BADIIY MATNNING FONO-GRAFIK XUSUSIYATLARI.

0
BADIIY MATNNING FONO-GRAFIK XUSUSIYATLARI.

BADIIY MATNNING FONO-GRAFIK XUSUSIYATLARI.

BADIIY MATNNING FONO-GRAFIK XUSUSIYATLARI.

Badiiy matnni tahlil qilish jarayonida fonetik birliklarning estetik xususiyatlariga ham alohida e’tiborni qaratish zarur. She’riy matnda nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi. Chunki she’rda o’ziga xos jozibador ohang bo’ladi. Bu ohangdorlikka tovushlarni uslubiy qo’llash natijasida erishiladi.

She’riyatda asosan, alliteratsiya (undoshlar takrori), assonans (unlilar takrori), geminatsiya (undoshlarni qavatlash) kabi fonetik usullardan foydalaniladi. Nasrda unlilarni cho’zish: undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash, so’zlarning fonetik qobig’ini o’zgartirib yozish, tovush orttirish yoki tovush tushirish kabi «fonetik usullar yordamida ekspressivlik ta’minlanadi. Tovushlarni uslubiy qo’llash bilan bog’liq qonuniyatlarni yozuvda «aynan» ifodalash imkoniyati cheklangan. Biroq, talaffuz va bayon muvofiqligiga fono-grafik vositalar yordamida erishish mumkin. Badiiy asarlarda ruhiy holatni yozuvda ifodalash o’ziga xos murakkablikni yuzaga chiqaradi. Qahramonlar ruhiyatidagi ichki hayajon, xursand bo’lish, xafa bo’lish, rozilik, taajjub, yalinish, hayratlanish, kinoya, piching kesatiq, olqish, so’roq, ta’kid, qoniqmaslik, norizolik, tilak-istak, qo’llab-quvvatlash kabi holatlarni aynan berishda yozuvchilar unli yoki undoshlarni birdan ortiq yozish usulidan foydalanadilar. Masalan:

  1. Unlilarni birdan ortiq yozish. Bunda unlini cho’zib talaffuz qilinganligi tushuniladi. Unlini cho’zib talaffuz qilish orqali qahramonning voqelikka munosabati oydinlashtiriladi. Ilmiy adabiyotlarda mazkur usul orqali belgining me’yordan kuchsiz yoki ortiq ekanligini ifodalashda foydalamlishi ta’kidlanacli30. Masalan, belgining kuchsizligi: Ortiq jizzaki ko’rinmaslik uchun bos-i-iq tovush bilan dedi… (P.Qodirov). Belgining ortiqligi: Uzo-oq yo’l, ahyo-onda bir keladi, qato-or imoratlar, o’yla-ab tursam, o’g’lim, dunyoni ishi qiziq.(A.Muxtor) «Sharq» sahnasi bilan «Turon»ning to’rtta karnayi: g’o-o-o-o-ot, go’-o-otu-u-u g’o-o- o-ot!G’ot-g’ot-g’ot! Ha, tovushing o’chkur, ha, egasiz qolg’ur!! (A.Qodiriy)

Shuningdek, badiiy matnda unlilarni birdan ortiq yozish usulidan qahramonning biror nimadan hayratlanishi, taajjubga tushishi kabi holatlarini ifodalashda foydalaniladi. Masalan: – Marhamat..-O’-o’, kaklikning sayrashini dedingizmi? – Uning manglayi tirishib va g’ijinib davom etdi: – Biz ham sizga qo’shilib eshitar ekanmiz-da? — O’-o’o’, okaxon, tuda-suda to’laysiz-da.(Sh. Xolmirzayev) -A-a-a, o’sha sizmidingiz, buni qarang-a, tanimapman. Uyimizga yana bir kelgan ekansiz. Yo’qligimni qarang-a.(S.Ahmad) Men o’zimning odmi plashimni ham devordan daromad qiiib yasalgan shifonerga ildim.  – O-o! – deb yana o’zi ichkariga yo’1 tortdi

Tavakkal –Yaxshi-ii… A,Gulsara? Bir kishiga bo’ladi-da! (Sh.Xolmirzayev)

