Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish.

0
Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish.

Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish.

Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish.

Davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini, davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minoti darajasini oshirish hamda iktisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokini bosqichmabosqich qisqartirish orqali isloh qilish.

Globallashuv va tezkor rivojlanish sharoitida davlat kurilishini takomillashtirish, davlat boshqaruvini jamiyat taraqqiyotining bugungi ehtiyojlariga mos ravishda modernizatsiya qilish o‘ta dolzarb vazifa sifatida maydonga chiqmoqda. Mamlakatimiz ravnaqini ta’minlash, jamiyatni ijtimoiy-siyosiy boshqarish, shu jumladan, unga davlat hokimiyati vositasida ko‘maklashuv mexanizmlarini takomillashtirish yangi-yangi imkoniyatlarni izlashni taqozo etadi.

Mustaqillikka erishgach, jamiyat va davlat hayotining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlash yo‘lidan borib, mamlakatimiz o‘z Konstitutsiyasini qabul qildi, uning zamirida milliy qonunchilik tizimi shakllandi. Konstitutsiya va qonunlar davlat va jamiyat qurilishini demokratlashtirish va liberallashtirishning huquqiy asoslarini tashkil etdi. Avvalo, davlat organlarini shakllantirish va faoliyat yuritishi sohasiga hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi joriy etildi: hokimiyat tuzilmalarining vakolatlari samarali konstitutsiyaviy mexanizm asosida mutanosib holga keltirilib, ularning faoliyati inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga yo‘naltirildi.

Amalga oshirayotgan konstitutsiyaviy modernizatsiya qilish va davlat qurilishi sohasidagi izchil islohotlar natijasida ratsional davlat boshqaruvi tizimi shakllandi, hokimiyat tuzilmalari o‘rtasida vakolatlarning mutanosib taqsimlanishiga erishildi.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ta’kidlanganidek, mustaqillik yillarida yurtimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida salmoqli islohotlar amalga oshirildi. «Bu jarayonda markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va ma’muriy organlarning vazifalarini o‘zgartirishga, ularning boshqarish, tartibga solish va taqsimlash borasidagi vakolatlarini, xo‘jalik tuzilmalari faoliyatiga bevosita aralashuvini keskin qisqartirishga katta e’tibor berildi».

Davlat boshqaruvida jamiyatgarahbarlik qilish bilan bog‘liq siyosiy qarorlar qabul qilish va ularni haetga jorii etishga io‘naltirilgan ma’murii-tashkilii faoliyat muhim o‘rin tutadi. Bu davlat boshqaruviga siyosiy mazmun baxpt etadi.

Konsepsiyada jamiyatimizning istiqboldagi taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash barobarida, bu boradagi muhim vazifalarni hal etishda davlat hokimiyati tarmoqlarini, xususan, parlamentni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, mamlakatimiz fuqarolik jamiyati institutlarini, sud-huquq tizimini, saylov qonunchiligini takomillashtirish, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi.

Jamiyat va davlat qurilishi sohasida parlament tizimini rivojlantirish, kuchli ijro hokimiyati, mustaqil sudni shakllantirish, ko‘ppartiyaviylikni vujudga keltirish, mustaqil fuqarolik jamiyati institutlarini va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish hamda ular faoliyatining kafolatlarini kuchaytirish borasida tub demokratik o‘zgarishlar qilindi.

Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotini va davlat hokimiyati tizimini demokratlashtirish hamda zamonaviy asoslarda modernizatsiya qilish bugungi taraqqiyotimizning ustuvor yo‘nalishini tashkil etmokda. Davlatchilik tizimi, hokimiyatning mazmuni, faoliyat shakllari jamiyatning ob’ektiv taraqqiyot qonuniyatlariga muvofiq belgilanadi. Bu qonuniyat jamiyat hayoti, ijtimoiy boshqaruv shakllarining tobora yangilanib, rivojlanib, ilgarilash yo‘lidan borishidir.

Davlat hokimiyati institutlarini yanada xalqqa yaqinlashtirish, ularning faoliyatida xalq manfaatlarini izchil tarzda to‘liq ifodalash mexanizmlarini yaratish vazifasi mamlakatimiz taraqqiyotidagi hozirgi modernizatsiya bosqichining markaziy yo‘nalishini belgilab bermoqda.

Ta’kidlash muhimki, Konstitutsiya vositasida davlat hokimiyati bilan inson o‘rtasidagi munosabatlar o‘zining oqilona huquqiy echimini topayotganini kundalik hayotimiz isbotlab turibdi. Davlat hokimiyatining demokratikligi, avvalo, Konstitutsiyada inson (fuqaro) huquqlari nechog‘lik mukammal aks ettirilgani hamda kafolatlangani bilan izohlanadi. Konstitutsiya davlat hokimiyati faoliyatini boshqaruvchi, tartibga soluvchi, me’yorlovchi, demokratik normalar vositasida cheklovchi siyosiy-huquqiy vosita sanaladi.

