Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar.
Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar. Ma’lumki, dunyodagi har qanday suveren davlat jahon hamjamiyatiga o‘zining tashqi siyosiy qarashlari, umumsayyoraviy muammolarga munosabatlari hamda azaliy munozara va muzokaralar ob’ekti bo‘lgan urush va tinchlik masalalariga yondashuvlari bilan kirib boradi.
Bu borada O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq aniq siyosiy pozitsiyasini va tashqi siyosat borasidagi konsepsiyasini bayon etdi. Jumladan, 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekistonning tashqi siyosatini qonuniy asosda kafolatlab berdi.
Uning 17-moddasida O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ekti sifatida davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning O‘zbekistvnn ing zamoiasiy tashqi siyosati faol, tashabbuskor va pragmatik tvtsn siyosiy kurs ayaib boritni hamda yuzaga kelayotgan xavfxatarlargao‘z vaqtida va adekvat javob choralari orqali echiiti shshyaab etadigan XXI asrning o‘ta shiddat bilan uzgarid 5orayotgan xalqaro-siyosiy voqeliklarini inobatga olgan holda qurilmoqda.
Mustaqillik davrida O‘zbekiston chindan ham jahon hamjamiyatining eng siyosiy faol, xalqaro munosabatlarda o‘zini asosli, qat’iy va o‘zgarmas pozitsiyasiga ega bo‘lgan davlat sifatida namoyon qildi. Bu O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi siyosiy mavqei va imijini belgilab beradigan muhim omil sifatida o‘z kuch-qudratini ko‘rsatdi.
Vaqt o‘tgan sari umumdunyoviy siyosiy jarayonlar tobora faollashmokda, yangidan -yangi muammolar davlatlararo, mintaqalararo va umumsayyoraviy miqyosda butunlay yangicha yondashuvlarni, siyosiy qarashlarni taqozo etmokda. O‘zbekiston ana shu jarayonlarda, xalqaro munosabatlar va tashqi siyosatda o‘zining zamonaviy qarashlari va muammolar echimini topishdagi o‘ziga xos yondashuvlari bilan uzining keng imkoniyatlarini namoyon etmokda.
Bu hakdagi haqqoniy fikrlarni Prezident Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yigilishdagi ma’ruzasida yaqqol ko‘rish mumkin. Ushbu ma’ruzada Prezident O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining hozirgi zamon talablari va zamonaviy sivilizatsiya ehtiyojlari nuqtai nazaridan aniq belgilab berdi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston davlatining ichki va tashqi siyosatida mustahkam izchillikning mavjudligi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov boshlab bergan mustaqil taraqqiyot yo‘li, ichki va tashqi siyosat davom etayotgani davlatimiz qudratining va siyosiy barqarorligining yorqin misolidir.
Islom Karimov tamal toshini qo‘ygan va jahon mehvarida butun salohiyatiyu salobati va qudratini ko‘rsatayotgan O‘zbekiston davlatining tashqi siyosati zamonaviy talablar, bugungi ehtiyojlar va dunyoviy qarashlarning eng ilg‘or namunalari bilan boyitib borilmokda. Demak, O‘zbekiston bugungi kunda o‘z Prezidenti Sh.M. Mirziyoev rahbarligida o‘tgan 25 yilda to‘plangan tarixiy tajribalarga tayangan holda, uni yanada boiitish, takomillashtirish, rivojlantirish io‘lidan bormokda.
O‘zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati faol, tashabbuskor va pragmatik tashqi siyosiy kurs olib borishni hamda yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarga o‘z vaqtida va adekvat javob choralari ko‘rib, ularni oqilona echishni talab etadigan XXI asrning o‘ta shiddat bilan o‘zgarib borayotgan xalqaro-siyosiy voqeliklarini inobatga olgan holda qurilmoqda.
O‘zbekiston Respubpikasining tashqi siyosatining asosiy maqsadlari bu davlat mustaqilligi va suverenitetini yanada mustahkamlashdan, O‘zbekiston Respublikasining tashqi snyosatining asosiy maqsadlari bu davdat mustaqilligi va suverenitetini yanada mustahkamlashdan, mamlattning xayasaro munosabatlarning to‘laqonli sub’ekti sifatidagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirishdan, hamda milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, mamlakat iqtisodining barqaror va tez sur’atlar bilan usishi, uning ochiq demokratik davlat qurish yo‘lidagi jadal siyosat olib borishi va rivojlangan davlatlar safidan o‘rin olshii uchun eng qulay sharoitlarni yaratishdan iboratdir.
Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar. Mamlakatimizning xalqaro munosabatlarini to‘laqonli sub’ekti sifatidagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirish hamda milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, yurtimiz iqtisodiyotining barqaror va tez sur’atlar bilan o‘sishi, uning ochiq, demokratik davlat kurish yo‘lida jadal siyosat olib borishi va rivojlangan davlatlar safidan munosib o‘rin egallashi bugungi kunda tashqi siyosat sohasidagi asosiy maqsaddir.
O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida quyidagi prinsiplarga sodiq bo‘lib qolmoqda: o‘zining milliy manfaatlariga asoslangan ochiq, pragmatik va puxta o‘ylangan tashqi
siyosat olib borish; teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, suverenitetni, hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, chegaralarning daxlsizligi va davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, munozarali masalalarni tinch yo‘l bilan hal etish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik; tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlariga, uning farovonligi va xavfsizligiga, mamlakatni modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlariga, amaldagi milliy qonunchilik hamda qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga amal qilgan holda ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish, shuningdek ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi;
O‘zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan takdirda ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Aslini olganda, tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, davlatning siyosiy qarashlari va jahon hamjamiyatidagi xalqaro munosabatlarda uzviylikning mavjudligi uning jahon hamjamiyatidagi mavqeini belgilash bilan birga, ichki siyosatda barqaror taraqqiyotning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekistonda ichki va tashqi siyosatning ana shunday sog‘lom, qat’iyatli va ishonchli rivojlanishi bevosita uning ham dunyoviy, ham ichki mavqeini belgilamokda. Hozirgacha mavjud siyosiy qarashlar XXI asrda inson va insoniyat taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlar tizimini qamrab olmoqsa. Prezident Sh. Mirziyoev bugungi kunda va olis istiqbolda O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy vazifalarini aniq belgilab berdi.
Jumladan:
O‘zbekiston Respublikasi qo‘shni davlatlar hududlari qurolli mojarolar va keskinlik o‘choqlariga aylanishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni ko‘radi, shuningdek, o‘z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va ob’ektlari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi; siyosiy, savdo-iqgisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va boshqa sohalarda
xalqaro hamkorlikni izchillik bilan rivojlantirish;
mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyatni va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish;
Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot zonasiga aylantirish, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishishga ko‘maklashish;
jahonning etakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib, kupqirrali tizimini shakllantirish, mintaqada geosiyosiy muvozanatni saqlab turish, O‘zbekistonning savdo, iqtisodiy, texnologik, transport va boshqa aloqalarini keng diversifikatsiya qilish;
mavjud yoki yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaktida hal etish uchun siyosiy diplomatik hamda xalqaro huquqiy mexanizmlardan, jumladan, preventiv diplomatiya choratadbirlaridan foydalanish;
O‘zbekistonning siyosiy va savdo-iqtisodiy sohadagi ishonchli, mas’uliyatli sherik sifatidagi xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatimizning tashqi dunyo uchun investitsion, sayyoxdik, madaniy-tarixiy jozibadorligini kuchaytirish;
milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini jalb etish jarayonlarini ku’chaytirish uchun ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish;
O‘zbekistonning dunyoning yirik bozorlariga kafolatli chiqishini ta’minlaydigan ko‘p muqobilli transport-kommunikatsiya yo‘laklarining tizimini shakllantirish va rivojlantirish; xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va
manfaatlari har tomonlama himoya qilinishini ta’minlash.
Yuqoridagi vazifalar, aytish mumkinki, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga tobora chuqurroq kirib borishini ta’minlaydi. Shu asosda har tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik chuqurlashib boradi. Ayni paytda bu vazifalarning samarali hal etilishi O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi mavqeini, siyosiy va iqtisodiy salohiyatini namoyon qiladi.
Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar.