Mazkur fono-grafik usuldan badiiy matnda chaqirish, xitob, da’vat, tinglovchi e’tiborini jalb qilish kabi maqsadlarda ham foydalanishini kuzatisn mumkin. Masalan, chaqirish: – O’zimam biliedim-ov, –dedi-da,  yog’och engarakdan (qoltbola darvoza) keyin eniladigan jarlikning u betidagi xo’jalik idorasiga qarab shovqin sold:–Ho’-o’, Boltabo-oy! (Sh.Xolmirzayev). Hasan uni tanidi. -Ho’y, Bolta! To’xta deyapman!-deb baqirdi.–Bolta-a!–alam bilan chaqlrdi keyin. (Sh. Xolmirzayev)

  1. Undoshlarni birdan ortiq yozish. Aslida orfoepik me’yor bo’yicha bir undosh talaffuz qilinishi kerak bo’lgan so’zlar muayyan vaziyatlarda ekspressiya va estetik maqsad talabi bilan atayin qavatlab talaffuz qilinadi. So’zlovchining ichki ruhiyati (siqilish, xursandlik, karaxtlik, ikkilanish, achchig’lanish, biror voqea-hodisadan qattiq ta’sirlanish kabilar) va maqsadini kitobxonga «aynan» yetkazish uchun yozuvchilar badiiy matnda bu holatni undoshlarni birdan ortiq yozish orqali ifodalashga harakat qiladilar. Bunda belgining me’yordan ortiqligi, harakatning davomiyligi yoki oniyligi (bir onda ro’y berganligi), takroriyligi, tovush kuchining balandligi yoki pastligi kabi ma’nolar ifodalangan bo’ladi. Masalan, belgining ortiqligi;

Siz aslida uchchiga chiqqan muttaham ekansiz! (gazetadan), Harakatning davomiyligi: – Mening xotinim bo’lib, aroq ochishni bilmaysanmi? dedi mingboshi, xoxolab kuldi. – o’rgan! Mana qarab tur! – Shishaning tagiga yo’g’on shapalog’i bilan ikki marta urdi, po’kak chachrab chiqib shiftga tegdi, so’ngra u yerdan sachrab tovchadagi katta jomga kelib tushdi, «jar-r-rang!»… etdi jom. -Ha-ha-ha!.. –dedi mingboshi. Jomlaringni jaranglatdim. sintaloq! (Cho’lpon). o’h-ho’,bunaqa sigir bozorda falon pul bo’lsa kerak.(S.Ahmad). Yarim soatlik qonli «g’ov-v-v-v, g’u-v-v-v, ov-v-v-v-v, ov-v-v-v»dan so’ng Mallaxonning davangisi mag’lub bo’lib, faje bir suratda yaralandi. (A.Qodiriy). Harakatning oniyligi: Salimani ko’rishi bilan Ziynat xola zippilab ko’zdan g’oyib bo’ldi. Ovoz kuchining balandligi: “Bummm” degan tovush eshitildi-yu, ko’kni changto’zon qopladi.

Qahramon ruhiyatidagi oniy, keskin o’zgarishlar ham undoshlarni birdan ortiq yozish orqali beriladi: N-nima qilishim kerak bo’lmasa? Bo’ldi, muddaongga yetding… En-nasini… bu dunyoni! (Sh. Xolmirzayev)

Rus va Yevropa filologik an’anasida geminatsiya nomi bilan yuritiladigan hodisa mavjud. «Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati»da mazkur hodisa «qo’sh undoshlik – ikki aynan bir xil undoshii holatning yuzaga kelishi» sifatida izohlanadi. «O’zbek tili tarixiy fonetikasi» o’quv qo’llanmasida esa bu hodisa “Qo’shoqlanish» yoki «ikkilangan undosh» deb yuritiladi. «qo’shoqlanish – undoshlarning cho’zilishi, ikkilanishi hodisasini fonetik o’zgarishlar sirasida ko’rib chiqish o’ta shartlidir. Lekin bu hodisa faqat ikki unli orasidagi yakka undoshda sodir bo’la olishi bilan fonetik o’zgarishlarga o’xshaydi.