Zamonaviy sharoitda o‘zbek davlatchiligini yanada takomillashtirish mamlakatimizda demokratik taraqqiyotni ta’minlash va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy prinsiplarini belgilab bergan Konstitutsiyamizning qoida va normalariga tayanish ( asosida amalga oshirilmoqda.

Yurtimizda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy maqsadi va mazmuni davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishdan iborat bo‘lib kelmoqda. Ana shunday dastlabki muhim islohotlardan biri parlament tizimini takomillashtirish uchun 2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan referendum natijalari bilan bog‘liq. Umumxalq referendumiga milliy parlamentimizni ikki palatali qilib tashkil etish masalasi qo‘yilib, unga ijobiy javob olindi. «Referendum yakunlari va davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun (2002 yil 4 aprel) davlat hokimiyati tizimini parlament roliga ustuvor o‘rin bergan holda chuqur isloh etishga poydevor yaratib berdi. Uning asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarini shakllantirish, ularning vakolatlarini belgilashga yo‘naltirilgan konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevralda qabul qilgan «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirishga, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgani ayniqsa e’tiborga molik.1 Bu tarixiy hujjatda mamlakatning yaqin istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari belgilab berildi. «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini strategik asoslangan darajada qisqartirish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni himoya qilishga doir kompleks masalalarni hal etish, hukumat, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajadagi hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifa sifatida belgilanadi».

Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirishda, davlat hokimiyati tuzilmalari (parlament, prezident, hukumat) o‘rtasidagi munosabatlarning samarali tashkiliy va huquqiy mexanizmlarini yaratishda so‘nggi yillarda konstitutsiyaviy qonunchilikka joriy qilingan yangi institutlar muhim ahamiyat kasb etdi. Xususan, 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78,80,93,96 va 98-moddalariga)»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni davlat hokimiyati tizimini yanada demokratlashtirishning muhim huquqiy asosi bo‘ldi.

Hokimiyat sub’ektlari o‘rtasida vakolatlar mutanosib taqsimlanishiga erishishda islohotlarning avvalgi bosqichida Asosiy qonunimiz 98-moddasiga kiritilgan tuzatishlar jiddiy ahamiyat kasb etdi. Konstitutsiyaviy konunchilikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan bu tuzatishlar, birinchidan, hokimiyat tarmoqlari mustaqilligining oshishiga xizmat qilsa, ikkinchidan, davlat hokimiyati tizimida o‘zaro bir-birini tiyib turish mexanizmida yangi bo‘g‘inlarni nazarda tutadi. Masalan,

Vazirlar Mahkamasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish, ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzish va unga rahbarlik qilish huquqi Prezident vakolatlari doirasidan chiqarildi. Bosh vazirning Prezidentga viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlarini tayinlash va lavozimdan ozod etish uchun taqdim qilish huqukining berilishi Bosh vazir boshchiligidagi ijro etuvchi hokimiyat mustaqilligini va ta’sirini oshirishga xizmat qilsa, Bosh vazir nomzodini taklif etish va tasdiqlash tartibi, shuningdek, uning hisobotini tinglash va muhokama silish tartib takomilining kiritilishi Parlament rolini yanada kuchaytirishga ko‘maklashuvchi institut bo‘ldi.

Hokimiyatlar tizimidagi yana bir demokratik institutning mazmuni quyidagicha: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan taqdirda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman yo‘naltirilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga kiritilgan ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar Konstitutsiyaning 78va 93-moddalariga ham tegishli tuzatishlarni kiritish zaruratini belgiladi. Jumladan, Konstitutsiyaning 78-moddasi 15-bandida Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari sifatida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish vakolati nazarda tutildi. Bu holat ham siyosiy partiyalar, ham parlament roli va ta’sirining oshirilishiga, Oliy Majlisning qonunlar ijro etilishi ustidan amalga oshiradigan nazorat faoliyatining yanada takomillashtirilishiga xizmat qiladi. Shuningdek, konstitutsiyaviy islohotlarning avvalgi bosqichida Hukumatni shakllantirish tartibi yanada demokratlashtirildi. Konstitutsiyaning 98moddasiga kiritilgan qoidaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqsordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi.

Yangi Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqsim qilish uchun taklif etiladi. Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan takdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi. Ushbu norma davlat hokimiyati tarmokdari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va ta’sir etish mexanizmini yanada takomillashtirdi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishga qaratilgan yangiliklarning ahamiyati yana shundan iboratki, ular davlat hokimiyatining sub’ektlari, ya’ni, davlat boshlig‘i bo‘lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada oqilona taqsimlanishini ta’minlashga qaratilgandir. Davlat hokimiyati taqsimlanishi to‘g‘risidagi ta’limotga ko‘ra, hokimiyat tarmoqlari vakolatlarining to‘g‘ri taqsimlanishi davlat idoralari faoliyatining barqarorligini, ular o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilishini kafolatlaydi. Qolaversa, davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy tarzda mutanosib va adolatli taqsimlanishi pirovardida davlatning tom ma’noda demokratik tabiatga ega bo‘lishi va inson huquqlari izchil ta’minlanishining garovidir.

