BOSH MIYA VA UNING TURLARI HAQIDA MA’LUMOTLAR.
Bosh miya un o’rab turuvchi pardalar bilan bosh miyaning ichida joylashadi. Bosh miya uch qismdan 1) katta miya 2) miyacha 3) miya poyasidan iborat. Katta miya chuqur yoruq orqali ikkita yarim sharga bo’lingan. Yarimsharlar yuzasi notekis, pushta va egatlardan iborat. Miyacha undan ko’ndalang yoriq bilan ajraladi. Yarim sharlar o’zaro qadoq tana bilan boqliq. U oq va kulrang moddadan iborat. Bosh miyadan 12 juft nerv tolasi chiqadi.
1.hid bilish nervi.
2.ko’rish nervi.
3.ko’zni harakatlantiruvchi nerv.
4.g`altak nerv.
5.uch shoxli nerv.
6.uzoqlashtiruvchi nerv.
7.yuz nervi.
8.dahliz chig`anoq nerv.
9.til–yutqin nervi. 10.adashgan nerv.
11.qo’shimcha nerv.
12.til otsi nervlari.
BOSH MIYA RIVOJLANISHI
Embrionning dastlabki taraqiyot davrida nerv naychasining old qismi (bundan bosh miya rivojlanadi) ikki joyidan torayib: oldingi, o’rta, orqadagi rombsimon miya pufakchalariga ajraladi. Oldingi va rombsimon miya pufakchalari o’z navbatida ikkitadan pufakchaga bo’linib, 5 ta bosh miya pufakchasini vujudga keltiradi. Romb simon pufakchadan uzunchoq miya, orqa miya pufakchalari yuzaga keladi. O’rta miya pufakchalariga bo’linmaydi. Oldingi miya ikkiga bo’linadi:
1.oxirgi miya.
2.oraliq miya pufagi.
Birlamchi nerv naychasi uzunchoq miya pufakchasi keyingi qismidan orqa miya rivojlanadi. Bosh miyaning 5 ta pufagidan, bosh miyaning alohida qismlari rivojlanadi.
1.ortiq miya pufagidan: miya ko’prigi va miyacha.
2.uzunchoq miya pufagidan: uzunchoq miya, 4 qorincha.
3.o’rta miya pufagidan: miya oyoqchalari va 4 tepalik.
4.oraliq miya pufagidan: ko’rish do’mbog’i, bo’rtiq osti sohasi, epifiz tanalar, ko’z soqqasi.
5.oxirgi miya pufagidan: bosh miya yarim sharlari va po’stloq qismi, yonbosh qorinchalar.
UZUCHOQ MIYA
Uzunchoq miya uzunligi 25-30 mm, piyoz shaklda bo’lib, ensa suyagi ichida nishab holda joylashadi. Uning orqa uchi orqa miyaga, old ichi miya ko’prigiga birikadi. U tuzilishiga ko’ra orqa miyaga o’xshaydi. Uzunchoq miyadan bosh miyaning IX–X – XI – XII juft nerv tolalari chiqadi. Uzunchoq miya ikki xil moddadan:
Ichki kulrang va tashqi oq moddadan tuzilgan. Oq modda uzun va qisqa o’tkazuvchi yo’llardan iborat. Unda nafas olish, yurak – qon tomir, muvozanat, harakatlarni tartibga soluvchi nerv hujayralari joylashgan.
MIYACHA
Miyacha bosh miyani katta bo’lagidan biridir, oqirligi 150 – 200 g. U bosh miya ensa qismi otsida kalla suyagi ichki yuzasidagi maxsus chuqurchada joylashgan. Miyachani yuzalari 2-3 mm qalinlikdagi kulrang (po’stloq) bilan o’ralgan. Unda yupqa pushta va chuqur egartlari mavjud.
Miyacha bosh miyaning boshqa qismlari bilan uch juft oyoqchalar bilan tutashib turadi. Miyacha kesib qaralsa po’tloq otsi oq modda xuddi archa kabi shoxlangandek ko’rinadi. Oq modda markazida kulrang moddadan iborat qator joylashgan yadrolarni ko’rish mumkin.
O’RTA MIYA
O’rta miya – miya oyoqchalari, to’rt tepalik plastinkasi, ular yyelkani va oyoqchalar orasidagi miya suv yo’lidan iborat.
O’rta miya ko’ndalang kesimi uch qismdan iborat.
- tom plastinka.
- miya oyoqchalar asosi.
O’rta miyada ko’ruv yo’lining po’tsloq osti markazi, ko’ruv do’mboqi yostiqchasi, ko’zni harakatlantiruvchi nervi joylashgan.
To’rt tepalikni utski do’mboqcha yadrolari: Ko’zni to’r pardasidan impuls qabul qilib, yoruqlik tomon boshni burish, ko’z qorachiqini kengaytirish yoki toraytirish, ko’zni aniq ko’rishga moslashtiradi.
To’rt tepalik patski do’mboqchalarida joylashgan yadrolar quloqni tovushga nisbatan moslash, boshni tovush tomonga burishni idora qiladi.
ORALIQ MIYA
Oraliq miya – oxirgi miya bilan o’rta miya oraligida joylashgan, u ko’ruv do’mboqi, do’mbogi otski soxasi va uch qorinchadan iborat.
Ko’ruv do’mbogi tuxum shaklidagi kulrang moddadan iborat. Uning ichki yuzasi bir–biri bilan kulrang bitishma orqali qo’shilgan. U oldingi, ichki va tashqi bir nechta yadrolardan tashkil topgan. Uning vazifasi juda murakkab, bu yerda bosh miyadan boruvchi hamma sezgi yo’llari almashinadi.
Do’mboq orqasida ichki va tashqi tanachalar bor, o’ng va chap tomondagi ichki tanachalar ko’ruv do’mbogining otsida joylashib, eshituv markazi vazifasini bajaradi. O’ng va chap tomondagi tashqi tanachalar ko’ruv tepaligining yotsig`i otsida joylashgans bo’lib, ko’ruv markazi vazifasini bajaradi. Odam organizmi barcha soxasidagi sezgilar ko’ruv do’mbog`iga kelib analiz va sintez qilinadi.
Natijada ayrim sezgilar yumshab, boshqalari kichraytirilib miya po’slog`iga uzatiladi. U kasallansa yoki jarohatlansa sezgilar miya po’tslog`iga oshib boradi.
Odam o’zi kulib, o’zi yiqlaydigan bo’ladi. Do’mboq otsi soxasi gipotalamus barcha vegetativ funktsiyalarni idora etuvchi po’tsloq yadrosidir. U shikastlansa gavda harorati o’zgaradi. Simpatik va parasimpatik nervlarning po’tsloq otsi markazi ham gipotalamusda joylashgan. Uning kasallanishi ko’p suv va ovqat itse’mol qilish natijasida bo’ladi. Suv tuz almashinuvi buziladi, ko’p siyish kuzatilib qandsiz diabet yuzaga keladi.











