Buxoro xonligi (Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri).

0
Buxoro xonligi (Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri).  

Buxoro xonligi (Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri).  

Buxoro xonligi (Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri).

Buxoro xonligi (Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri).  Balx ko’li va Sirdaryoning quyi oqimlaridan to Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bo’lgan ulkan xududlar XI asrdan boshlab Dashti Qipchoq deb atala boshlandi. 1236 yilda Botuxon tomonidan bu  yerdagi qipchoq va boshqa turkiy qabilalarbo’ysunbirilib, Oltin O’rda davlatiga asos solindi. XIV asr  boshlarida bu davlat ikki qismga bo’linib ketdi va Sharqiy qismi Oq O’rda yoki manbalarda o’zilishicha  «O’zbeklar mamlakati» deb yuritila boshlandi. XV asr o’rtalarida Jo’chining beshinchi o’g’li Shaybon  urug’idan bo’lgan Abulxayrxon (1412-1468) ko’chmanchi o’zbeklar davlatiga asos soldi. Abulxayrxon  davrida kuchaygan bu davlat uning vafotidan so’ng inqirozga uchray boshladi.

XV asrning 80-yillarida  ko’chmanchi  o’zbeklar  davlati  Muhammad  Shoxbaxt  Shayboniyxon  (1451-1510)  tomonidan  qayta  tiklandi va tez orada ancha kuchayib, o’sha vaqtda ichki siyosiy kurashlar oqibatida inqirozga uchrab,  parokandalik xukm surgan Temuriylarning ichki siyosiy kurashlariga ham ta’sir o’tkaza boshladi. XVI asr  dastlabki o’n yilligida temuriylarning Movarounnaxr va Xurosondagi barcha mulklarini Shayboniyxon  bosib oldi va bu yerda o’z davlatiga asos soldi. Muhammad Shayboniyxon, Abusaidxon (1529-1533),  Ubaydullaxon (1533-1539), kabi xonlar hukmronlik qildi. Abdullaxon I ning qisqa hukmronligi (1540- 1541) dan so’ng mamlakatda qo’sh-hokimiyatchilik vujudga keldi. Ya’ni bir davlatda ikki hukmdor paydo  bo’ldi.

Biri  –  Ubaydullaxonning  o’g’li  Abdulazizxon  Buxoroda,  ikkinchisi  –  Ko’chkunchixonning  o’g’li  Abdulatifxon  Samarqandda  hukmdorlik  qila  boshladilar.  Buxoro  Abdullaxon  II  hukmronligi  davrida  Mamlakatdagi parokandalikka chek qo’yish uchun markaziy hokimiyatni yana tiklash va kuchaytirish  zarur edi. Bu zaruriyatni qonli urushlarsiz amalga oshirib bo’lmas edi. Ana shunday sharoitda kurash  maydoniga Miyonqol hukmdori Iskandar Sultonning o’g’li Abdullaxon II (1534-1598) chiqdi.

Iskandarxon xonadoniga Buxoro yaqinidagi Jo’ybor qishlog’ida istiqomat qiluvchi, g’oyatda katta  nufuzga ega bo’lgan shayx Muhammad Islom (1493-1563)ning ixlosi baland bo’Iganligi Abdullaxonga bu  kurashda juda katta madad bo’ldi. XVI asrning ikkinchi yarmida Shayx Muhammad Islom, keyinchalik  uning o’g’li Shayx Abubakr Sa’d Buxoroda shayxulislom lavozimini egallagan edilar.

1556-yil   Muhammad   Islomning   ko’magida   Abdullaxon   amalda   Buxoro   taxtini   egallaydi.  Abdullaxon II avval amakisi, Balx va Badaxshon hukmdori Pirmuhammadni (1557-156!), keyin otasi  Iskandarxonni (1561 – 1583) xon deb e’lon qilgan bo’lsa-da, amalda mamlakat hukmdori Abdullaxon II  ning o’zi edi.

Abdullaxonning butun hukmronlik davri tinimsiz urushlarda kechdi. Chunonchi, 1574-yili Balxni,  1578-yili Samarqandni, 1583-yili Toshkent va Farg’onani, 1584-yili Badaxshonni, 1595-yili Xorazmni  zabt etdi va o’z davlati tarkibiga qo’shib oldi. Shundan keyin uning davlati sarhadlari janubda Hirotdan  Mashhadgacha,   shimolda   Orol   dengizigacha,   Kaspiy   dengizidan   Issiqko’lgacha   yetdi.   Butun  Movarounnahr, Xorazm va Xuroson yana yagona hukmdor qo’li ostida birlashtirildi. XVI asr oxirdavlatchiligi  o’z  tarixida  yana  bir  bor  yuksak  darajaga  ko’tarila  oldi.  Shayboniylar  sulolasi  hukm  ronligining barham topishi – Abdullaxon II mamlakatni birlashtinsh yo’lida shaybomy sultonlarining  markaziy hokimiyatni kuchsizlantirishga urinishlariga qarshi tinimsiz va shafqatsiz kurash olib bordi. Bu  maqsad yo’lida qarindoshlariga ham shafqat qilrnadi. Abdullaxon II garchand davlatni markazlashtira  olgan  bo’lsa-da,  davlatdagi  ichki  nizolarga  tola  barham  bera  olmadi.  Shunday  qilib,  Abdullaxon  II  vafotidan  atigi  3  yil  o’tgach,  bir  asr  davom  etgan  shayboniylar  sulolasi  hukmronligi  barham  topdi.  Shayboniy Abdullaxon II 1598-yil fevral oyida vafot etgach, taxtga uning o’g’li Abdulmo’min o’tqizildi.  Biroq o’sha yili -1598-yil iyul oyida Abdulmo’min fitnachilar tomonidan O’ratepa va Zomin oralig’ida  o’ldirildi. Undan qolgan ikki yashar o’g’ilning xonlik huquqini hech kim tan olmadi.  Buxoro xonligi (Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri).

Muallif:  U.S. To’pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba