Arab xalifaligining O’rta Osiyoga istilochilik yurishlari.

0
Rus   mustamlakachilarining   o’lkaga   rus   aholisini   ko’chirib   keltirish  siyosati.

Arab xalifaligining O'rta Osiyoga istilochilik yurishlari.

Arab xalifaligining O’rta Osiyoga istilochilik yurishlari.

Arab xalifaligining O’rta Osiyoga istilochilik yurishlari.Ushbu  voqealar  va  yana  boshqa  sabablar  Turk  hoqonligining  zaiflashuviga  olib  keladi  hamda  oqibatda, 603 yili hoqonlik ikkita mustaqil davlatga bo‘linib ketadi. Ulardan biri Mo‘g‘ulistonda tashkil  topgan SHarqiy Turk hoqonligi, ikkinchisi esa O‘rta Osiyo, Jung‘oriya va SHarqiy Turkistonning bir  qismini o‘z ichiga olgan G‘arbiy Turk hoqonligi edi.

Ettisuv G‘arbiy Turk hoqonligining markazi edi. Ikkala hoqonlik ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy  jihatdan   bir-biridan   ajralib   turardi.   SHarqiy   hoqonlik   aholisining   asosiy   qismi   ko‘ch-manchi  chorvadorlardan iborat bo‘lib, G‘arbiy hoqonlik aholisining kattagina qismi esa o‘troq dehqonchilik,  hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullanardi. Turk hoqonligida ko‘chmanchi chorvador aholi  “budun” yoki “qora budun” nomlari bilan yuritilardi. Budun qabilalar ittifoqini tashkil etardi. Elning  hokimi ”yabg‘u” yoki “jabg‘u” unvoni bilan atalardi.

VII  asr  boshlariga  kelib,  Xitoyda  Suy  sulolasi  hukmronligi-ning  tugashi  bilan  G‘arbiy  Turk  hoqonligi yana taraqqiyotga yuz tuta-di. Tan sulolasining hokimiyatga kelishi bilan O‘rta Osiyo va Xitoy  o‘rtasida aloqalar jonlanadi. Elchilik munosabatlari yangidan yo‘lga qo‘yiladi.

VII asrning birinchi choragida G‘arbiy hoqonlik nihoyatda kuchaya-di. Uning sharqiy chegarasi  Oltoyga, Janubiy chegarasi esa Hind daryosi bo‘ylariga borib taqaladi. Hoqon To‘nyabg‘u davrida (618- 630) boshqaruv tartiblari isloh qilinadi. O‘troq viloyat hokimlarini hoqonlik ma’muriyati bilan bevosita  bog‘lash va ularning ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida, mahalliy hukmdorlarga hoqonlik-ning  “yabg‘u” unvoni beriladi. SHu bilan birga O‘rta Osiyo, SHarqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli  mustaqil  hokimliklari  usti-dan  siyosiy  nazorat  kuchaytirilib,  ular  huzuriga  hoqonlikning  va-killari  yuboriladi. Bunday vakillar “tudun” deb yuritilgan.

Bo’ysundirilgan  hududlarni  mahalliy  hokimlar  orqali  boshqarish  tartibi  hoqonlikni  zaiflashtira  bordi. Natijada VI asrning 80-yillari oxirlarida Turk xoqonligi ikki qismga bo’linib ketadi.

VII asr ikkinchi yarmida ancha kuchaygan Xitoy O’rta Osiyo hududlarini ham o’z qo’l ostiga  kiritish payiga tushadi. Biroq 670 yilda tibetliklar bosh ko’tarib, sharqiy Turk xoqonligini yangidan  tiklaganlaridan so’ng va bu davlat Xitoy uchun kutilmagan xavf-xatarni keltirib chiqargach, endilikda  Xitoy O’rta Osiyoga bo’lgan o’z da’vosidan vaqtincha voz kechadi. Uning yendigi butun diqqati Tibetga  qaratiladi. Bu davrda O’rta Osiyo hududlarida G’arbiy Turk xoqonligi ta’siri tobora zaiflashib boradi.  Bunga mahaliy hokimliklar o’rtasidagi ichki ziddiyatlar, yer-mulk uchun o’zaro kurashlar ham sabab  bo’ladi. Bu yesa pirovardida bu hududlarning arab istilochilari tomonidan bosib olinishiga sabab bo’ldi.

