Abu Fazl Bayhaqiyning “Tarixi Bayhaqiy” asari.
Abul-Fazl Bayhaqiyning hayot yo’li haqidagi ma`lumotlar juda kam. Uning hamyurti, adabiyotda ibn Funduk nomi bilan ma`lum Abulhasan Ali Bayhaqiyning asari bu haqdagi asosiy manba hisoblanadi. «Ma`sud tarixi» dan keyin yuz yillardan so’ng ma`lum (11671168) bo’lgan bu asarda Abul-Fazl to’g’risidagi muallifga ma`lum barcha ma`lumotlar jamlangan. Biroq, bu ma`lumotlar uzuq-yuluq va noaniq bo’lgan. Shunga qaramay, undan «Ash-shayx Abul Fazl Muhammad Husayn al kotib al
Bayhaqshaning taxminan 994 yillarda Seyistonda tug’ilgani, uning otasi Sulton Mahmudning yirik amaldori bo’lgani va 470 yilning safar (1077 yilning avgustsentyabri) oyida vafot etganini bilib olish mumkin. «Ma`sud tarixi» so’z boshisidan ham ko’rinib turibdiki, Abdul-fazl nafaqat qondosh xalqlar tarixi, balki islomning falsafiy asoslari va fiqhdan arabcha tarjimalar orqali, Arastu (Aristotel’) g’oyalari hamda Gippokrat tibbiyoti bilan ham tanish bo’lgan. U 25 yoshlarida, ya`ni 411-1021 yillar atrofida G’azna davlat devoniga Abu Nasr Mishkan qo’l ostiga ishga olinadi va Abu Nasrning o’ng qo’liga aylanadi. Abu Nasr Mishkon vafotidan so’ng, devonga Abu Sahl Zavzaniy boshliq bo’ladi. U Bayhaqiyni yoqtirmasdi. Bu kelishmovchilik va saroy nayranglari hamda Abdul-Fazlning barcha siyosiy adashuvlari uni davlat xizmatidan ketishiga sabab bo’ldi. Uzining guvohlik berishicha, oradan 20 yil o’tgach ham bu voqealar uni ta`qib qildi va u davlat xizmatiga boshqa qaytmadi.
Akademik V. V. Bartol’d yozadi:«Abul-Fazl Muhammad Husayn Bayhaqiyning asari musulmon tarixiy adabiyotida alohida o’rin tutadi».
Abul-Fazl Bayhaqiy (taxminan 994-1079 yy) davr taqozosi bilan tarixshunoslikda qadimdan shakllanib kelgan an`analar doirasidan chiqolmas edi. Biroq, shunga qaramay u o’sha davr xususida to’laroq ma`lumot berishga harakat qilgan. «Mening niyatim odamlarga sulton Ma`sud haqida hikoya qilib berishdangina iborat emas, chunki ular bu voqealarni o’z ko’zlari bilan ko’rganlar va bilurlar. Mening maqsadim munosib yilnoma bitish va ulug’vor imoratni shunday yuksaklikka ko’tarishki, toki u haqdagi xotiralar asrlar so’ngida ham so’nmasun. Yolg’onga o’xshash bir narsani bitish noo’rin bo’lur erdi» Demak, o’sha davrdagi mavjud tarixchilik uni qanoatlantirmagan va u odatdagi qonun-qoidalarni buzib, tarixchilikka bir qator yangiliklar kiritgan. Bu uning asarini oldingi asarlardan ancha yuqoriga ko’taradi. O‘zigacha bo’lgan tarixshunoslarga baho berar ekan, Bayhaqiy yozadi: «Boshqa yilnomalarda bunday qamrov yo’q, chunki ular voqealar haqida jo’n fikrlaydilar va juda kam qismi haqida ma`lumot beradilar. Kamina esa bu asarni bitar ekanman, tarixiy to’liq bayon qilmoqchiman, toki yuz bergan hodisalardan hech qaysisi ochilmay qolmasin». Bu bilan u nafaqat tarixchilik doirasini kengaytirib, unga yangi mazmun kiritdi, balki unga yangi shakl ham baxsh etdi.
Bayhaqiyning yuqorida keltirilgan so’zlaridan ko’rinib turibdiki, u o’sha davr qoidasiga ko‘ra yozish odat bo’lmagan voqea-hodisalarni ham mufassal yoritgan.
