ANATOMIYA FANINING O`RGANISH USULLARI VA NOMLANISH.

ANATOMIYA FANINING O`RGANISH USULLARI
- Yuqorida aytganimizdek anatomiya—grekcha anatomeo—kesish,
bo`lish degan ma’noni bildirib, u a’zo va to`qimalarni kesib, preparatlar tayyorlab o`rganadi.
- Palpatsiya usuli — a’zo va to`qimalarni teri ustidan ushlab ko`rish.
III.Perkussiya usuli — a’zo hamda to`qimalar ustidan urib ko`rish va hosil bo`lgan ovoz orqali ular orasidagi farqni aniqlash.
IV.Auskultatsiya usuli—a’zolardan chiqayotgan ovozni eshitib o`rganish. V. Antropometriya—tananing o`lchamlarini o`lchab ko`rish usuli.
- Endoskopiya—kovak a’zolarni optik yoritadigan asboblar bilan tekshirish usuli.
VII.Rentgenoskopiya va rentgenografiya usullari — rentgen nurlari yordamida a’zo va to`qimalar holatini ko`rish yoki tasvirini yozib olish.
VIII.Karroziya usuli—a’zo va to`qimalarning ichini tez qotuvchi moddalar bilan to`ldirib, kislota ta’sirida to`qimalarni eritib, a’zo va to`qimalarning shaklini qoldirish vositasida o`rganiladi.
ANATOMIK NOMLANISH
Anatomik nomlanish jarayonida hosilalarni farqlash uchun uch xil sathdan foydalaniladi. Bu sathlar odamning tik turgan (vertikal) holatida o`tkaziladi .
- Sagital sath—odam tanasining oldindan orqa tarafga vertikal kesilishi natijasida hosil qilinadi. Natijada odam teng ikki qismga ajraladi. o`rtadagi sath medial yuza deyiladi, o`rtadagi sathdan uzoqdagi hosilalar — lateral deyiladi.
- Frontal sath — sagital sathga perpendikular holda, peshona suyagiga parallel holda o`tkaziladi. Natijada odam oldingi va orqa bo`laklarga ajraladi.
- Gorizontal sath — gorizont sath bo`ylab, avvalgi sathlarga nisbatan to`g`ri burchak ostida o`tkaziladi. Natijada odam yuqori va pastki qismlarga ajratiladi.
Anatomik nomenklatura — ilmiy asoslangan, tartibga solingan anatomik terminlarning tibbiyotda va biologiyada ishlatiladigan nomlaridir. Lotin tilidagi halqaro anatomik nomlanish bilan milliy anatomik nomlanish tafovut qilinadi. Anatomik nomlanish tarixi bu fanning tarixi va rivojlanishi bilan bevosita bog`liqdir. Anatomik nomlanish ko`p asrlar davomida grek hamda lotin tillaridagi nomlar bilan boyitilib va anatomiya sohasidagi har bir yangi kashfiyot yangi nomlar bilan to`ldirilib borildi. Natijada ayrim a’zo va hosilalar lotincha nom bilan yoki kashfiyotchi olim nomi bilan ataladigan bo`ldi: eshituv nayi—Yevstaxiy nomi (B. Eustachi us 1520-1574) bilan, arterial nay — Botallo (L.Botallo 1530-1600) nomi bilan; bachadon nayi Fallopiy (G.Fallopius 1523-1562) nomi bilan atala boshlandi. Anatomik nomlanishni tartibga solishda Leonardo da Vinchining (14521519) xizmatlari katta. Bu rassom va olim birinchilar qatorida mushaklarning vazifasini hamda joylanishini hisobga olgan holda nomlab berdi. XVIII asr oxirlarida anatomik nomlarning soni 30 mingdan oshib ketdi.
ANATOMIYA FANINING O`RGANISH USULLARI VA NOMLANISH.