Turk xoqonligining sharqiy yerlaridan farqli o’laroq G’arbiy hududda aholining ijtimoiy-iqtisodiy  hayot tarzi, madaniy darajasi nisbatan yuqori bo’lgan. Negaki, sharqiy hududlarda yashagan ko’pchilik  ko’chmanchi turkiy yelatlarda urug’-qabilachilik munosabatlari hamon kuchli saqlangan. Aholining quyi  tabaqasi  budun  yoki  qora  budunlar  deb  atalgan.  Urug’-qabilaning  nomdor  vakillari  «beklar»  deb  yuritilgan. Jamoani xoqon va zodaganlar kengashi -«Qurultoy» boshqargan. O’rta Osiyo yerlarida yesa bu  davrda  dehqonchilik,  bog’dorchilik  va  uzumchilik  sohalari  yuksak  darajada  rivojlangan.  O’lkaning  Farg’ona, Xorazm va Zarafshon vohalarida ko’plab suv ayirg’ichlar, kanallar, suv havzalari bunyod  yetilgan.

Farg’ona va Sug’dda aholining bir qismi tog’-kon ishlari bilan ham mashg’ul bo’lgan. Bu yerlarda  oltin, mis, temir yeritish, ulardan kerakli asbob-anjomlar ishlash yaxshi yo’lga qo’yilgan. Shuningdek,  Iloqda qo’rg’oshin, kumush, Shahrisabzda yesa qizil tuz qazib olingan.

Bu davrda ham yurtimizda moddiy va ma’naviy madaniyatning yangi-yangi betimsol namunalari  yaratildi.  Turli  olimlar  mutaxassislar  bahsiga  sabab  bo’lgan  Turk-ruin,  Urxon-Yenasoy  yozuvi,  Kultegin bitiklari, Bilga xoqon yodnomasi va shu singari noyob topilmalar turk yozma madaniyatning  qadimiyligi va rang-barangligiga guvohlik beradi. 1970 yilda Almati yaqinidagi «Issiq» degan joydan  topilgan va fanga «Issiq yozuvi» nomi bilan kirgan turkiy yozuv ham bizning yozuv tariximizga oid  qarashlarimizni yanada boyitadi. Yendilikda topilgan noyob ashyoi dalillar asosida turkiy yozuvning  tarixi miloddan avvalgi II-I asrlarga borib tutashishi ma’lum bo’ldi.

VI-VII asrlarda savdo stiq ishlarida janubdan shimolga tamon ko‘chgan. Bunga vositachilik qilish  so‘g‘diylarning qo‘liga o‘tadi. Ular nafaqat quriqlikda, balki shu bilan bir qatorda Kaspiy dengizi orqali  ham savdo ishlarida faol qatnashgan. Bu borada Poykant shahrini aloxida tilga olish lozim,  chunki mazkur  joyda  savdogarlar  ko‘p  istiqomat  qilganlar  va  o‘sha  vaqtdagi  oldi  sotdilarni  ular  amalga  oshirganlar. SHu boisdan ham bu shahar savdogarlar shahri yani “Madinat at-tujor” deb bejiz aytilmagan.

So‘g‘ddan chet mamalakatlarga mevalar: oq va sirir olcha chorva mollariadan quyriqdor qo‘ylar  shuningdek yilqidar chiqarilagn.

So‘g‘dning atroflari tog‘lar bilan o‘ralganligi bois bu erlarla oltin mis temir qalaiy kumush singari  rangli metallarning konlari juda ko‘p bo‘lgan. Kesh tog‘laridan qizil tuz va oltin qazib olinsa iloqdan  kumush va qalayt, maymurug‘dan latun, oltin qazib chiqariladi. Mazkur maxsulotlarning zarur qismi  ichki ehtiyojlar uchun bo‘lsa, qolgani eksport sifatida chiqarib turilgan. YUqoridagi misollar so‘g‘dda  temirchilik soxasining yuksak darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Metallurgtyada turli mehnat  qurollari: belkurak, bolta, o‘roq, mix, taqa va hakoza mehnat qurollari ishlab chiqarilgan. Turli tuman  hunarmandchilik buyumlari: pichoq qaychi bezak ashyolari kalit qulf chiroqlardan, harbiy qurollar ishlab  chiqarish keng yo‘lga qo‘yilgan. SHuning uchun ham so‘hd harbiylari qurolanish jihatidan boshqa hudud  harbiylariga nisbatan ancha ustin bo‘lgan.

