Arxeologik tadqiqot uslubiyati haqida.

0
Arxeologik tadqiqot uslubiyati haqida.

Arxeologik  tadqiqot  uslubiyati haqida.

Arxeologik tadqiqot uslubiyati haqida.

Arxeologik  tadqiqot  uslubiyati. Arxeologik  manbalarni  shartli  ravishda  2  turga  bo‘lish  mumkin;

  1. Tabiiy manbalar  inson  va  hayvon  suyaklari,  o‘simliklar  qoldiqlari  geologik  qatlamlari  bo‘lib,  ularni  asosan  zoologlar,  botaniklar,  geologlar  o‘rganadilar.
  2. Inson tomonidan  yaratilgan  manbalar  bo‘lib, ular  mehnat  qurollari, sopol  idishlari,  san’at  asarlari,  qoyatosh  rasmlari,  shuningdek  yozma  manbalar  ham    Arxeologlar  kishilik   madaniyati  tarixini  o‘rganishda  moddiy  va  yozma  manbalarga  tayanib  ish  ko‘radilar.

Arxeologiyada  qadimgi  buyumlarni  o‘rganish   birdan bir  maqsad  qilib  olinmaydi, topilmalarni tilga kiritish va o‘sha zamon nafasini tiklash arxeologiyaning asosiy maqsadidir. Shuning uchun topilmalar  tarixiy  tadqiqodlar  uchun  faqat  manba  sifatidagina  ilmiy  qimmatga  ega  bo‘ladi.   Buyumlarning  yoshi,  nimaga  ishlatilganini, qanday  uslubda  yasalganini  aniqlash  tadqiqotning  zarur  tayyorgarlik  bosqichi  hisoblanadi. Arxeologiyani o‘rganishda arxeologlar arxeologik  ekspeditsiyalar uyushtiradilar.  Ularning  ish  uslubi  3  pog‘onalik  bo‘ladi;

1.Arxeologik  qidiruv.

2.Sinov.

  1. Keng miqyosda  (statsionar)  qazish  ishlari  olib

Ekspeditsiyalarning asosiy  vazifasi  yodgorliklarning  paydo  bo‘lgan  davri,  qancha  yashaganligi, inqirozga  yuz tutishi  va  boshqa  xususiyatlarini  aniqlash  hisoblanadi. Bunda ular asosan yodgorlikdagi topilmalarni chuqur o‘rganib, taxlil qiladilar. Taxlillarning quyidagi uslublari mavjud: radiouglerod, dendroxronologiya, radiokarbon uslublari, davrlashtirishning arxeomagnit uslubi, sporo–chang taxlili, petrografik uslub, agrobiologik uslub, hayvon suyaklari taxlili va boshqalar. Shuningdek, arxeologlar topilgan   buyumlarni  bir-biri  bilan  bog‘lab,  tarixiy  va  yozma  manbalarga  solishtirgan  holda  ham  o‘rganadilar. Bunda asosan, madaniyatlararo tarqalgan ashyolar yordamida buyumlar yoshini aniqlaydilar.   Bu keyingi davrlarda eng keng qo‘llanmoqda.

Madaniyatlararo tarqalgan ashyolar yordamida ibtidoiy davr buyumlari yoshini aniqlashda sharq mamlakatlarida tarqalgan xlorit, lazurit, argelit toshlardan, alibastr, fayans va fil suyagidan yasalgan buyumlarni solishtirish yordamida aniqlashadi. Xlorit tosh– yumshoq tarkibli, yashil kulrangtob bo‘lib, undan yasalgan buyumlarning tashqi tarafiga chizib, o‘yib bezak beriladi. Bunday buyumlar Eronning Kermon viloyatidan miloddan oldingi XIX– XVIII asrlarda eksport qilingan. Argelit toshdan miloddan oldingi II ming yilliklar yillikning oxirlar I ming yillikning boshlarida  taqinchoqlar muhrlar va kosmetika uchun mitti idishlar yasaganlar. Argelitning makoni Afg‘oniston, Pokiston, Eron va O‘rta Osiyodan topilgan. Alibastrdan yasalgan buyumlar miloddan oldingi II ming yillikning boshlariga oid. Fayansdan “ilohiy ” idishlar va kichik xajmdagi kosa va xar xil taqinchoqlar ishlangan bo‘lib, ular miloddan oldingi XIX– XVIII asrlarga oiddir.

Arxeologik  yodgorliklar odamlar  yashagan  joylar  ibtidoiy  makonlari, qishloq  va  shahar xarobalari,  qoyatosh  rasmlari,  istehkomlar,  ibodatxonalar,  qadimgi  sug‘orish  inshootlari hisoblanadi. Arxeologlar mazkur  topilmalar  yordamida  o‘sha  davr  manzarasini, insonlarning yashash  sharoitini,  jamoada  mavjud  udumlar  va qaysi taraqqiyot bosqichida    turganliklarini  aniqlaydilar. Umuman, arxeologik yodgorliklar

er  ostida  yoki  er  ustida  joylashgan  bo‘ladi.  Er  ostidagi  yodgorliklarni  o‘rganish  jarayonida  arxeologlar  madaniy  qatlamlarga  alohida  e’tibor  beradilar.

Madaniy  qatlam  deganda-insoniyatning  turmushi,  xo‘jalik  faoliyati  izlari  saqlanib  qolgan  tuproq  qatlami  tuchuniladi.  Madaniy  qatlamlar  bir  va  bir  necha  o‘ntacha   qatlamlarga  ega  bo‘lishi  mumkin.  Ularning  qalinligi  bir  necha  santimetrdan  30-35  metrgacha  bo‘lishi  mumkin.  Bu  esa  mazkur  joyda  odamlarning  qancha  vaqt  yashaganligi  bilan  bog‘liq.  Madaniy  qatlam  u  yoki  bu  qatlamlarga  shurf  tashlash,  keyin  keng  ko‘lamda  qazish  ishlari  natijasida  aniqlanadi.

Shurf  aslida  nemischa  so‘z   bo‘lib,  o‘zbek  tilida  qaziyman   degan  ma’noni  bildiradi.  Shurf  solish  deganda  yodgorliklardagi  dastlabki  qazish  ishlari  tuchunilib,  madaniy  qatlamni  aniqlash  va  yodgorliklar  haqida  dastlabki  ma’lumotlarni  olishdir.  Shurf  ko‘pincha  kvadrat  va  to‘g‘ri  to‘rtburchak  shakllarida  bo‘lib,  uning  chuqurligi  va  kengligi  madaniy  qatlamga  qarab  har  xil  bo‘lishi  mumkin.  Keng  ko‘lamda  qazish  natijasida  madaniy  qatlam  to‘la  ochilib,  inson  faoliyati  izlari  bo‘lmagan  ergacha  kovlab  tushiladi,  arxeologiyada  u  materik-bezovta  qilinmagan  er  deb  ataladi.

Arxeologik tadqiqot uslubiyati haqida.

Mavzular.

manba