Darsni interfaol metodlarda tashkil etish.

Darsni interfaol metodlarda tashkil etishning qanday afzalliklari mavjud:
- O`qitish mazmuni yaxshi o`zlashtirishga olib keladi;
- O`z vaqtida o`quvchi-o`qituvchi-o`quvchilar orasida ta’limiy aloqalar o`rnatiladi;
- O`qitsh usullari ta’lim jarayonida turli xil ko`rinishlarda kechadi. (yakka, juft, guruh,, katta guruhlar).
- O`quv jarayoni o`quv ehtiyojini qondirish bilan yuqori motivatsiyaga ega bo`ladi.
- O`zaro axborot berish, olish, qayta ishlash orqali o`quv materiali yaxshi esda qoladi.
- O`quvchida o`zaro muloqotga kirishish, fikr bildirish, fikr almashinish ko`nikmalarishakllanadi.
- O`quv jarayonida – o`quvchining o`z-o`ziga baho berishi, tanqidiy qarashi rivojlanadi.
- O`quvchi uchun dars qiziqarli o`qitilayotgan ‘redmet mazmuniga aylanadi, o`qish jarayonigaijodiy yondashuv, ijobiy fikr namoyon bo`ladi.
- Har bir o`quvchini o`zi mustaqil fikr yurita olishga, izlanishga, mushohada qilishga olib keladi.
- Interfaol usulda o`tilgan darslarda o`quvchi faqat ta’lim mazmunini o`zlashtiribginaqolmay, balki o`zining tanqidiy va mantiqiy fikrlashini ham rivojlantiradi.Albatta, interfaol darslarni tashkil etishning ham o`ziga yarasha kamchiliklari mavjud.
- O`quv-biluv jarayoni ko`’lab vaqt sarflashni talab qiladi.
- Interfaol mashg`ulotlarda barcha o`quvchilarni kerakligicha nazorat etib borishning imkoniyatibo`lavermaydi.
- Juda murakkab materiallar o`rganilayotganda o`quvchilar muammoni to`laqonli, aniq yechaolmaydilar, bunday sharoitlarda o`qituvchining roli ‘ast bo`lishi hollari kuzatiladi.
- Guruhlarda o`quv jarayoni kechayotganda kuchsiz o`quvchilarning ishtiroki tufayli kuchlio`quvchilar ham ‘ast ball yoki baho olish hollari kuzatiladi.
Xulosa shuki, bunday sharoitda o`qituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobiliyatiga, muammolar bo`yicha mushohada yuritishga, muammolarni o`z vaqtida yecha oladigan qobiliyatga ega bo`lishi kerak.
Interfaol usullarda darsni tashkil etishda o`quvchi shaxsini rivojlantirishni o`ziga-o`zi zamin yaratishdan boshlash kerak.
Ya’ni o`quvchi:
- O`zi mustaqil mutolaa qilish, o`qish asosida bilim olishga;
- O`zini-o`zi anglab yetishga, anglab tarbiya to’ishga;
- O`z kuchi va imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga;
- O`quv mehnatiga mas’uliyat hissi bilan qarashga;
- O`z faoliyatini mustaqil tashkil eta olish, har bir minutni g`animat bilishga;
- O`quv mehnatiga o`zida xohish-istak uyg`ota olishga;
- Har qanday vaziyatda faollik ko`rsata olishga;
- Ayniqsa, hozirgi tezkor axborot manbalaridan unumli foydalana olishni asosiy va bosh maqsad qilib olishga o`rganmog`i zarur.
Shuning uchun ham hozirgi kunda o`quvchining o`z-o`zini rivojlantirish texnologiyasini yaratish ‘edagogika, didaktika fani oldida o`z yechimini kutayotgan dolzarb muammolardandir. K e yingi vaqtlarda o`qituvchilar orasida shaxsga qaratilgan ta’lim nima, interfaol usulda o`qitsh nima uchun zarur? Bu usul qachondan o`quv jarayoniga kirib kelgan? Uning qanday turlari mavjud? Tarkibiy tuzilishi qanday? Uni o`quv jarayoniga qanday olib kirish kerak, uni avvalgi usullardan farqi nimada kabi savollarga duch kelamiz.
Buning uchun shu kunlarda maktablarimizda olib borilayotgan an’anaviy darslarni yana bir marotaba eslab o`tish joizdir. An’anaviy o`qitish XVII asrda Chex ‘edagogi Yan Amos Komenskiy tomonidan taklif etilgan.
