Anvar Obidjon-bolalar shoiri, adibi va dramaturgi.

0
Anvar Obidjon-bolalar shoiri, adibi va dramaturgi.

Anvar Obidjon-bolalar shoiri, adibi va dramaturgi.

Anvar Obidjon-bolalar shoiri, adibi va dramaturgi.

O`zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 1947-yilning  8 –yanvarida Farg`ona viloyatining Oltiariq tumanida tug`ilgan.  U o`zbek bolalar adabiyotini  o`zining qisqa va mazmunli she`rlari, qiziqarli hikoya, qissa, pesalari  bilan boyitib kelayotgan  adib va dramaturgdir. A.Obidjon  hozirgi  O`zbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. U bir qator  gazeta va jurnallarda xodim, bo`lim mudiri bo`lib ishlagan.

A.Obidjon  sermahsul ijodkor. Uning  “Ona Yer” (1974, she`rlar), “Bahromning hikoyalari” (1980, she`rlar), “Ey, yorug` dunyo” (1983, qissa), “Olovjon va uning do`stlari” (1983, qissa va hikoyalar), “Bezgakshamol” (1985, hajviy she`rlar), “Masxaraboz  bola” (1986, she`rlar), “Akang qarag`ay Gulmat” (1987, qissa va hajviyalar) , “Juda qiziq voqea” (1987, she`rlar), “Oltin yurakli Avtobola” (1988, qissa va hikoyalar), “Dahshatli Meshpolvon” (1989, qissa va pyesalar) , “Yerliklar”(1990, hajviyalar), “Alamazon va Gulmat hangomasi” (1992, qissa, pyesa, she`r), “Ajoyibxona” (1993, she`riy taqvim), “Meshpolvonning janglari” (1994, qissa va doston), “Alisher ila Husayn yoki uch dono va o`g`ri” (1996, doston va she`rlar), “Alamazon va Gulmat” (1998, qissa va she`rlar), “Oltiariq hangomalari”, (1999, hajviyalar), “Bulbulning cho`pchaklari” (2001, she`r va hikoyalar), “Odobli bo`lish osonmi?” (2001, hikoya), “Meshpolvon” (2003, qissa), “Bezgakshamol-2” (2003, hajviy she`rlar) kabi to`plamlari nashr etilgan.

Respublika yosh tomoshabinlar teatri hamda Farg`ona, Qarshi, Qo`qon, Guliston  teatrlarida Anvar Obidjonning “Qo`ng`iroqli yolg`onchi”, “Pahlavonning o`g`irlanishi”, “Topsang, hay-hay”, “To`tiqul”, “Qorinbotir”, “Navro`z va Boychechak” pyesalari sahnalashtirilagan. Uning asarlari asosida “O`zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan “Tilsimoyg`aroyib qizaloq ”, “Dahshatli Meshpolvon” komediyalari kino tasmasiga tushirilgan. Anvar Obidjon she`rlariga bastalangan qo`shiqlarning asosiy qismi bolalarga bag`ishlangandir.   Uning «Kulchalar» va  «Botirvoyning kundaligi» turkumlaridagi qahramonlarning dеyarli hammasi turli yoshdagi bolalardir. Bu shе`rlarda bolalik tuyg`ularining sofligi, orzuumidlarining bеg`uborligi, tabiatan bir oz shumligi, quvnoqligi kata istе`dod bilan ochib bеriladi, o`quvchini goh yayrab-yayrab kulishga, goh  jimgina o`ylashga, fikrlashga, xulosalar chiqarishga undaydi.  Adibning mahorati shundaki, u bola dunyoqarashidagi o`ziga xosliklarning tub-tubini ko`ra oladi. Ichki olamini, o`y-xayollarini, kichik  qalbida kеchayotgan ruhiy jarayonlarni  nozik did bilan kuzatadi. Bir qaraganda, juda oddiy ko`rinadigan kichik-kichik shе`rlarda  inson tabiati shakllanishining dastlabki bosqich jarayonlari kеng ko`lamda tahlil etib bеriladi. Samimiy yumor, yеngil hajv elеmеntlari yorqin ko`zga tashlanadi. Shoirning «hali  o`zim bolaman-ku!», «Sinchkov bola», «Shu ham fil-mi?» kabi o`nlab shе`rlari shu jihatdan nihoyatda xaraktеrlidir.  Dadajonim,                       Axir kimga  Dadajon«Ota»man? Otim nеga                                                                     Shuni o`yla-a-ab Otajon?  Yotaman.

