Bronza davri va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
Mehnat qurollarini yasashda bronzadan foydalanish ibtidoiy jamoa xo‘jaligida buyuk o‘zgarishlarga olib keldi. Bu insoniyatning iqtisodiy hayotigagina emas, balki siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotida ham tub o‘zgarishlar yasadi.
Bronzaning tarkibi mis va qalay qotishmasidan iborat bo‘lgan.Eng yaxshi bronzaning tarkibida 90 % mis va 10 % qalay bo‘lgan. U dastlab miloddan avvalgi III ming yillik oxirlarida Mesopotamiyada (ikki daryo oralig‘ida) kashf etilgan . Bronza misga nisbatan o‘z xususiyati jihatdan ustun bo‘lganligi sababli ham sof misning qo‘llanilishi barham topdi. Lekin tabiatda mis va qalayning juda kam miqdorda mavjudligi sababli tosh qurollarni siqib chiqara olmadi. Bronzaga ishlov berish misga nisbatan ancha qulay bo‘lgan, birinchidan: pishiq, qattiq; ikkinchidan: u misga nisbatan past haroratda erigan. Mis 1084 gradus haroratda erisa, bronza 700-900 gradusda erigan. Unga bunday past haroratda ishlov berila olinishi, uning har bir xo‘jalikda qurollar yasash imkonini bergan. Bu esa mehnat, jangovor qurollarning turi ko‘payishiga va samaradorligining oshishiga olib kelgan.
Bronza maxsus qalin sopol idish-tigellarda eritilib, sopol qoshiqlar orqali tosh va sopoldan yasalgan qoliplarga solingan. Bronza qoliplarga yopishib qolmasligi uchun qoliplarga mumiyo surtilgan, bu esa bronza qotgach qolipdan oson ajralishiga olib kelgan . Jahon tarixida bronza davri miloddan avvalgi III ming yillik oxirlaridan boshlanadi . Bu davrda Qadimgi Misr , Mesoptamiya, Kichik Osiyo va Eronning janubi-g‘arbida davlatlar shakllanib, quldorlik jamiyati keng ravnaq topgan edi. O‘zbekiston hududida esa bu davr miloddan avvalgi II ming yillikning I choragida boshlanib, miloddan avvalgi VIII asrlargacha davom etadi. Shuningdek jamiyat taraqqiyoti ham o‘ziga xos tarzda davom etadi. O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida. dehqonchilik madaniyati ravnaq topib, ilk shahar madaniyati tarkib topdi. O‘zbekistonning janubiy-sharqiy va markaziy hududlarida, ya’ni Farg‘ona, Toshkent, Qarshi hududlarida o‘troq dehqonchilik madaniyati, ilk shahar madaniyati izlari so‘nggi bronza bosqichiga kelganda vujudga keldi. Ilk va o‘rta bosqichlarida bu hududlarda ko‘chmanchi chorvadorlar madaniyati, ya’ni dasht qabilalari madaniyati–Tozabog‘yob madaniyati izlarini ko‘ramiz. O‘zbekistonning shimoliy hududlarida cho‘l va dasht chorvachilik xo‘jaligi etakchi o‘rinni egallagan. Zarafshon, Sirdaryo va Amudaryo etaklarida so‘nggi bronza davrida chorvador qabilalar o‘troqlashib, sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullanadilar va uning bazasida qishloqlarni tashkil etadilar
Bronza davri xo‘jaligida yuz bergan o‘zgarishlar. Bronza davri xo‘jaligining eng katta yutug‘i bu dehqonchilik madaniyatining keng yoyilishi va uning chorvachilikdan ajralib chiqishidir. Bu jarayon fanda birinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti deb nomlanib, miloddan avvalgi II ming yillikning 2 – yarmida sodir bo‘lgan. Ijtimoiy mehnat taqsimoti birinchi navbatda tabiiy sharoit muhitidan kelib chiqib ixtisoslashdi, ya’ni cho‘l va dasht zonalarida chorvachilar, dehqonchilik uchun qulay bo‘lgan janubiy-sharqiy, markaziy hududlar va daryo bo‘yida dehqonchilik madaniyati etakchi o‘rinni egalladi. Ikkinchidan bronza davrida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirdi, natijada dehqonchilik yoki chorvachilikni rivojlantirish uchun alohida keng hududlar va ma’sul odamlar zarur bo‘lib qoldi. Dehqonchilikdan chorvachilikning alohida soha bo‘lib ajralib chiqishi qonuniy zaruriyat edi.
