Bolalar adabiyotining boshqa fanlar bilan hamkorligi yoxud adresliligi.

0
Bolalar adabiyotining  boshqa fanlar bilan hamkorligi yoxud adresliligi.

Bolalar adabiyotining  boshqa fanlar bilan hamkorligi yoxud adresliligi.

Bolalar adabiyotining  boshqa fanlar bilan hamkorligi yoxud adresliligi.

Bolalar adabiyotining kamolotida uning barcha fanlar bilan aloqadorligi muhim ahamiyatga ega. BuM.Gorkiyning «Mavzular to`g`risida»  maqolasida yorqin ifodalangan bo`lib, bolalar adabiyotining rang-barang mavzular hisobiga boyib, xilma-xil obrazlar hisobiga to`lishib borishini ta`minlashdan tashqari ma`lum darajada o`zligiga daxldor xossalarini ham oydinlashtiradi. Shu ma`noda, aytish mumkinki, bolalarga o`zlarini qurshagan olam va uning sirlaridan voqif bo`lishda, narsa va hodisalar mohiyatini idrok etishda, ularni anglash va bilib olishda, o`rganish va o`zlashtirishda bolalar adabiyoti o`ziga xos hayot darsligi vazifasini o`taydi.

Aytaylik, elektr nima? Quyosh-chi? Oy-chi?YUlduzlar nega faqat kechasi ko`rinadi?Momaqaldiroq nimadan paydo bo`ladi? Yashin-chi? Suv nima? Shamol nimadan hosil bo`ladi? Tuproq nima? Yomg`ir nima? Qor nima? O`simliklar, hasharotlar nega xilmma-xil? Xullas, bunday savollarning cheku-chegarasi yo`q. Lekin bolalar bularning barchasini bilishidan iborat ehtiyojlarini qondirmay qo`ymaydilar.

Ularning ma`naviy ulg`ayishlari ana shu istakni qondirish evaziga amalga oshadi. Binobarin, bolalar adabiyoti ana shu savollarga javob berish maqsadida fizika, astranomiya, geologiya, geografiya, kimyo, matematika, botanika, biologiya, qo`ying-chi kishilik jamiyati yaratgan barcha bilimlar bilan ijodiy hamkorlik qiladi. Bunda u mazkur bilimga xos sovuq ilmiy muhokama va mantiqiylikni emas, balki har qanday ilmiy tushunchaning insonni sharaflovchi badiiy obrazli ifoda etilishi orqali erishadi.

Bunday obrazli ifoda pirovard-oqibatda uning qiziqarliligini (zanimatelnost) va ma`rifiyligini (poznavatelnost) ta`minlaydi. «Qiziqarli botanika», «Qiziqarli fizika», «Qiziqarli biologiya», «Qiziqarli geologiya», «Qiziqarli kimyo» yoki «Yosh tilshunos», «Yosh adabiyotshunos», «Yosh fizik» qomuslari singari  bolalarbop rang-barang kitoblar, shuningdek, turli-tuman kasb-korlar, aniqrog`i, shishapazlik, chinnisozlik, yog`och va ganch o`ymakorligi, misgarlik va mis o`ymakorligi, temirchilik, kulolchilik, bo`yraboflik, gilamboflik, temirchilik, haykaltaroshlik, kashtachilik, zargarlik, zardo`zlik, rangpazlik, qog`oz tayyorlash va hokazolarning kelib chiqishi tarixiga oid zavqovar badia va hikoyalar yosh avlodning ular haqidagi bilimlarini chuqurlashtiribgina qo`ymaydi, balki ularda ajdodlar tajribalari va an`analarini o`zlashtira turib e`zozlashni, demakki, qadriyatlarni anglash jarayonida o`zliklarini anglashlariga, eng muhimi, kelajakda kim bo`lishdan iborat havaslarini uyg`otibgina qo`ymaydi, balki shu havasning qat`iyatga aylanishida yordam beradi.

Shu tariqa ilm va badiiyat sintezidan hosil bo`lgan ilmiy-ma`rifiy (poznovatelno`y) adabiyot shakllana boshladiki bu ma`rifatparvalik adabiyotidan tubdan farq qiluvchi hodisadir. Ma`rifatparvarlik adabiyotida ilg`or fan, texnika va an`analarini o`zlashtirishga da`vatkorlik ruhi ustivor bo`lsa, bolalar o`qishigagana mo`ljallangan ilmiy-ma`rifiy adabiyotda ilmiy dalillar, g`oyalar va farazlar badiiyat sintezidan o`tkazilib, obrazli tilda bayon etiladi.

Bunda ilmiy ma`lumot shunday zavqovar qilib bayon etilmog`i lozimki, undagi istalgan dalil shunchaki oddiy so`z bo`lib qolmasligi, qolaversa, o`quvchi miyasini keraksiz fakt sifatida g`ovlattirib qo`ymasligi, aksincha, uning  fikrini, xayolini harakatga solmog`i, pirovard oqibatda esa,unda ijodkorlik layoqatini shakllantirishga xizmat qilmog`i zarur.

Bolalar adabiyoti ruhshunoslik va pedagogika zimmasidagi vazifalarni birlashtirgan holda bolalar qalbini badiiy tadqiq qiladi, bolalikni badiiyat ko`zgusida butun bo`yi-basti bilan ko`rsatadi, aniqrog`i, bolalar ruhiy olamining takomillashuvini va ijtimoiy-axloqiy jihatdan shakllanishini badiiy tadqiq qilib ko`rsatadi, shu asosda fan va san`at o`zaro tutashgan va singishgan badiiyat hosilasiga aylanadi.

Natijada bolalar adabiyoti pedagogika va ruhshunoslikning o`ziga xos badiiy- axloqiy xrestomatiyasiga aylanadi. Bolalar adabiyotining ana shu xususiyati yozuvchi oldiga o`z o`quvchisining yosh xususiyatlarini, ruhiyatini, saviyasini va qiziqishlarini nazarda tutgan holda ijod etish vazifasini ko`ndalang qilib qo`yadi. Bu esa, o`z navbatida, balalarga atab yoziladigan asarlarning qaysi yoshdagi bolaga mo`ljallanganligini – adresliligini aniq belgilab olishni taqozo etadi.

Yozuvchi o`z asarini kimga qaratib yozayotganini oldindan bilishi kerak,-deb yozgan edi M.Gorkiy,shunday qilinmagan taqdirda uning kitobi o`quvchisiz qoladi. Bolalar yozuvchilari o`quvchilarning yoshiga katta e`tibor berishlari lozim. Agarda shunday qilinmaganda, u kitob «adressiz» bo`lib, kattalarga ham, bolalarga ham keraksiz bo`lib qoladi.»  Bu talabni bajarishda pedagogika va ruhshunoslik fanlari bolalar yozuvchilari uchun jiddiy dastur bo`la oladi, chunki bu fanlar bolalar va ularning  ruhiy olami, tarbiyasi bilan shug`ullanadi.

Shu mantiqqa muvofiq bolalarni yosh xususiyatlariga ko`ra uch guruhga bo`lish an`anaga aylanganki, bu ularga mo`ljallab badiiy asarlar yozishda ham mos keladi.

Mavzular.

manba