Chiziq o‘lchash uchun asboblar.
Chiziq o‘lchash uchun asboblar. Lentalar 20, 24, 50 metrli bo‘ladi.Ular L3 – 20, L3 – 24, L3 – 50 deb nomlanadi. Lentalar ichida L3 – 20 hamadan ko‘p ishlatiladi.Lenta eni 15 – 20 mm, qalinligi 0,4 – 0,6 mm li po‘lat tunukadan yasaladi, bu lentani olib yurishda uni diametri 20 – 25 sm bo‘lgan temir halqaga o‘rab vint bilan mahkamlanadi. O‘lchashda har qaysi lentaning 6 yoki 11 ta sixchasi bo‘ladi. Lenta uchlari shtrixli va shkalali bo‘ladi.SHtrixli lenta ko‘proq ishlatiladi. CHiziqni aniq o‘lchashda shkalali lenta L3SH ishlatiladi.
Ruletka – chiziq o‘lchashda yordamchi qurol sifatida ishlatiladi.U metall va tasma ( materiya ) dan tayyorlanib,uzunligi 5, 10, 20 metr bo‘ladi. Ruletka maxsus g‘ilofga o‘ralgan holda olib yuriladi.
O‘lchash asboblarini komparirlash. Geodeziyaning hamma ishlarida ishlatiladigan asbob ishlatishdan oldin tekshiriladi.Lentalar uzunligini tekshirish lentani komparlash deyiladi. Komparlash maxsus joyda ( komparatorda ) uzunligi aniq ma’lum bo‘lgan namunaviy asbob ( etalon ) uzunligi bilan taqqoslanadi. Komparlash dala sharoitida o‘tkaziladigan bo‘lsa, tekis joyda etalon lenta bilan tekshiriladigan lenta yonma – yon qo‘yilib , ikkalasining 0 shtrixlari to‘g‘rililanadi, keyin lentalar tarang tortilib , ikkinchi uchlaridagi farq millimetr hisobida o‘lchanadi. Agar lentaning nominal uzunligi lN ,ish lentasining uzunligi l desak , ular o‘rtasidagi farq ∆l quyidagicha aniqlanadi:
∆l = l – lN yoki l = lN + ∆l
Agar ish lentasi normal lentadan katta bo‘lsa ∆l – musbat, kichik bo‘lsa – manfiy bo‘ladi. ∆l – komparlash tuzatmasi deyiladi.
Joydagi chiziqni o‘lchashda tuzatmani hisobga olish Burchak o‘lchash uchun geodezik asbob o‘rnatiladigan burchak uchlari va o‘lchanishi kerak bo‘lgan chiziqning bosh va oxirgi nuqtalari joy sharoiti,o‘lchash aniqligi va saqlanish muddatlariga qarab doimiy markaz, vaktinchalik eg‘och yoki metaal qoziqlar bilan mahkamlanadi, eg‘och qoziqlar uzunligi 60 sm gacha bulib,ular erdan 2 sm gacha chiqarib qoqiladi va atrofiga uchburchak, kvadrat yoki doira shaklida chuqurchalar o‘yiladi
CHiziklarni o‘lchashda nuqtalar o‘zaro ko‘rinishini ta’minlash uchun ular uchla-riga uzunligi 2 m gacha taeqcha – vexalar urnatiladi, chiziq uzunlik-lari 200m dan oshganda lentani chiziq uchlaridan utuvchi vertikal tekislikda — stvorda yotqizish uchun qushimcha vexalar o‘rnatiladi va buni chizik, olish deyiladi.
CHiziq olish uchun ishchi A nuqtada o‘rnatilgan vexa orqali V nuqtadagi vexaga qaraydi . Ishchining kursatmasiga binoan erdamchi 1- vexani V nuqta yaqiniga uni byokitadigan qilib urnatadi.SHu tartibda 2.., va boshqa vexalar o‘rna-tiladi. Qo‘shimcha vexalar o‘rnatish V nuqta yaqinidan boshlangani uchun bunday chiziq otish uziga chizik olish, chiziq ochish A nuqta yaqinidan boshlansa, o‘zidan chiziq olish deyiladi. A nuqtadan V nuqta ko‘rinmagan taqdirda AV chiziq yaqinida D1nuqta tanlanadi.DA chiziqda S1,nuqtaga vexa o‘rnatiladi, bu nuqtadan S1V chizig‘ida D2, nuqta topiladi.
Shu tartibda bir necha yaqinlashish orqali A nuqtada D1 V nuqgadan esa S nuqtalari ko‘rinadigan vexalar AV chiziq ustida o‘rnatiladi. Jarlik orqali chiziq olish (6.6.1. e.shakl ) ham yozilgan tartibda amalga oshiriladi.
Talab qilingan aniqlikka qarab chiziq uzunligi ruletka, po‘lat lenta, invar sim, ipli, optik va elektro-magnit dalnomerlar yordamida o‘lchanadi.
