“Arxeologiya” faniga kirish.Tarixni tarixiy va arxeologik manbalar asosida davrlashtirish masalalari.

0
“Arxeologiya” faniga kirish.Tarixni tarixiy va arxeologik manbalar asosida davrlashtirish masalalari.

“Arxeologiya” faniga kirish.Tarixni tarixiy va arxeologik manbalar asosida davrlashtirish masalalari.

“Arxeologiya” faniga kirish.Tarixni tarixiy va arxeologik manbalar asosida davrlashtirish masalalari.

Tarixni tarixiy va arxeologik manbalar asosida davrlashtirish masalalari. Arxeologiya fani – tarix fanining ajralmas qismidir. Mazkur fanni o`rganishdan maqsad O`rta Osiyoning eng qadimgi tarixi, ibtidoiy jamoalarning manzilgohlari, ibtidoiy kishilarning mehnat qurollari haqida chuqur bilimga ega bo`lishdan iboratdir.

Kishilik  jamiyatining  vujudga  kelish  jarayoni  uzoq  o‘tmishga  borib  taqaladi. O‘z  navbatida  o‘tmishni  o‘rganish  har  bir  davrning  dolzarb masalalaridan  biri  bo‘lib  kelgan. Arxeologiya  fani  ham  tarixning  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  ijtimoiy  fanlar  orasida  alohida  o‘rin  tutadi.

“Arxeologiya”- “arxayos”-qadimgi,  “logos”-fan  so‘zlaridan  tarkib  topgan  bo‘lib,  qadimiyat  haqidagi  fandir.  Uni dastlab miloddan  avvalgi  IV  asrda Aflotun    o‘zining  “Gippiy”  dialogida,  qadimgi  zamon  haqidagi  fanni  nazarda  tutib  ishlatgan.  Shu tariqa bu so‘z qadimgi  Gretsiyada  qo‘llanilgan va  o‘tmish masalalari muxokamasi ma’nosini anglatgan. Vaqt o‘tgach uning ma’no doirasi ancha o‘zgarib, kengayib borgan va tarix fanining muxim tarmoqlaridan biriga aylangan.

Arxeologiya-tarixiy, moddiy manbalar  asosida  insoniyatning    o‘tmishini  o‘rgatuvchi  fan  hisoblanadi.  M.E.Masson  unga  quyidagicha  ta’rif  bergan:  arxeologiya  tarixning  bir  sohasi  bo‘lib,  kishilik  jamiyati  o‘tmishi  va  faoliyatini  xilma-xil  izlarga,  aksariyat  hollarda  moddiy  yodgorliklariga,  yozma  manbalarga,  til,  etnografiya,  geologiya,  antropologiya,  zoologiya va boshqa fanlarning  yutuqlariga  tayanib,  o‘rganuvchi  fandir. Tarix  va  arxeologiya  bir-biri  bilan  chambarchas  bog‘liq  bo‘lib, bir  birini  to‘ldiradi. Ular  aslida  bitta  fanning  2  sohasidir.

Tarixning  asosiy  manbai  – yozuv  va  uning  manbalari  bo‘lsa,  arxeologiyaning  manbalari  unga  nisbatan  qadimiydir.  Uning  ilk  davri  2.5-3  million  yilga  borib  taqaladi.  Biz  kishilik  jamiyati  tarixini  24  soat   deb  faraz  qilsak,  uning  23   soat-u  56  minuti  yozma  manbalarsiz  davrga,  4  minuti  yozma  tarixga  to‘g‘ri  keladi.  Demak  kishilik  jamiyatining  juda  katta  davrini  o‘rganish  arxeologik  manbalarga  tayanib  olib  boriladi.

Eng  qadimgi  davr  ajdodlarimiz  hayotida  eng  uzoq  davom  etgan  davr  sanaladi.  U  bundan taxminan  2–2,5  million  yil  oldin  boshlanib,  to  ilk  davlatlar  paydo  bo‘lgunga  qadar,  ya’ni  miloddan  avvalgi  6-5  asrlargacha   davom  etgan.

Ilk  ajdodlarimiz  dastlab  tabiatda  mavjud  imkoniyatlardan  foydalanib  hayot  kechirganlar.  O‘rmon  va  tog‘larda  mevalarni  terib  eb,  hayvon  ovlab,  vodiylarda  daryo,  bo‘ylarida  yashab  kun  ko‘rganlar.  Keyinchalik  tabiatda  o‘zgarishlar  boshlanishi,  ularning  hayot  tarzlarini  o‘zgartirishga  olib  kelgan.  Hayvon  terisidan  kiyim  kiyganlar,  g‘orlardan  issiq  boshpana  qilganlar,  toshdan  nayza  yasab,  to‘da  bo‘lib  yirik  hayvonlarni  ovlay  boshlaganlar.  Vaqt  o‘tishi  bilan  xo‘jalik  va  ov  uchun  turli  qurollar,  zeb-ziynatlar  yasay  boshlaganlar.  Tabiatdagi  ko‘pgina  voqea  va hodisalarni  tuchuna  olmay,  ularga  butunlay  qaram  ajdodlarimiz  orasida  diniy  tuchunchalar  paydo  bo‘la  boshlagan.  Muzlik  chekinib  kunlar  isiy  boshlagach,  ajdodlarimizning  hayot  tarzi  yana  o‘zgargan.  Endilikda  sovuq  iqlimda  yashaydigan  hayvonlar  yo‘qolib,  issiq  iqlimga  moslashgan  hayvonlar  paydo  bo‘lgan.  Ularni  insonlar  to‘da  bo‘lib  emas,  o‘q – yoy yordami orqaligina  qo‘lga  tushira  olganlar.  Vaqt  o‘tgan  sayin  insoniyat  dehqonchilik  va  chorvachilikni  kashf  etib,  tabiatga  qaramlikdan  ozod  bo‘ladi.  U  endilikda  o‘zi  yashash  uchun  zarur   bo‘lgan  ekinni  eka  oladigan  va  chorva  boqadigan bo‘ladi.  Bu  insoniyat  tarixida  eng  buyuk  voqea  bo‘lib,  ko‘pchilik  olimlar  bu  hodisani  inqilobga  tenglaydilar.  Chorvachilik,  dehqonchilik  ketidan  kulolchilik,  to‘quvchilik,  tikuvchilik  kabi  hunarmandchilik  tarmoqlari  vujudga  keladi.  Endilikda  bu  kasblarning  alohida  shug‘ullanuvchi  kishilari  paydo  bo‘ladi.  Dehqon  hunarmand  yoki  chorvador  bilan   o‘zi  uchun  zarur  bo‘lgan  mahsulotlarni  ayirboshlay  boshlaydi.  Vaqt  o‘tgan  sayin  ba’zi  bir  odamlar  qo‘lida  boyliklar  to‘planib,  mulkiy  tabaqalanish  jarayoni  boshlanadi,  bu  esa  davlatlarning  vujudga  kelishiga  olib  keladi.

Ko‘rib  turibmizki,  insoniyatning  shakllanishi  murakkab  jarayon  bo‘lib,  uzoq  davrni  o‘zida  qamragani  uchun  ham  uni  o‘rganishni  osonlashtirish  uslublarini  topish  juda  muhimdir.  Tarix  fanida  har  bir  davrning  jadval  tarzida  berilishi  shu  masalani  echishda  yordam  beradi,  ikkinchi  tomondan  oldin  belgilangan  sanalarda  bo‘lgan  o‘zgarishlarni  tez  anglashda,  boshqa  xalqlar  hayoti  bilan  taqqoslab  baho  berishda,  ayniqsa  bir  xil  tarixiy  voqealarni  turlicha  talqin  qilinishining  oldi  olingan  bo‘lardi.

