Bort tayyorlash bosqichlari.
Bort tayyorlash bosqichlari.Bort qotirmasiga namlab-isitib ishlov bcrilgandan keyin uning shakli moslunadi. Shuning uchun bort qotirmasi andaza bo‘yicha boV.anads. maxsus qistirma yordamida mahkamlanadi va sliu chiziqlar bo‘ylab qirqib tekislanadi. Old bo’laklarda ko’krak atrofiga qabariq shakl berish uchun ustki yuzasi qabariq va ostki yuzasi botiq maxsus yostiqchalari bor pressda namlab-isitib ishlov beriladi. Bunda ikkala old bolak teskarisi tashqariga qaratib juftlanadi va press yostig‘iga qo’yib, solqasi bir tckis taqsimla- nib, kirishtirib dazmollanadi.
Bort tayyorlash bosqichlari.Maxsus taxta qolip yordamida dazmol bilan kirishtirib dazmollash to‘rt bosqichda bajariladi.Old bo’lak yelka qirqimining yuqori burchagi va bort chetining bel chizig‘igacha bo’lgan qismi taxta qolipning oval chetiga tekislab qo’yiladi. Adip qaytarmasida hosil bo’lgan solqalik kirishtirib dazmollanadi.
Old bo‘lak bort chetidagi solqa kirishtirib dazmollanadi.Old bo’lak yelka qirqimlari bilan yoqa o‘mizini ishchi to- monga qaratib qo’yiladi va yoqa o‘mizidagi solqa kirishtirib dazmollanadi.
Old bo’lak yeng o’mizi qirqimini ishchi tomonga qaratib va ko’krak o‘rtasini taxta qolipning oval qismiga to‘g‘rilab, yeng o‘mizi tomonidagi solqa kirishtirib dazmollanadi. Old bollakka bort qotirmasi yelimlab yopishtiriladi yoki tikib biriktiriladi.
Yelimlab ulashdan oldin ikkala old bo’lak ulaming teskarisi tashqariga qaratilib juftlanadi, ustiga andaza qo‘yib, yoqa o‘mizi- j. ning, adip qaytarmasi, borti va etagining konturlari aniq belgilab j chiqiladi. Old bo’laklar cheti bichish mashinasida yoki qaychida i belgi chiziqlar bo‘ylab qirqib tashJanadi. Shu bilan birga, bortning pastki uchida bukish haqiga mo‘ljallangan joyi qirqib tashlanadi I va adip etagining ichki burchagida mashinada tikish uchun kontrol keriiklar qilmadi.
Bukish haqi kcng qoldiriladigan kiyimlarda (etak uchi yumaloqroq kiyimlardan tashqari) etak bukish haqining joyi qirqib tashlanmaydi.Sidirg^a. gazlamadan tikiladigan kiytmlar old bolagimng chetlari, ulaming 5—10 jufti baravariga qo‘yilib, mashinada qirqib tashlanadi.Old bolak chetlari bort qotirmasi ulangandan keyin qirqilsa ham boiadi. Kiyim bo’laklarini turg’unlashtirish, ularning tashqi ko’rinishini va sifatini yaxshilash uchun ularga yelimli qotirmalar yopishtiriladi.
Bort tayyorlash bosqichlari. Erkaklar pidjaginingbo’laklariga yelimli qotirma yopishtirilishi tasvirlangan. Yelimli qotirmalarni pressda yopishtirish parametrlari 1-jadvalda keltirilgan.Ust kiyim bo’laklarini turg’unlashtirish va ba’zi foydalanishxususiyatlarini yaxshilash uchun, keyingi yillarda kiyimning ayrim bo’laklari yoki uchastkalariga to’qim yoki noto’qima materiallarga yelim qoplangan qotirmalar yopishtiriladigan bo’ladi.
Tikuvchilik korxonalarida qotirmalar yassi yostiqli maxsus presslarda yopishtiriladi. Hozirgi paytda erkaklar pidjagining bort qoplamasi ikki qavat: asosiy qotirma va qo’shimcha qotirmadan iborat bo’lib, uning qo’shimcha qotirmaqavatini o’rish iplari asosiy qotirmaning iplariga nisbatan 30 yoki 75 burchak ostida bichilgan bo’ladi.
Muallif: Raximova G.P ,Dushamov S. X.