Shuning uchuy ham Bayhaqiyning «Tarixi»da voqea-hodisalarning oldingi tarixchilardagi kabi quruq aytib o’tilishi yo’q. Aksincha, asardagi unvonli mashhur zotlar ko‘z oldimizda jonsiz qo’g’irchoqlar kabi emas, balki o’z qiziqishlari, hissiyotlari, kamchiliklariga ega jonli tarixiy shaxslar bo’lib gavdalanadi. Bayhaqiy tarixan sodir etilgan yirik hodisalarga bevosita turtki va sabab bo’luvchi, bunday qaraganda arzimas mayda fakt va holatlarning ahamiyatini yaxshi tushunadi.
G’aznaviylar devonidagi 25 yillik davlat xizmati muallifni ko’plab tarixiy voqealarning guvohiga aylantirdi. Uning qo’lidan qanchalab diplomatik, elchilar bilan bo’lgan maxfiy shifr-langan yozishmalar, noiblar va boshqa xufya va noxufyalar bilan bo’lgan yozishmalar o’tgan. «Men o’zim xalifaga, Turkiston xonlari va beklarga yuboriladigan nomalarni oqqa ko’chirar, maxfiy axborotlarni o’zim echardim. Bu uning asarini xolis, ishonchli, obro’li manbaga aylantirdi va unga keyingi asr tarixchilari ko’p bora murojaat etishardi, deb yozadi A. Arends. Ilgari muallifning nomini ko’rsatmay ko’chirma olishardi, Bugungi kunda Abul Fazl Bayhaqiyning asariga suyangan holda keyingi tarixchilar tomonidan yo’l qo’yilgan ko’plab noaniqlik va xatolarni to’g’rilash mumkin .
Gap shundaki, Bayhaqiy bu hujjatlarning nusxalarini to’plab borgan va ularni o’z arxivida saqlagan. Biroq, xizmati oxirlarida u omadsizlikka uchradi, uyi talanib, arxiv tortib olinadi. Shu bois muallif bu haqda «Ma`sud tarixi» asari davomida qayta-qayta afsus chekadi. Suunga qaramay, oxir-oqibatda u ko’p hujjatlarni tiklashga muvaffaq bo’lgan va o’z asarida foydalanganki, bu asar qimmatini oshiradi. Asarning bizgacha uchdan bir qismi etib kelgan, qolgan qismn ancha ilgari yo’qolgan. Biroq, omon qolgan qismi uning bebaholigidan guvohlik beradi va tadqiqotchilar haqli ravishda uni mo’g’ullar davrining mashhur tarixchilari Aloviddin Ota Malik Juvayniyning «Tarixi jahon-kushon» va Fazlulloh Rashididdinning «Jome` at-tavorix» asari bilan bir qatorga qo’yadilar.
Abul Fazl Bayhaqiy fors yoki dariy tilidagi tarixshunoslikning boshlovchisi emas. Bu tilda allaqachonlardan beri yozib kelishardi. Bu davrga kelib, tarixchilikning o’ziga xos qisqa, aniq xolis ritorikasiz (jimjimadorliksiz) tili shakllangan edi. O’rta Sharq mamlakatlaridagi tarixchilik, yuqorida ta`kidlaganimizdek, uzok, vaqt arablar hukmronligi boshlangandan keyin ham shohlar hayoti, ularning reja va yurishlarini yozib borishdan iborat bo’lib qolgan edi. Xalq harakati esa (Narshaxiyning Muqanna qo’zg’oloni haqidagi hikoyasini eslang) qanchalik keng tarqalmasin, buzilgan holda talqin etilardi.
Xalqning madaniy-maishiy hayoti, ijtimoiy-siyosiy ahvoli haqida deyarli yozilmasdi. AbulFazl Bayhaqiy tarixchining vazifasini butunlay boshqacha tushuntirdi. Shu narsa uning asarini yuksaklikka ko’tardi.
Bayhaqiy asarining omon qolgan qismi Ma`sud podsholik qilgan davr tarixini yorituvchi eng nufuzli asardir. Unda Safforiylar va Somoniylar davlatlari tarixiga oid, turkman urug’larining saljuqiylar qo’li ostiga birlashuviga oid qiziqarli ko’plab ma`lumotlar bor.
Bayhaqiyning asari ayniqsa, O’rta Osiyo xalqlari tarixini tiklash uchun katta ahamiyatga ega. Muallifning G’aznaviylarning O’rta Osiyo xonlari, Xorazm, Turkmaniston bilan munosabatlari xususidagi ma`lumotlari ayniqsa muhimdir.
Mehnatkash dehqon va hunarmandlarning hayoti bevosita tasvirlanmasa-da, Bayhaqiy ular to’g’risida bebosh shohlar zulmi, o’lponchi amaldorlar
«shafqatsizligini yoritish orqali bexato fikr yuritadi. O’lponlar va qo’shimcha og’ir soliqlardan tashqari, shoh saroyiga katta-katta sovg’alar yuborilib turilishi shart edi. Masalan, 625-1034 yilda soliqlardan tashqari, to’rt million dirhamlik sovg’a yig’ib jo’natildi.