O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishning keyingi bosqichi Asosiy qonunimizga 2014 yil 16 aprelda «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (32,78,93,98,103 va 117moddalariga)»gi qonun vositasida kiritilgan yangiliklar bilan bog‘liq. Ushbu konstitutsiyaviy islohotlar mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy hayotni va davlat boshqaruvini izchil demokratlashtirish borasida amalga oshirilayotgan siyosatning mantiqiy davomi bo‘ldi. Mazkur islohotning mazmuni quyidagi muhim sohalarni o‘z qamroviga oldi: 1) jamoat va parlament nazorati; 2) Prezident va parlament vakolatlari; 3) Hukumatning konstitutsiyaviy maqomi; 4) saylov tizimi. Ularning ma’no-mohiyatiga qisqacha izoh berib o‘tamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim vakolatlarini Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazish bo‘yicha Asosiy Qonunimiz moddalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Prezidentning davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini, davlat hokimiyati tarmoqlari o‘rtasida vakolatlarning oqilona qayta taqsimlanishini, shuningdek, ular o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimining samarali ishlashini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlarini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Konstitutsiyaning 32-moddasi mamlakat hayotida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirishga qaratilgan muhim qoida bilan to‘ldirildi. Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan ham amalga oshirilishi haqidagi norma bilan to‘ldirildi.

Konstitutsiyaning 78-moddasiga yangi 21band kiritilib, unda parlament nazorati instituti nazarda tutildi. Mahalliy ijro etuvchi xokimiyat organlarining mustaqilligini va ayni vaqtda vakillik organi oldidagi mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida Konstitutsiyaning 103-moddasi viloyat, tuman va shahar hokimining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar tatsdim etish majburiyatini belgilaydigan norma bilan to‘ldirildi. Ushbu hisobotlar bo‘yicha xalq deputatlari kengashlari tegishli qarorlar qabul qilishi orqali bu konstitutsiyaviy institut yuridik jihatdan rasmiylashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev Konstitutsiya kabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida milliy saylov qonunchiligimizga tamomila yangi institutni viloyat, tuman va shahar hokimlarini tegishli hududlardagi aholi tomonidan bevosita saylash g‘oyasini ilgari surdi. Bu ham hokimlarning xalq oldida hisobdorligini kuchaytiradi.

Shuningdek, Konstitutsiyaning 117-moddasiga asosiy prinsiplari mustaqillik, konuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining faoliyatini tashkil etishning konstitutsiyaviy asoslarini belgilaydigan tuzatishlar kiritildi.

Konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlar davlat hokimiyatining yanada demokratlashuvi, uning mustaqil tarmoqlari o‘rtasida vakolatlarning qayta taqsimlanishi, o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimi rivojlanishi, shuningdek, saylov tizimining yanada takomillashuvining muhim omiliga aylanishi tabiiy.

Shuningdek, Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Qonun bilan 98-modda Bosh vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uning nomzodi k^fib chiqilayotgan va tasdiqlanayotgan paytda Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga muljallangan harakat dastursht taqdim etishini nazarda tutadigan yangi qoidalar bilan to‘ldirildi. Konstitutsiyaga kiritilgan ushbu norma konstitutsiyaviy rivojlanishning xalqaro amaliyotiga to‘liq mos keladi. Hukumatning faoliyat (harakat) dasturini taxdil qilish ko‘plab demokratik davlatlar tajribasidan o‘rin olgan konstitutsiyaviy institut hisoblanadi. Xususan, Germaniya Asosiy qonuniga binoan, parlament a’zolari nafaqat hukumat rahbari va a’zolarini tasdiqlaydilar, balki hukumat dasturi loyihasi bo‘yicha o‘z munosabatlarini ham bildiradilar. Ushbu dastur qonun chiqaruvchi idora a’zolari tomonidan tasdiqlanishi yoki rad etilishi mumkin. Dasturning rad etilishi bir vaqtning o‘zida hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirilishini anglatadi. Finlyandiya Konstitutsiyasiga muvofiq, deputatlar Bosh vazir nomzodi tasdiqlangunga qadar hukumat dasturi loyihasini ko‘rib chiqadilar hamda uning mazmunini o‘rganganlaridan so‘ng Prezidentga Bosh vazir lavozimiga nomzodni qo‘llab-quvvatlash mumkinligi borasida o‘z fikrlarini bildiradilar.

Darhaqiqat, Konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlar, xususan ularning parlament tomonidan hukumatning harakat dasturi ko‘rib chiqilishiga oid qismi deputatlar va siyosiy partiyalar fraksiyalari uchun yangi shakllanayotgan Vazirlar Mahkamasining mamlakatni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha kelgusi faoliyatining barcha jihatlaridan xabardor bo‘lishlari, Bosh vazir nomzodi, hukumatning tutgan yo‘li bo‘yicha o‘z yondashuvini belgilab olishlariga imkon yaratadi.

Yana bir demokratik normaga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar tatsdim etish vazifasi yuklanmokda. Asosiy Qonunimizning avvalgi tahririga ko‘ra, bunday ma’ruzalarni parlamentning ko‘rib chiqishi uchun takdim etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatiga kirar edi.

Mamlakat davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida barqarorlik, izchillikni ta’minlash, ijro etuvchi hokimiyatning mustaqil faoliyat ko‘rsatish kafolatlarini kuchaytirish maqsadida amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi bo‘yicha Konstitutsiyaning 98-moddasida belgilangan normalar mamlakat Prezidentining qaroriga ko‘ra, hukumat ayni shu davrda, Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilgunga sadar o‘z faoliyatini davom ettirib turishi haqidagi qoidalar bilan to‘ldirildi. Bu jiddiy norma bo‘lib, davlat boshqaruvida izchillik, uzviylik hamda davomiylikni ta’minlaydi.

Konstitutsiyaga kiritilgan yana bir yangi normaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti endi mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari bo‘yicha Respublika Oliy Majlisiga murojaat etish huquqiga ega bo‘ldi. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarning konstitutsiyalarida Prezident mamlakat hayotining muhim masalalari bo‘yicha parlamentga murojaat («poslanie») qilish huquqiga ega. Odatda, bunday murojaat bir yilda bir marta amalga oshirilib, unda Prezident davlatning ichki va tashqi siyosatining ustuvor masalalari yuzasidan asosiy vazifalarni bayon etadi, o‘z yondashuvi va munosabatini bildiradi. U ushbu muhim masalalarga deputatlar (senatorlar), siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda keng jamoatchilik e’tiborini tortadi; o‘z siyosiy yo‘lini sinovdan o‘tkazadi; davlat va jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni hal etishga davlat tuzilmalari hamda fuqarolik jamiyati institutlarini safarbar etadi.

Hozirgi globallashuv va shiddatli rivojlanish sharoitida davlat boshqaruvini zamonaviy jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda modernizatsiya qilish o‘ta dolzarb masala sifatida kun tartibiga chiqmoqda. Harakatlar strategiyasida «Davlat boshqaruvi asoslari to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish nazarda tutilgani e’tiborga molikdir.

Mamlakatning davlat boshqaruv tizimi uning siyosiy, ijtimoiy, huquqiy va ma’muriy madaniyatining uzviy qismidir. Boshqaruv madaniyati bir qator tarixiy, milliy, jo‘g‘rofiy, ma’naviy va boshqa omillar ta’sirida shakllanadi. Boshqaruv madaniyati davlat boshqaruvi tuzilmalariga nisbatan birmuncha barqaror va turg‘undir. Shu tufayli siyosiy (davlat) boshqaruv madaniyatini tarixan qisqa vaqt ichida o‘zgartirish birmuncha mushkul. Masalan, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini qonunchilik islohoti vositasida tarixan qisqa muddatda o‘zgartirish (yangilash) mumkin, ammo boshqaruvga bog‘liq mafkurani, mentalitetni, ongni va madaniyatni darhol o‘zgartirishning iloji yo‘q.

Tabiiyki, davlat boshqaruvini isloh etish va modernizatsiya qilish Konstitutsiya va konunlarda mustahkamlangan prinsiplar hamda talablar asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, bu borada fuqarolarning yana bir muhim huquqiga e’tibor qaratish lozim. 2005 yilda Evropa Ittifoqiga tasdiqlash uchun taqdim etilgan Evropa Konstitutsiyasi loyihasida inson va fuqarolarning ijobiy boshsaruvga bo‘lgan hutsutsi nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, hokimiyat organlari fuqaroning murojaatlarini xolis va adolatli, paysalga solmay mohiyati bo‘yicha ko‘rib chiqishi, saylab qo‘yilgan vakillar va ma’muriyat aholi manfaatlari yo‘lida faoliyat yuritishi lozim.

Fuqarolarning davlat boshqaruviga keng jalb etilishi, demokratik davlat boshqaruvi g‘oyalari bir qator xalqaro huquqiy hujjatlarda o‘z ifodasini topgan. Jumladan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida quyidagi qoida e’tirof etilgan: «Har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillar vositasi orqali o‘z mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqiga ega… Xalq irodasi hukumat hokimiyatining asosi bo‘lishi lozim» (21-modda). Yangi Evropa uchun Parij xartiyasi EXHKning 1990 yil 21 noyabrdagi Sammiti hujjatida shunday satrlar bor: «Demokratik boshqaruv erkin va adolatli saylovlar paytida muntazam ravishda ifodalanadigan xalq xohishirodasiga asoslanadi. Demokratiyaning asosini inson shaxsiga bo‘lgan hurmat va qopun ustuvorligi tashkil etadi».

