Borib bo‘lmas masofani aniqlash.
Daryo, jarlik, botqoqlik va boshqa to‘siklarni kesib o‘tadigan chiziklarni lentada o‘lchashning iloji bo‘lmaydi. Bunday hollarda chiziq uzunligini aniqlash uchun bazis b va uchburchakning β1, β 2 ,β3 , burchaklari o‘lchanadi . Sinuslar teoremasi asosida chiziq uzunligi S = b*(Sin β1/ Sin β2 )
Formula orqali hisoblanadi. Bazis blentada o‘lchash qulay joyda va uchburchak 123 iloji boricha teng tomonli qilib tanlanadi.Uchburchak β1, β 2 , burchaklarining har biri teodolit bilan to‘la qabulda o‘lchanadi.Ularning To‘g‘ri o‘lchangan-ligini iloji bo‘lsa β3,burchakni o‘lchash orqali tekshiriladi.
U holda β1 + β 2 + β3 = 1800 , bo‘lishi kerak.
O‘lchash va hisoblashni tekshirish uchun ikkinchi uchburchak 234 dan o‘lchangan bazis b2 va α2, α3, α4 burchaklar orqali chiziq uzunligi qaytadan quyidagi formula bo‘yicha topilishi mumkin:
S = b1*(Sin α4/ Sin α2 )
Hisoblangan chiziq uzunliklari nisbiy xatoligi 1:1000 dan oshmasa, ularning o‘rtacha arifmetik qiymati topiladi.
Svetodalnomyer va radiodalnomerlar haqida tushuncha.
Zamonaviy geodezik chiziqli o‘lchashlar radio va optik diapazondagi elektromagnitli to‘lqinlardan foydalanuvchi elektronli dalnomerlarda bajariladi. Bunday dalnomerlarda masofa o‘lchash prinsipi o‘lchanadigan distansiya bo‘ylab elektromagnit to‘lqinlarini tarqalish tezligi va vaqtini aniqlashga asoslangan. Elektronli dalnometriyaning hamma metodlari asosida quyidagi munosabat yotadi:
D= θ*τ/2;
Bunda: D — izlanayotgan masofa; θ — atmosferada elektromagnit tulqinlari (EMT)ni tarqalish tezligi; τ — EMTning oraliq bo‘ylab to‘g‘ri va teskari yo‘nalishda tarqalish vaqti.
Har qanday dalnomerli apparatura tarqalish vaqti τ to‘g‘risidagi infor-matsiyani etkazadi, t tezlik esa vakuumdagi yorug‘lik tezligi s=299792458±1,2m/s ma’lum qiymati va metereologik o‘lchashlar bo‘yicha aniqlanadigan atmosfera-da nurning sinish koeffitsienti p dan foydalanib, ν = c/n– formulada aniqlanadi.
Dalnomerli moslamalarda vaqtli interval τ — bevosita o‘lchanadi yoki bu vaqtli intervalning ma’lum funk-siyasi bo‘lgan boshqa parametr aniqlanadi. Borib bo‘lmas masofani aniqlash.
Masofa o‘lchashning hamma metodlarining fizik mohiyati elektromagnit nurlanish bilan borliq bo‘lgan ayni bir parametrni o‘lchanadigan ikkilangan distansiyadan oldin va o‘tgandan keyin taqqoslashga asoslangan.
Buning uchun o‘lchanadigan chiziqning bir uchida peredatchik (uzatkich) va priyomnik (qabul qilgich) bo‘ladi. Ayni bir signal uzatkichdan priyomnikka bir vaqtda ikkita har xil yo‘l bilan: bevosita (distansiyaga chiqmasdan) va o‘lchanadigan distansiya orqali yo‘naltiriladi. Birinchi yo‘l tayanch kanaliyoki trakt, undan ketayotgan signal tayanch signaldeyiladi. Ikkinchi yo‘l distansiyali (informatsiyali) kanalni tashkil etadi va tegishlicha qaytargich (otrajatel)dan kelayotgan signal distansiyaliyoki informatsiyalisignaldeyiladi. Priyomnikda tanlangan parametr bo‘yicha tayanch va informatsiyali signallarni taqqoslash amalga oshiriladi yoki, boshqacha aytganda, o‘lchangan masofa to‘g‘risida informatsiyaga ega bu parametr bo‘yicha farq aniqlanadi.
Tayanch va informatsiyali signal-larni taqqoslash uchun tanlangan parametr o‘lchash metodini aniklaydi. Bunday parametrlar sifatida nurlanish impulsining kelish vaqti; uzluksiz yoki imnulsli nurlanishni modullashtiruvchi signal fazasi va boshqalar bo‘lishi mumkin. SHunga ko‘ra masofa o‘lchashning vaqtli (impul’syai)informatsiyali, fazali, chastotali metodlarifarqlanadi. Masofa o‘lchashning fazali metodi geodezik dalno-merlarda eng ko‘p tarqalgan va bir necha metrdan o‘nlab kilometrgacha masofalarni o‘lchash uchun qo‘llanadi.Amalda hamma sveto (yorug‘lik) yoki radiodalnomerlar,shuningdek, ko‘pchilik radiogeodezik sistemalar (RGS)da faqat shu metoddan foydalaniladi.
Fazali metodning asosiy prinsipi .shakl ko‘rsatilgan. Eltuvchi to‘lqinlar foydalanayotgai chastotalar diapazoniga qarab fazali dalnomerlar: har xil sifatli ikki sinfga — svetodalnomerga va radiodalnomerga bo‘linadi.
Svetodalnomerda — eltuvchi to‘lqinlar sifatida spektrning optik diapa-zonidagi — ko‘rinadigan yorug‘lik yoki infraqizil nurlanish to‘lqinlaridan foy-dalaniladi.
Radiodalnomerda — eltuvchi to‘lqinlar sifatida radiodiapazondagi o‘ta yuqori chastotali to‘lqinlardan foydalaniladi. Odatda ular santimetrli yoki kamroq millimetrli radioto‘lqinlar. Borib bo‘lmas masofani aniqlash.
Muallif: A. Ganiyev