O‘zbekiston  arxeologiyasida  keyingi  davrlarda  tarixni  davrlashtirish  masalasiga oydinlik  kiritildi.  Bunda  O‘.I.  Islomov  va K.A.  Kraxmallarning  ilmiy  tadqiqotlari  diqqatga  sazovordir.  Ular  O‘rta  Osiyo  hududining  geotektonik  va  geomagnit  hodisalarini  hisobga  olib,  paleolit  davri  yodgorliklari  yoshini  500-600 ming  yilga  qadimiylashtirdilar. Shuningdek, keyingi davrlarda qilingan tadqiqotlar, ya’ni olduvay davriga oid manzilgohlarning ko‘plab topilishi paleolit davrini   Shellgacha, shell,  ashel  davrlariga  ajratmay,  olduvay  va  ashell  davrlariga  bo‘lish maqsadga muvofiq deb topildi, chunki shell va ashel davri mexnat qurollarining ishlanish texnikasi bir xil bo‘lib, ular faqat vazn jihatdangina farq qilar edi. Olduvay davri makonlaridan ko‘plab qum toshlardan yasalgan qurollarning topilishi esa, uni davr sifatida ajratishga imkon tug‘dirdi. O`quvchiga tarix va uning rivoj topishidagi muhim bosqichlarni taqdim etish va o`tmishdan to hozirgi kungacha bo`lgan davrni yoritib beradi.

Eng qadimgi davr tarixini davrlashtirish masalalari bilan arxeolog olimlar ko‘proq shug‘ullanishadi. Ular insonlar turmush tarzining  o‘zgarishiga olib kelgan  voqealar asosida insoniyat taraqqiyotini turli bosqichlarga bo‘ladilar va tarixiy taraqqiyotning asosiy xususiyatlarini ko‘rsatib beradilar.  Eng qadimgi davr insonlar tomonidan yaratilgan mehnat qurollaridagi o‘zgarishlar asosida davrlarga bo‘lingan.

Eng qadimgi davr tarixiy jihatdan ikkita yirik davr: “ibtidoiy to‘da” va “urug‘chilik jamoasi davri”ga bo‘lingan.  O‘z navbatida urug‘chilik jamoasi matriarxat (ona urug‘i hukmronligi davri) va patriarxat (ota urug‘i hukmronligi davri)davrlariga bo‘linadi. Mazkur yirik tarixiy bosqichlar arxeologik jihatdan mehnat qurollari tarkibiga qarab – paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza va temir davrlariga bo‘linadi. O‘z navbatida bu davrlar ham  rivojlanishi jihatidan  bir necha bosqichlarga bo‘linadi.

Tarixda eng qadimgi davr tarixiy va arxeologik jihatdan davrlarga ajratilib o‘rganiladi. Tarixiy jihatdan ikkita yirik davr: “ibtidoiy to‘da” va “urug‘chilik jamoasi davri”ga bo‘lingan.  O‘z navbatida urug‘chilik jamoasi matriarxat (ona urug‘i hukmronligi davri) va patriarxat (ota urug‘i hukmronligi davri)davrlariga bo‘linadi. Mazkur yirik tarixiy bosqich arxeologik jihatdan mehnat qurollari tarkibiga qarab – paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza va temir davrlariga bo‘linadi.

Qadimgi davr miloddan oldingi 6 asrdan milodiy  4 asrgacha bo‘lgan davrni tashkil qilib, 2 bosqichga bo‘linadi; 1– arxaik davr bo‘lib, u miloddan oldingi 11–9 asrlarni o‘z ichiga oladi.  Bu bosqich axamoniylar hukmronligi bilan bog‘liq. 2–antik davr deb atalib, miloddan oldingi   4 asrdan to milodiy  4 asrgacha bo‘lgan davrni tashkil qiladi. Bu bosqich yunon–makedoniyaliklar xukmronligidan boshlanib to kushonlar saltanati inqrozigacha davom qiladi.

O‘rta asrlar ham o‘z rivojlanishi jihatidan 3 ta bosqichga bo‘linadi. 1–bosqich ilk o‘rta asrlar davri bo‘lib u milodiy    V–IX asrgachalarni tashkil qiladi, bu davr ijtimoiy taraqqiyotda yangi er egaligining tashkil topishi, ya’ni eftalitlar xumronligidan boshlanib, turk hoqonligi inqrozigacha davom qiladi. 2–bosqich rivojlangan o‘rta asrlar davri bo‘lib, milodiy   IX– XVI asrlarni tashkil qilib, u arablar istilosi davridan to O‘zbekiston xududida xonliklar tashkil topgan davrgacha davom qiladi. 3–bosqich so‘nggi o‘rta asrlar davri bo‘lib, u milodiy XVI– XIX asrlarni tashkil qiladi. U  O‘zbekiston xududida xonliklar tashkil topgan davrdan to Rossiya xumronligi davrlarini o‘z ichiga oladi.

Mavzular.

manba