Bosh sahifa mavzular Abu Ali ibn Sino sezgi a’zolari...

Abu Ali ibn Sino sezgi a’zolari anatomlyasi haqida.

0
Abu Ali ibn Sino sezgi a'zolari anatomlyasi haqida.

Abu Ali ibn Sino sezgi a’zolari anatomlyasi haqida.

Abu Ali ibn Sino sezgi a'zolari anatomlyasi haqida.

Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining sezgi a’zolari haqida yozar ekan (III kitob, 1-j. 213-215- b) nerv tizimining sezgi a’zolari bilan uzviy bog`liqligini ta’kidlaydi. U ko`z tuzilishini to`liq ta’riflab qolmay, ko`zning yordamchi apparati: ko`z mushaklari, qovoqlar, kipriklar, ko`zyoshi bezi va uning kanali, ko`zning qon tomirlari va nervlarini batafsil yozgan. Ko`z tuzilishini izohlab, unda nur to`r parda orqali bosh miyaga yetib borishini jahonda birinchi bo`lib aniqlagan.

Abu Ali ibn Sino birinchi bo`lib nurning jismlarda aks etishi nazariyasini ilgari surgan. Ungacha Aristotel hamda Platon jismlar o`zlaridan nur taratadi va bu nur ko`z gavharini tebratadi, shu sababdan biz jismlarni ko`ramiz deb noto`g`ri fikr bildirgan. Galen esa ko`zdan nur chiqadi, bu nur ko`z gavhariga tushadi, shuning uchun biz ko`ra olamiz deb u ham noto`g`ri fikrni olg`a surgan. Abu Ali ibn Sino jahonda birinchi bo`lib nurlar tasvirlarni ko`zning to`r pardasiga tushirib, u bosh miyada sodir bo`lishini aniqlagan.

Ibn Sino ko`z soqqasi (olmasi) 3 qavatdan iborat ekanligini va bu qavatlarning nomlanishi, tuzilishi, vazifalari va ahamiyatini aniq yozib qoldirgan. Ko`z ichida joylashgan ko`z nami va yorug`lik o`tkazish apparatining tuzilishi Abu Ali ibn Sino yozganidek, hozirgi paytgacha o`zgarmasdan kelmoqda.

Ibn Sino tomonidan ko`zning 4 ta to`g`ri va 2 ta qiyshiq mushaklari keng o`rganilgan. Yuqorigi qovoqni ko`taruvchi mushak Abu Ali ibn Sino tomonidan jahonda birinchi bo`lib aniqlanganligi tan olingan (P.M.Faktorovich, 1941).

Eshitish a’zosi (III kitob, 1 – j. 314- b.) keng yoritilgan bo`lib, nerv tizimining eshitish a’zosi bilan uzviy bog`liqligi alohida ta’kidlangan. Ibn Sino quloqdagi quyidagi qismlarni tafovut qiladi: 1) quloq suprasi; 2) tashqi eshituv yo`li va uning nog`ora parda bilan yopiq qismi; 3) nog`ora bo`shlig`i; 4) ichki eshituv yo`li yoki „nerv yo`li». U faqatgina quloq tuzilishini ta’riflabgina qolmay, eshituv o`tkazuv yo`li nervlarini ham aniq ko`rsata olgan.

Teri va retseptorlarning xususiyatlari, teri orqali og`riq, harorat va bosim sezgilari Ibn Sino tomonidan batafsil yoritib berilgan bo`lib, bu tabobat rivojida juda katta ahamiyatga ega bo`lgan va o`sha davr uchun olg`a qo`yilgan yirik qadam edi.,

Leonardo da Vinchi (1452-1519) — o`z davrining buyuk arbobi, rassom, injener, faylasuf. U anatomiya bilan maxsus shug`ullanmagan bo`lsa ham, chizadigan rasmlari (odamlarning suratlari) to`g`ri va aniq chiqishi uchun 30 dan ortiq murdani kesib, suyaklari, mushaklari va ichki a’zolarini o`rgangan, ularning rasmlarini chizgan.