Jamiyatni erkinlashtirishning hozirgi bosqichida davlat boshqaruvini modernizatsiya qilishning bir qator yo‘nalishlari va vazifalari Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan. Birinchidan, demokratik davlat boshqaruv mezonlarini belgilovchi prinsiplarni hayotga sobitqadamlik va jadallik bilan joriy etib borish. Bular boshqaruvda inson huquq va manfaatlarining ustuvorligi, hokimiyatlar taqsimlanishi (shu jumladan, davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar o‘rtasida vakolatlarning oqilona taqsimlanishi), qonun ustuvorligi, davlat boshqaruviga xalq ommasi hamda fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligi va ochiqligi kabi tamoyillardir.

Ikkinchidan, davlat boshqaruv apparati faoliyatining qonunchilik, huquqiy bazasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirib borish nazarda tutiladi.

Uchinchidan, ijroiya hokimiyati tizimidagi boshqaruv bilan shug‘ullanuvchi organlarning tarkibiy tuzilmasi va funksiyalarini ratsionallashtirish ma’muriy islohotning muhim vazifasi hisoblanadi. Bunda davlat boshqaruvida muvoziy tuzilmalarning bo‘lishi va bir-birining vazifalarini takrorlashning mavjud bo‘lishini bartaraf etib borish talab etiladi.

To‘rtinchidan, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini ta’minlovchi samarali mexanizmlarni yaratish, ular faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini faollashtirish zurur.

Beshinchidan, davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va ma’muriy islohotlar samarasini oshirishda tegishli vakolatli organlar faoliyatining huquqiy asoslarini (reglamentlarini) izchil takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday huquqiy hujjatlar qatorida Ma’muriy protsessual kodeksning, «Ma’muriy protseduralar to‘g‘risida»gi va «Davlat xizmati to‘g‘risida»gi qonunlarning qabul qilinishi Harakatlar strategiyasida aytib o‘tiladi.

Davlat xizmati davlat organlari tomonidan boshqaruvning kadrlar funksiyasini amalga oshirish, davlat organlari apparatida doimiy yoki vaqtincha mansabni egallab turgan hamda davlat byudjetidan mablag bilan ta’minlanuvchi shaxslarning faoliyatidir. Davlat xizmati davlat apparatini boshqarishni tashkil etish va huquqiy tartibga solish bo‘yicha davlat faoliyatining asosiy turlaridan biri bo‘lib, davlat oldida turgan vazifalarning samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Mamlakatimizda davlat xizmatchilariga malaka darajalari yoki maxsus unvonlar berish tartibi alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. Shuningdek, respublikamiz qonunchiligida ham martaba darajalari ijobiy attestatsiya, malakasiga muvofiq oliy ma’lumot mavjud bo‘lgan taqdirda, egallab turgan lavozimi va ish stajiga, shuningdek, oldingi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlarni hisobga olgan holda izchil tartibda beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev lavozimga kirishish tantanali majlisidagi nutqida quyidagilarni ta’kidladi: «Oldimizga qo‘ygan maqsad-muddaolarga etish uchun kadrlarning amaliy zahirasini shakllantirish, ularni tayyorlash va kayta tayyorlashning muhim masalalarini o‘z ichiga oladigan maqsadli dasturni ishlab chiqish vaqti keldi, deb o‘ylayman.

Asosiy vazifa bu yuqori kasb mahorati va zamonaviy tafakkurga ega, puxta o‘ylangan, har tomonlama to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan, belgilangan maqsadlarga erishadigan rahbarlar va mansabdor shaxslarning yangi tarkibini shakllantirishdan iborat.

Bu borada hududiy boshqaruv organlari, eng avvalo, mamlakatimiz tuman va shaharlari hokimliklari uchun malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratish zarur».

Professional kadrlarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish xizmatchilarning xizmat pog‘onalari bo‘ylab ko‘tarilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu maqsadda kadrlarni tayyorlash muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ko‘pgina davlatlarda markazlashgan tayyorgarlik bilan birgalikda davlat xizmatchilarining yuqori lavozim bo‘yicha harakatlanishlari hamda rahbarlarning professional rivojlanishlari uchun kadrlar zahirasini tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan keng kamrovli kurslar tizimi amal qiladi.

Davlat organlarida xizmat bo‘yicha o‘sish tartibida davlat xizmati lavozimlarini egallash maqsadida tanlov asosida rahbar lavozimlarini egallash uchun kadrlar zahirasi shakllantirilishi muhim ahamiyatga egadir.

