Antik davr O’zbekiston hududlarida taraqqiy etgan davlatlardan biri – Qang’ davlati.

0
Antik davr O‘zbekiston hududlarida taraqqiy etgan davlatlardan biri – Qang‘ davlati

Antik davr O‘zbekiston hududlarida taraqqiy etgan davlatlardan biri – Qang‘ davlati

Antik davr O’zbekiston hududlarida taraqqiy etgan davlatlardan biri – Qang’ davlati.

Antik davr O’zbekiston hududlarida taraqqiy etgan davlatlardan biri – Qang’ davlati.

Qadimgi Xitoy manbalarida Qang‘ davlati mavjud bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlar mil.avv. III asr

oxiri – II asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Ammo, Qang‘ davlati va qang‘arlar tarixining mashhur bilimdoni  K. Sh. Shoniyozovning fikricha, bu davlat mil. avv III asrning boshlarida paydo bo‘ladi. Keyinroq esa,  Yunon-Baqtriya davlati va qo‘shni ko‘chmanchi kabilalar bilan bo‘lgan kurashlar natijasida Qang‘ davlati  yanada mustahkamlanadi hamda manbalarda O‘rta Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida tilga olinadi.  Dalvtning nomi “qang‘”, “qang‘ar”, “qang‘uy” deb nomlanuvchi kabilaning nomidan olingan bo‘lib,  etimologiyasi munozarali hisoblanadi.

Qang‘ davlati asosini tashkil etgan kabilalar Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimlarida istiqomat qilganlar.  Davlat tashkil topgan dastlabki davrda uning hududiy asosini Toshkent vohasi tashkil etgan. Tashqi  harbiy  hujumlar  tufayli  Qang‘  davlati  nafaqat  mustahkamlanib  oladi,  balki  o‘z  chegaralarini  ham  kengaytirib boradi. Ya’ni, mil.avv.  II va milodiy  I asrda Qang‘ davlatining hududi ancha kengayib  Toshkent vohasi, O‘rta Sirdaryo erlari, Talas vodiysi va Chu daryosining quyi oqimidagi erlarni o‘z  ichiga olar edi.

Kanka  haqida  dastlabki  ma’lumotlar  Avestoning  eng  eski  qismlari  bo‘lgan  YAshtlarda  Turon  kabilalarining  turar-joylari  sifatida  eslatiladi.  Sosoniylar  davri  (224-651  yy.)  manbalarida  bu  Shahar  «Qandesh» yoki «Qandiz» shaklida tilga olinadi. Shuningdek, Firdavsiyning «Shohnoma» asarida ham  Kanka shahri bir nechta marta tilga olinadi. Undan tashqari o‘rta asrlar geograflari asarlarida bu ko‘hna  Shahar «Kenkrak», «Xarashkent», «Tarband» nomlari bilan eslatib o‘tiladi.

Mil.avv. II-I asrlarga kelib Qang‘ davlati kuchayishi natijasida bir qancha viloyatlar unga tobe etiladi.  N.  YA.  Bichurin,   Xitoy   solnomalarida   qang‘lilarga   tegishli   qo‘yidagi   beshta   viloyatlar   haqida  ma’lumotlar borligini ta’kidlaydi: Suse (Susye), Fumu, Yuni, Gi, YUegyan. Ushbu viloyatlarning qaysi  hududlarda joylashganligi haqida tadqiqotchilar orasida yagona fikr yo‘q. Ayrim tadqiqotchilar (V. V.  Bartold, M. E. Mason,  S. P. Tolstov) Suseni-Kesh (SHaxrisabz),  Fumuni-Zarafshondagi Kushoniya,  YUnini-Toshkent, Gini-Buxoro, Yuegyanni-Urganch va uning atroflari bilan aynan bir deb hisoblaydilar.  Ammo,  Qang‘ga  tobe  viloyatlarning  bunday  joylashtirish  to‘la  holda  ilmiy  asoslanmagan  bo‘lib,  munozarali hisoblanadi.

Qang‘  davlatining  etnik  tarkibi  xilma-xil  bo‘lib,  uning  anchagina  katta  hududlarida  Sug‘diyona,  Xorazm   va   Toshkent   vohasida   yashovchi   dehqonchilik,   hunarmandchilik   va   savdo-sotiq   bilan  shug‘ullanib kelgan o‘troq aholi bilan birgalikda ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chorvadar kabilalar  (saklar,  massagetlar,  toharlar,  alanlar  va  boshqalar)  istiqomat  qilganlar.  Sirdaryoning  o‘rta  oqimida  yashagan qang‘lilar Qang‘ davlati tashkil topishida asosiy o‘rinni egallagan bo‘lib, Qang‘ podsholari  asosan qang‘lilar bo‘lgan.

Mil.avv. II – mil. II asrlarda Qang‘ davlati o‘z rivojlanishining Yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi. Qang‘  podsholariga bo‘ysunuvchi yarim mustaqil viloyatlarni birlashtirgan bu davlat o‘z vaqtida anchagina  kuchli bo‘lib, o‘zbek davlatchiligi tarixida o‘z o‘rniga egadir. Agarda antik davrda O‘rta Osiyoning  janubida shakllangan Kushon va Parfiya davlatlari Ahamoniylar, Aleksandr Makedonskiy, Salavkiylar  asos  solgan  davlatlar  an’analarini  o‘zlashtirib  taraqqiy  etgan  bo‘lsa,  Qang‘  davlati  taraqqiyotida  ko‘chmanchilar davlatchiligi belgilari borligi bilan ajralib turadi.

Qang‘ tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, bu davlat madaniyatining Yuqori darajasi tasodifiy hol  emas.  YAksart-Sirdaryoning  o‘rta  oqimida  yashovchi  qang‘lilarning  Sug‘diyona,  Farg‘ona  hamda  daryoning quyi oqimida yashovchi ko‘plab xalqlar bilan o‘zaro madaniy va iqtisodiy aloqalari Qang‘  davlati madaniyati taraqqiyotiga asos bo‘lgan edi. Shuning uchun ham ko‘p hollarda ular madaniyatidagi  umumiylik   ko‘zga   tashlanadi.   Undan   tashqari   Qang‘   davlati   hududlaridan   Buyuk   ipak   yo‘li  tarmoqlarining o‘tganligi ham davlatning iqtisodiy va madaniy rivojiga, qo‘shni davlatlar bilan siyosiy va  diplomatik aloqalarning taraqqiy etishi uchun omil bo‘lib xizmat qilgan edi.

Antik davr O’zbekiston hududlarida taraqqiy etgan davlatlardan biri – Qang’ davlati.

Muallif:   U.S. To`pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba