Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari va omillari. Qadimgi Xorazm, Baqtriya va Sug’diyona.

0
Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharontlari va omillari. Ilk Shaharlar va davlatlar. Qadimgi Xorazm, Baktriya Sugdiyona.

Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharontlari va omillari. Ilk Shaharlar va davlatlar. Qadimgi Xorazm, Baktriya Sugdiyona.

Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari va omillari. Qadimgi Xorazm, Baqtriya va Sug’diyona.

Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari va omillari. Qadimgi Xorazm, Baqtriya va Sug’diyona. Davlat boshqaruvining paydo bo‘lishi insoniyat tarixida muhim muvaffaqiyat va sifatiy yangi bosqich  bo‘ldi. Dunyo tarixidagi qadimgi davlatlarning paydo bo‘lishi va takomillashuvida O‘rta Osiyo va unga  qo‘shni hududlarda yashagan xalqlarning ham hissasi katta bo‘ldi.

Dunyo tarixida Shaharlar, siyosiy birlashmalar, uyushmalar, keyinroq esa davlatlarning paydo bo‘lishi  uzoq davom etgan jarayondir. E.V.Rtveladzening fikricha, bu jarayon turli xalqlarda turli yo‘llar bilan  bo‘lib o‘tgan.

Birinchidan, davlatlar paydo bo‘lishining osiyocha ishlab chiqarish usuliga asoslangan «Sharq yo‘li»  bo‘lib,  unda  iqtisodiyotning  asosini  sug‘orma  dexqonchilik  tashkil  etgan;  dexqonchilik  jamoasi  jamiyatning  birlamchi  yacheykasi  edi;  aholining  katta  qismini  safarbar  etish  zarauriyati  prinsipial  boshqaruvchilarni taqazo etgan.

Ishlab  chiqarishning osiyocha usuli mil.avv. IV ming yillikdan milodiy I asrgacha yirik daryolar  vodiylarida joylashgan Misr, Bobil, Xitoy, Hindiston, O‘rta Osiyo kabi hududlarda yoyilgan.

Davlat tuzilmasining ikkinchi, «Evropacha yo‘li» Evropa hududida mil.avv. V asrdan boshlab milodiy  III asrgacha qadimgi Yunon polislarida mavjud bo‘lgan. Ularda xususiy mulkchilik shakllanishi tufayli  kelib chiqqan jamiyatning ijtimoiy mulkiy tabaqalanish jarayoni (tabaqalar shakllanish jarayoni) asosiy  omil bo‘ldi.

Jamiyat  hayotida  metallning  keng  yoyilishi  –  dastlabki  Shaharlar  va  davlatchilikning  asosiy  omillaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib O‘rta Osiyoning juda ko‘plab bronza va ilk temir davri  yodgorliklaridan (Anov, Sopolli, Jarqo‘ton, Qiziltepa, Ko‘zaliqir, Afrosiyob, Daratepa, CHust, Dalvarzin

va boshq.) ishlab chiqaruvchi xo‘jilik bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan metall qurollar topib o‘rganilgan.  Mehnat qurollarining metalldan ishlanishi mehnat unumdorligining yanada oshishiga keng imkoniyatlar  yaratdi.

So‘nggi bronza davriga kelib hunarmandchilikning ixtisoslashuvi va alohida xo‘jalik tarmog‘i sifatida  shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, asosini ilk  Shaharlar  tashkil  etgan  davlatchilikning  paydo  bo‘lishi  uchun  muhim  bo‘lgan  qo‘shimcha  mahsulot  ko‘payishiga turtki bo‘ldi. Ilk davlatlarning paydo bo‘lishida ilk Shaharlardagi o‘zaro ayirboshlar, savdo- sotiq va madaniy aloqalarning ham ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan.

So‘nggi bronza davriga kelib  Shimoldagi ko‘chmanchi chorvador kabilalar va janubdagi o‘troq dexqonchilik aholisi o‘rtasida o‘zaro  mol ayrboshlash va madaniy aloqalar yanada jadallashadi. Janubiy va Shimoliy hududlaridan topilgan  topilmalardagi  juda  ko‘pgina  o‘xshashliklar  bu  hududlar  o‘rtasidagi  o‘zaro  iqtisodiy  va  madaniy  aloqalardan,  qadimgi  yo‘llarning  taraqqiy  etganligidan  dalolat  beradiki,  bu  jarayonlar  ham  dastlabki  Shaharlar bilan birga ilk davlatchilikning asosiy omillarilan hisobalanadi.

Ko‘pchilik   tadqiqotchilarning   fikrlariga   qaraganda,   O‘rta   Osiyoda   eng   qadimgi   davlatlarning  shakllanish   jarayoni   dexqon-chorvachilik   iqtisodiyoti,   ixtisoslashgan   hunarmandchilik   va   Shahar  markazlarining  paydo  bo‘lishi  bilan  uzviy  bog‘liqdir.  Hozirgi  kunga  qadar  olib  borilgan  arxeologik  tadqiqotlar natijalari bu hududlarda ilk temir davridagi ijtimoiy-siyosiy rivojlanishning ayrim muhim  masalalarini yangi asosda izohlashga imkoniyat yaratadi. Ammo, shunga qaramasdan bu masala to‘liq  echimini  topmagan  bo‘lib,  xususan,  O‘rta  Osiyo  qadimgi  davlatlari  tipologiyasi  va  xronologiyasi,  davlatchilik taraqqiyotida ilk Shaharlarning ahamiyati muammosi shular jumlaschidandir.

XIX   asrning   oxirlaridan   boshlab   hozirgi   kunga   qadar   olib   borilgan   “Avesto”   ma’lumotlari  (viloyatlarning  Aryoshayona  bo‘yicha  birlashishi),  Gerodot  va  Gekatey  asarlari  (“Katta  Xorazm”),  Shuningdek  Ktesiyning  Qadimgi  Baqtriya  davlati  haqidagi  ma’lumotlari  va  nihoyat,  arxeologik  tadqiqotlar natijalari O‘rta Osiyoda ilk davlat uyushmalarining paydo bo‘lishi muammolarini o‘rganish  uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

So‘nggi  bronza  va  ilk  temir  davriga  kelib  aholi  soni  va  zichligining  o‘sib  borishi,  hosildor  er  maydonlarining  o‘zlashtirilishi  va  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning  jadallik  bilan  rivojlanishi  aholi  joylashuvining  hayotiy  zarur  hududlarga  bo‘linib  ketishiga  olib  keladi.  Bunday  sharoitda  chorvador  aholining ma’lum bir qismi xo‘jalikning yarim o‘troq va chorvachilik shakliga o‘tishga majbur bo‘ladilar.  Shuning uchun ham O‘rta Osiyodagi mill.avv.VI-IV asrlarga oid ko‘chmanchilar yodgorliklari o‘troq  aholi hududlari chegaralarida (Orolbo‘yi, Shimoliy Turkmaniston, Zarafshonning quyi oqimi, Pomir va  boshq.) joylashganligi tasodifiy hol emas.

A.Sagdullaevning  fikricha,  Aryoshayona  kabi  viloyatlar  uyushmasi  vaqtinchalik  va  qoloq  bo‘lib,  Qadimgi Baqtriya kabi nisbatan yirik siyosiy uyushmalarning paydo bo‘lishiga O‘rta Osiyo o‘troq va  ko‘chmanchi aholi o‘rtasidagi doimiy siyosiy qarama-qarshiliklar sabab bo‘ladi.