Shunday qilib, Harakatlar strategiyasida davlat xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish davlat xizmati faoliyatining to‘g‘ri va samarali faoliyat yuritishida katta ahamiyatga ega ekani ta’kidlab o‘tiladi.

Mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishda davlat xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish. Fuqarolik jamiyati qaror topishining muhim shartlaridan biri davlat bilan jamoatchilik tizimlari hamda xususiy sektorning yaqin xamkorligi, ular o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni amalda ta’minlashga erishishdan iborat. Biz mustaqil davlatchilik sari qadam qo‘yilgan dastlabki yillardayoq Asosiy konunimizda nodavlat-notijorat tashkilotlari faoliyatiga doir asosiy nrinsiplarning mustahkamlab qo‘yilgani, iqtisodiy faoliyat erkinligi va xususiy hayot daxlsizligi kafolatlangani barcha aholi qatlamlari manfaatlarini aks ettiradigan tuzilma hamda tashkilotlarning keng tarmoqlari vujudga kelishi, faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun qulay muhit yaratdi.

O‘tgan chorak asr mobaynida jamoat va nodavlat tashkilotlarining nufuzi ortdi, huquqiy maqomi mustahkamlandi, jamiyat boshqaruvidagi roli oshib bordi. Bugungi kunda mazkur tuzilmalar davlat bilan fuqarolik jamiyatining o‘zaro samarali aloqasini ta’minlash, odamlarning kayfiyatini aniqlash, ularning jamiyat va davlat hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlarga munosabatini bilishning muhim vositasi sifatida maydonga chiqmokda.

Demokratik yangilanishlar jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirishga, fuqarolarning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgan 250 dan ziyod qonunlar, yuzlab farmonlar va hukumat qarorlari qabul qilindi. Ushbu keng ko‘lamli huquqiy baza bu tashkilotlarning davlat organlari bilan teng muloqot olib borishi, huquqiy munosabatlarda kafolatli ishtirok etishining zamini bo‘ldi.

Davlat bilan xususiy sektor tuzilmalari hamkorligining markazida inson va fuqaroning iqtisodiy hamda ijtimoiy sohadagi manfaatlarini ta’minlash masalasi turadi.

Masalan, kasaba uyushmalari davlat organlari, ish beruvchilar bilan uch tomonlama ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risidagi shartnomalar asosida mehnat qiluvchi xodimlarning fuqarolarning mehnat jarayonida mehnat huquqlari, ijtimoiy muhofazasi, ish haqi, dam olish, ishlovchi ayollarning YOSH bolalariga parvarish berishi bilan bog‘liq imtiyozlardan foydalanish, pensiyaga rasmiylashtirish borasidagi va boshqa manfaatlarini muhofaza qilishda salmoqli faoliyatni amalga oshirmokda. Nodavlat va jamoat tashkilotlari fuqarolarning ta’lim olish, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, ijtimoiy ta’minot tizimidan foydalanish, buzilgan huquqlarini tiklash kabi qator sohalarda huquq va erkinliklarini ta’minlashda davlat organlari bilan bo‘ladigan munosabatlarda vositachi va ko‘makchi vazifasini o‘tamoqda.

Bu yo‘nalishdagi faoliyatning huquqiy negizlarini yanada mustahkamlash maqsadida 2014 yilda «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun fuqarolarning ijtimoiyiqtisodiy sohadagi, shuningdek, gumanitar muammolarini hal etish, aholi turli qatlamlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat tuzilmalarining davlat idoralari bilan o‘zaro munosabatlarining aniq chegaralarini belgilash bo‘yicha huquqiy mexanizmlarini yaratadi.

Qonun amal qila boshlaganidan buyon o‘tgan qisqa davrda to‘plangan amaliy tajriba guvohlik berishicha, hali bu sohada tashkiliy-huquqiy mexanizmlar yanada takomillashtirilishi lozim. Shu bois Harakatlar strategiyasi doirasidagi «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturida davlat va xususiy sheriklik (hamkorlik) shakllarini kengaytirishga yo‘naltirilgan «Davlat va xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Unda davlat va xususiy sheriklik tushunchasi, tabiati (mohiyati), prinsiplari, vazifalari va asosiy yo‘nalishlari, shakllari (vositalari), ishtirokchilari doirasi, ularning huquq va burchlari, bu borada amalga oshiriladigan ustuvor tadbirlar va munosabatlar tartibga solinadi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning hukuq, erkinlik va qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish. Davlat boshqaruvi idoralarining aholi bilan aloqalarini kuchaytirish, hamkorlik mexanizmlarini yaratish muhim. Bir tomondan, aholini davlat boshqaruv organlari faoliyatidan muntazam ravishda xabardor qilib turish, ikkinchi tomondan, mahalliy davlat boshqaruv organlari qarorlarini qabul qilishga (qarorlar loyihasining muhokamasiga, mahalliy referendumlarga) keng jalb etishni yo‘lga qo‘yish davr talabi. Shuningdek, davlat boshqaruvi bilan korporativ boshqaruvni yaqinlashtirish, ular nisbatining oqilona mezonlarini belgilashda muhim o‘rin tutadi.