Leonardo da Vinchi birinchi bo`lib odam organizmidagi ayrim a’zolarning, chunonchi, dumg`aza suyagi, umurtqa pog`onasining bukilgan qismlari, juda ko`p mushaklar, ichki a’zolar, yurak qopqoqlari (klapanlari), to`siqlari, bosh va orqa miya, miya qorinchalari, bir qancha nervlar, ko`z rasmlarini chizgan. Leonardo da Vinchi hayvonot va odam anatomiyasi taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan va plastik anatomiyaga asos solgan olimdir.-

Andrey Vezaliy (1514-1565) — 23 yoshidayoq anatomiyani maxsus o`zlashtirganligi uchun Paduya (Italiya) maktabidagi xirurgiya kafedrasiga taklif etiladi va olimga shifokorlar hamda talabalarga anatomiyadan leksiyalar o`qish huquqi beriladi. Vezaliyning 1543- yilda Shveytsariyaning Bazel shahrida chop etilgan „Odam tanasining tuzilishi to`g`risida yetti kitobi» da odam anatomiyasi haqida deyarli to`la-to`kis ma’lumot berilgan. Bu asarga: suyak, boylamlar va mushaklar, qon tomirlar, nervlar, ichki a’zolar (hazm qilish a’zolari va jinsiy a’zolar), yurak, nafas, miya va sezgi a’zolari kiritilgan.

Andrey Vezaliy o`zining anatomiyaga oid kitoblarida ayollar tuxum bezlarida  pufakchalar bo`lishi va ularning ichida tuxum hujayralari joylashganligini birinchi bo`lib isbotlagan. Yurak qorinchalari orasidagi to`siqda teshik bo`lmasligini ko`rsatgan.

Gabriel Fallopiy (1523-1562) tarixda birinchi bo`lib suyaklarning, ayniqsa kalla suyaklarining taraqqiyoti va tuzilishini, mushaklarni, jinsiy a’zolarni, eshituv va ko`ruv a’zolarini har taraflama batafsil o`rgangan va „Anatomik kuzatishlar» kitobini yozgan. Hozirga qadar odamdagi ba’zi tuzilmalar, masalan bachadon nayi uning nomi bilan atalib keladi.

Bartalomey Yevstaxiy (1510-1574) — a’zolarning taraqqiy etish va takomillashish tarixi bilan shug`ullangan. Tishlar, buyraklar, eshituv a’zolari hamda venalarning taraqqiyoti va tuzilishini batafsil o`rgangan. Yevstaxiyning anatomiya sohasida qilgan hamma ishlari 1714- yilda nashr etilgan „ Anatomiya qo`llanmalari»da o`z ifodasini topgan. Odamning ba’zi tuzilmalari hozirga qadar uning nomi bilan ataladi (eshituv nayi va boshqalar).

Vilyam Garvey (1578-1657) — ingliz olimi shifokori, anatom va fiziolog. Garvey o`z tajribalari asosida yufak hamda qon tomirlar anatomiyasini o`rganadi va tarixda birinchi bo`lib katta qon aylanish tizimini aniqlaydi va bu to`g`rida

1628- yilda lotin tilida nashr etilgan „Hayvonlarda yurak va qon harakatlari to`g`risida anatomik tekshirishlar degan ilmiy asarida yozadi. Yurak to`rt xonali mushakdan iborat bo`lib, unda ma’lum tartibda qopqoqlar (to`siqlar) joylashganligi uchun Garvey uni nasosga o`xshatadi va qisqarish kuchi bilan qonni tomirlarga uzatib berishini tushuntiradi. U arteriyadan qon venaga o`tib yurakka qaytishini aytib, arteriya venaga ko`zga ko`rinmaydigan mayda qon tomirchalar orqali qo`shilishini taxmin qiladi. Garvey katta qon aylanish doirasini kashf etishda o`zidan avvalgi olimlarning kichik qon aylanish doirasi kashfiyotidan foydalangan. Kichik qon aylanish doirasi arab shifokori damashqlik Ibn al Nafiz (1210-1288) tomonidan kashf etilgan. Kichik qon aylanish doirasi Vezaliyning shogirdi Reald Kolombo (1516-1559) va ispaniyalik shifokor Miguel Servet (1509-1553) tomonidan tasdiqlangan.

