Bosh sahifa mavzular Bino va inshootlar deformatsiyalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar.

Bino va inshootlar deformatsiyalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar.

0
Bino va inshootlar deformatsiyalari to'g'risida umumiy ma'lumotlar.

Bino va inshootlar deformatsiyalari to'g'risida umumiy ma'lumotlar.

Bino va inshootlar deformatsiyalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar.

Bino va inshootlar deformatsiyalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar. Deformatsiya turlari. Inshootlar deformatsiyasi ularning poydevoriga va inshootning o‘ziga  turli xil tabiiy va texnogen faktorlar ta’sir etishi natijasida yuzaga keladi. Asosan inshoot va binolar  deformatsiyasi  ular  poydevoridagi  tuproq  qatlamining  xarakatiga  bog‘liq.  Bu  xarakatlar  tik  va  gorizontal holatda yuzaga kelishi mumkin.

Poydevorlarning tik deformatsiyasi quyidagilarga bo‘linadi:

Cho‘kish-deformatsiyalar, poydevor tagidagi tuproqning tashqi ta’sir va alohida holatlarida tuproqning o‘z og‘irligi ta’sirida zichlanishi natijasida yuzaga keladi va bunda tuproq strukturasi  tubdan o‘zgarmaydi;

Siqilish deformatsiyalari, tuproqning zichlanishi natijasida yuzaga keluvchi va tashqi ta’sir  sababli  tuproq  strukturasi  tubdan  o‘zgarishiga  olib  keladi  masalan,  tuproqning  namlanishi,  muzlagan tuproqning erishi va hokazolar;

Bo‘rtish deformatsiyalari, tuproq qatlamiga turli ximiyaviy moddalar ta’sirida yoki uning  namligi, harorati o‘zgarishi natijasida tuproq hajmining o‘zgarishi;

O‘tirish deformatsiyalari, yer osti qazilma boyliklarini qazib olish, gidrogeologik sharoitning  o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi.

Poydevor cho‘kishining matematik xarakteristikasi-poydevorning boshlang‘ich va cho‘kish  sodir bo‘lgandan keyingi tekisliklari oralig‘idagi tik kesma bilan ifodalanadi.

Agarda  bu  kesmalar  inshoot  poydevorining  barcha  burchaklarida  teng  bo‘lsa  bunday  cho‘kish bir tekisda cho‘kish deyiladi, agarda kesmalar teng bo‘lmasa notekis cho‘kish hisoblanadi.  SHunday qilib bir tekisda cho‘kish inshootning barcha qismiga bo‘lgan tashqi muhit ta’siri bir xilda  bo‘lgan, hamda poydevor tagidagi tog‘ jinslarining bir xilda siqilishi natijasida  yuzaga kelishi  mumkin. Bu holat amalda kam uchraydi.

Notekis cho‘kishlar inshoot qismlariga turli xil ta’sir ko‘rsatilishi va tuproqning turlicha  siqilishi natijasida yuzaga keladi va bu holat bino va inshootlarni og‘ishiga, egilishi va boshqa xil  o‘zgarishlariga  olib  keladi.  Bu  o‘zgarishlar  sezilarli    darajada  bo‘lganda  bino  poydevorlari  va  devorlarida yorilishlar paydo bo‘lishi mumkin.

Inshootning o‘z og‘irligi natijasida sodir bo‘ladigan cho‘kishlar tuproq qatlamining siqilib  borishi natijasida ma’lum vaqtdan keyin to‘xtaydi.

Bunda  odatdagiday,  qumli  tuproqlarda  cho‘kish  katta    tezlikda  xarakatlanadi  va  tez  to‘xtaydi. Loy tuproqli joylarda esa teskari holatda, ya’ni sezilarli bo‘lmagan tezlikda boshlanib,  ko‘p yillar davomida tugamaydi.

Bir tomonlama kuch ta’sirida (masalan, suv bosimi) inshootlarning gorizontal siljishi sodir bo‘ladi.   Bino va poydevorlarning birgalikdagi siljishi quyidagi parametrlar orqali ifodalanadi:
a) alohida poydevor yoki qurilish blokining to‘liq cho‘kishi S;

b) bino va inshootlar poydevorining o‘rtacha cho‘kishi Sur ;

v) poydevor nuqtalarining notekis cho‘kishi DS;

g)  nisbiy  notekis  cho‘kish ya’ni  poydevor  ikki  nuqtasi  orasidagi  cho‘kish  farqininuqtalar orasidagi masofaga nisbati;

d) poydevor nishabligi i, ya’ni cho‘kish farqi DS ni poydevor eni yoki uzunligiga

Poydevor nishabligi inshootning og‘ishiga (kren) olib keladi.

  1. e) inshootning burilish burchagi x;
  2. j) inshootning gorizontal siljishi u.

Deformatsiyani kuzatish, inshoot qurilishi boshlangan vaqtdan, to undan foydalanishning birinchi yillarigacha davom ettiriladi. Bunda kuzatish bosqichlari bir oraliqlarda olib borilishiga  xarakat qilinadi. Bino va inshootlar poydevorlari va konstruksiyalarining siljishi va cho‘kishini  geodezik kuzatish maxsus texnikaviy vazifaga binoan bajariladi. U yerda quyidagilar ko‘rsatiladi:

  1. a) bino va inshootlarning kuzatilishi kerak bo‘lgan qismlari;
  2. b) boshlang‘ich reperlar va cho‘kish markalarining joylashishi;
  3. v) kuzatish davriyligi;
  4. g) talab qilingan aniqligi;
  5. d) hisobot hujjatlarining ro‘y

Poydevor va binolar deformatsiyasini kuzatish natijalari, bino va inshootlarning qanchalik mustahkamligini aniqlashga, hamda cho‘kish sodir bo‘lishini oldini olishga imkon beradi.
Deformatsiya sabablari. Yuqorida ko‘rsatilgandek, poydevorlar deformatsiyasi unga tabiiy va texnogen faktorlar ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Tabiiy faktorlarga quyidagilarni keltirish mumkin:

1) tog‘ jinslarining turli xil injener-geologik va gidrogeologik hodisalarga moyilligi;

2) tog‘ jinslarining sovuqda muzlash va muzlangan jinslarning erishi;

3) gidrometrik sharoitning o‘zgarishi, ko‘p yillik harorat, namlik va yer osti suvi sathining

o‘zgarishi.

Texnogen faktorlarga quyidagilar kiritiladi:

1) inshootning o‘z og‘irligi ta’siri;

2)  yer osti  suvlarining  sun’iy  ravishda  ko‘tarilish  va  pasayishi  sababli  tog‘  jinslarining xususiyatini o‘zgartirishi;

3) yer osti ishlari natijasida poydevorning zaiflashishi;

4) binoga qo‘shimcha qavat qurilishi  yoki  yonidan  yangi bino barpo etilishi natijasida,  poydevorga bo‘lgan bosim (kuch) o‘zgarishi;

5) turli xil agregatlar ishlashi, transportlar xarakati sababli poydevor tebranishi.

SHular bilan birga inshoot deformatsiyasiga poydevor shakli, o‘lchamlari va mustahkamligi ham ta’sir qiladi. Bino va inshootlar deformatsiyalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar.

Muallif: A. Ganiyev.

Mavzular.

manba