“Avesto” – Markaziy Osiy xalqlarining mushtarak yozma yodgorligi.

0
“Avesto” – Markaziy Osiy xalqlarining mushtarak yozma yodgorligi. 

“Avesto” – Markaziy Osiy xalqlarining mushtarak yozma yodgorligi. 

“Avesto” – Markaziy Osiy xalqlarining mushtarak yozma yodgorligi.

Avesto» Turon-u Eron xalqlarining mushtarak yodgorligidir. (Unga oid nazariy ma’lumotlar «Avesto» kitobining soʻnggida T.Mahmudov tomonidan yozilgan «Avesto haqida» maqolasida keltirilgan: T.Mahmudov. «Avesto» haqida. Avesto. T., 2001).

Ovrupada Zardusht ta’limotining «Zoroastr» – «Zoroastrizm» shaklida yoyilib ketishiga sabab bu ism yunon tilidagi «stron» (yulduz) soʻziga oʻxshashligidir. Qadimgi rivoyat hamda manbalarda Zardusht donishmand – astrolog sifatida qayd etilib, uning ta’limoti Gʻarbga tomon tarqalgach, «Zoroastrizm» tarzida zikr etila boshlagan.

«Avesto»ning yurti haqida turlicha fikrlar bildirilgan. Ba’zi olimlar zardushtiylikning vatani Parfiya (Turkmaniston), yana boshqalari Midiya, Sharqiy Eron , Baqtriya desalar, Struve, Trever, Rapoport, Oldenburg, Proxorov, Meri Boys, Dyakonov, Bartold, Lukonin, Avdiev singari olimlar Turonzaminda (Xorazm,

Baqtriya, Soʻgʻdiyona, Fargʻona) paydo boʻlib, soʻngra Eron va boshqa mamlakatlarga tarqalgan degan fikrni bildiradilar.

Zardushtiylik boʻyicha 4 tomlik asar muallifi Meri Boys (ingliz) ham otashparastlar dinining muqaddas kitobi «Avesto» qadimgi Xorazm vohasida paydo boʻlganini qayd etadi. Bu faraz B. Gʻofurov, N.Mallaev, H.Homidov, A.Qayumov, Y.Jumaboev, M.Is’hoqov, A.Saidov, F.Sulaymonova kabilarning tadqiqotlarida ham oʻz ifodasini topgan.

«Avesta» zardushtiylik (zoroastrizm) dinining muqaddas kitobidir. Zardushtiylikning kurtaklari ibtidoiy jamoa davrida vujudga keldi. Zardushtiylik dini quldorlik va ilk feodalizm davrida Oʻrta Osiyo, Eron va Ozarbayjonda asosiy diniy e’tiqodlardan biri sifatida keng tarqaldi, bu din sinfiy jamiyatda, ibtidoiy jamoa davridagi ayrim demokratik elementlarini saqlab qolgan boʻlishiga qaramay, quldorlar va feodallarning dunyoqarashi va manfaatlarini ifodaladi. Arab bosqinchilari istilosi (VII-VIII asrlar)dan soʻng ham zardushtiylik dini birmuncha vaqt saqlanib qoldi.

«Avesta» zardushtiylikning muqaddas kitobi boʻlishi bilan birga, u uzoq asrlarning tarixi, iqtisodiy-ijtimoiy hayoti, madaniyati, tili, yozuvi va xalq ogʻzaki ijodining manbai, muhim yodgorligi sifatida qadimgi Oʻrta Osiyo, Ozarbayjon, Eron va boshqa mamlakatlarni oʻrganishda nihoyatda katta ahamiyatga egadir.

«Avesto»ning, xususan, uning qadimgi qismlarining vujudga kelgan joyi masalasi juda munozaralidir. Bu munozara dastavval «Avesto»ning asosini tashkil etgan zardushtiylikning paydo boʻlishi haqijagi tortishuvlar bilan bogʻliqdir. Bu masalda olimlar oʻrtasida bir-biriga qarama-qarshi ikki xil qarash bor. Bu qarashlarning biri – zardushtiylik Midiyadan tarqalgan deb hisoblovchi «Gʻarbiy» nazariya boʻlib, ikkinchisi – zardushtiylik dastlab Oʻrta Osiyoda paydo boʻlgan degan «Sharqiy» nazariyadir. Oʻtmishning va hozirgi davrning koʻpchilik sharqshunoslari «Sharqiy» nazariya tarafdorlaridirlar.

