Bort qotirmasini tayyorlash.

0
Bort qotirmasini tayyorlash.

Bort qotirmasini tayyorlash.

Bort qotirmasini tayyorlash.

Bort qotirmasi, old bo‘lakning ko‘krak atrofiga, adip qaytarma- siga, bortlariga ishlov berganda hosil bo‘lgan shakllarni saqlab turish uchun, qirqma tizmalar shakli barqaror bolishi va tugmalar pishiq tikilishi uchun qo‘ilanadi. Bort qotirmasi yelimli va yelimsiz to‘qima va nolo‘qima qotirma materiallardan (zig‘ir tola va yarim zigir tola gazlamalar, qii gazlamalar, viskoza gazlamalar, flizelin, proklamilin va h. k.) tayyorlanadi.

Bort qotirmasini tayyorlash.Bort qotirmasi yumshoq shaklda va bitta qatlamdan iborat bolishi, yelka atrofiga yelka taglik qo‘yib, ko‘krak atrofiga qo’shimcha tagliklar qo‘yib qattiqlashtirilishi mumkin. Bort qotirmasi tikib ulanishi va yelimlanishi mumkin. Bort qotirmasidagi uloqlarni va vitachkalarni tikish  5—0,7 sm kenglikdagi ochiq qirqimli qo‘yma chok bilan yoki 2,0—2,5 sm kenglikdagi gazlama parchasi qo‘yib tutashtirma chok yuritganda surilib ketmasligi uchun, detallarni oldin markaz chiziqlari bo‘ylab biriktiriladi, keyin esa ko’krak o’rtasidan oldin birtomonga, keyin ikkinchi tomonga uzunasiga 1,0—2,0 sm oraliqda siniq baxvaqator yuritib qaviladi.

Qil qatlam chetlariga ip gazlama- dan chekiama qo‘yiladi.Bunda cheklamaning o’rtasi qil qatlam qirqimlariga tog’irlanib, bostirib tikiladi. Bort qotirmasiga yelimlab ulash usulida ishlov berilganda bir tomoniga yelim shimdirilgan qotirma gazlamalardan  foydalaniladi. Bund ay gazlamalardan bort qotirmasining shakli barqaror bolishi uchun kerakli detallar — yelka tagliklari, qo’ shimcha tagliklar, adip qaytarmalari bichiladi.

Bort qotirmasini tayyorlash.Bort qotirmasini yig’ish   va unga shakl berish maxsus — qabariq yostiqchali prcsslarda bajariladi.Bort qotirmasini qattiqlashtirish va unga shakl berish uchun uning ikkala old bo’iagini oldin namlab olib, keyin birga taxlab va bort qirqimlarini ishlovchiga qaratib, qabariq yostiqli pressda quyidagi bosqichlarda kirishtirib dazmollanadi: Adip qaytarmasi atrofini kirishtirib dazmollash. Bortni dazmollab kirishtirish. Yoqa o’mizi atrofini kirishtirib  . Yeng o’mizini kirishtirib dazmollash. Bort qotirmasiga namlab-isitib ishlov bcrilgandan keyin uning shakli moslunadi.

Vuning.uchun bort qotirmasi andaza bo‘yicha boV.anads. maxsus qisimlar yordamida mahkamlanadi va sliu chiziqlar bo‘ylab qirqib tekislanadi. Old bo’laklarda ko’krak atrofiga qabariq shakl berish uchun ustki yuzasi qabariq va ostki yuzasi botiq maxsus yostiqchalari bor pressda namlab-isitib ishlov beriladi. Bunda ikkala old bolak teskarisi tashqariga qaratib juftlanadi va press yostig‘iga qo’yib, solqasi bir tckis taqsimla- nib, kirishtirib dazmollanadi.

Bort qotirmasini tayyorlash. Maxsus taxta qolip yordamida dazmol bilan kirishtirib dazmollash to‘rt bosqichda bajariladi.Old bo’lak yelka qirqimining yuqori burchagi va bort chetining bel chizig‘igacha bo’lgan qismi taxta qolipning oval chetiga tekislab qo’yiladi. Adip qaytarmasida hosil bo’lgan solqalik kirishtirib dazmollanadi.

Muallif: Raximova G.P ,Dushamov S. X.

Mavzular.

Manba