Aholi aralash joylashuvi hududlarida o‘troq viloyatlar siyosiy uyushmalarining shakllanishiga turtki  bo‘lgan omillardan biri – O‘rta Osiyoning janubidagi dasht hududlarda joylashgan ko‘chmanchi kabilalar  hujumi xavfli edi. Mil.avv.VII-VI asrlarga kelib bunday hujumlar tez-tez bo‘lishi muqarrar edi. CHunki,  O‘rta Osiyoning ko‘pgina tog‘ va dasht hududlarida yilqichilik keng tarqalib, ko‘chmanchilarning o‘zlari  esa katta jangovar muvaffaqiyatlarga erishib, jiddiy xavf tug‘dira boshlaydilar.

Mil.avv.VIII  asrning oxiri – VII  asrga kelib O‘rta Osiyoning janubidagi qishloqlar rivojlanishiga  jadallik bilan o‘zgarishlar boshlanib Baqtriya va So‘g‘diyona hududlarida o‘zida Shaharsozlik belgilarini  (mustahkam  devorlar,  saroylar,  burjlar,  xandaqlar,  devorlardagi  o‘q  otish  yo‘laklari  va  boshq.)  aks  ettiruvchi  makonlar  paydo  bo‘ladi.  Ilk  temir  davriga  oid  bunday  manzilgohlarning  soni  Baqtriya,  Marg‘iyona va So‘g‘diyonada 20 tadan ziyodroq. Asosiy manzilgohlar esa (maydoni 5 gadan kam)  qishloq  qo‘rg‘onlari,  uchun  katta  bo‘lmagan  alohida  qal’alar  va  dexqonchilik  qishloqlaridan  iborat.  Shaharlar turiga kiritish mumkin bo‘lgan, kattagina qo‘rg‘onli mustahkamlangan manzilgohlar ayrim  qadimgi dexqonchilik viloyatlarida (Surxon, Qashqadaryo, Zarafshon havzalari va boshq.) bitta yoki  ikkitadan ko‘p bo‘lmagan.

Hozirgi Afg‘onistonning Shimoli-Sharqi, O‘zbekistonning janubi va Tojikistonning janubi-g‘arbida joylashgan  hududlar  turli  Yozma  manbalarda  Bahdi,  Baqtrish,  Baqtriyona,  Baqtriya,  Baxli,  Baxlika Tuxolo  kabi  nomlar  bilan  eslatib  o‘tiladi.  Zamonaviy  adabiyotlarda  uni  Baqtriya  deb  atash  e’tirof  etilgan(“SHohnoma”da Baxtar zamin, qadimgi turkiylarda Bahodirlar yurti).

Arxeologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, milloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalariga kelib  Surxon   vohasida   qadimgi   dehqonchilik   madaniyatining   jadallik   bilan   rivojlanishi   asosida   ilk  davlatchilikka  o‘tish  jarayoni  boshlanadi.  Bu  jarayon  bosqichma-bosqich  rivojlanishning  o‘ziga  xos  xususiyat va qonunlariga ega edi. Agar davlatchilik asosini Shahar madaniyati tashkil etilishini hisobga  oldigan bo‘lsak, bu jarayon O‘zbekistonning janubida, Baqtriya hududida milloddan avvalgi II ming  yillik birinchi yarmidayoq Shaharmonand qishloq Sopollitepa misolida boshlangan edi.

A.Asqarovning  fikricha,  agar  Sopollitepa  o‘zining  qadimgi  Shaharsozlik  madaniyatiga  xos  barcha  alomatlari  bilan  protoShahar, Ya’ni, Avestoda tilga olingan “vara” inshoatini eslatsa, Jarqo‘ton yodgorligi O‘zbekiston  hududida birinchi bor shakllangan tom ma’nodagi Shahar edi. Jarqo‘ton qadimgi Sharq Shaharlaridan  tarkibiy jihatidan farq qilmaydi.

Tadqiqotchilarning  fikricha,  Jarqo‘ton  ko‘rinishidagi  ko‘hna  Shaharlarni  qadimgi  Sharqdagi  nom- davlatlar shakllari bilan qiyoslash uchun dalillar etarli. Ammo, Mesopatamiya nom-davlatlarining asosiy  belgilaridan  bo‘lgan  yozuv  Jarqo‘tonda  mavjudligi  hozircha  bahslarga  sabab  bo‘lmoqda.  Umuman  olganda, milloddan avvalgi II ming yillikning so‘nggi choragiga kelib qadimgi Baqtriya hududlarida  davlatchilikning nom yoki voha tipidagi siyosiy uyushmalari shakllana boshlaganligiga ilmiy asoslar bor.

Milloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmi Baqtriya hududlarida ko‘pgina tarixiy-madaniy  o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Bu o‘zgarishlar quyidagi jarayonlar bilan bog‘liq edi:

  1. Temir buyumlarning paydo bo‘lishi va keng tarqalishi.
  2. Qal’alari bo‘lgan qishloqlarning paydo bo‘lishi va keyin ularning Shaharlarga aylanish.
  3. Moddiy madaniyatning sezilarli darajada o‘zgarishi.
  4. Sharqiy Eron kabilalarining migratsiyasi.

Arxeologik nuqtai nazardan, Yuqoridagi davr Marg‘iyona tipidagi YOz I madaniyati mavjud bo‘lgan davrga  to‘g‘ri  keladi.  Tadqiqotchilar  YOz  I  madaniyati  davrini  milloddan  avvalgi  II-I  ming  yillik  bo‘sag‘asi – VIII-VII asrlar bilan belgilaydilar. Surxon vohasidan aynan mana shu madaniyatga o‘xshash  yodgorliklar ko‘plab ochib o‘rganilgan.

Bu davrda Baqtriyaning to‘rtta-Ulonbuloqsoy, Bo‘stonsoy, Urgul  va  Halqajar  vohalari  o‘zlashtirilgan  bo‘lib,  arxeologik  tadqiqotlar  natijalariga  ko‘ra,  Kuchuktepa,  Jarqo‘ton, Bandixon va Qiziltepa ularning marakazlari edi. Yuqoridagi vohalar o‘troq ziroatkorlar va  chorvador-sastarlar harbiy boshliqlarining mulklari, markazlar esa ularning qarorgohlari bo‘lgan bo‘lishi  mumkin.

Qishloq jamoalarining hududiy, iqtisodiy va ijtimoiy birlashuvi, ibtidoiy davrlarga oid urug‘-kabilaviy  birlashuvdan tubdan farq qilib, ilk davlatchilik shakllari paydo bo‘lganligidan dalolat beradi.

Mil.  avv.  VII-VI  asrlar  Baqtriya  jamiyatida  hududiy  bo‘linish  shakllanib,  aholining  o‘troqlashuv  jarayonlari yanada kuchayadi. Ko‘hna Shaharlar qishloq xo‘jalik atroflariga ega bo‘lib, qal’alar paydo  bo‘ladi, muhim savdo yo‘llari bo‘ylarida tayanch istehkomlar barpo etiladi. Turli binolar bunyod etishda  mudofaa inshoatlarining ahamiyati etakchi o‘rin egallaydi.

Qadimgi Baqtriya dehqonchilik rayonlarining tuzilishi tabiiy-geografik joylashuv va shart-sharoitlarga  qarab turlicha bo‘lgan. Manzilgohlarning soni va o‘zlashtirilgan erlarning umumiy maydoniga qarab  madaniy-xo‘jalik   vohalar   bir   nechta   guruhlariga   bo‘lingan.   Vohalarning   chegaralari   sug‘orma  dehqonchilik hududlari va sug‘orish tarmoqlarning chegaralari bilan uzviy bog‘liq edi.

Tarixiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, ko‘p hollarda davlatchilik jamiyatning ichida, o‘z ichki qonuniyatlari  asosida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. SHakllana boshlagani 3,5 ming yildan kam emasligi ilmiy jihatdan  asoslangan Baqtriya davlatchiligi buning yorqin misolidir. Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari va omillari. Qadimgi Xorazm, Baqtriya va Sug’diyona.

Muallif:   U.S. To`pchiyev, B.N. Mirzayev.

Mavzular.

manba