilib, ta’limtarbiyada inson takomilining hususiy va umumiy metodlari haqida o’lmas ta’limoti bilan nom qoldirgan tarbiyashunos olimlar ham maydonga chiqdi.

80-90 yillardagi maktab reformasi va uning inqirozga uchrashi. Hamkorlik pedagogikasi.80-90 yillardagi maktab reformasi va uning inqirozga uchrashi. Hamkorlik pedagogikasi.

 

80-90 yillardagi maktab reformasi va uning inqirozga uchrashi. Hamkorlik pedagogikasi. 70—80-yillarda O‘zbekiston maktablarida aHvol sifat jiHatidan o‘zgarmay qolaverdi. Ularning moddiy-texnik bazasi yaxshilanmadi. Ammo maktablar, o‘quvchilar soni yildan-yilga ortib boraverdi. Masalan, O‘zbekistonda 1945—46o‘quv yilida jami 4525 maktab bo‘lib, ularda qariyb 998 ming o‘quvchi o‘qigan bo‘lsa, 1970—71-o‘quv yilida respublikaning umumiy ta’lim maktablari soni 7072 taga, o‘quvchilar soni esa 3 mln.164 ming kishiga etdi… 1970—1980-yillarda xalq ta’limi uchun davlat tomonidan ajratilgan mablag‘ 11% dan 8% ga kamayib ketdi… 5% dan ortiq maktablarda issiq ovqat bufetlari tashkil etilmadi[1].  Xalq ta’limi tizimida muHim o‘rinni egallagan umumiy ta’lim maktablari respublikamiz Hayoti bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, davlatning mafkuraviy, madaniy vazifalariga xizmat qiladi. SHuning uchun Ham respublikamizda Hukumati, xalq ta’limi vazirligi joylardagi Hokimiyatlar va jamoatchilik xalq ta’limi tizimini, jumladan, umumiy ta’lim maktablarini rivojlantirish, ularning tarmoqlarini kengaytirish va yangi binolar bilan ta’minlash, o‘quv moddiy va texnika bazasini mustaHkamlash Hamda ularni yuqori bilimga ega bo‘lgan o‘qituvchilar bilan ta’minlash borasida bir qator tadbirlar amalga oshirildi.

Jamiyatimizdagi mavjud maorif tizimining barcha bo‘g‘inlarida jamiyat taraqqiyoti talablari asosida yosh avlodning kamolotga etishi, bir butun shaxs sifatida shakllanishiga niHoyatda kam e’tibor berilar edi. Natijada umumiy ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya tizimi, mazmuni, shakl va metodlari, yosh avlodni Har tomonlama shakllangan yaxlit shaxs sifatida shakllantirishga mos kelmay qoldi.

Bu esa umumiy ta’lim va Hunar maktablarni isloH qilishni taqozo etdi.

IsloHotda umumiy o‘rta ta’lim o‘n bir yillik bo‘lib, I—IV sinflar — boshlang‘ich maktab, V—IX sinflar esa to‘liqsiz o‘rta va X—XI sinflar — barchasi umumta’lim maktabini tashkil qiladi. SHuningdek, o‘rta Hunar-texnika bilim yurtlari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari kabi nomlangan. Mazkur tuzilishga binoan o‘rta umumiy ta’lim maktablarida bolalarni olti yoshdan boshlab o‘qitish nazarda tutiladi.

Hunar-texnika ta’limi esa qayta tubdan o‘zagrtirilib, “O‘rta Hunar-texnika

bilim yurtlari”ga aylantirildi.

O‘rta ma’lumotga ega bo‘lmagan, ishlab chiqarishdagi faol yoshlar uchun kechki (smenali) va sirtqi maktablar saqlanib qolindi.

Umumiy o‘rta va Hunar ta’limi tizimining o‘zgarishi bilan, oliy o‘quv yurtlari, bilim dargoHlariga qabul qilishning yangi qoidalari, talablari ishlab chiqiladi.

Umumiy o‘rta va hunar ta’limi bilan unda beriladigan ta’limning mazmuni, shakllari, metodlari va usullarini ham tashkil etilishini o‘zgartirishni taqozo etadi. Buning uchun islohot taqozo etganidek, ta’limning mazmunini takomillashtirish zarur. Ta’limning mazmunini takomillashtirishning muhim shartlari o‘quv dasturlari

va darsliklari materiallarini o‘quvchilarning yoshiga mos holda soddalashtirish, ortiqcha ikkinchi darajali materiallardan xalos etish zarur edi.

O‘quv fanlarining amaliy yo‘nalishini kuchaytirish, meHnat tarbiyasi va kasb tanlashga o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish, ta’lim mazmunining politexnik yo‘nalishini ta’minlash masalasi asosan amalga oshiriladi.

O‘quv darsliklari, metodik qo‘llanmalar yaratildi; o‘quv rejasiga “Atrof muhit bilan tanishish” (I—II sinflarda), “Informatika fa Hisoblash texnikasi asoslari” (X—XI sinflarda), “Oila etikasi va psixologiyasi” (X—XI sinflarda), “Ishlab chiqarish asoslari. Kasb tanlash” (VIII—X sinflarda) kabi fan asoslari kiritildi va o‘qitilmoqda, o‘qituvchilar meHnatiga tabaqalashtirib Haq to‘lash joriy etildi, o‘qituvchilar malakasini oshirish va qaytadan tayyorlash masalasida ijobiy siljishlar ro‘y berdi, o‘quvchilarni mehnat ta’limi va tarbiyasining mazmuni takomillashtirildi; Hunar-texnika ta’limi tizimida ishchi xodimlar tayyorlash kengaytirildi; maorifning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalasiga nisbatan jamoat tashkilotlarining munosabatlari birmuncha o‘zgargandek tuyuldi. Biroq, bu o‘zgarishlar ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, uyushtirish uchun etarli emas edi, albatta. Islohot birinchidan, “qayta qurish” sharoitida, maktab islohotining evolyusion xarakterga egaligi, maktab ishining mazmuni, ilmiy-pedagogik kadrlar, moddiy-texnikaviy ta’minlanish, boshqarishning tubdan o‘zgartirilmaganligi ta’lim-tarbiyaning rivojlanishiga to‘siq bo‘ldi. Islohni amalga oshirishdagi tashkilotchilik ishlarining etarli bo‘lmayotganligi, boshqarishdagi byurokratik metodga asoslanilayotganligi, xalq xo‘jaligining ehtyojiga mos ravishda kadrlar tayyorlash mo‘ljallanmaganligi ham islohot talablarini qiyinchilik bilan ham etilayotganligiga sabab bo‘ldi. Bular esa o‘z navbatida ta’lim-tarbiya saviyasini oshirishga salbiy ta’sir etdi.

SHuni qayd etish zarurki, o‘zbek maktablari sobiq ittifoq davrida milliy zamindan batamom uzilib qolgan edi. O‘qish-o‘qitishda Ovro‘po, xususan o‘rus tizimi qabul qilindi. YAngi davrdagi zamonaviylashtirishning “bilimdon” va “zukko” tashkilotchilari ming yillik yozuvimizni Ham qayta-qayta almashtirib, natijada maktablarimiz o‘quv-tarbiyaviy ishlar va xalq ruhiyatidan deyarli ajralib qoldi, avlod-ajdodlarimizning dunyoviy, ma’naviy-axloqiy, ma’rifiy merosi esa umuman o‘qitilmay, o‘rgatilmay tashlab qo‘yildi.

 

Mavzular.

manba