Inson va fuqarolarning axborotga bo‘lgan huquqlarini kafolatlashning tamoyillari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli normalarida mustahkamlab qo‘yilgan. Xususan, Konstitutsiyaning 29-moddasiga binoan: «Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir».

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash masalalari ular faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda amalga oshirilishi bugungi kunga kelib eng maqbul yo‘l sifatida baholanmoqda. Amalda mavjud bo‘lgan davlat xizmatlarini fuqarolarga, yuridik shaxslarga va davlat organlarining o‘ziga kursatishning yangicha tizimini amalga oshirish har qanday zamonaviy demokratik davlatning asosiy strategik yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2010 nil 12 noyabrda parlament palatalarining qo‘shma yig‘ilishida taqdim etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ilgari surilgan takliflarning amaliy ifodasi sifatida «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunining loyihasi ishlab chiqildi va qabul qilindi.

Ushbu qonunning asosiy maqsadi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining shaffofligi, ochiqligini ta’minlash, davlatimiz ichki va tashqi siyosatining eng asosiy yo‘nalishlaridan aholini muntazam xabardor bo‘lib borishiga sharoit yaratish, shuningdek, fuqarolarning siyosiy faolligini yanada oshirishdan iboratdir. Mazkur konunning qabul qilinishi davlat hokimiyati organlari faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilib borish tartiblarini aniq belgilab berishi, davlat hokimiyati organlariga o‘zlari qabul qiladigan qarorlar va ularning mazmuni bilan aholini, turli jamoat birlashmalarini xabardor qilish majburiyatini yuklashi bilan ham ahamiyatlidir. Bundan tashqari, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi orqali fuqarolarning axborot olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarining yuqori darajada ta’minlanishiga va pirovard natijada davlat hokimiyati organlarining o‘zlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlar bo‘yicha majburiyatlarining oshishiga erishiladi.

Ma’lumki, 2014 yil 5 mayda «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligini, ular faoliyati haqidagi axborotlardan ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari, aholining (axborotdan foydalanuvchilarning) keng foydalanishini ta’minlashga qaratilgan.

Qonunning asosiy vazifalari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan jismoniy va yuridik shaxslarning erkin foydalanishini ta’minlash; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati haqidagi axborotlarni olishga bo‘lgan huquqni kafolatlash; davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining qabul qilinayotgan qarorlar uchun javobgarligini oshirish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati haqidagi axborotlarning tarqatilishi tartibini belgilashdan iborat. Shunga muvofiq, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining shaffofligi, ularning ustidan jamoatchilik nazorati bu idoralarning faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha bir qator choratadbirlar qabul qilish orqali ta’minlanadi.

Shunday qilib, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini erkinlashtirish, ularni xalq ehtiyojlari va manfaatlariga yaqinlashtirish, ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan ijtimoiy sheriklik va hamkorligini rivojlantirish, hech shubhasiz, pirovardida davlat apparati faoliyati samaradorligini oshirishga, davlatning jamiyat manfaatlariga yanada ko‘proq xizmat qiluvchi institutga aylantirishga qulay imkoniyat yaratadi.

Hozirgi davrda xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturining eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri bo‘ldi. Shu munosabat bilan jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, nodavlat-notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish, shuningdek, mahallaning jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish nazarda tutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida mazkur soha taraqqiyoti uchun qator tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va bugungi kunga kelib qariyb ellikka yaqin qonun va qonunosti hujjatlari davlat va xususiy sektor faoliyatida axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish va ulardan foydalanishni tartibga solib kelmoqda.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz rivoji va islohotlarning muvaffaqiyatli kechishi ko‘p jihatdan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xalqqa sifatli va tezkorlik bilan xizmat ko‘rsatishi, bu borada o‘z faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va o‘z navbatida bu jarayonlardan keng aholining xabardorligi, ularga daxldorligida namoyon bo‘ladi. Zero, inson va fuqarolarning yuqori saviyadagi huquqiy madaniyatga ega bo‘lishlari demokratik jamiyat qurishning mustahkam poydevoridir. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorlik, qonun normalarini hurmat qilish va ularga qat’iy rioya qilish huquqiy demokratik davlat qurishning, siyosiy va huquqiy institutlar samarali faoliyat ko‘rsatishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Birinchidan, xalqimiz Prezident, Oliy Majlis, hukumat qanday farmon, qonun, qaror qabul qilyapti, bundan to‘la xabardor bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, ayniqsa inson huquqiga daxldor hujjatlarni har bir odam yuragidan utkazishi, bu qonunlar uning hayotiga qanday ta’sir qilishini anglab etmog‘i lozim. Uchinchidan, tayyorlanayotgan qonunlardan aholi ham xabardor bo‘lishi, ya’ni ularning qanday ishlanayotgani jamiyat nazoratida turishi zarur». Shu bois, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy bilimi va ongini yuksaltirish, jamiyatdagi siyosiy faolligini oshirish ko‘p jihatdan ularning mamlakatda mavjud qonunchilikdan xabardorligiga, ya’ni, axborot bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq.

