Bosh sahifa mavzular ALOHIDA UMURTQALARNING TUZILISHI.

ALOHIDA UMURTQALARNING TUZILISHI.

0
ALOHIDA UMURTQALARNING TUZILISHI.

ALOHIDA UMURTQALARNING TUZILISHI.

ALOHIDA UMURTQALARNING TUZILISHI.

Birinchi   bo`yin   umurtqasi

Bo`yin umurtqalari 7 ta bo`lib, ularning 1 va 2- lari boshqalaridan farq qiladi. Birinchi bo`yin umurtqasi  atlas da umurtqa tanasi, qirrali o`simtalar va bo`g`im o`simtalari bo`lmaydi.

Birinchi bo`yin umurtqasi halqa-simon shaklda bo`lib, oldingi ravoq va orqa ravoqlardan tashkil topadi. Oldingi yoyning tashqi yuzasida oldingi bo`rtiq  ichki yuzasida esa chuqur-cha  hosil bo`ladi. Orqa yoyning tashqi yuzasida orqa bo`rtiq hosil bo`ladi. Birinchi umurtqaning ustki yuzasida kallaning ensa suyagi bilan birlashishi uchun ostki bo`gim chuqurchasi, pastki yuzasida esa bo`yin umurtqasi bilan  birlashish uchun ostki bo`g`im chuqurchasi  bo`ladi.  Orqa ravoqning ustki yuzasida umurtqa arteriyasining egati bo`ladi.

 Ikkinchi bo`yin umurtqasi

Ikkinchi bo`yin umurtqasi tishsimon o`simtaning borligi bilan farqlanadi. Bu o`simtaning oldingi yuzasida oldingi bo`g`im yuzasi orqa yuzasida esa orqa bo`g`im yuzasi  bo`ladi.

Bu umurtqaning ustki yuzasida I bo`yin umurtqasi bilan birikadigan ustki bo`g`im yuzasi  bo`ladi. II bo`yin umurtqasida boshqa bo`yin umurtqalariga xos bo`lgan quyidagi hosilalar bo`ladi: umurtqa tanasi qirrali o`simta  umurtqa yoyi ko`ndalang o`simta bu o`simtadagi teshik  ostki bo`g`im o`simtasi bo`g`im yuzasi.

Uchinchi-yettinchi   bo`yin   umurtqalari

Uchinchi-yettinchi bo`yin umurtqalarida quyidagi hosilalar bo`ladi: tanasi, yoyi, ular orasidagi teshik, uchi ikkiga ajragan qirrali o`simta, yuqorigi bo`g`im o`simtasi, bu o`simtadagi yuqorigi bo`g`im yuzasi, ostki bo`g`im o`simtasi, bu o`simtadagi pastki bo`g`im yuzasi, ko`ndalang o`simta, bu o`simtadagi teshik, ko`ndalang o`simta uchida joylashgan oldingi do`mboqcha  va orqa do`mboqcha .

Oltinchi bo`yin umurtqasida oldingi dumboqcha yaxshi rivojlangan bo`lib, uyqu do`mboqchasi deyiladi (chunki bu sohadagi uyqu arteriyasini bosib, uning tarmoqlaridan chiqayotgan qonni to`xtatish mumkin). Oltinchi va yettinchi bo`yin umurtqalaridan boshqa hamma bo`yin umurtqalarining qirrali o`simtalarining uchi ikkiga ajralgan bo`ladi. Yettinchi bo`yin umurtqasining qirrali o`simtasi yaxshi rivojlanganligidan teri ostidan chiqib turadi. Qolgan bo`yin umurtqalarining qirrali o`simtalari teri orqali sezilmaydi. Shu sababdan, teri orqali sanalganda birinchi umurtqa yettinchi bo`yin umurtqasiga to`g`ri kelganidan bu umurtqani chiqib turuvchi  deyiladi.

Ko`krak umurtqalari

Ko`krak umurtqalari  qovurg`alar bilan birikkanligidan, yuqorigi qovurg`a chuqurchasi va ostki qovurg`a chuqurchasining mavjudligi bilan farqlanadi. Har bir ko`krak umurtqasi 2 ta qovurg`a bilan birlashadi. Shu sababdan har bir ko`krak umurtqasida ikkitadan yarim chuqurcha bo`ladi. Bundan I, X, XI, XII ko`krak umurtqalari mustasno. I ko`krak umurtqasining yuqori chuqurchasi to`liq bo`ladi (chunki I qovurg`aning boshchasi birikadi). X ko`krak umurtqasida yuqorigi chuqurcha bo`ladi xolos (chunki bu umurtqaga faqat X qovurg`a birlashadi). XI va XII ko`krak umurtqalarida esa bittadan to’liq qovurg`a chuqurchasi bo`ladi.

Ko`krak umurtqasida quyidagi hosilalar bo’ladi: tanasi, yoyi , oyoqchasi. Bu hosilalar orasidagi teshik , qirrali o`simta , yuqorigi bo`g`im o`simtasi  va bu o`simtadagi yuqorigi bo`gim yuzasi , ostki bo`g`im o`simtasi  va ostki bo’g`im yuzasi, ko`ndalang o`simta , qovurg`a do`mbog`idan hosil bo`lgan chuqurcha , oyoqcha sohasidagi ustki o`yma  va ostki o`yma  bo`ladi.

Bel umurtqalari

Bel umurtqalari boshqa umurtqalardan tanasining kattaligi bilan farqlanadi. Bu o`simtaning orqa yuzasi asosida esa qo`shimcha o`simta , yuqori bo`g`im o`simtasining yon tarafida so`rg`ichsimon o`simtalar bo’ladi. Bundan tashqari uning quyidagi hosilalari bo`ladi: tanasi  yoyi , oyoqchasi, bu hosilalarining orasidagi teshik , pastki bo`g`im o`simtalari , yuqorigi bo`g`im yuzasi, ostki bo`g`im yuzasi; qirrali o`simta .

Dumg`aza   umurtqalari

Dumg`aza umurtqalari o`smirlik davridayoq o`zaro qo`shilib, dumg`aza suyagini hosil qiladi. Dumg`aza suyagi uchburchak shaklida bo`lib, uning yuqori qismi – asosi, pastki qismi – uchi, yon tarafdagi – qanotlar deyiladi. Bu suyakning oldingi yuzasi chanoq bo`shlig`ini hosil etadi. Bu yuzada umurtqa tanalarining birikishidan ko`ndalang izlar hosil bo`ladi. Shu yuzada teshiklar ko`rinadi. Dumg`aza suyagining orqa yuzasida umurtqalar qirrali o`simtalarning qo`shilishidan, o`rta qirra, ko`ndalang o`simtalarning birikishidan, yon qirra va

ularning orasida esa bo`g`im o`simtalarining birikishidan, oraliq qirra hosil bo’ladi. Dumg`aza suyagining yuqori qismida 5-    bel umurtqasi bilan birlashadigan yuqori 7 bo`g`im o`simtasi va pastki uchida dum umurtqalari bilan birlashadigan shoxchalar      orqa yuzasida esa-teshiklar bo`ladi.

 Dum   umurtqalari

Dum umurtqalari  3 tadan 6 tagacha bo`lib, katta yoshdagi odamlarda o`zaro qo`shilib, dum suyagini  hosil qiladi. Birinchi dum umurtqasi sohasida ko`ndalang o`simtalar  saqlanib qoladi. Qolgan sohalarda ko`ndalang va bo`g`im o`simtalari uchramaydi.

Umurtqa pog`onasi sohasida egriliklar mavjud. Ko`krak va dumg`aza umurtqalari sohasidagi egriliklar orqa tarafga qaragan bo’lib kifoz  deb ataladi. Bo`yin va bel sohalaridagi egriliklar old tarafga yo`nalib lordoz  deb ataladi. Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda bu egriliklar bo`lmaydi va umurtqa pog`onasi to`g`ri chiziq bo`ylab o`zaro qo`shilib turadi.

Bola boshini tik ushlay boshlagan davridan bo`yin lardozi, tik turib va yura boshlagan davridan bel lardozi hosil bo`ladi.

Umurtqa pog`onasidagi egriliklar yurish, sakrash jarayonidagi yengil harakatlarni ta’minlaydi.

Ba’zi paytlarda yon tarafga ham egriliklar hosil bo’lishi mumkin va bunday holatga skalioz  deb ataladi. Bu holat uzoq muddat o`tirib qolish, bolalarning bir tomonga qiyshayib yozishi yoki biror ishni bajarishi natijasida paydo bo’lishi mumkin (bunga maktab yoshidagilarning skaliozi deb ataladi). Ko`pincha skalioz holati o`ng tarafga, ba’zan chap tarafga yo`nalgan bo’ladi.

Keksalarda lordoz va kifoz holatlari yo`qoladi, chunki bu davrda umurtqalar tanasi orasidagi elastik halqalar yupqalashib, umurtqa pog`onasi qisqaradi hamda u oldinga bukiladi va ko`krak sohasida orqa tarafga yo`nalgan bukilma (keksalardagi bukirlik holati) hosil bo’ladi.

Mavzular.

manba