Badiiy matnning lisoniy tahlili» kursi haqida umumiy ma’lumot.

0
Badiiy matnning lisoniy tahlili kursi haqida umumiy ma'lumot.

Badiiy matnning lisoniy tahlili kursi haqida umumiy ma'lumot.

Badiiy matnning lisoniy tahlili» kursi haqida umumiy ma’lumot.

Badiiy matnning lisoniy tahlili» kursi haqida umumiy ma’lumot. Badiiy
matnning lisoniy tahlili kursining asosiy maqsadi badiiy matndagi badiiy ma’no va
badiiy mazmunni aniqlash asosida lingvopoetik butunlik sifatidagi matnni
baholashdan iborat bo’lmog’i lozim. Badiiy matnning lisoniy tahlili maxsus
tamoyillar asosida amalga oshirilishi lozim.

Badiiy matndagi poetik aktuallashuv fonografik, leksik, morfologik va sintaktik vositalarning har birida o’ziga xos tarzda kechadi. Badiiy matnning lisoniy–estetik butunlik sifatidagi tabiati ham shakliy, ham semantik mohiyatga ega bo’lgan integrativ munosabatlarning mavjudligiga ko’ra yuzaga keladi.

«Badiiy matnning lisoniy tahlili» fanining maqsadi va vazifalari: Talabalarni
matn va uning tiplari, birliklari; badiiy matn va uning mazmuniy turlari, badiiy matnda intertekstuallikning ifodalanishi, badiiy matnni shakllantiruvchi vositaiar, badiiy
matnning fono-grafik, leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlari hamda
lingvopoetik tahlil tamoyillari bilan tanishtirish, shuningdek, mazkur kurs bo’yicha
o’zlashtirgan nazariy bilimlarini o’zbek adabiyotidagi eng sara badiiy asarlar tili
tahlilida sinab ko’rishga o’rgatish.

«Badiiy matnning lisoniy tahlili» fanini o’zlashtirishga qo’yiladigan
talablar: Talabalar mazkur fanni o’zlashtirganlaridan keyin matn va uning to’liq
lingvistik ta’rifi, tiplari, birliklari haqida to’g’ri tasavvurga ega bo’lishlari; badiiy matn
va uning mazmuniy turlari, badiiy matnda intertekstuallikning ifodalanishi, badiiy
matnni shakllantiruvchi vositalar, til birliklari orqali namoyon bo’ladigan estetik
maqsadning yuzaga chiqish mexanizmlari haqida nazariy bilimlarga ega bo’lishlari;
badiiy matnning fono-grafik, leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlarini aniqlash
bo’yicha amaliy ko’nikmalarni egallashlari; lingvopoetik tahlil tamoyillari asosida
muayyan bir badiiy asarni mustaqil holda tahlil qilish malakasini egallashlari lozim.
«Badiiy matnning lisoniy tahlili» fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.

Mazkur kursning mazmuni tilshunoslik, adabiyotshunoslik, matnshunoslik, nutq
madaniyati, uslubshunoslik, falsafa, etika, estetika, mantiq va psixologiya kabi fanlar
bilan uzviy aloqadorlikda faoliyat yuritadi. Badiiy matnni lisoniy tahlil qilish
talabadan jiddiy filologik tayyorgarlikni talab qiladi. Chunki badiiy matn ijodiy
tafakkur mahsuli sifatida shakl va mazmun jihatidan o’ta murakkab badiiy estetik
butunlik hisoblanadi.

«Badiiy matnning lisoniy tahlili» fanini o’qitish jarayonini tashkil etish va
o’tkazish bo’yicha tavsiyalar: Aqliy hujum, qarorlar shajarasi, bumerang, «3in1»
(uchtasi birda), forum. inferens, ilmiy munozara, «workshop», «lingvopoetist»,
«epistol» kabi badiiy matnning lingvistik tahlili jarayonida bevosita qo’llash mumkin
bo’lgan interfaol texnologiyalardan foydalaniladi.

Har bir mavzuni o’rganishda uning
o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda innovatsion metodlar joriy qilinadi.
Uslubiy ko’rsatmalar: Har bir mavzu puxta o’rganilishi lozim. Mavzuga tegishli
nazariy savol va topshiriqlar o’qituvchi nazoratida bajarilishi kerak. Asosiy va
qo’shimcha adabiyotlar havola qilinishi, ularning talabalar tomonidan mustaqil o’qib
o’zlashtirilishi jiddiy nazoratga olinishi zarur.

Kurs avvalida har bir talabaga ma’lum
bir badiiy asarni o’qish va lingvistik tahlilga tayyorgarlik ko’rishi topshiriq sifatida
berilishi lozim. Ma’ruzada o’tilgan har bir mavzu bo’yicha misollarni talaba o’zi
tanlagan badiiy asardan izlab, to’plab boradi va yozma nazorat ishi holatiga keltiradi.
Talabaga ilmiy-nazariy adabiyotlardan, maqola va lug’atlardan qanday foydalanish
mumkinligi, ulardan iqtibos olish tartibi va qoidalari haqida batafsil ma’lumot berish
zarur.

Badiiy matnning lisoniy tahlili» kursi haqida umumiy ma’lumot.

Mavzular.

manba