BIR HIMOYACHI REYAKSIYASI.

0
BIR HIMOYACHI REYAKSIYASI.

BIR HIMOYACHI REYAKSIYASI.

BIR HIMOYACHI REYAKSIYASI.

  1. Juftlikda mashqlar: bir o‘yinchi to‘pni yuqoriga-oldinga tashlaydi, boshqa o‘yinchi yuguradi, xatlab-to‘xtaydi, to‘pni bosh ustida ikki qo‘llabyuqoridan qabul qilish holatida iladi; oyoqlarni yozib, bilak-kaft harakatlari bilan to‘pni sherikka tashlaydi va o‘z joyiga qaytadi.
  2. Uchlikda mashqlar: bir o‘yinchi ikkinchi o‘yinchiga to‘pni tashlaydi, u harakatlanishdan so‘ng ikki martali qadam qo‘yadi, to‘pni bosh ustida iladi va to‘pni uchinchi o‘yinchiga teskari turib unga tashlaydi.
  3. Harakatlanishlardan sshng avval yiqilish-ag‘darilish mashqlari bajariladi, kichik tezlikda qo‘riqlash mashqlari ijro etiladi.
  4. Orqa bilan harakatlanish va yiqilish usullariga o‘rgatishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Bunday mashqlar yiqilib to‘p qabul qilish taqlidi, ilish va to‘ldirma to‘pni tashlash elementlari bilan birga qo‘llaniladi.

Texnika bo‘yicha mashqlar. Texnik mashqlar yordamida harakatlanishning asosiy usullari takomillashtiriladi: har bir usul alohida, usullarni o‘zaro almashtirib, to‘pni qabul qilish mashqlari bilan qo‘llaniladi:

  1. 4 qadam siljib maydonning ma’lum chegaralari bo‘ylab kalonna shaklida harakatnish:oldinga qarab, o‘ng yonlama, orqa bilan, chap yonlamaoldinga. Holat qanchalik past va tezlik yuqori bo‘lsa, yuklama shunchalik katta bo‘ladi.
  1. Belgilangan usulda harakatlanish, ma’lum oraliqqa-tezlanish, to‘xtash va o‘pni qabul qilish usullarini taqlid bilan bajarish.
  2. To‘p ikki qo‘l bilan yuqoridan (pastdan) o‘z ustiga uzatish va turli usullar bilan harakatlanish, to‘xtash.

O‘zgaruvchan  yo‘nalish bo‘ylab harakatlanish davomida to‘xtab to‘pni yuqoridan (pastdan) uzatish: oldinga-yuqoriga to‘p uzatish, oldinga qarab harakatlaish (yugurish, siljib yurish), o‘z ustiga to‘p uzatish, orqaga to‘p uzatish-orqa bilan harakatlanish davomida, yana o‘z ustiga to‘p uzatish va h.  YAnada murakkab topshiriq-faqat oldinga va orqaga to‘p uzatish. SHu mashq, faqat harakatlanish o‘ng va chap yon tomonlarga.

  1. turli harakatlanish usullari bilan estafetali mashqlar-turli topshiriqlar asosida. Tezkor harakatlanish va to‘pni nishonga aniq tekkazish (to‘p uzatish, qabul qilish) musobaqasi.
  2. Trener to‘pni to‘r ustidan 4-nchi (3, 2) zonada turgan o‘yinchiga yo‘llaydi, u to‘pni qabul qilib, bog‘lovchi o‘yinchi chiqadigan zonaga etkazadi. Bog‘lovchi o‘yinchi to‘pni 4 (3, 2)nchi zonaga ujum zarbasi uchun uzatadi. Xujumdan so‘ng topshiriq takrorlanadi.
  3. “A” tomondan 4-nchi zonadan xujum zarbasi bajariladi. “B” tomonda turgan bog‘lovchi o‘yinchi to‘siq qo‘yadi. Erga qo‘ngandan sshng unga 4-nchi zonada turgan o‘yinchi to‘rdan 3m. uzoqqa to‘p uzatadi. Xujum zarbasi uchun to‘p uzatiladi.”A” tomonda turgan bog‘lovchi o‘yinchi to‘siq qo‘yadi. ”A” tomondan 1-nchi zonaga xujum zarbasi bajariladi, “B” tomonda bog‘lovchi o‘yinchi to‘pni qabul qiladi. 6-nchi zona o‘yinchisi to‘pni bog‘lovchi chiqadigan joyga etkazadi – 4-nchi zonaga xujum zarbasi uchun to‘p uzatiladi. “A” tomondagi o‘yinchilarning harakati, xuddi “B” tomon o‘yinchilari harakatiga mos bo‘ladi.

Topshiriq variantlari o‘yinchilar tayyorgarligiga qarab murakkablashtirilishi mumkin.

Muallif: R.N.Ro`zmetov

Mavzular.

manba