Chor Rossiyasi mustamlakachilik tuzumiga qarshi milliy ozodlik xarakatining sovet davri tarixshunosligida yoritilishi.
O‘rta Osiyoda XX boshlarida ishchilar inqilobiy harakatining tarixini tadqiq etish 60 yillarda partiya organlaridan berilgan yo‘l-yo‘riqlar asosida davom ettirildi. Tadqiqotchilar O‘rta Osiyodagi sinfiy kurash Chor Rossiyasidagi umumiy inqilobiy harakatning bir qismi eaknligini ta’kidlaydilar. Bunda burjua demokratik talablar bilan milliy ozodlik harakati vazifalari uyg‘unlashib ketgan edi.
1905-1907 yillarda O‘rta Osiyoda feodal burjua doiralarida millatparvarlik kayfiyatlari jonlanib ular mehnatkashlarning milliy zulmdan ozod bo‘lish yo‘lidagi harakatidan o‘z maqsadlari uchun intildilar. O‘rta Osiyo xalq ommasi rus proletarining shovinizmga nisbatan chiqisha olmaslik tuyg‘usini do‘stona qabul qilib, 19051907 yillar inqilobda bevosita ishtirok etdilar. Tarix burjua safsatabozlklarining 1905-1907 yillar inqilobining sof «rus» xususiyatga ega ekani to‘g‘risidagi afsona va to‘qimalarni rad etdi deyiladi.
Tarixchilar o‘z asarlarida O‘rta Osiyodagi Markisistik Mafkurani tarqatishda jonbozlik ko‘rsatib, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borgan rus inqilobchi proletoriti vakillari – V.D.Konyushin, A.R. Baxarev, M.R.Verdyanin. T.L. Ivanov kabi ko‘plab o‘z hayotini O‘rta Osiyo bilan bog‘lagan inqilobchilarning katta xizmatlarini alohida taqidlab o‘tishni unutmaydilar. Noiloj o‘sha davrdagi ijtimoiy siyosiy ahvol shuni taqozo etar edi. Turkistonning bosib olinishi va chor ma’muriy xukumronligi davriga (1865-1917 yillar) oid sovet tarixshunosligi solnomasida 1916 yil qo‘zg‘olonini – o‘lka xalqlarining hayotida 1917 yil oktyabr «inqilob» arafasidagi eng yorqin voqeani tadqiq etish va yoritishga alohida o‘rin ajratilgan.
Tadqiqotchilar bu qo‘zg‘olon Rossiya proletoratining samoderjaviyaga va burjajiyaga inqilobiy kurashi bilan o‘lkadagi ilg‘or mehnatkashlar ommasi ozodlik xarakatining qo‘shiluvi natijasida xurriyat uchun kurash miqiyosining kengayishi tomon yuz bergan burilish hisoblanadi degan xulosani yakdillik bilan olg‘a suradi. Mazkur qo‘zg‘olon mahalliy mehnatkashlarning shakllanib bo‘lgan milliy burjaziyadan yuz o‘girishni boshlab berdi. 1916 yil qo‘zg‘oloni xalq ommasining mustamlakachilik zulmi va feodal hamda kapilatistik ekpulatatsiyasiga qarshi qisqa muddatli tarqoq va stixiyali isyonlari ko‘rinishida boshlanib, CHor Rossiyasi milliy o‘lkalaridagi ezilgan xalqlar ozodlik kurashining, binobarin Birinchi jahon urushi davridagi barcha mustamlaka mamlakatlarda ro‘y bergan milliy ozodlik harakati qudratli tulqiniga aylanib ketdi.
O‘rta Osiyo tarixchilari bu murakkab ommaviy harakatning xususiyatlari bosqichlari o‘ziga xos tomonlari to‘g‘risida yagona bir fikrga kelishgan. Mazkur siyosiy isyon yarim yildan ortiq davom etib, har qaysi mintaqada turlicha ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar xukum surgan, kattagina xududni qamrab oldi. SHu bois qo‘zg‘olon turli erda o‘ziga xos ko‘rinishda nomoyon bo‘ldi. 1916 yil qo‘zg‘olonning 70 yilligi munosabati bilan «O‘zbekiston komunisti» (1986yil 7son) va «O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar» (1986y. 7 son) jurnalida X.Tursunov, M. Vahobov, S.M. Nomozov, D.Ziyoevaning maroqli maqolalari e’lon qilindi. Ularda qo‘zg‘olonning tarixiy axamiyati va ayrim qirralari ochib berilgan.
1916 yil qo‘zg‘oloniga tadqiqotchilarning qiziqishi mustaqillikka erishgan hozirgi kunda yana ham ortib borishi tabbiy. Zero, milliy ozodlik harakatining ifodasi sifatida yuzaga kelgan bu siyosiy voqeaga xolisona yondashishi haqqoniy ilmiy baho berish imkoniyati endilikda, avvalgi mafkuraviy g‘oyaviy cheklashlar olib tashlanganligidan so‘ngina yaratildi. 60 yillardagi ilmiy tadqiqotlarga majburan singdirilgan «bu isyon umumrossiya inqilobi harakatining tarkibiy ajralmas qismi bo‘lib Rossiya imperiyasining barcha xalqlarni Fevral va Oktyabr inqiloblari sari etaklab boradi», degan zo‘rma-zo‘raki xulosalarga endi ehtiyoj yo‘q.
Turkistonda inqilobiy harakatning yuzaga kelishiga doir tarixnavislik materiallarini tahlil etish A.I. Sidorov kabi mualliflarning dadil chiqishlarini ham e’tirof etish zarur. Masalan: «u o‘zbeklar, turkmanlar va O‘rta Osiyoning boshqa xalqlarning turli shakldagi isyonlar bilan chiqishini olar ekanmiz, samoderjaviyaning mustamlaka siyosatiga qarshi kurash progressiv bo‘lganligini ham tan olmaslik xalq ommasining tarixiy jarayondagi progressiv ahamiyatini inkor etish bilan barobardir.
U holda nimani progressiv deb hisoblash zarur? Millionlab kishilarga qonli zulm o‘tkazgan Chor samoderjaviyasining mustamlaka siyosatinimi yoki bu rejimga qarshi kurashnimi? CHorizmning mustamlakachilik siyosati ayniqsa Rossiya imperiyasining cheka o‘lkalarida eng mudxish shaklida nomoyon bo‘ldi, shubhasiz bu qonuniy ravishda mustamlakachilikka qarshi xalqlarning g‘azabi va qarshiligini keltirib chiqardi.