U o`qitshning yagona klassik tizimini ishlab chiqib, uni sinf – dars sistemasi deb yuritadi. Keyinchalik bu sistema ‘edagogikada keng tarqalgan. An’anaviy maktab sinf-dars tizimi nomini olish u quyidagicha o`ziga xos an’analarga ega:
- Taxminan bir xil yoki yaqin yoshli bolalar tayyorgarlik darajasi yaqin bolalar sinfini tashkiletadi.
- Sinf yagona reja, dastur, dars jadvali asosida ishlaydi.
- Asosan mashg`ulot turi yagona dars hisoblanadi.
- Dars ma’lum o`quv ‘redmeti, temaga bir xil material ustida ishlaydi.
- O`quvchilar faoliyatini o`qituvchi boshqaradi, har bir o`quvchining bilim darajasinibaholaydi, yil oxirida o`quvchini sinfdan-sinfga ko`chirishni ham u hal qiladi.
- Darsliklar asosan uy ishini bajarishda, uyda qo`llaniladi.
An’anaviy dars sxemasi quyidagicha ko`rinishga ega.
Yangi mavzuni —> Mustaxkamlash — Nazorat — Baholash – O`rganish
An’anaviy darsning konse’tual holati
- Ilmiylik
- O`quvchi tabiatiga mosligi
- Ketma-ketlik, tizimliligi
- Tushunarliligi
- Ko`rgazmalilik
- Nazariyaning amaliyot bilan bog`liqligi, amalda qo`llay bilish.
An’anaviy darsning kamchiliklari:
- Darsning bir qoli’daligi, bir xilligi;
- Boshlang`ich ma’lumot berilib, uni o`zlashtirish jarayoni uyiga reja, vazifa orqali amalgaoshadi;
- O`quvchilar ‘assiv eshituvchi va mustaqilligi yo`q.
- O`quvchilar bir-biri bilan fikr almashadilar, nutqiy fikr almashuv amalga oshmaydi;
- Qayta aloqalar yo`lga qo`yilmaydi;
- Har bir faoliyat o`rtacha o`quvchiga yondashuv asosida kechadi;- Ta’lim mazmuni asosan o`qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‘tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo‘nalishlari shu faoliyat-da ko‘zda tutilgan maqsadlarni to‘liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi hozirgi vaqtda ta’lim-tarbiya sohasida ham zamonaviy ‘eda-gogik texnologiyalarga amal qilina boshlandi.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni tarbiyalashni asosiy maqsad qilib qo‘ydi. Demak, kadrlar tayyorlash mil-liy modeli ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat ijtimoiy buyurtmasini ifo-dalaydi. Faqat davlat ijtimoiy buyurtmasigina ta’lim va tarbiyaning aniq maqsad va vazifalarini belgilab beradi yoki oliy ta’lim uchun zamonaviy ‘edagogik texnologiyalarning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ‘edagogik tizimga uzluksiz ravish-da ijtimoiy buyurtma o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va ta’lim-tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsad esa zamonaviy ‘edagogik texno-logiyalarning bosh bo‘g‘ini hisoblanib, u ‘edagogik tizimning qolgan elementlarini o‘z vaqtida yangilash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Ta’lim-tarbiya tizimida zamonaviy ‘edagogik texnologiyalardan foyda-lanish zaruriyatining mohiyatini quyidagicha ifodalash mumkin:
1-shakl. Zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida ‘edagogik texnologiyalarni qo‘llash zaruriyatining mohiyati.
Demak, ‘edagogik texnologiyalarning markaziy muammosi – talaba shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda, «‘edagogik texnologiyalar» fanining asosiy maqsadi – kasb ta’limi (ma’naviyat va g’oya-’edagog) yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarni fanni o‘rganishda qo‘llanadigan ta’lim-ning zamonaviy texnologiyalari bilan tanishtirish va kelajakda o‘z faoliyat-larida interaktiv usullar qo‘llashni o‘rgatishdir.
‘edagogik texnologiyalarning vazifalari – ‘edagog-o‘qituvchilarni zamonaviy ‘edagogik texnologiyalarning mohiyatidan xabardor qilish hamda ularni maxsus fanlar asoslarini o‘qitishga yo‘naltirilgan mashg‘u-lotlar jarayonini noan’anaviy shakllarda tashkil etishga, ta’lim jarayonini mukammal modul asosida loyihalashga erishish, ta’lim jarayonini loyi-halash texnologiyasidan oqilona foydalana olish ko‘nikma va malakalari-ga ega bo‘lishga, ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarning ‘uxta, chuqur o‘zlashtirilishi va ularda amaliy ko‘nikma va malakalar hosil bo‘lishining kafolati bo‘la olishga o‘rgatishdan iborat.
