Alisher Navoiyning pand-nasihat mazmunidagi asarlarida ifodalangan ijtimoiysiyosiy, axloqiy-ta’limiy qarashlar.

0
Alisher Navoiyning pand-nasihat mazmunidagi asarlarida ifodalangan ijtimoiysiyosiy, axloqiy-ta’limiy qarashlar. 

Alisher Navoiyning pand-nasihat mazmunidagi asarlarida ifodalangan ijtimoiysiyosiy, axloqiy-ta’limiy qarashlar. 

Alisher Navoiyning pand-nasihat mazmunidagi asarlarida ifodalangan ijtimoiysiyosiy, axloqiy-ta’limiy qarashlar.

«Hayratul-abror» («Yaxshilarning hayrati») dostoni 1488 yilda yozilgan bo`lib, 64 bobdan tarkib topgan. Jami 3988 bayt ( 7976 satr)dan iborat. Dostonning 21 bobimuqaddima, 40 bobi-asosiy qismi bo`lib, 20 maqolot, 20 hikoya va masaldan tashkil topgan. So`nggi 3 bobi-xotimasidir.

Dostonning asosini 20 maqolot tashkil etadi, hikoya va masallar ularga ilovalar sanaladi. Dastlabki to`rt maqolot imon, islom, salotin va «riyoyi xirqapo`shlar suluki» haqida bo`lib, keyingi maqolotlarda axloqiy tushunchalar xususida bahs etadi. Shoir olg`a surgan axloqiy-ta`limiy qarashlar silsilasida xulq-odobni, mehnatsevarlikni, saxovatpeshalikni, mehribonlik va adolatpeshalikni, umuman, insonni sharaflovchi ezgu fazilatlarni targ`ib etish va insonni tubanlashtiruvchi yaramas odat va xislatlarni shafqatsiz tanqid qilish yetakchi tamoyildir. Jumladan, beshinchi maqolatda karam xususida mulohaza yuritiladi. Unda saxiylik bilan baxillik bir-biriga qarshilantirilib, axloqiy mohiyatiga baho beriladi.

Shoir talqinicha, saxovat-olijanob insoniy fazilat, lekin uning o`ziga xos shartlari bor. Bular tubandagilar; a) saxovat ehtiyojga nisbatan beminnat bo`lganidagina joizdir; b) saxiylik deb to`kib sochish -isrofdir; v) kimdandir tama`girlik bilan saxovat kutish-haromdir.

Binobarin :

   Oni saxiy anglagil, ey xushmand,

  Kim ani davlat qilibon sarbaland.

    Holi agar yaxshi durur, gar taboh,

      Kimsadin etmas tama`i molu joh,.

   Har neki haq, bersa qanoat qilur,

Ham neki amr etsa itoat qilur.

       («Ey hushyor odam, sen shunday odamni saxiy deb bilki, baxt-davlat uning boshini yuqori ko`tarib, ahvoli yaxshi bo`lsa ham, yomon bo`lsa ham birovdan molu amal tama` qilmasa. Bunday odam xudo nima bersa-qanoat etadi, nimani buyursa-bo`ysunadi». («Hayratul-abror», Nasriy bayon qiluvchi A. Hayitmetov. T., G`ASN, 1974, 49-6.) Navoiy saxovatni shu xilda tushuntirarkan, kishilarning saxovatiga ko`z tikishdan ko`ra o`z qo`l kuchi bilan kun ko`rish naqadar olijanob insoniy fazilatligini ko`rsatish maqsadida «Hotami Toyi hikoyati»ni keltiradi.

To`qqizinchi maqolotda ishqni vasf etsa, o`ninchi maqolotda rostgo`ylik va to`g`rilikdan bahs yuritadi. Bunda shoir xilma-xil o`xshatishlar vositasida rostgo`ylik va to`g`riliknint yolg`onchilik va egrilikdan afzallik xususiyatlarini ochib beradi. Nihoyat yolg`on so`zlashi tufayli ovchi tuzog`iga ilingan durroj (tustovuq) holatini bayon etuvchi «Sher bilan durroj» masalini keltiradi. Masalda keltirilishicha, bir beshada sher yashar, har gal bolalasa, chumolilar (mur) uning bolasini nobud qilaverganidan yurak oldirib kuygandi.

