Bosh sahifa mavzular Abu Ali ibn Sinoning tabobat rivojiga...

Abu Ali ibn Sinoning tabobat rivojiga qo`shgan ulkan hissasi.

0
Abu Ali ibn   Sinoning   tabobat   rivojiga   qo`shgan ulkan   hissasi.

Abu Ali ibn   Sinoning   tabobat   rivojiga   qo`shgan ulkan   hissasi.

Abu Ali ibn   Sinoning   tabobat   rivojiga   qo`shgan ulkan   hissasi.

Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi asosiy merosi „Tib qonunlari» bo`lib, bu kitob o`sha davrgacha tabobat borasidagi eng mukammal qo`llanma hisoblanadi. Bu ensiklopedik kitobda tibbiyotning barcha sohalari (anatomiya, fiziologiya, kasalliklar sababi, kasallikning belgilari, ularni aniqlash, davolash va h. k.) bo`yicha ilmiy izlanishlar yoritilgan. „Tib qonunlari» taxminan eramizning 101224-yillarida yozilgan deb hisoblanadi. Ibn Sino o`z asarini yozib tamomlaganidan keyin 150 yil o`tgach, Gerard Kremonskiy (1114-1187) uni birinchi marta lotin tiliga tarjima qiladi. Bu tarjima asl nusxadagi mazmun va ifodani o`zida to`la saqlab qola olmagan bo`lsa-da, taxminan 7 asr davomida g`arb mamlakatlarida tibbiy bilimlarning birdan-bir qo`llanmasi sifatida xizmat qildi.

O`zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti tomonidan

1958-1964- yillarda „Tib qonunlari»ning besh tomli kitobi o`zbek va rus tillarida birinchi bor nashr etildi. Ibn Sino tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan ushbu asar o`zbek va rus tillarida 1981-1983- yillarda qayta nashr qilindi.

O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, buyuk yurtdoshimiz Abu Ali ibn Sino asarlari qayta tirildi desak mubolag`a bo`lmas. O`zbekiston

Respublikasi Prezidentining „Ibn Sino xalqaro jamg`armasini qo`llab-qo`vvatlash to`g`risida»gi 1999- yil 6- yanvardagi farmoni, hamda Respublika Sog`liqni Saqlash Vazirligining 1999- yil 23- apreldagi buyrug`i, bunga yana bir yorqin misoldir.

Yana bir muhim tadbir—tibbiyot oliy o`quv yurtlarida o`qitilayotgan fanlar bo`yicha o`quv dasturlariga Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot fani bo`yicha qilgan ishlariga tegishli ma’lumotlar kiritilib, buyuk vatandoshimizning ta’limotini talabalarga yetkazish va muntazam o`qitishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`ygan ekanmiz, bu borada talabalar, shifokorlar va qolaversa butun xalqimizga jahon tanigan va tan olgan buyuk olim, taniqli jamoat arbobi, mehribon ustoz va ajoyib insonning merosini keng targ`ib qilishdir.

Abu Ali ibn Sinoning   ilmiy   dunyoqarashlari

Ibn Sino birinchilardan bo`lib tabiiy muhit va inson hayoti o`zaro munosabatlarini har tomonlama tahlil qilish zaruratini fahmladi. Inson hayoti, uning salomatligi yoki xastalik holati organizmga tashqi muhit ta’sirini ifodalaydi. Bunday sharoitga ob-havo, turar joy, yashash joyining xususiyatlari, yil fasllari va ularning o`zgarib turishi va hokazolar kiradi.

Ibn Sino o`zining mashhur asari „Tib qonunlari» kitobida kishi organizmi holati sabablarining tasnifini beradi. Bunday sabablari uning fikricha,ovqatlanish, har xil ichimliklar, havo, suv, mamlakat, turar-joy, kasb, urf-odatlar, tan va ruh harakati, osoyishtaligi, jins, yosh, hayotda odat tusiga kirmagan hodisalarning yuz berishi va boshqalardan iboratdir. Organizmning turli ko`rinishda sodir bo`ladigan holatlari yuqorida aytilgan sharoitlarga bog`liqdir.

Odam organizmi faoliyati uchun muhim bo`lgan omillardan Ibn Sino yashash joyining geografik va meteorologik xususiyatlari, havosining toza va sofligi, xo`jalikda ishlatiladigan suvning ahamiyati katta ekanligini alohida ta’kidlaydi. Olim kishi organizmining turli fiziologik holatlarini ob-havoning o`zgarishiga bog’laydi. Meteorologik hodisalarning tez-tez o`zgarib turishi, joylarda ob-havoning beqarorligi, Ibn Sinoni kishi organizmi bilan ob-havo nisbatini o`rganishga undadi.

Muhitga nisbatan organizmning faolligi Ibn Sino tomonidan to`liq o`rganilgan edi. Organizm faolligi adaptatsiya (moslashish) tushunchasi orqali ifodalanadi. Ibn Sino ilmiy terminologiyasida „mizoj» tushunchasi organizmning o`ziga xos tabiati sifatida ishlatiladi. Natijada ko`pincha „bitta sabab turli odamlarda turlicha kasalliklarni, yoki turli vaqtlarda turli kasalliklarni keltirib chiqargan bo’ladi. Biror-bir sababning ta’siri kuchli yoki kuchsiz odamda, ta’sirchan yoki kam ta’sirchan odamda bir xil bo`lavermaydi Organizmning doim o`zgarish va harakatda bo’lgan tashqi muhitga moslashuvi borasida jismoniy mashqlarning ahamiyati kattadir. Ular tufayli organizm chiniqadi, muhitdagi o`zgarishlarga chidam va bardoshli bo’ladi. Olim jismoniy mashqlarni faol (aktiv), o`rtacha va sust (passiv) mashqlar deb tasniflaydi. Jismoniy mashqlarning faol turlariga, masalan, musht bilan turtishish, kamondan otish, tez yurish, balandga sakrash, bir oyoqda sakrab yurish, qilichbozlik, otda yurish, qo’l va oyoqlarni harakatga keltirish va qator boshqa mashqlar kiradi.

Tashqi muhit omillari keltirib chiqaruvchi sabablar har xil xususiyatga egadir. Bir xil sabablar kishilar organizmida turli-tuman kasalliklarni paydo qiladi.

Shunday qilib, Sharqning o`rta asr buyuk ensiklopedist olimi va mutafakkiri Ibn Sino asarlarida tabiatshunoslikning muhim muammolari ilgari surildi. Olim ushbu muammolarni o`sha davr sharoiti va tabiatshunosligi holati imkoniyatlari darajasidan bir qancha pog`ona yuqori turgan holda hal qilishga intildi va ko`p hollarda bunga erishdi.

Mavzular.

manba