Ta’lim jarayoniga zamonaviy ‘edagogik texnologiyalarni kiritish va ularni qo‘llashda quyidagi vazifalar belgilanadi va hal etiladi:
- ‘edagog-o‘qituvchilarni zamonaviy ‘edagogik texnologiya asoslari bilan tanishtirish –ma’ruza, adabiyotlar tavsiya etish;
- zamonaviy ‘edagogik texnologiyalar asosida ishlashni xohlovchi fidoyi o‘qituvchilarnianiqlash. Ular orqali ‘edagog-o‘qituvchilarga za-monaviy ‘edagogik texnologiyalarni qo‘llashdan ko‘zda tutilgan maq-sadni, uning mohiyatini yetkazish;
- zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida ishlamoqchi bo‘lgan ‘eda-gog-o‘qituvchilarnizamonaviy ‘edagogik texnologiyalar qo‘llash jarayoni-ga tayyorlash yuzasidan quyidagi tashkiliy ishlarni amalga oshirish: ta’lim (tarbiya) jarayonining umumiy, yaxlit loyihasini ishlab chiqish, ta’lim (tar-biya) jarayonida hal etilishi lozim bo‘lgan aniq maqsad va vazifalarni belgi-lash, ta’lim (tarbiya) jarayoni mohiyatini bashoratlash (taxmin qilish) va uning samaradorligini ta’minlashga yordam beruvchi eng samarali, maqbul shakl, usul hamda texnik vositalarni tanlash, ta’lim jarayonida talabaning er-kin, mustaqil faoliyat ko‘rsatishi uchun muayyan shart-sharoitlarni yaratish, ularda ma’lum ko‘nikma hamda malakalarning shakllanishi uchun vaqt o‘rnini belgilash, ularning bilimlari darajasini avvaldan tashxislash, talabalar faoliyatini yo‘naltirish, nazorat qilish hamda baholashni tashkil etish bilan bog‘liq individual maslahatlar berish, seminarlar, treninglar, ko‘rgazmali darslar tashkil etish;
- zamonaviy ‘edagogik texnologiyalar asosida ishlovchi ‘edagog-o‘qituvchilarning ta’limjarayonini tashkil etishga ijodiy yondashuvi sa-maradorligini baholashning ishonarliligini ta’minlash uchun uning moni-toringini olib borish, kuzatuv va tahlillar o‘tkazish, metodik yordamlar ko‘rsatish va ularning hisobotlarini eshitib borish;
- zamonaviy ‘edagogik texnologiyalar asosida ishlovchi ‘edagog-o‘qituvchilar tomonidan ishlabchiqilgan ‘edagogik texnologiya loyihasini mashg‘ulotlar jarayonida sinash, maqsadning natijalanganlik darajasini tah-lil etish va zamonaviy ‘edagogik texnologiyalar bo‘yicha ishlashning af-zalliklarini innovator o‘qituvchilarni kafedra yig‘ilishlaridagi ilmiy-uslubiy seminarlarda, oliy o‘quv yurtlari ilmiy kengashlarida chiqishlarini tashkil etib, ‘edagogik jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash;
- oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etilgan zamonaviy ‘edagogik texnologiyalar bo‘yichaishlovchi innovatsion (‘edagogik texnologiya) markazlar zarur didaktik va metodik materiallar, texnika vositalari bilan ta’minlanishi zarur;
- ‘edagogik texnologiyalar va undan ta’lim jarayonida foydalanish bo-rasidagi nazariy va amaliybilimlarga ega bo‘lgan ilg‘or ‘edagog-o‘qituv-chilardan innovator ‘edagogik jamoani shakllantirish va h.k.
Mazkur vazifalarning ijobiy hal etilishi ta’lim-tarbiya jarayonida muayyan samaradorlikka erishish bilan bir qatorda barkamol shaxs va raqobatbardosh malakali mutaxassislarni tarbiyalashga imkon beradi.
«‘edagogik texnologiyalarning» boshqa fanlar bilan munosabatlari. «‘edagogik texnologiyalar» ta’lim-tarbiya sohasida sifat ko‘rsatkichiga va yuksak samaradorlikka erishish, o‘quv jarayonini takomillashtirish maqsadidan kelib chiqib, ijtimoiy-gumanitar fanlar majmuyi falsafa, ‘e-dagogika, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ‘sixologiya, tarix, huquqshunos-lik, etno’edagogika, ‘edagogika tarixi, ‘edagogika ‘edagogika, maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, kibernetika hamda ‘edagogika nazariyasi va amaliyotining barcha sohalari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan o‘qitish shakl-lari, usullari, vositalari bilan fanlararo o‘zaro birikib, yagona majmua tarzida uzviy aloqada ish olib boradi.