Bronza davri yutuqlarini quyidagilar qilib ko‘rsatishimiz mumkin: bronzadan yasalgan qurollar mehnat unumdorligini oshirdi, sug‘orma dehqonchilik asosida doimiy qishloqlar ko‘paydi, yangi erlar o‘zlashtirildi, hunarmandchilikning yangi sohalari-metallurgiya, zargarlik rivojlandi, kulolchilikda charxdan foydalanishga o‘tildi, uy-joy qurilishida g‘ishtdan foydalanildi, mustahkam mudofaa devorlari shaklandi. Ot eshakdan transport sifatida foydalanildi, g‘ildirakli aravalar kashf etildi, jamiyat hayotida monogam oila tarkib topib, hayotda otalar etakchi bo‘la boshladilar, patriarxat davri boshlanib, urug‘ jamoasi emirila boshladi va ilk davlatchilik elementlari shakllandi. Qo‘shni mamlakatlar, ayniqsa chorvadorlar bilan dehqonlar o‘rtasida tovar ayirboshlash jonlandi. Qabilalararo munosabatlarda bir – biri bilan aralashib, yangi yuqoriroq rivojlanish darajasidagi madaniyatlar vujudga kela boshladi. Masalan, hozirgi Qirg‘iziston va undan naridagi cho‘llarda yashagan Andronova madaniyati chorvadorlari miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalarida O‘zbekistonning shimoliy va janubiy hududlariga kirib borib, mahalliy aholi bilan aralashib ketgan va Tozabog‘yob, Qayroqqum kabi madaniyatlar shakllangan.
Bronza davri miloddan avvalgi III-II ming yillikni o’z ichiga oladi. Bu davrda egey dunyosi, Misr, Ikki daryo oralig’i, Hindiston va Xitoyda quldorlik jamiyati ravnaq topgan. Yevropa va Osiyoning ko’p mamlakatlarida esa hali ibtidoiy jamoa tuzumi hukm surgan.
Jez miloddan avvalgi III ming yillikda kashf etilgan. Uning vatani Ikkidaryo oralig’i bo’lgan. U mis bilan qalay qorishmasidan iborat bo’lib, nisbat jihatidan turli xilda. Bronza metal sifatida ko’p afzalliklarga ega:
- Bronza qurollar mis qurollardan pishiqroq va o’tkirroq.
- Uni eritib quyish oson, chunki uning erish temperaturasi pastroq.
Mis va bronza tabiatda yombi holida tarqalgan. Misni eritish t° – 1084 S°, bronzaning erish t° 700-900 S° o’rtasida. Mis va qalayni birga qo’shib, qoliplarga quyishgan. Qoliplar toshdan qumtosh yoki toshtaxtachalardan iborat bo’lgan.
Bronzaning kashf etilishi ibtidoiy jamoa ho’jaligida ro’y bergan buyuk madaniy xo’jalik ixtiro edi. Yangi metal xarbiy qurollarning turini ko’paytirdi, harbiy qurollarning xili va jangovarligi oshdi. Bronzadan yasalgan uy-ro’zg’or buyumlari ham paydo bo’ldi. Ammo bronza mehnat qurollari ishlab chiqarish uchun nodir va kamchil metal bo’lib qolaveradi. U mehnat qurollari yasashda tosh xom ashyosini uzil-kesil siqib chiqara olmadi. Chunki dastlab bronzadan munchoqlar, uzuklar, to’g’nag’ichlar yasalgan. Ular asosan ziynat buyumlari edi. Bu davrda tosh qurollar ham ko’plab ishlatilgan. Tosh parrakchalardan keng foydalanilgan. Ammo bronzaning toshga nisbatan ustunlik tomonlari, ya’ni uning juda tez turli shaklga keltirilishi, turli ishlarda foydalanish mumkinligi, ko’p uchraydigan keskir va qattiq tosh qurollarni kamyobligi, mo’rtligi va tez sinishi kabi xususiyatga ega bo’lgan (bronza) metal siqib chiqara olmagan.
Bu davrda bronzadan asosan turli bezaklar, uy-ro’zg’or va ho’jalik buyumlari, xarbiy qurolaslahalar va mehnat qurollari yasaydigan maxsus temirchilik, chilangarlik va zargarlik ustaxonalari vujudga keldi. Hunarmandchilikning ixtisoslashuvi bilan mintaqalararo ayirboshlash kuchaydi. Kishilik jamiyati tarixida birinchi marta muntazam mol ayirboshlash imkoniyati bevosita dehqonchilik va chorvachilikning bir-biridan ajralishi va hunarmandchilikning paydo bo’lishi bilan izohlanadi.
Bronza davri ho’jaliklari ho’jalik va ijtimoiy taraqqiyot darajalari bilan bir- biridan farq qilmasa-da, sopol buyumlarining xili, qabrlar qurilishi jihatidan bir- biridan farqlanadi.