Qo’shoqlanish asosan, ikki unli orasida kelgan k, q, t, l tovushlarida va faqat 2, 7, 8, 9, 30, 50 sanoq sonlarini nomlashda sodir bo’ladi. Bu sonorlarni bir undosh bilan ham, ikkilangan undosh bilan ham talaffuz etish mumkin bo’lgan. Sanoq sonlar nomidagi bit xil qo’shoqlanish sabablari haligacha ochilmagan. Lekin katta, latta, yakka, yalla, chakki, ukki kabi so’zlardagi ikkinchi t, l, k lar tarixan morfologik ko’rsatkich bo’lib, ulardagi qo’shoqlanish singish (adaptatsiya) natijasidir degan fikr mavjud». Adham Abdullayev esa «undoshlarni qavatlash» atamasini ishlatgan. Undoshlarni qavatlab qo’llash orqali badiiy asarda qahramon ruhiyatidagi xursandiik va xafalik holatlari tugal tasvirlashga erishiladi. Masalan, Ayyorlikda uchchiga chiqqanman deb maqtansam yolg’on emas (Oybek).

Uni ayblashga sizning ma’naviy Haqqingiz yo’q, uka! – dedi g’azab bilan (gazetadan). Keltirilgan misollardagi undoshlarning qavatlanishi qahramonlar tabiatidagi subyektiv holatni ifodalashga xizmat qilgan. Ya’ni, birinchi gapdagi qahramonning o’z «ishi-hunaridan» mamnunligi. “anoyi” emasligini ta’kidlash istagi qavatlangan «ch» undoshi orqali yanada aniq ifodalangan. Ikkinchi gapdagi qahramonning qahq-g’azabi esa «q» geminatasi bilan ko’rsatib berilgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, undoshlarning qavatianishi alohida uslubiy vositadir. Duch kelgan tovushni qavatlab qo’llab bo’lmaganidek, sozda turli sabablar bilan yonma-yon kelgan barcha undoshlar ham lingvopoetik jihatdan ahamiyatga ega bo’lavermaydi.

Masalian:– Ukaginam, bu kennoyingizga (kelin oyingizga–ellipsis) zagsda patta (so’z imlosida mavjud) kesilmagan. Birinchisidan to’qqizta (so’z imlosida mavjud) bola bor. Bechora giroy bo’laman deb rosa tug’di. To’qqizinchisini tug’di-yu o’zimizning til bilan aytganda  brakka (brak+ga) chiqib qoldi. (S.Ahmad)

Noto’gri talaffuzni ifodalash. Og’zaki nutqda turli sabablarga ko’ra ayrim so’zlar, asosan, o’zlashma so’zlarni buzib talaffuz qilish holati mavjud. Bunday xato o’zlashgan so’z imlosini to’g’ri bilmaslik, boshqa millatga mansublik, paronimlarni farqlamaslik, ayrim so’zlar imlosini tasavvur qilmaslik kabilar natijasida yuzaga kelishi

  1. Grafon deb ataladigan bu usuldan badiiy asarda qahramon nutqini individuallashtirish hamda ifodani og’zaki – jonli nutqqa yaqinlashtirish maqsadida foydalaniladi. Ayrim o’rinlarda kulgi qo’zg’atish maqsadida ham so’zlar atayin buzib talaffuz qilinadi va o’sha tarzda yoziladi. Masalan: -Kotibadan, kirsam mumkinmi, deb so’rash kerak. -Jinni bo’ldingmi, Ne’mat?

-Men     sizga     Ne’mat     emasman,     o’rtoq     Babbayev     bo’laman,     o’rtoq

Xajjayip.(S.Ahmad) -Xo’p, bo’pti. Uning oti Zulfiqor, fomilasi… -aytaveraymi, deb unga qaradi. (S.Ahmad). Bo’rixon begona uyga kirib qolgan odamdek qovushmay turardi. U ukalariga, singillariga nima deyishni bilmasdi. To’g’ri, nima deyishni bilardi. Ammo, til bilmasa nima qilsin? o’ylab-o’ylab, «Salyam!» dedi. Jigarlari kulishni ham, yig’lashni ham bilmay hayron turib qolishdi. (S.Ahmad) –Rahmatli padaringiz podachilikdan boshqa narsani bilmas edi. Esimda «Oshalo-ol!» deb keiganiari…

