Bino va inshootlarni mufassal rejalash va inshoot o‘qlarini ixotalarga chiqarish.
Bino va inshootlarni mufassal rejalash va inshoot o‘qlarini ixotalarga chiqarish.Ma’lumki loyihani joyga ko‘chirishdagi asosiy ma’lumotlar – chiziq uzunligi, gorizontal burchak va nuqtalar balandligi grafik, analitik va grafo-analitik usulda olib borilishi ilgarigi darsda o‘tganmiz. YUqoridagi 3 usul asosan inshootlarning tayanch nuqtalari koordinatalarini aniq joyga ko‘chirishda xizmat qiladi. SHunga tayangan holda quyidagi ishlar bajariladi.
O‘qlarni mahkamlash. Kotlovan va fundamentlarni rejalash. Injenerlik inshoot o‘qi uning geometrik sxemasini ko‘rsatuvchi chiziqdan iboratdir. Bu o‘qlar bosh o‘q, asosiy o‘q va oraliq (qo‘shimcha) o‘qlarga bo‘linadi.
Bosh o‘q deb – inshoat unga nisbatan simmetrik joylashuvchi va bir-birga perpendikulyar bo‘lgan ikki o‘qqa aytiladi. Bunday o‘qlardan juda katta maydonni egallovchi va murakkab inshootlar qurilishida foydalaniladi (I-I va II-II).
Asosiy o‘q deb inshootni tashqi chizig‘ini hosil qiluvchi o‘qlarga aytiladi. (A-A, V-V, 1-1, 4- Bunday ko‘rinishdagi o‘qlar aksari barcha qurilishda keng qo‘llaniladi. Qolgan barcha o‘qlarga oraliq (qo‘shimcha) o‘qlar deyiladi (B-B, 2-2, 3-3).
Inshootni joyga ko‘chirish chizmasi Bunda bosh, asosiy va qo‘shimcha o‘qlar holati grafik ravishda ko‘rsatiladi, o‘zaro kesishuvchi o‘qlarning kesishish nuqtalarining fazoviy holatlarini ko‘rsatuvchi analitik ma’lumotlar (koor. X,Y va N) beriladi.
Bundan tashqari yuqorida qayd etilgan o‘qlarni bir-biriga nisbatan tutgan holatlarini bildiruvchi oraliq va balandlik masofalari ham chizmada batavsil ko‘rsatiladi.
Loyihani joyga ko‘chirishdan oldin u mukammal tekshirilishi shart. Inshootning umumiy o‘lchami, alohida o‘qlar orasidagi masofalar yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak.
Boshlangich va montaj gorizontida rejalash asoslarini barpo etish. Loyihalanayotgan imorat yoki inshootning ma’lum nuqtalarini plan li va balandlikdagi o‘rnini aniqlashda masofa, burchak va nuqtaning otmetkasi loyihalash elementlari hisoblanadi. Bularni planda aniqlash uchun har xil usullar qo‘llaniladi.
Qurilish konstruksiyalarini montaj qilishda geodezik ishlar.
YUqoridagi chizmadan inshoot M ning V nuqtasini joyga ko‘chirish uchun ma’lumot kerak deylik. Buning uchun V nuqtadan 12-13 to‘g‘ri chizig‘iga perpendikulyar tushiramiz. So‘ngra V va E nuqtalarning koordinatlari aniqlanadi. Tekislikda teskari geodezik masala echish usuli bilan d4d4 va d5d6 masofalar aniqlanadi. D4 va d6 masofalar faqat kontrol uchun xizmat qiladi.
Inshoot nuqtalarini joyga ko‘chirishni kesishtirish usulida olib borish bu qutbiy usulni kombinatsiyalashidir. Bino va inshootlarni mufassal rejalash va inshoot o‘qlarini ixotalarga chiqarish.
Muallif: A. Ganiyev.







