Cho’kishni gidrostatik va trigonometrik.
Cho’kishni gidrostatik va trigonometrik. Nivelirlash usulida aniqlash. Gidrostatik nivelirlashni qo‘llash. Poydevorlar cho‘kishini kuzatish gidrostatik nivelirlash usulida amalga oshirilishi mumkin, bunda nivelirlash ikki xil tartibda: birinchisi – cho‘kish markalarining otmetkalarini ko‘chiriladigan gidrostatik asbob yordamida; ikkinchisi, poydevor perimetri bo‘ylab qo‘zg‘almas gidrostatik tizimlarni o‘rnatish.
Tajribalar ko‘rsatadiki, gidrostatik nivelirlash asosan tor erto‘la sharoitida, o‘rnatish noqulay bo‘lgan yoki kuzatuvchi ishlashi qiyin yoki xavfli sharoitda joylashgan poydevor va qurilish konstruksiyalarini cho‘kishini kuzatishda qo‘llaniladi.
Gidrostatik nivelirlashda asosiy xatoliklar tashqi muhit ta’sirida yuzaga keladi. Bunday ta’sirlarni kamaytirish maqsadida o‘lchashlar kechki yoki ertalabki vaqtlarda bajarilishiga xarakat qilinadi.
Atmosfera bosimining o‘zgarishi ham idishlarga suyuqlikning teng tarqalishiga ta’sir etadi. Buning oldini olish uchun idishlarga quyiladigan suyuqlikka 0,1% formalin qorishmasi qo‘shiladi.
Poydevor cho‘kishini kuzatishning trigonometrik nivelirlash usuli. Bino va inshootlar cho‘kishini aniqlashda geometrik va gidrostatik nivelirlash usullarini qo‘llash qiyin bo‘lgan sharoitlarda trigonometrik nivelirlash qo‘llaniladi. Bunday holatlar asosan tog‘ sharoitlarida sodir bo‘ladi.
Trigonometrik nivelirlash qisqa vizirlash nurida, (100 m gacha) reyka qo‘llash orqali bajariladi. Nisbiy balandlik qiymati quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi:
Kuzatishlar ko‘rsatadiki, qulay sharoitda T1 teodoliti qo‘llanilganda, nuqtalar orasidagi masofa 100 m gacha bo‘lganda, nisbiy balandlik 0,2 – 0,4 mm aniqlikda topiladi. Trigonometrik nivelirlash usulida nisbiy balandlikni o‘lchash aniqligiga tik (vertikal) refraksiya katta ta’sir ko‘rsatadi. Buni kamaytirish maqsadida o‘lchash turli xil vaqtlarda, bir nechta sikllarda olib boriladi.
Hisoblar natijalarining ishonchliligini tekshirish uchun turli xil formulalar yordamida maxsus kuzatishlar o‘tkazilgan. Bu kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, barcha qo‘llaniladigan formulalar qariyib bir xil natijalar beradi. Kuzatilgan farq qilish holatlarining asosiy sababi, nazariy formulalarning noto‘g‘ri tuzilganligida emas, balki hisoblarda foydalaniladigan tog‘ jinslarining barcha xossalarini etarlicha aniq bilib olish qiyinligidadir. Gidrogeologik sharoitlar, inshoot turi va uni qurish usullarini hisobga olish katta ahamiyatga ega. Shu sababli inshootlar cho‘kishini basharot qilishda empirik formulalarni joydagi kuzatish natijalari bilan qo‘shish usullari maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Cho’kishni gidrostatik va trigonometrik.
Muallif: A. Ganiyev.