Shе`rni o`qiganda  endigina so`zlar ma`nosini anglay boshlayotgan bolakayning  holati koz o`ngimizga kеladi. Uning kutilmagan «muammo»li masala oldidagi o`ychanligi o`quvchining labiga nurli tabassum paydo qiladi, qalbida kichkintoyga nisbatan issiq bir tuyg`uni uyg`otadi.

Anvar Obidjonning «0099 – raqamli yolg`onchi», «Ey, yorug` dunyo», «Alomazon va uning piyodalari» kabi  qissalarida hamda, «Botinkaning tufliga xati» tipidagi turkum shе`rlari ham o`quvchini befarq qoldirmaydi.    O`zbеkiston xalq shoiri, ko`p  qirrali adib, shoir va dramaturg  Anvar Obidjon faqat tabiatni tasvirlovchi, turfa xil ramziy, majoziy obrazlar yaratuvchigina emas, balki ijodining kata qismida bolalar dunyosi, ruhiyatini ham tasvir etgan.

She`r haqida so`zlab berish, aslida nochorlikning ishi. Yaxshi she`rni o`qiganga, undagi voqea yoki mantiqni shoir qalbiga yaqinlashib his qilganga nima yetsin! Aslida, she`r shuning uchun yoziladi. Bu bizning – shoirlikka ixlosmand odamning nuqtai nazarimiz.

Bolalar ham xuddi shunday. She`r haqidagi chuqur ilmiy mulohazalar, bahslar, jimjimador fikrlar-u, balandparvoz ovozalar ular uchun mutlaqo ahamiyatsiz. Dunyoni tanib kelayotgan yosh qalb atrofidagi hamma narsa, hodisa, munosabatlarga qalb ko`zlarini katta-katta ochib qaragani, talpingani kabi, hayotning jonli parchalariga aylangan she`rga ham do`st tutinadi. Bolalar she`riyatining mas`uliyati, o`ziga xosligi hambolalaming mana shu xislatlandan kelib chiqadi. Qisqasi, bolalarga sodda, samimiy, qiziq, tabiiy, chiroyli, zavqli she`rlar kerak. Xuddi mana bu she`r kabi: tabiat, ko`ngli daryo odamlarga mehru muhabbatimiz rishtalarini bog`lagan o`tgan kunlarimizni sog`inamiz. Shu sog`inchning ildizlari qalbimizda qanchalar chuqur bo`lsa, demak, taqdir bizni siylabdi. Tursunboy Adashboyev she`rlarida hammadan oldin Vatanning muqaddas ostonasi bo`lgan ona qishloqqa juda yoshligidan o`ychan termulgan, undagi har bir mavjudlikni ixlos bilan ardoqlagan; sodda-yu to`pori, qismati mehnat va yana mehnat bo`lgan, odamlarni yoshiga nisbatan ulug`roq nigoh bilan kuzatgan qalb manzaralari ko`zga tashlanadi. 1 Bo`lim shoira. Muhtarama Ulug` bilan hamkorlikda yozilgan.

To`rg`ay yotar tuxum bosib,

Shuvoq bilan sirlashib.

Qora qo`ng`iz soqqa yasab,

Do`ngga tortar tirmashib.

Yumronqoziq serhadik Ish bitirar yugurib.

Mavzular.

manba