Bino va inshootlar loyihasini joyga ko‘chirish usullari.
Bino va inshootlar loyihasini joyga ko‘chirish usullari.Agar chap γ burchak yasalayotgan bo‘lsa,unda alidada nolinchi shtrixi γ burchak kattaligini belgilovchi limb shtrixi bilan tutashtiriladi va limb (alidada bilan) burash orqali ko‘rish trubasi boshlang‘ich yo‘nalish bo‘yicha V nuqtaga yo‘naltiriladi. Keyin alidada bo‘shatilib, u alidada shtrixi limbning nolinchi shtrixi bilan tutashgunchaburaladi.
Bunday holatda truba qarash o‘qi loyihaviy N2 nuqtaniko‘rsatadi. Ko‘rsatilgan yo‘nalishda S chiziq uzunligidan kattaroq bo‘lgan masofa o‘ng β va chap γ burchaklarni yasash natijasida teodolit bo‘yicha ikkita vexa qo‘yiladi. Ularningikki holatidan o‘rtachasi N nuqta topiladi. Bu yo‘nalish bo‘yicha Anuqtadan gorizontal quyilishi SAa loyihaviyqiymatga teng bo‘lgan qiya DAa= S/sosν masofa lentada o‘lchanadi, teodolit bo‘yicha uning uchiga a nuqta holatini mahkamlaydigan belgi qo‘yiladi. CHiziquzunligiqayta o‘lchash orqali tekshiriladi.
Loyihaviy otmetkani, chiziq va tekislikni berilgan nishablikda joyga kuchirish. Yo‘l, quvur, kanal va boshqa chiziqli inshootlarni qurishda qiya yo‘nalishni joyga ko‘chirishga to‘g‘ri keladi. Qiya yo‘nalish balandliklari ma’lum ikki nuqta yoki nishabligi va bir uchi balandligi berilgan chiziq bo‘yicha yasaladi.
Qiya yo‘nalish balandliklari ma’lum ikki nuqta orqali geodezik asboblar: teodolit va nivelir yordamida yoki ko‘z bilan chamalab o‘tkaziladi.
Teodolit yordamida qiya yo‘nalishni yasash uchun nuqtalarning biri A ga urnatilib, balandligi io‘lchanadi. Topilgan qiymat V nuqtadagi o‘rnatilgan reykada nishonga qaratilganda ko‘rish o‘qi AV chiziqqiyaligini undan i masofa yuqorida takrorlaydi. Ko‘chma reyka nishoni hosil bo‘lgan chiziqda yotqizilib, oraliq 1, 2, … nuqtalarga usti AV chiziqda yotadigan qoziqlar qoqiladi.
Qiya yo‘nalishni nivelir yordamida yasash nivelir A nuqtaga ko‘targich vintlardan biri AV chiziqda, ikkita vintini tutashtiruvchi chiziq esa AV chiziqqa tik yotadigan qilib o‘rnatiladi. AVchiziqda joylashgan ko‘targich vintni burash orqali truba V nuqgadagi reyka asbob balandligi i ga teng bo‘lgan sanoqqa qaratiladi. SHundan keyin 1, 2 nuqtalarga reyka qo‘yilganda sanoqlar asbob balandligi i ga teng bo‘ladigan qilib ularga qoziqlar qoqiladi.
Ko‘z bilan chamalab qiya yo‘nalishini yasash uchun to‘g‘ri burchak ostida qoqilgan ikkita
chizg‘ich — Tshakli ko‘rinishidagi nishonlar qo‘llaniladi. Ulardan ikkitasi chiziq uchlariga o‘rnatiladi. Oraliq1, 2 …, nuqtalarga qoziqlar ko‘chma nishonlar ustki qirrasi va nishablik chizig‘ida yotadigan nishonlardan biridan 0,5—0,7 m narida turgan kuzatuvchi ko‘rsatmasiga binoan qoqiladi.
Nuqtalardan birining balandligi va chiziq nishabligi ma’lum bo‘lganda qiya yo‘nalish teodolit yoki nivelir yordamida yasaladi. Teodolit boshlang‘ich nuqtaga o‘rnatilib, vertikal doira berilgan nishablikning daraja qiymati qo‘yilib, kiya nur hosil qilinadi. Oraliq nuqtalar truba ko‘rish o‘qi chizig‘i bo‘yicha aniqlanadi. Ko‘rish uqi chizig‘i xolatining to‘g‘riligi oxirgi nuqta balandligini yaqin reperdan aniqlash yo‘li bilan tekshiriladi.
Qiya tekisliklarni rejalash ham joyda planli va balandlik o‘rinlari aniqlangan yo‘nalishlar bo‘yicha yuqorida bayon etilgan usullar asosida o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Bino va inshootlar loyihasini joyga ko‘chirish usullari.
Muallif: A. Ganiyev.







