Cho’kishni kuzatishning geodezik aniqligi.
Cho’kishni kuzatishning geodezik aniqligi. Cho‘kishni bashorat qilish. Kuzatish aniqligi. Qurilish me’yori va qoidalariga binoan bir xil andazadagi bino va inshootlar cho‘kishi aniqligining o‘rta kvadratik xatoligi ms quyidagidan oshmasligi kerak (boshlang‘ich reperga nisbatan):
1 mm – toshloq va yarim toshloq joylarda barpo etiladigan inshoot va binolar uchun;
2 mm – qumloq va boshqa siqiluvchan tuproqlarda barpo etiladigan bino va inshootlar
uchun;
5 mm – ko‘mma va boshqa kuchli siqiluvchan tuproqli joylarda quriladigan bino va inshootlar uchun.
Cho‘kishni kuzatish davri. Qurilayotgan inshootlar cho‘kishini kuzatish poydevor qurilishidan boshlanadi. Agarda birinchi kuzatish bosqichi kechiktirilib boshlansa, u holda keyingi kuzatishlar sezilarli darajada mohiyatini yo‘qotadi.
O‘lchash davri inshoot cho‘kishining vaqtga nisbatan o‘zgarishiga (tezlashish yoki sekinlashish) bog‘liq.
Kuzatishlar ko‘rsatishicha, bino va inshootlar cho‘kishining davom etishi (davri) tog‘ jinslarining litologik va fizik tuzilishiga bog‘liq. CHo‘kishlarning ko‘pchilik qismi qurilish jarayonida tugaydi, lekin ba’zan oylar va yillar cho‘zilishi mumkin. Toshloq va qumaloq joylarda cho‘kish tez tugaydi. Aksincha, loy tuproq joylarda cho‘kish jarayoni ko‘p oylar va yillarga cho‘ziladi.
CHo‘kishning asosiy qismi inshoot qurilishi jarayonida, ya’ni uning 50% dan 85% gacha qurilgan vaqtiga to‘g‘ri keladi. SHuning uchun bino va inshootlar cho‘kishini kuzatish bosqichlari soni, qurilish jarayonida poydevorga bo‘lgan og‘irlikning ortib borishiga qarab aniqlanadi. Birinchi bosqich kuzatish poydevor qurilgandan keyin, inshoot umumiy og‘irlikning 25% ni tashkil etganda boshlanadi. CHo‘kishni kuzatishning keyingi bosqichlari unga bo‘lgan og‘irlik, inshoot to‘liq og‘irligining 50, 75, 100% ni tashkil etgan davrlarda amalga oshiriladi.
YUmshoq tuproqlarda quriladigan inshootlar uchun, cho‘kish tezligiga bog‘liq ravishda qo‘shimcha kuzatish bosqichlari bajariladi. Inshootning to‘liq og‘irligiga erishilgandan keyin, cho‘kish turg‘unlashgunga qadar yiliga 2-3 marta o‘lchash davom ettiriladi. CHo‘kish qiymati 1-2 mm ni tashkil etgandan keyin kuzatish to‘xtatiladi.
CHo‘kishni bashorat qilish. Hozirgi kunda amalda cho‘kishni o‘lchash natijalari bilan mos keladigan natijalar beradigan hisoblash usullari qo‘llanilmoqda. Ammo ayrim hollarda sezilarli farqlar ham kuzatiladi.
Hisoblar natijalarining ishonchliligini tekshirish uchun turli xil formulalar yordamida maxsus kuzatishlar o‘tkazilgan. Bu kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, barcha qo‘llaniladigan formulalar qariyib bir xil natijalar beradi. Kuzatilgan farq qilish holatlarining asosiy sababi, nazariy formulalarning noto‘g‘ri tuzilganligida emas, balki hisoblarda foydalaniladigan tog‘ jinslarining barcha xossalarini etarlicha aniq bilib olish qiyinligidadir. Gidrogeologik sharoitlar, inshoot turi va uni qurish usullarini hisobga olish katta ahamiyatga ega. SHu sababli inshootlar cho‘kishini basharot qilishda empirik formulalarni joydagi kuzatish natijalari bilan qo‘shish usullari maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Cho’kishni kuzatishning geodezik aniqligi.
Muallif: A.Ganiyev.