Marchello Malpigi (1628-1694) mikroskopik anatomiyaning asoschisidir. U bir qancha a’zolarning tuzilishini mikroskop yordamida tckshirgan va terining tuzilishida (Malpigi qavati), taloqda va buyrakda Malpigi tanachalarini topgan. Malpigi birinchi bo`lib qurbaqaning siydik xaltasidagi kapillarlarni va ulardagi qon oqish tizimini ko`rgan.

Gasparo Azelio (1581-1626) italiyalik anatom, professor. U 1622- yilda itning qornini yorib nafas olishda diafragmaning ishtirokini o`quvchilarga ko`rsatayotgan vaqtida yonbosh tomonda joylashgan oq ipga o`xshash narsani ko`radi va uni nerv tolasi deb o`ylaydi. Lekin „ipni» kesganda undan sutga o`xshash suyuqlik chiqadi. Ma’lum bo`lishicha shu anatomik ko`rsatishdan bir oz ilgariroq itni ovqatlantirilgan, ovqat tarkibidagi yog`lar esa limfa tomirlariga so`rilib o`tgan. Shuning uchun olim bu tomirlarni sutli tomirchalar nomi bilan atagan va limfatik tizimni kashf etgan.

Fredrek Ruish (1638 -1731) Gollandiyalik shifokor anatom, qon tomirlarga rangli suyuqlik va moddalar yuborib, ularni o`rgangan va ajoyib preparatlar tayyorlagan. Ruish murdalarni mumiyolash usulini takomillashtiradi va ajoyib anatomik muzeyni yaratadi. Ryuishning muzey preparatlari bilan qiziqqan Rossiya podshosi Petr I uning preparatlarining bir qismini tilla barobarida sotib olib Peterburgga olib keladi va bu hozirgacha muzeyda namoyish etiladi.

A.M.Shumlyanskiy (1748-1795) — anotomiyani o`rganishda mikroskopni qo`llagan va Rossiyada mikroskopik anatomiyaga asos solgan. U Germaniyada o`qib yurgan vaqtlarida odam buyragi anatomiyasini mikroskop orqali to`liq o`rganadi va 1782- yilda „Buyraklarning tuzilishi to`g`risida» degan mavzuda dissertatsiya yoqlaydi. Olim o`zining ilmiy asarlarida buyrak (Malpigi) tanachalarini va shu tanachalarni o`rab turgan alohida ikki qobiq, devorli kapsulani, to`g`ri va buralma naychalarni birinchi bo`lib aniqlagan. Shuning uchun ham anatomiyada buyrak tanachalarini Malpigi — Shumlyanskiy tanachalari, qobig`ini esa Boumen—Shumlyanskiy qobig`i nomi bilan atadi.

E.O.Muxin (1760-1850) Moskva universitetining professori bo’lib, anatomiya va fiziologiya fanlaridan dars bergan. 23 ilmiy asarlarni rus tiliga tarjima qilgan va 1815- yilda 7 tomlik „Anatomiya darsligi» kitobini yozgan.

  1. A.Zagorskiy (1764-1846) — mashhur rus anatomi. Tibbiy-xirurg akademiyasida tashkil etilgan anatomiya va fiziologiya kafedrasining mudiri bo’lib ishlagan. Olim anatomiya darsligini yaratgan. Bu darslik „Vrachlik ilmini o`qiyotganlarga odam tanasining tuzilishini o`rganish uchun qo’llanma yoki qisqacha anatomiya» deb atalgan. Bu qo’llanma 1822-1830- yillar davomida besh marotaba qayta nashr etilgan.