Ibn Fundukning ma`lumotlaridan, shuningdek muallifning o’zi tarixiy asariga qanday nom berganini ham aniqlash qiyin. Ibn Funduq uni «Tarixi O`li Mahmud», «Mahmud sulolasi tarixi» deb atagan. Biroq bu kitobning asosiy nomi emas. A. K. Arende ruscha nashr etgan A. Bayhaqiyning «Tarixi Ma`sudiy» asari sharqshunoslar o’rtasida ko’proq «Tarixi Bayhaqiy» nomi bilan mashhur. Biroq, bu unchalik muvaffaqiyatli chiqmagan, chunki uni ko’pincha «Tarixi Bayhaq» («Bayhaq o’lkasi tarixi») bilan chalkashtirib yuborishadi
Ibn Fundukning aytishicha ham Bayhaqiyning asari 30 jilddan iborat ekan. Shundan beshinchi, oltinchi, ettinchi, sakkizinchi, to’qqizinchi jildlarning oxiri va o’ninchi jildning bosh qismi saqlangan. Ular Ma`sud podshohligi davrini deyarli qamrab oladi.
«Men bir necha o’n taboqlarga jam bo’ladigan ellik yillik tarixni bitayoturman» degan edi muallif. Boshqa paytda muallif: «Mahmud Varroq» bitishni bas qildi, men shu davrdan (to’rt yuz) to’qqizinchi yildan («Tarix»imni yoza boshladim degandi (350 sahifa).
Shunday qilib, Bayhaqiyning o’zi nechta asarini g’aznaviylar asoschisi Sabuktegindan emas, balki 409 (1019-1020) yildan, ya`ni Sulton Mahmud hukmronligining 21-yilidan boshlab yoza boshlaganining sababini bayon qilgan. Chunki, ungacha bo’lgan davr-ni ikki tarixchi, Mahmudning saroy tarixchisi Abu Nasr Muhammad Utbiy «Kitobu-l-Iaminiy» asarida 409-411 yillargacha bo’lgan voqealarni bayon qilgan. Ikkinchisi, aftidan, yuqorida tilga olingan Mahmud Varroq «bir necha ming yilliklar tarixini yozgan» va 409 yilga kelib, o’z qalamini «tashlagan», buning oqibatida Abul Fazl o’z «Tarix»ini yoza boshlagan. Demak, muallif «Ma`sud tarixi»,ni 1056 yil 10 iyulda yoki 1059 yilning aprelida boshlangan deydi. A. K. Arendsning hisobicha, u hozirgi hisobda 11 bosma taboq asar yozishga ulgurgan. 1063 yilarlarda ham u yozayotgani ma`lum bo’lsa-da, asarni qachon tugatgani ma`lum emas.
Muallifning boshqa manbalarga halol yondoshganini quyidagi dalillardan ham aytish mumkin. Jumladan, u shunday yozadi: «Abbosiy xalifalar haqida yozishlaricha yoki «Men, Abul-Fazl ko’plab kitoblarni, ayniqsa rivoyatlarki ko’rib chiqdim va ulardan foydalandim», yoki «tarixiy manbalarda aytiladiki…» va hokazo. Masalan, Xorazm haqidagi qiziqarli bobda u shunday yozadi: «SHu paytgacha uzoq vaqt men ustoz Abu Rayhon qo’li bilan bitilgan kitobni ko’rganim yo’q erdi.
Alar so’zamollikda va hodisalar mohiyatini anglashda o’ta mohir kishi erdilar , hech narsani bilmay bitmasdilar. Men bu narsalarni shu bois yozayotirmanki, toki «Tarix» imni yozishda naqadar ehtiyot bilan ish tutganim namoyon bo’lg’ay». «Ma`sud tarixining barcha nusxalarida Beruniyning bizgacha etib kelmagan bu asari «Mashohir Xvarizm» («Xorazmning taniqli kishilari») deb yozilgan. Bundan tashqari «Kitob tarix ayamiassulton Mahmud va axbori abix» («Sulton Mahmud hayoti tarixi va uning otasi haqida xabarlar») va «Kitob almusamara fi axbor Xvarizm» («Xorazm to’g’risidagi xabarlar xususida suhbat») kabi nomlardan ham ma`lumki, bular shubhasiz Beruniyning bizgacha etib kelmagan o’sha kitobining nomlanishlaridir. Bizga boshqa narsa muhimroq:
Agar Beruniy Xorazm tarixini arab tilida yozgan bo’lsa, unda bu tilni yaxshi bilgan Abul Fazl Bayhaqiy ushbu asardan yaxshi foydalangan. «Beruniy kitobini bundan ancha avval kurgan edim…» deb yozgan muallif sulton Mahmudning Xorazmni bosib olishigacha va keyingi, taxminan 1018-1020 yillargacha bo’lgan voqealar bayon qilingan yuqoridagi asar materiallaridan xotiraga ^kelganicha, keng foydalangan. Bundan tashqari, Bayhaqiyning aytishicha, u o’rta fors tilidan ibn Muqaffa tarjima qilgan «Xuvot al-namog’» va «Kutub siyar al muluk Ajam» («Eron shohlari hasti haqidagi kitob») asarlaridan foydalangan.