Tarixiy faktlar, lingvistik ma’lumotlar «Sharqiy» nazariyaning toʻgʻriligini quvvatlaydi va isbot qiladi. Xuddi shuningdek «Avesta»dagi geografik atamalar ham uni Midiya bilan emas, balki Oʻrta osiyo bilan bogʻlaydi. Rivoyatlarga qaraganda zardushtiylikning asoschisi boʻlgan Zardusht – Zardushtraning tugʻilgan mamlakati ta’rifida «Avesta»da bunday deyiladi: U shunday «mamlakatki, u erda son-sanoqsiz qoʻshinlarga bahodirlar sardorlik va yoʻlboshchilik qiladi, oʻtloqlar va suvga serob baland togʻlar chorvachilik uchun zarur boʻlgan barcha narsani etkazib berib turadi. U erda sersuv chuqur koʻllar bor, kema qatnaydigan keng daryolar (bu daryolar Amudaryo va Sirdaryodir) oʻzlarining toʻlqinli suvlarini shiddat bilan Iskat

(assuriycha «assuriycha» «Ishkuzan» – Skifiya), Pourut (Qobil daryosi vodiysi), Mour

(Marv), Xareva (Ariya), Gav (Soʻgʻddagi bir oblast), Soʻgʻda (Soʻgʻd), Xvayrizm

(Xorazm) mamlakatlariga eltadi».

«Avesto», shubhasiz, Oʻrta Osiyo doirasi bilan chegaralanib qolmadi. U uzoq tarixiy tarqqiyot bosqichini kechdi; zardushtiylikning Eron, Ozarbayjon va boshqa oʻlkalarga tarqalishi bilan «Avesta» ham u joylarga kirib bordi; unga turli oʻzgarish va yangiliklar kiritildi. «Avesta»ga Oʻrta Osiyo xalqlarining (tojiklar, turkmanlar va oʻzbeklarning) qadimgi ota-bobolari asrs asos solishi bilan birga, unga eronliklar ham, ozarbayjonlar ham katta hissa qoʻshdilar. Bu «Aevsta»ga ma’lum mushtarak yodgorlik tusini berdi.

An’anaviy ma’lumotlarga qaraganda, «Avesta» eramizdan avvalgi VII asrning oxiri va VII asrning boshlarida yaratilgan. Unga Zardusht asos solgan (Beruniy ma’lumoticha, Zardusht Ozarbayjonda tugʻilgan. Biroq fanda Zardusht shaxsi, uning oʻtgan-oʻtmagani haqida, shuningdek, «Avesta»ning makoni haqida hamon munozarali fikr-mulohazalar davom etib keladi). Lekin «Avesta»ning shakllanishi va takomilini bir kishining nomi bilan bogʻlab boʻlmaydi. Chunki u uzoq davrlarning mahsuli boʻlib, bu davrlar davomida qayta-qayta ishlangan.

«Avesto»ning muqaddas kitob sifatida toʻla shakllanilishi esa eramizdan avvvalgi birinchi ming yillik oʻrtalariga toʻgʻri keladi.

Koʻpchilik manbalardagi an’anaviy ma’lumotlarga qaraganda, «Avesto» 21 nask – kitob (qism)dan iborat boʻlgan ekan. Biroq Aleksandr Makedonskiy va arab bosqinchilari istilosi natijasida ulardan koʻpi yoʻqolib, juda oz qismi saqlanib qolgan. Bizga qadar saqlanib qolgan «Avesto» yodgorliklarining eng qadimgi nusxasi 1324 yilda koʻchirilgan boʻlib, u Kpengagenda saqlanadi. «Aevsto»ning ayrim nusxalarida aevsto tilidagi tekst bilan birga pahlaviy tilidagi sharhli tarjimalar ham bor. Sharhlar «Zend Avesto» deb nomlangan. «Avesto» teksti sanskrit tili (qadimgi hind tili)ga ham sharhlar bilan tarjima qilingan. U ayrim Evropa tillariga, uning bir necha qismi esa rus tiliga ham tarjima qilingan.

Mavzular.

manba