I.V.Buyalskiy (1789-1866) — ustozi P.A.Zagorskiy vafotidan so`ng Rossiya harbiy tibbiyot akademiyasida kafedra mudiri vazifasida ishlaydi. Olimning 1844- yilda yozgan „Odam tanasining qisqacha umumiy anatomiyasi» qo`llnmasida odam tuzilish va shaxsiy (individual) o`zgarishi qo’idalari ko`rsatib berildi.

I.V.Buyalskiy murdalarni mumiyolash ustida uzoq ishlab, bu sohada yangi usul kashf etadi. Olim hamma vaqt anatomiyani xirurgiya bilan boglab o`rganadi va nihoyat 1828- yili „Anatomiya va xirurgiya jadvallari» asarini nashr ettiradi.

N.I.Pirogov (1810-1881) — rus olimi, topografik anatomiya va harbiy dala xirurgiyasininig asoschisi. Odam a’zolarining joylashish tartiblari va o`zaro munosabatlarini (topografiyasini) tabiiy holatlarda o`rganish uchun murdani muzlatib so`ng ko`ndalangiga ketma-ket kesib, arralab ko`rish usulini taklif etdi.

N.I.Pirogov o`zining ko`p yillik ilmiy tekshirish ishlarini yakunlab „Muzlatilgan murdalarni arralab kesilgandagi topografik anatomiya» atlasini (1859), „Qon tomirlar va fassiyalarning xirurgik anatomiya»sini (1837) va „ Amaliy anatomiyani to’la kursi» (1844) ni yozdi.

V.A.Bets (1834-1894) — Kiyev universitetining professori, anatom. Miyaning mikroskopik tuzilishini o`rganib, uning po`stloq qismidagi kulrang moddaning beshinchi qavatida joylashgan katta piramida hujayralarini topgan. Bu hujayralar Bets hujayralari nomi bilan yuritiladi. 1870- yilda „Odam miyasi pushtalarining turkumlari to`g`risida» asar yaratdi.

D.N.Zernov (1843-1917) — Moskva universitetineng professori, anatom.

Miyaning pushtalari va egatlarini o`rganib, qulay tasnif yaratdi.

D.N.Zernovning „Odam tasviriy anatomiyasidan qo’llanma» asari 14 marta qayta nashr etildi.

Xudoyberdiyev Rahim Egamberdiyevich (1922-2003) — O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor. Toshkent tibbiyot institutining Odam anatomiyasi kafedrasining mudiri (1950-

1992). 1969- yilda yozilgan „Odam anatomiyasi» darsligi 3 marotaba qayta nashr etilgan.

Zohidov Hakim Zohidovich (1912-1979) — O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor. 1945-1947yillarda Toshkent tibbiyot institutining rektori, 1947-1951- yillarda O`zbekiston

Respublikasining sog’liqni saqlash vaziri. 1957-1960- yillarda Toshkent tibbiyot instituti Odam anatomiyasi kafedrasining mudiri. 1972-1979- yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Odam anatomiyasi kafedrasining mudiri.

Ahmedov Nosir Komilovich (1922-2004) — O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti laureati, tibbiyot fanlari doktori, professor. Ikkinchi Toshkent tibbiyot instituti Odam anatomiyasi kafedrasining mudiri (1990 -1998). Ko`pgina darsliklar muallifi.

Zufarov Komiljon Ahmadjonovich (1925-2002) — O`zbekiston Respublikasi FA akademigi, O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Respublika mukofoti laureati, tibbiyot fanlari doktori, professor. Toshkent tibbiyot institutining rektori (1965-1971). Toshkent tibbiyot instituti gistalogiya kafedrasining mudiri (1962 -1997). Ko`pgina darsliklar muallifi.

Mavzular.

manba