- K. Arendsning «Tarixi Bayhaqiy» asarining muallif matni tarixini jonlashtirish va uning rivoji bosqichlarini aniqlash hozir zarur ma`lumotlar yo’qligi bois, mumkin emas» degan so’zlari to’g’ridir. Aftidan, asarning etishmayotgan jildlari kitob boyliklarimizga katta zarar keltirgan mo’g’ullar bosqini davrida yo’qolgan. Bu yo’qolgan qismlardan parchalar mo’g’ullardan qochib O’rta Osiyodan shimoli-g’arbiy Hindistonga ketib qolgan Muhammad Avfiyning «Javome`u-l-hikoyot» kitobida ko’proq saqlanib qolgan.
A. K. Arendsning aytishicha, bu asarning bizning davrimizda sharqshunoslar o’rganayotgan eng qadimgi qo’lyozmalari XVII asrga mansubdir. Sharqshunos Ch. R’yo Britaniya muzeyidagi XVI asr qo’lyozmalari sanalarini aniqlamoqda. «Tarixi Bayhaqiy» ning qo’lyozma nusxalari ko’p emas. Ularning bir qismi Evropaning turli kutubxonalarida, eron, Turkiya, Misr va Hindistonda, ba`zilari xususiy-shaxsiy kutubxonalarda saqlanmoqda. Uch nusxasi Leningradda saqlanmoqda.
Ingliz sharqshunosi V. Morle bu kitobni birinchi bo’lib Kal’kuttada 1869 yili nashrdan chiqardi. Kitob Bengaliyaning Osiyo jamiyati seriyasida bosildi. Oradan yigirma besh yil o’tgach, «Ma`sud tarixi» litografiya usuli bilan Tehronda nashr etildi. Uni Eron olimi Adiy Peshavoriy nashr qildi. Shundan keyin Bayhaqiyning asarini «unutib» qo’yishdi. Faqat V. V. Bartol’dgina «Turkiston mo’g’ullar istilosi davrida» asarida undan keng foydalandi. Keyin yana jimlik cho’kdi. 1319-1941 yilga kelibgina adabiyotshunos va yozuvchi Sayd Nafisiy uning birinchi jildini Tehronda nashr ettirdi. Ikkinchi jild 1325-1947 yilda, oxirgi jild esa 1332-1954 yili bosmadan chiqdi.
Sayd Nafisiyning bu nashri oldingilardan sifatliroq bo’lsada, biroq u Morlening inglizcha nashriga asoslangan. Ayni vaqtda u Peshavoriy nashr etgan ikki nusxadan ham foydalangan. Bu davrga kelib, ya`ni 1945 yilda Tehron dorilfununi professorlari G’ani va Fayoz «Tarixi Bayhaqiy» ning matnini bosib chiqarishdi. Bu nashr ancha ishonchlidir.
- Bartol’d asarlarini hisobga olmaganda, to 1962 yilgacha «Tarixi Bayhaqiy» to’liq Ovrupo tillariga o’girilmagan. Shu bois A. K. Arende ruschaga ugirishda G’ani va Fayozning 1945 yilgi nashri matniga asoslandi. Ikkinchi nashrda yana o’zgarishlar bo’ldi. Unda kirish qismiga qo’shimchalar kiritildi, ba`zi joylar, ayniqsa, iboralar tarjimasi aniqlashtirildi. Qo’shimchalarda yo’qolgan jildlarga tegishli qismlarning yangi topilganlari bor. Bundan tashqari, yana Bayhaqiy asarida tasvirlangan tarixiy voqealarga aloqador «Maqomati xoja Abu Nasri Mishkan» asaridan ham shu voqealarni to’ldiruvchi ayrim parchalar ikkinchi nashrga kiritildi.