Shu sababli:

Tishlabon ul moyai payvandini

Og`zida asrar edi farzandini.1

Biroq shu «beshada» bir durroj ham yashar, hamisha sher vahmidan cho`chiyverganidan qo`qqisdan: «fir eta» uchar, bundan shervachcha seskanib ketardi. Bu holdan sher g`am chekardi, Nihoyat sherning Ko`ngli bu ishdin bo`lib ozorlik, Boshladi durroj bila yorlik.

Va unga boshiga har qanaqa tashvish tushsa, ko`maklashmoqqa so`z berib, qo`qqisdan uchaverib, uning bolasini qo`qitmasligini shart qilib qo`ydi. Endi durroj uning yonida cho`chimay emin-erkin yashay boshlaydi. Hatto shu eminligiga ishonch hosil qilish uchun sherni sinamoqchi bo`lib, bir gal ovchi domiga tushdim deya faryod ko`tardi. Sher uni qutqarmoqqa borsa, faryod yolg`on bo`lib chiqadi. Durroj bu harakatini bir necha bor takrorladi. Shu sababli sher unga ishonmay qo`ydi, Boshqa bir mahalda durroj chindan ham sayyod domiga tushadi. Bu gal u:

                     Qichqiribon dom aro ul mubtalo,

                     Necha dedi, tot meni tuttilo.

                     Sher kulogiga etib ul makol,

                     Savtini doyimgidek etti xayol.

                     Ko`p eshitib erdi bu yolg`onini,

                     O`yla gumon etti chin afg`onini.

                     Har necha kim rost fig`on ayladi,

                     Sidqini ham qkizb gumon ayladi.

        Shu tarika, durroj o`z yolg`onining qurboni bo`ldi. Masaldan kelib chiqqan xulosa shu!

Alisher Navoiy ana shu axloqiy-ta`limiy qarashlarini butun hayoti va ijodiy faoliyatining sintezi bo`lgan «Mahbub ul-qulub» («Qalb sevgilisi», 1500) asarida yanada chuqurlashtiradi. Bu asar ustozlari Shayx Sa`diyning «Guliston», «Buston» va Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston» singari didaktik bitiklari an`analaridan ijodiy ilhomlanib yozilgan bo`lib, tarkibiy jihatdan uch qismdan iborat:

Birinchi qismi «Xaloyiq ahvoli va atf`oli kayfiyatida» («Kishilarning ahvoli, fe`l-atvori va gap-so`zlarining ahamiyati haqida») bo`lib, 40 fasldan tashkil topgan. Ularda jamiyatdagi turli ijtimoiy tabaqalar hamda ularning ijtimoiy mavqeini tavsiflash etakchilik qiladi. Odil podsholar, beklar, nomunosib noyiblar (o`rinbosarlar), zolim podsholar, diyonatsiz sadrlar (mansabdorlar), maqtanchoqlar, yasovullar, lashkarlar, shayxul-islom, qozilar, qonunshunos muftilar, mudarrislar, tabiblar, mutasavvuflar (bularni nazm gulistonining xushovoz qushlari deb ataydi muallif), kotiblar, maktab ahli, mutrib va mug`anniylar, ashulachilar, qissaguylar, va`zxonlar, munajjimlar, savdogarlar, kosiblar, xalq amaliy san`ati ustalari, mirshablar, zindoniylar, qoravullar, dehqonlar, bezorilar, g`arib va bechoralar, gadoylar, qushchilar va ovchilar, uylanish va xotinlar, riyokor shayxlar, xarobot ahli-rindlar haqida batafsil ma`lumotlar berarkan, feodal jamiyatga xos ijtimoiy tabaqalanish xususiyatlarini ochadi.

Bunday vaziyatda Navoiy o`z zamonasining ulkan jamiyatshunosi sifatida gavdalanadiki, u bergan ma`lumot XV asrdagi ijtimoiy munosabatlar tarixini o`rganishda hamon qimmatli manba sifatida xizmat qiladi.

Navoiy iqtidorli o`quvchilarni, olimlarni, kotiblarni, shoirlarni san`atkorlarni hurmat qilishga chorlaydi. Uningcha o`qish ham, o`qitish ham g`oyat mas`uliyatli ish, chunki beqiyos qunt, havas va g`ayratni talab etadi. Bolalarni savodli, bilimli qilish yo`lida o`qituvchi chekadigan zah,mat ozmuncha emas. Binobarin, shogirdning burchi, garchi ustoz unga bir harf o`rgatgan esa-da, o`sha ustoz hurmatini joyiga qo`ymoqdan iborat. Shogird ustozni umr bo`yi izzat qilmog`i, unutmasligi lozim:

Haq yo`lida kim senga bir harf o`qitmish ranj ila,

Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuz ganj ila.