Injenerlik ishlarida chiziq uzunligini o‘lchashda ko‘pincha 20 m li po‘lat lenta qo‘llaniladi . Saqlash, tashish, ko‘tarib yurish qulay bo‘lishi uchun po‘lat lenta temir halqaga o‘raladi. Lenta shtrixli, shkalali va uchli bo‘ladi. Lenta komplektida 6 yoki 11 ta temir sixchalar mavjud. SHtrixli lentaning nolinchi shtrixi sixcha qo‘yiladigan halqa oldiga chizilgan. Lentada har bir metr ikki tomondan yozilgan plastinka, yarim mef piston, detsimetr bo‘lagi — santimetrlar ko‘z bilan chamalab olinadi.O‘lchashlardan oldin ishchi lenta uzunli-gi l ni katta aniqlikda ma’lum bulgan, normal lenta uzunligi lN bilan taqqoslanadi va ular farqi uchun tuzatma ∆l = l – lN aniqlanadi.
Chiziq o‘lchashni ikki kishi bajaradi. Orqadagi ishchi nolinchi shtrix halqasini chiziq boshlanishiga qadalgan sixchaga iladi va yordamchiga lentani chiziqda yotqizishga ko‘rsatma beradi. Bunga zrishilgach, yordamchi lentani silkitib malum (5 kg) kuchlanish bilan tortadi va halqasiga qo‘lidagisixchalardan birini o‘rnatadi. Orqadagi ishchi sixchani sug‘irib oladi, so‘ngra lenta yordamchi tomonidan keyingi oraliqqa suriladi va yuqorida yozilganidek ish takrorlanadi.
Har yuz metrli kesma o‘lchangach, bir sixcha erda, 5 ta six esa orqadagi ishchi qo‘lida YIRI-ladi va ular oldingi ishchiga uzatiladi. Oxirgi sixchadan chiziq uchigacha bo‘lgan 20 m dan kichik bo‘lak sanog‘i g- qoldiq lentadan olinadi. O‘lchangan chiziq uzunligi quyidagi formula bo‘yicha hisoblaiadi.
D = nl + r+ n ∆l bu formulada,
n – orqadagi ishchida bo‘lgan sixchalar soni , r- qoldiq, ∆l – lenta uzunligi uchun tuzatma.
Topilgan chiziq uzunligi uni teskari yo‘nalishda o‘lchash orqali tekshiriladi.CHizikni lentada
o‘lchash qulay joylarda 1:3000,o‘rta sharoitda 1:2000 , noqulay joylarda esa 1:1000 chekli xatolik bilan o‘lchanadi.
To‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda o‘lchangan chiziq uzun-liklari qiymatlaridagi farqlar tegishlicha 1:2000, 1:1500, 1:1000 bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
O‘lchash aniqligi. CHiziq uzunligini katta aniqlik bilan o‘lchash zarur bo‘lsa, lenta uzunligi-ning havo temperaturasiga qarab o‘zgarishi e’tiborga olinadi va temperatura tuzatmasi ∆Dt qo‘shiladi. Agar lentani komparlashdagi temperaturasi tk , o‘lchashdagi havo teperaturasi t bo‘lib, bular orasidagi farq 100 va undan katta bo‘lganda temperatura tuzatmasi ∆Dt quyidagi formula orqali aniqlanadi:
∆Dt = α * D (t – tk)
Bu erda α – po‘lat lentaning kengayish koeffitsienti . α = 0,000012 ga teng. Po‘lat lenta bilan yer yuzasida chiziq o‘lchash aniqligiga joyning baland – pastligi,tuproqning tuzilishi, o‘t–o‘lanlar kabi faktorlar katta ta’sir etadi. Lentaning chiziq stvorida to‘g‘ri yotmasligi ham aniqlikni kamaytiradi. SHuning uchun chiziq o‘lchash aniqligi joy tuzulishiga qarab baholanadi. CHiziqni o‘lchash aniqligi nisbiy xato bilan baholanadi. Agar bir chiziq ikki marotoba o‘lchanib D1 va D2 qiymatlari topilgan bo‘lsa, ularning arifmetik o‘rta qiymatini D0 , ikki o‘lchash ayrimasini ∆D desak , unda:
D0 = (D1– D2) / 2 , ∆D = D1– D2
∆D – absolyut xato. SHunda nisbiy xato quyidagicha yoziladi ∆D / D. CHiziq o‘lchanadigan joyni uch turga bo‘lsak, shu joylarda o‘lchash aniqligi quyidagi chekda bo‘lishi kerak:
I kategoriyadagi joy tekis va o‘lchash sharoiti yaxshi – 1:3000
II kategoriyadagi joy o‘rtacha qulay – 1:2000
III kategoriyadagi joy noqulay – 1:1000
Chiziq o‘lchash uchun asboblar.
Muallif: A. Ganiyev.