Yevropadagi ibtidoiy davr qo’rg’onlarining deyarli hammasi-dan bo’yalgan va bo’yalmagan skletlar topilgan. Skletlar yerda yonboshlab, oyoqlari bukilgan holatda yotishadi. Bu odat keng yoyilgan. Hatto Sharq, Markaziy Osiyo hududlarida ibtidoiy qabilalar tug’ilguncha odam ona qornida qanday holatda bo’lsa, o’lganidan keyin yer bag’rida shu taxlitda yotadi deb o’ylaganlar.
Arxeologlar tomonidan murdani bo’yab, bukchaytirib ko’mishning 3 davri ajratib o’rganilgan:
- Qadimgi chuqur, mozor-qo’rg’onlari (eneolit davriga mansub).
- Katakomba mozor-qo’rg’onlari.
- Yog’ochband mozor qo’rg’onlari.
Katakomba mozor-qo’rg’onlari go’rlari yon tomoniga o’yib qazilgan alohida lahad shaklidagi qabrlardir. Bu mozor qo’rg’on-lardan bronza, mis-pichoqlar, to’g’nag’ichlar, bigiz, buyumlar topilgan. Katakomba mozor-qo’rg’onlarida tosh qurollar silliqlangan tosh boltalar va chukmorlar, chaqmoqtosh, nayza, o’q va pichoqlar, sopol idishlar ko’plab topilgan, bu sopol buyumlarning aksariyatini tagi tekis va hatto boshqa shakllari ham uchraydi.
Katakomba davri miloddan avvalgi III ming yilning oxirlarida II ming yillikning I-yarmiga bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Katakomba mozor- qo’rg’onlaridan erkaklar va ayollar murdalari topilgan. Ko’plab kollektiv qabrlar ham uchraydi.
Miloddan avvalgi II ming yillikning o’rtalarida katakomba davri o’rniga yog’ochband davri keladi. Yog’ochband-yog’och qabr, MDH hududlarida, Shimoliy Yevropada ko’plab tarqalgan. Go’rlar-ning ichiga murdalar yog’och tobutda qo’yilgan. Shuning uchun ham bu qabrlar yog’ochband qabrlar deb ataladi.
Yog’ochband davri miloddan avvalgi II ming yillikning o’rtalariga to’g’ri keladi. Bu davrda dastali, teshikli boltalar keng tarqalgan. Dastlab ular Sharq mamlakatlaridagi yodgorliklardan topilgan. Yog’ochband davrida metallurgiya va chorvachilikning, rivojlanishi boyliklar to’planishiga va xarbiy to’qnashuvlarning kuchayishiga olib keladi. Jamiyatda moddiy boyliklarning ayrim kishilar qo’lida to’planishi jarayoni boshlanadi.
Bronza davriga oid bo’lgan qo’rg’onsiz qabrlar ham ko’p uchraydi. Unda murdalar kuydirilgan. Bunday xolat g’arbiy Evropada so’nggi bronza davri uchun xarakterlidir.
Bronza (Jez) davri mozor-qo’rg’onlari o’rganilishi orqali bu davr haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo’lindi. Bu davr mozorlari-dan «bo’yalgan va bukchaytirilgan» skletlar ko’plab topilgan. Bu davrda kishilar murdalarga har xil rangdagi (ko’proq qizil, och qizil) tabiiy bo’yoqlar sepishgan.
Qizil va och qizil rang – jon, tirilish, qon ramzi hisoblangan.
«Bukchaytirilgan skletlar» – murdalarni yonboshlab, oyoqlari bukilgan holatda ko’milishi, odamning dunyoga kelishi, ibtido va intiho haqidagi tasavvurlarning inikosi sifatida, ona qornida va yer bag’rida bir holatda bo’lishini aks etirilishidir.
Yevropada bronza davri chorvador qabilalari o’ziga xos katta birliklarni tashkil etadi. Sopol buyumlarning shakli va naqshlari o’z birliklarga xos bo’lib, ular bir- birlaridan farq qilgan.
Masalan, Janubiy Shvetsiya, Daniya, Germaniya, Pol’sha, Chexiya, Frantsiya, Venetsiya, hududlarida, xatto MDH davlatlari territoriyalarida chilvir naqshli sopol buyumlar keng tarqalgan. Angliya, Frantsiya, Ispaniya, G’arbiy Germaniya hududlarida esa oddiy, o’ziga xos shakldagi sopol buyumlar tarqalgan.
