Antik davrdagi O‘zbekiston tabiati haqidagi ma‘lumotlar.
Antik davrdagi O‟zbekiston tabiati haqidagi ma‟lumotla
- Gerodot – «Tarix» asarida Movarounnahr tabiati, xususan, rel‘efi, daryo va ko‘llari, aholisi haqida qisqacha ma‘lumot beriladi.
- Kvint Kurtsiy – Politimet-Zarafshon daryosi tog‘li qismida tor va chuqur o‘zanda shiddlat bilan oqishini ta‘riflaydi.
- Arrian – Zarafshon daryosi sersuv bo‘lishiga qaramay, qumlar orasiga singib ketishligini, shuningdek, bu yerda katta va sersuv boshqa daryolar ham cho‘llarda tugaydi degan ma‘lumotni beradi.
- Strabon – O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston cho‘llari va vohalarining geografik o‘rni va tabiatining asosiy xususiyatlari, ularning o‘zaro tafovutlarini ko‘rsatadi.
- Ptolomey – Turkiston o‘lkasi haqida eng ko‘p geografik ma‘lumotlar qoldirgan. Uning 8 jildli «Geografiya» deb atalgan asarida O‘rta Osiyo tekislik qismi tabiati, aholisi, yirik shaharlari va karvon yo‘llari haqida ma‘lumot beradi.
U «Dunyo atlasi»ni tuzib undagi 23 kartada Osiyo qit‘asi haqida ma‘lumot beradi. Bu kartada Sirdaryo- Yaksart, Amudaryo-Oks, Zarafshon-Politimet tariqasida tilga olinib, ular Kaspiy dengiziga quyiladi deb noto‘g‘ri ma‘lumot beradi. Kaspiy dengizining shaklini ham noto‘g‘ri berib, g‘arbdan-sharqqa cho‘zib ko‘rsatgan. SHuningdek, kartada hozirgi Orol dengizi o‘rnida «Oks» ko‘li ham tasvirlangan. Kartada yana Sug‘diyona, Baqtriya davlatlari va Turkistonning sharqida joylashgan tog‘lar ko‘rsatilgan.
O‘rta asrlarda O‘zbekiston tabiiy gerografik bilimlarini takomillashib borishiga hissa qo‘gan mahalliy, arab va eron sayyohlari qoldirgan ma‘lumotlar yunonistonda tabiat haqidagi tasavvurlarning shakllanishi
- Ibn Xurdodbeh, Ibn Rustad, Al Ma‘sudiy, Axmad ibn Fazlon,Abu Ishoq
Istahriy, Ibn Xavqal, Yoqo‘t ibn Abdullo,Ibn Batuta, Muhmmad ibn Muso al-
Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy Abu Abdullo Muhammad ibn at TermiziyAbu Nasr Farobiy,Abu Bakr Narshaxiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,Mahmud
Kashg‘ariy.
Muhmmad ibn Muso al-Xorazmiyning O‘zbekiston geografiyasini rivojlanishiga qo‘shgan hissasi.
- Turkistonda geografiya fanining rivojlanishida dunyoga mashhur atoqli matematik astranom va geograf Muhmmad ibn Muso al-Xorazmiyning xizmati bebahodir. U tabiiy fanlarga oid ko‘plab asarlarning muallifi. SHular ichida eng muhim geografik va kartografik asari «Erning tasviri» («Sur‘at al-arz») kitobidir. Bu kitob «Xorazmiy geografiyasi» nomini olib, unda Yer kurrasidagi 537 tageografik nuqtaning, jumladan 200 dan ortiq tog‘larning ta‘rifi berilgan. Asarda mamlakatlar, okeanlar, dengizlar, daryolar, ko‘llar haqida ma‘lumotlar bo‘lib, geografik ob‘ektlarning aniq koordinatalari berilgan. Musa Xorazmiy meridian yoyining bir darajasi 111,8 km.ga teng ekanligini (haqiqatda 111,0 km) ham aniqlagan.Muso Xorazmiyning yuqorida qayd qilingan xizmatlarini hisobga olib H.Hasanov IX-X- asrlarni qamrab olgan va O‘rta Osiyo geografiya fanining tug‘ilish davrini «Muhmmad Muso Xorazmiy – Balxiy geografiya maktabi» davri deb ataydi.
Antik davrdagi O‘zbekiston tabiati haqidagi ma‘lumotlar.