-“Oshalol”emas, «oshi halol!» deb tuzatdi musiqa muallimi.(Sh. Xolmirzayev) Alliteratsiya. Badiiy nutqning ohangdorligini va ta’sirchanligini ta’minlashda alliteratsiyaning o’rni beqiyosdir. She’riy nutqda misralar, bir xil undosh tovushlarning takror qo’llanishiga alliteratsiya deyiladi. Tovushiar zamiridagi musiqiylikka asoslangan bu usul qadimdan Sharq she’riyatida keng qo;llanilib kelingan. Ko’hna badiiyatshunoslik (“ilmi bade’ ”)da alliteratsiya «tavzi’ san’ati» deb yuritilgan. Alliteratsiya deganda zabardast shoir Erkin Vohidovning mashhur “q” alliteratsiyali she’ri ko’z oldimizga keladi:

     Qaro qoshing, qalam qoshing,

     Qiyiq qayrilma qoshing qiz,    

     Qilur qatlimga qasd qayrab-   

     Qilich qotil qaroshing, qiz.

     Qafasda qalb qushin qiynab, 

     Qanot qoqmoqqa qo’ymaysan. 

     Qarab qo’ygil qiyo,

     Qalbimni qizdirsin quyoshing qiz.

Bunday usulni shoir Elbek ijodida ham kuzatish mumkin:

Ko’klamda ko’karsa ko’k ko’katlar, Ko’klarga ko’milsa katta-kattalar,

Ko’m-ko’k ko’karib ko’rinsa ko’llar, Ko ‘ngilni ko ‘tarsa ko ‘rkli gullar.

 Alliteratsiya nasriy asarda ham kuzatiladi. Quyidagi misollarda b, g’, q, sh, t, k undoshlarining takrorlanishi natijasida hosil qilingan alliteratsiyani kuzatish mumkin: Butun bet-boshim bij-bij bo’ldi. Butun bet-boshim g’uj-g’uj ajin bo’ldi. Bet-boshim betbosh bolimadi – darz-darz yer bo’ldi. Bet-boshim bet-bosh bo’lmadi – qaqroq-qaqroq yer bo’ldi. Bet-boshim bet-bosh bo’lmadi – sho’r-sho’r yer bo’ldi! (T. Murod) Bolalar folkloridatn tez aytishlar ham alliteratsiyaga asoslangan: Bir tup tut, tutning tagida bir tup turp. Tut turpni turtib turibdimi, turp tutni turtib turibdimi? Oq choynakka oq qopqoq, Ko’k choynakka ko’k qopqoq.

Alliteratsiyadan xalq maqollarida intonatsion butunlikni ta’minlash maqsadida ham keng foydalanilganligini kuzatishimiz mumkin:

Suymaganga suykanma, suyganingdan ayrilma. Tulkining tushiga tovuq kirar,  Tovuqning tushiga tariq kirar.

        Tek turganga shayton tayoq tutqazar. 

Assonans. Badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va emotsional- ekspressivlik bag’ishlash    maqsadida     qo’llaniladigan        fonetik           usullardan   biri assonansdir. Adabiyotlarda assonans aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanib kelishidan hosil bo’ladigan ohangdoshlik ekanligi bayon qilingan. Unlilarning takrorlanishi maqollarda ko’p kuzatiladi;

Ovni otsang, bilib ot,  Dol nishonga qo’yib ot

Non qon bo’lsa, qon – jon.

        O’zing o’yda bo’lsang ham, o’ying uyingda bo’lsin.

Assonans qofiyadosh so’zlar tarkibida kelib, she’riy nutqqa ko’tarinki ruh va o’ziga xos musiqiylik baxsh etadi:

Ruhimda yo’qoldi qarorim,

        Tanimda qolmadi madorim.

   Bizlarni bir yo ‘qlab kelibsan,

   Vafo qilarmisan, bahorim?!  (A.Oripov)

Alliteratsiya va assonans saj’li nasrda alohada ahamiyat kasb etadi. Saj’ istilohi ilmiy adabiyotlarda nasrda ikki yoki undan ortiq so’zning qofiyada yoxud vaznda (ba’zan har ikkisida ham) kelishiga nisbatan ishlatilishi ta’kidlanadi.   Misol: Alqissa, Qoraxon podsho o ‘g ‘lining dardini ishqdan bilib, ko ‘ngli buzilib, yurak-bag’ri ezilib, qaddi bukilib, ko’zidan yoshi to’kilib, o’g’liga qarab, bir so’z aytib turibdi.

Mavzular.

manba