Yer yuzining ko’plab hududlaridan bronza (jez) davri yodgor-liklari topilgan. Arxeologlar ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy munosa-batlarni yodgorliklardan topilgan moddiy topilmalarni o’rganish orqali tiklab, bronza davri kishilari hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Sharqiy O’rta yer dengizi bo’ylarida, xususan Falastinda bronza davrida shahar tipi markazlari paydo bo’lgan hunarmandchilik va mustahkamlangan manzillarning shakllanishi bilan ilk bronza davrida kulolchilik charxi paydo bo’ladi. Ushlagichli cho’zinchoq ko’zalar va turli shakldagi idishlar bronza davrida keng tarqaladi. Falastin yodgorliklarida bronza, mis, kumush metali keng ishlatilgan. Hatto milddan avvalgi III ming yillik oxirlarida kumush idishlar keng tarqalgan. Falastinda bronza davriga mansub kumush xazina topilgan. U 35 xil predmetdan iborat bo’lib, uning tarkibida turli buyumlar, idishlar, bezaklar bo’lgan. Bronza davri manzillari ko’pincha mudofaa devorlari, bilan o’ralgan, to’g’ri burchakli binolardan iborat bo’lgan. Bu davr shahar xarobalarining o’rni 2-4ga etadi va buyumlarning joylanishi, qurilishi shakli o’ziga xos reja asosida bo’lgan.
Falastin yodgorliklari mudofaa devorlari bilan o’ralgan bo’lib, bu devorlarning eni 4,5 metrdan to 8 metrgacha bo’lgan. Masalan, Fara yodgorligi xarobasi devorlar bilan o’ralgan. Fara shahri xarobasi hisoblanadi. Shahardan ijtimoiy xarakterdagi binolarning qoldiqlari topilgan. Yuqori tabaqa uylari, mahalliy hukmdorlarning saroylari ham mavjud bo’lgan. Shahardan unga uzoq bo’lmagan joyda qabriston joylashgan. Bu erda (Ochiq Qabr) kollektiv qabrlar bo’lib, har bir qabrda 50-90 murdaning qoldig’i bo’lgan. Hatto, bir qabrga 300 kishi ko’milgan. Qabrlardan kulolchilik buyumlari (idishlar), zeb-ziynat va ayrimlaridan metal buyumlar topilgan.
Miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklarda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar o’zgaradi. Bu davrga oid bo’lgan Iordan vohasidagi Xazor xarobasi 50 gani tashkil etadi. U poytaxt, ya’ni markaz vazifasini o’tagan. Xarobada ibodatxona qoldig’i va zadagon kishilarning uylari qoldiqlari topilgan. Ilk sinfiy munosabatlar mavjud bo’lganligini bildiruvchi topilmalar – yuqori tabaqa, oziq-ovqat omborlari o’rganilgan.
Kichik Osiyoda Qumtepa yodgorligi bronza davriga mansub bo’lib, u miloddan avvalgi III ming yillik bilan belgilanadi. Qumtepa yodgorligi tosh arxitekturasining ajoyib namunasi bo’lib, unda uylar poydevorigina emas, balki xonalar ham toshdan urilgan. Kichik Osiyoda bronza davriga oid bo’lgan Troya I, Termi manzilgohlaridan bronza qurollar topilgan va o’rganilgan.
Miloddan avvalgi III ming yillik oxirlarida hunarmandchilikni rivojlanishi shaharlarning gullab-yashnashiga sabab bo’lgan. Markaziy Osiyo shaharlari – Troya II, Polisxni V, Axlatenbel’ 1-2 ga maydonni tashkil etgan. Beyjesulton shahar xarobasining maydoni 24ga teng bo’lib, yodgorlik xarobalardan shahar xususiyatiga xos elementlar, hukmdor saroyi, ijtimoiy bino qoldiqlari topilgan va o’rganilgan.
Elamning bronza davri yodgorliklari – Eron hududida Suza kompleksi bo’lib, u miloddan avvalgi III ming yillikning birinchi yarmiga oiddir. Suza kompleksidan buqa, echki, baliq, . . . suratlari solingan kulolchilik buyumlari, bronza qurollar – bolta, xanjar, qadimgi Elam yozuvi aks ettirilgan plastinkalar topilgan.
MDH davlatlari hududida ham bronza davri yodgorliklari o’rganilgan. Janubiy Sibir’ hududida bronza davri yodgorliklaridan eng qadimiysi Afanas’ev madaniyati bo’lib, u miloddan avvalgi III ming yillikka oid. Afanas’ev madaniyati Enisey (Enasoy) daryosi bo’yida joylashgan. Afanas’ev yodgorligidan qadimgi qabrlar o’rni topilgan. Bu qabrlar ustiga tosh taxlangan chuqur qabrlar bo’lib, unga murdalar yonlab qo’yilgan. Ularning yonida oziq-ovqatlar, mehnat qurollari qoldiqlari saqlangan.