Davlat boshqaruvi sohasini erkinlashtirish bu boradagi amaliy faoliyatni faollashtirish bilan bir qatorda jiddiy ilmiy izlanishlar olib borishni, sohadagi muammolarning ilmiy-huquqiy echimlarini topishni taqozo etmoqda. Fikrimizcha, bu borada davlat organlari tizimida markazlashtirishdan chiqarish masalalari, boshqaruv idoralari (respublika va mahalliy) funksiyalari hamda vakolatlarini oqilona me’yorga solish, ularning funksiyalarini qayta taqsimlash, ularni markazdan mahalliy bo‘g‘inlarga o‘tkazish muammolarini ilmiy tadqiq etish dolzarb vazifa. Tobora avj olayotgan ma’muriy islohotlar davlat boshqaruvini optimallashtirish, davlat apparatini ixcham va kamxarajat qilish, davlat xizmati, ma’muriy sudlov va ma’muriyprotsessual qonunchilikni shakllantirish hamda takomillashtirish muammolarini dolzarb mavzular qatoriga qo‘shmoqda.

Harakatlar strategiyasini amalga oshirish davlat dasturida mamlakatimizda ma’muriy islohotlar konsepsiyasi hamda bu islohotlarni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturini yaratish belgilangani e’tiborga molik. Ushbu masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasi tayyorlanishi ko‘zda tutilgan. Bunda davlat boshqaruvi organlarining faoliyati samaradorligini oshirish va tuzilmasini takomillashtirish, davlat boshqaruvini markazlashtiruvdan xoli qilish, takrorlanuvchi funksiyalarni bajaradigan davlat organlarining turli komissiyalarni bekor qilish yoki bir-biriga qo‘shish orqali davlat boshqaruvi va xizmatini tubdan isloh etish nazarda tutiladi.

Yana bir muhim vazifa bu davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashning usul va shakllarini ilmiy taxdil etish, amaliyotga taklif va tavsiyalar berishdan iborat.

Ikkinchidan, davlat boshqaruvi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, «elektron hukumat»ni shakllantirish, umuman, «Axborot jamiyati»ni qaror toptirish muammolarini tadqiq etish, Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona tizimi harakatlanishining huquqiy va metodologik bazasini yaratish ustida chuqur ilmiy izlanishlar olib borish lozim.

Albatta, bu borada axborot xavfsizligini ta’minlash, axborot almashinuvi munosabatlarining huquqiy rejimini kafolatlash alohida e’tiborni talab etadi.

O‘zbekistonda axborot erkinligini ta’minlash borasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) axborot tarmoqlarini rivojlantirishda global hamkorlik; 2) elektron kutubxonalarni shakllantirish; 3) elektron muzeylar va galereyalarni yaratish; 4) atrofmuhit va tabiiy resurslar elektron bazasini yaratish; 5) favqulodda holatlarni elektron boshqarish; 6) sog‘liqni saqlashda informatsion texnologiyalarni qo‘llash; 7) elektron hukumatni shakllantirish; 8) kichik va o‘rta biznes uchun virtual bozorni yaratish.

Uchinchidan, davlat qurilishini erkinlashtirishda davlat boshqaruvi organlarining xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolar xususiy faoliyatiga aralashuvini cheklash, uning me’yor va mezonlarini aniqlash ham jiddiy taxdiltalab mavzudir.

To‘rtinchidan, mamlakat miqyosida «boshsaruv madaniyati», «ma’muriy madaniyat»t\ shakllantirishga ham ustuvor ahamiyat berish kerak.

Beshinchidan, davlat boshqaruvi organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligining usul va shakllarini takomillashtirish muhimdir.

Oltinchidan, davlat boshqaruvi organlari tomonidan fuqarolarning va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chitsish tizimini takomillashtirish lozim.

Ettinchidan, davlat boshqaruvi organlari ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy masalalarini o‘rganish zarur.

Sakkizinchidan, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga aholini keng jalb etishda umumiy muhokamalar va mahalliy referendum institutini ilmiy taxdil etish ham dolzarb masala hisoblanadi.

Harakatlar strategiyasi «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da qabul qilingani bejiz emas. Chunki, unda xalqimizning yorug‘ kelajagi hamda istiqbolini belgilab bergan ustuvor yo‘nalishlar qamrab olingan.

Mavzular.

manba