Asarning ikkinchi qismi «Hamida af`ol va zamima hisol xosiyatida» («Yaxshi fe`llar va xislatlar to`g`risida») tarzida nomlangan va u o`n bobdan iborat bo`lib, axloqiy masalalarga bag`ishlangan. Unda inson axloqi yaxshi fe`llar va yomon xislatlarga bo`lingan holda talqin qilinadi. Yaxshi fe`llar silsilasida tavba, qanoat, sabr, tavoze` va odob, ishq tavsiflanadi, ularning mohiyatini ochish niyatida kichik-kichik tamsiliy voqealar keltirilib, inson kamolotidagi ahamiyati ko`rsatiladi.

Asarning uchinchi qismi «Mutafarriqa favoyid va amsol surati» («Turli foydali maslahatlar va maqollar») tarzida nomlangan bo`lib, 118 tanbihdan tashkil topgan. «O`zbek tilining izohli lug`ati»da   «tanbih,»  arabcha so`z bo`lib, «nojo`ya xatti-harakat uchun beriladigan ta`zir, koyish, ogohlantirish yoki jazo» ( II t.,116-6.) tarzida izohlansa-da, Navoiyda u hikmat ma`nosida qo`llangan. Zero, ularda Navoiy umr bo`yi kuzatgan hayotiy tajribalarini lo`nda, qisqa va obrazli qilib, aforistik darajada ifoda etgan. S.G`anieva to`g`ri qayd etganidek, bu tanbihlarda «odam va odamiylik haqida, chin insoniy fazilatlar to`g`risida asrlar mobaynida xalq tajribasi va bilimining qaymog`i sifatida yig`ilgan fikrlar, shuningdek, Navoiyning uzoq hamda murakkab hayot tajribalarining natijalari, xulosalari keltirilgandir. Navoiyning o`zi qayta-qayta takrorlagan «oz so`z–soz so`z» hikmatiga to`la rioya qiladi va hech qanday mubolag`asiz aytish mumkinki, deyarli xar bir jumla ta`kid va tanbih aforistik xarakterga ega bo`lgan hikmat va donolik namunalarini yaratadi.»

«Navoiy aforizmlari»  nomi ostida ular alohida terilib, 1947-yilda Hodi Zarif va 1961- yilda Y.Eshonqulovlar tomonidan kitobchalar shaklida nashr etilishi bejiz emas.

«O`ziga bino qo`ygan odam-aqlsizdir; o`ziga zeb bergan-beor, satangdir.»        «Eshitmoq-kishini boyitadi; ko`p gapirmoq-sayozlatadi, ko`p gapirgan-ko`p yanglishadi. Ko`p yegan-ko`p yiqiladi. Tan kasalining asosi-ko`p yemakdir, qalb kasalining-sababi ko`p demakdir. Ko`p demak-so`zga mag`rurlik, ko`p yemak-nafsga bandalikdir».  «Takabburlikshayton ishi va manmanlik-nodon ishi.»

«Xudparastlikdan butparastlik yaxshiroqdir.» «Insoniyat bog`ining eng go`zal daraxti-ehsondir va odamiylik xazinasining  eng bebaho gavhari xam ehsondir.»              «Saxovatsiz odam-yog`insiz bahor bulutiga va hidi yo`q mushk-anbarga o`xshaydi.» «Himmat ahlining ixtisosi-saxovatdir.» Himmatsiz kishi-er sonida emas,» Oliyhimmat odam-balandparvoz lochindir; behimmat-sichqon ovlovchi kalxatdir.» «Himmat egasi-qashshoq bo`lsa ham tubanlik qilmas; Himmatsiz odamxazina topsa ham buyuklarga teng bo`lmas.» «Yaxshiliklarni topmoq-edirmoqdir; ayblarni yashirmoq-kiydirmoqdir.»    «Aytur so`zni ayt, aytmas so`zdan qayt.»

Bular shoirning avlodlarga qaratilgan o`gitlarigina emas, balki barhayot da`vatlari bo`lib, zamonlar osha navqiron naslni komillik sari undab kelmoqda.

Buyuk mutafakkir ana shunday o`lmas g`oyalar bilan kishilikning yangi-yangi avlodlari qalbiga yo`l topib, mangulik kasb etib kelmoqda.

Mavzular.

manba