Arab xalifaligi-(632 – 1258) – Arabiston ya.o., Yaqin va O’rta Sharq, Shim. Afrika, Ispaniya,  Markaziy  Osiyo  va  Kavkazortini  o’z  ichiga  olgan  saltanat.  7-8-a.larda  tashkil  tongan.  A.xionitlar  asoschisi payg’ambar Muhammal(as)ning eng yaqin safdoshi xalifa Abu Bakrdir. Arablar yuqorida zikr  etilgan mamlakatlarni 633-715 y.lar orasida bosib olganlar. Bu mamlakatlar asosan “Xulafo ar-roshidin”  (“To’g’ri yo’ldan boruvchi xalifalar”) va ummaviylar zamonida fath etildi. Lekin abbosiylar bu ulkan  hududni butun saqlab qololmadilar. Ichki ixtiloflar ta’siri ostida A.xionitlar 8-a.ning oxirlaridan boshlab  mayda-mayda qismlarga parchalanib keta boshladi: 788 y. Mag’ribning g’arbiy qismida (hoz. Marokash)  idrisiylar (788 – 985), uning sharqiy qismida (hoz. Tunis) ag’labiylar (800-909) xukmronligi o’rnatildi.  Xuroson va Movarounnaxraa esa 9-a.ning 20-y.laridan boshlab mahalliy sulolalar: toxiriylar (821 – 873),  safforiylar (867 – 903) va somoniylar (875 -999) bosh ko’tarib chiqdilar. Ular A.xionitlarga nomigagina  tobe bo’lib, aslida mustaqil hukmdor edilar. A.xionitlar 1258 y. mug’ullar tarafidan tugatildi (yana q.  Xalifalik).

Xalifalik – 7-8-asrlarda arab istilolari natijasida Arabiston yarim oroli, Yaqin va O’rta Sharq,  Shim. Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o’z ichiga olgan davlat (q. Arab xalifalig) Ibn  Xaldunning yozishicha, “johiliya arablari” faqat diniy sifatdagi (payg’ambarlik, valiylik, kohinlik va h.k.)  hokimiyatni tan olganlar. Shuning uchun ham hijratdan so’ng (622 y.) Madinada barpo bo’lgan va 630- 632 y.larda butun Arabistoi ya.o.ni o’z ichiga olgan tuzum islom diniga asoslangan, teokratik davlat  shaklini  olgan.  Bu  davlatning  boshlig’i-  rasululloh  –  Allohning  elchisi,  ammo  u  abadiy  emasligi  payg’ambarning o’zi tomonidan qayta-qayta ta’kidlab kelingan.

Bu davlatni keljakda boshqaradiganlar  siyosiy  usullardan  foydalanishlari  muqarrar  edi,  zero  Muhammad  (sav)  –  payg’ambarlarniig  oxirgisi  (xotam ul-anbiyo). Birinchi bo’lib bu haqiqat Payg’ambar (sav) tomonidan anglandi. “Xalifalik mendan  keyin ummatlarim ichida o’ttiz yil, so’ngra amirlik (podsholik) dir” degan mazmundagi hadis aynan shu  fikrni  isbotlaydi.  Darhaqiqat  Allohning  nomidan  (vahiy  orqali)  ummatini  boshqargan  Muhammad  payg’ambar vafotidan so’ngra rahbarlikka ilohiy rahnamolik sifatida eta bo’lmagan va bunga da’vo ham  qilmagan  xalifalar  xelgan.  Sahobalar  bundan  keyin  dunyoviy  ishlarni  oddiy  inson  hukmdor  –  amir  boshqarishini tushunganlar. Makkalik va madinalik sahobalar – muhojirlar va ansorlar o’rtasidagi bahs  faqatgina ularning qaysi biri ana shu lavozimga saylanishi haqida borar ela.

Abu Bakr Siddiqning Xalifatu  Rasululloh  –  Alloh  elchisining  o’rinbosari  bo’lib  saylanishi  shundan  dalolatdir.  Aynan  shu  davrda  hokimiyat  vazifalarining  (sud,  moliya  va  h.i.)  bo’linishi  va  ularning,  asosan,  muhojirlar  o’rtasida  taqsimlanish yuz bergan. Bu jarayon, ya’ni davlat boshqaruv tizimi diniylik qiyofasini yo’qotib, dunyoviy  tus olishi 4 xalifa – Abu Bakr Siddiq (632- 634), Umar ibn Xattob (634-644), Usmon ibn Affon (644-  656) va Ali ibn Abu Tolib (656-661) davrida uzil-kesil amalga oshgan, ular “al-Xulafo arroshidun”  (to’g’ri y.dan boruvchi xalifalar) degan nom oldilar.

750 yilda Abbosaylar xalifaligi boshlangan. Umaviylardan farqli o’laroq abbosiylar o’z ismlariga  Alloh so’zini qo’shib martabali laqablar olilar, shu yo’l bilan o’z hokimiyatlariga teokratik tus berishga  uringanlar. Lekin amalda ularniig ko’pchiligi qo’g’irchoqqa aylanib qolib, boshqa qavimlar boshlilqari  (mas. Mahmud G’aznavay), saljuqlar sultoni To’g’rulbek, buvayhiylar amiri Ahmad kabilarga muboya’a  (guvohnoma)  berdilar  va  ularning  hokimliklarini  qonuniylashtirdilar.   Abbosiylar  Arab xalifaligining O’rta Osiyoga istilochilik yurishlari.

Muallif:   U.S. To`pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba