Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.
Hozirgi davrga kelib «mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili bugungi kunda jahon bozorida kon’yunktura o‘zgarib, raqobat tobora kuchayib borayotganini har tomonlama hisobga olishni, shu asosda davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha strategik yondashuv va tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etayotganini» e’tiborga olgan holda, shuningdek, «olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo‘yicha eng muhim ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan «O‘zbekiston Resnublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonining qabul qilinishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlanganini anglatadi.
Ushbu hujjatda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi 5finlarda Harakatlar strategiyasi) mujassamlashgan bo‘lib, ularning birinchisi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida ifodalaydi. Bu yo‘nalishning dastlabki vazifasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonida «davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish»ga doir strategik vazifa qo‘yildi.
Mazkur vazifa mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirishga qaratildi. Harakatlar dasturida Oliy Majlisning hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga asosan boshqa hokimiyat tarmoqlari bilan muvozanatni va o‘zaro bir-birini tiyib turishni ta’minlash, uning davlat boshqaruvidagi ishtirokini oshirish maqsadida «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, loyihada Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati va Senat a’zosi tomonidan parlament nazorati shakli sifatida mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib, tahlil qilish hamda uning natijalari bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish, Oliy Majlisning tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes ombudsman)ni (bundan keyin biznes ombudsman) parlament nazorati sub’ekti sifatida belgilanishi ko‘rsatildi.
Harakatlar strategiyasida Prezident Sh.M. Mirziyoev ilgari surgan «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» prinsipini ijtimoiy-siyosiy hayotda amalga oshirishga doir dasturiy maqsadlar ham mujassamlashgan.
Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining joylarda ishlarning holatini o‘rganish va xalq bilan muloqot qilishga doir faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori loyihasini ishlab chiqish, unda hududlardan saylangan deputat va senatorlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda bo‘lib, davlat hokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib, tahlil qilishi, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari Kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritishi hamda tegishli xulosalar berishi, shuningdek Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi ishtirokida o‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarini o‘tkazish, Oliy Majlis Senati tomonidan har bir viloyatda navbatma-navbat namunaviy xalq deputatlari Kengashlari ishini tashkil etish nazarda tutilmoqda.
Agar parlamentning xalq irodasi va manfaatlari asosida faoliyat yuritishi hamda qonunlar qabul qilishi eng asosiy demokratik qadriyatlardan biri ekaniga e’tibor bersak, deputatlar va Senat a’zolarining o‘z saylovchilari bilan o‘zaro muloqotlari, joylardagi muammolardan xabardor bo‘lishi, ularning echimlarini topishda ishtirok etishi, mahalliy vakillik organlarining jonlanishiga ko‘maklashishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyati rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratadi. Chunki, oliy vakillik organi deputati avvalambor o‘z saylov okrugidagi fuqarolarning vakili, Senat a’zosi esa o‘zi saylangan mintaqa mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakilidir. Shuning uchun ham parlament a’zolarining xalq ichida ko‘proq faoliyat yuritishi davlatimiz barqarorligini yanada mustahkamlash omillaridan biridir.
Qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirgan holda tubdan oshirish. Harakatlar strategiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes ombudsman) to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, unda yangi tashkil etiladigan ombudsmanga quyidagi vakolatlarni berish nazarda tutildi: tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish; tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati tekshirilayotganda ularni huquqiy qo‘llab-quvvatlash; tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda ro‘yobga chiqarilayotganini o‘rganish; qabul qilingan normativhuquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishiga ta’siri samaradorligini baholash; davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish va hokazo.
Biznes ombudsmanni tashkil etishdan asosiy maqsad mamlakatimizdagi tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi bajarilishi ustidan parlament nazorati o‘tkazishdan iborat bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Shuningdek, biznes ombudsman har bir fuqarolik jamiyati uchun xos bo‘lgan huquq mamlakat fuqarolarining iqtisodiy huquqlarini himoyalash va ta’minlashning asosiy instituti sifatida faoliyat yuritishi muqarrardir.
Ko‘rinib turibdiki, biznes ombudsmanga berilishi nazarda tutilayotgan huquk va vakolatlar mamlakatimiz iqtisodiyotining asosi bo‘lgan tadbirkorlar va fermerlarning o‘z ish salohiyati, uddaburonligi, ishchanligi va gayrat-shijoatini to‘liq ravishda ro‘yobga chiqara olishlari uchun shart-sharoitlar yaratadi. Mulkdorlar sinfini bu kabi huquqiy asoslar va institutlar vositasida himoyalash, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlashga doir alohida davlat siyosati uchun asos solinishi bu mamlakatimizning rivojlangan davlatlar uchun xos bo‘lgan xuquqiy davlat sari intilayotganini anglatadi.
Harakatlar strategiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi konuni loyihasini ishlab chiqish, unda mazkur qonunning normalarini «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘grisida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi qonunlarga moslashtirish, ombudsman mintaqaviy vakillarining huquqiy maqomi, vakolat va majburiyatlarini belgilash nazarda tutildi.
Bu strategik vazifalarning ilgari surilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasining Fuqarolar qabulxonasi negizida tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek har bir tuman va shaharda (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlardan tashqari) tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari (bundan keyin Xalq qabulxonalari) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi (bundan keyin Virtual qabulxona) vazifalari va vakolatlarining belgilanishi bilan uzviy ravishda bog‘liqdir.
Prezident farmonida aholi bilan to‘g‘ridan-tug‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (bundan buyon murojaatlar) bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi faoliyatini ta’minlash, fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga, Hukumatga, davlat boshqaruvi organlariga, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga (bundan buyon davlat organlari) va xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish, Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan hamda tegishliligi bo‘yicha davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish, Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi, tizimlashtirilishi va ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat qilinishi bo‘yicha yagona elektron axborot tizimini joriy etish va yuritish yo‘li bilan murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish kabi vazifalar belgilangan. Shu bilan birga, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi qonunlarning qabul qilinishi bilan mamlakatimizda parlament nazoratini fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatga xos bo‘lgan darajaga ko‘tarish dolzarb vazifaga aylangan edi. Shuning uchun ham Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) yuqorida qayd etilgan qonunlarda nazarda tutilgan qonunlar ijrosi, ularning shaffofligini ta’minlash jarayonlarini parlament nazorati ostiga olishi uchun qator vakolatlar beradi, fuqarolarning o‘z qonuniy huquq va erkinliklarining buzilayotganiga doir murojaatlarini adolatli va samarali tarzda hal etishga imkoniyatlar yaratadi. Parlamentning inson huquq va erkinliklarini himoyalash va ta’minlashga doir faoliyatini olib boradigan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning huquqi va mustaqil institut sifatida faoliyat yuritishi kafolatlanadi.
Harakatlar strategiyasida davlatning tashqi siyosatini amalga oshirishda Oliy Majlis palatalarining roli va mavqeini oshirishga doir O‘zbekiston Respublikasi qonunining loyihasini ishlab chiqish, unda Oliy Majlis palatalarining davlat tashqi siyosatini amalga oshirishda ularni xalqaro huquq normalarining milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi ustidan nazorat vakolatlari bilan ta’minlash, xorijiy davlatlar parlamentlari bilan parlamentlararo hamkorlik guruhlari ishini tashkil etishning huquqiy mexanizmini takomillashtirish, mamlakatning milliy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda parlament diplomatiyasidan keng foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga doir maqsadlarni ilgari surishi uchun huquqiy asoslarni takomillashtirish nazarda tutildi. Mazkur qonunning qabul qilinishi natijasida davlatimiz tashqi siyosatini yanada demokratlashtirish, dunyodagi mamlakatlar bilan tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi hamkorlikni kuchaytirish, milliy manfaatlarni xalqaro maydonda himoya qilish, jahon integratsiyasiga yanada chuqurroq kirib borish kabi jarayonlarning huquqiy asoslari rivojlantiriladi, bu sohada parlamentning rolini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Harakatlar strategiyasida aholining senatorlar va deputatlar bilan o‘zaro munosabatlarini, Oliy Majlisning xalq bilan muloqotini takomillashtirish maqsadida «Elektron parlament» tizimini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish, uni qabul qilishga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini tayyorlash, unda milliy parlament faoliyati samaradorligi va shaffofligini oshirish, parlament faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish vositasida xalq bilan muloqotni takomillashtirish, deputatlarga saylangan saylov okruglari joylashgan mahalliy hokimiyat idoralarining qarorlarini yuborish, shuningdek mazkur hududsagi vaziyatdan doimiy ravishda xabardor bo‘lib turish imkonini yaratish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutilmokda.
«Elektron parlament» tizimini rivojlantirish mamlakatimizda parlamentning hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini amalga oshirishdagi rolini yanada oshiradi, parlamentning saylov okruglaridagi fuqarolar, mahalliy vakillik organlari bilan o‘zaro muloqoti va aloqalarini kuchaytiradi, ular bilan elektron hamkorlik tizimining shakllanishiga shart-sharoitlar yaratadi. Parlament palatalarida foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi va axborot resurslarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va birlashtirish mexanizmini nazarda tutadigan ushbu tizimni shakllantirishga yagona texnologik yondashuvni ta’minlaydi. Ko‘rinib turibdiki, «Elektron parlament» shaklidagi axborot-kommunikatsiya vositalari parlament palatalari va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni bog‘lab turuvchi vosita vazifasini bajarishidan tashqari. fuqarolarning turli manfaatlarini qonunlar va parlamentda ifoda etuvchi institut sifatida namoyon bo‘ladi. Bu holat o‘z-o‘zidan fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faollashishiga ta’sir ko‘rsatadi. Albatta, bu jarayonda fuqarolar ijtimoiylashuvining asosin komponentlaridan biri fuqarolarning ijtimoiy va siyosiy ongi ham oshib boradi.
Navbatdagi muhim vazifa siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdan iborat.
Harakatlar strategiyasida siyosiy partiyalar deputatlik guruxdarining mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan nazorat qilishdagi huquq va vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilarni partiya guruhlari tomonidan mahalliy xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini ko‘rib chiqish, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining hisobotlarini eshitish haqidagi takliflarni kiritish, tuman (shahar) hokimi nomzodini viloyat hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlariga viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga tegishliligi bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining, shuningdek, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining qoniqarsiz faoliyati haqida xulosalarni takdim etish huquqini berish, Qonunchilik palatasi deputatlariga joylardagi jamoatchilik vakillari sifatida tegishli siyosiy partiya hududiy bo‘limlarining vakillarini biriktirib qo‘yish kabi muhim faoliyat yo‘nalishlarini tartibga solish nazarda tutildi.
Mamlakatda «saylovchilar (fuqarolar) siyosiy partiyalar parlamentdagi siyosiy partiyalar fraksiyalari (mahalliy vakillik organlaridagi partiya guruxdari) qonunlar, me’yoriy hujjatlar, davlat organlari qarorlari» sxemasi asosida fuqarolarning manfaatlari va irodasini davlat hokimiyati, jumladan, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatida ifodalaydi. Boshqacha aytganda, mahalliy davlat boshqaruvi xalq manfaatlari asosida faoliyat yuritadigan organ sifatida namoyon bo‘ladi.
Harakatlar strategiyasi asosida partiya guruhlariga yangi huquq va vakolatlar berilishi mahalliy vakillik organlarining faoliyatini kuchaytirish, bu borada siyosiy partiyalar vositasida mahalliy deputatlarning rolini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, mahalliy vakillik organlarida shakllangan partiya guruxdari ishini faollashtirish, ularning tashkiliy jihatdan ta’sirchan kuchga aylanishi, hududdagi muammolarni ko‘tarib chiqish, ularning echimini topishga doir faoliyatini jonlantirish uchun zamin tayyorlaydi. Ayniqsa, siyosiy partiyalar o‘rtasidagi o‘zaro raqobat muhiti partiya guruhlari o‘rtasida yaqqol sezilib turishiga muhim ahamiyat berish, turli dasturiy va g‘oyaviy maqsadlar o‘rtasidagi munozaralar, aholi orasida o‘z elektorati qarashlariga ta’sir etish mexanizmlarini shakllantirish sohasida tajribalarning shakllanishi fuqarolik jamiyatiga xos xususiyatlarning shakllanishiga olib keladi.
Siyosiy partiyalarning mahalliy vakillik organlarida partiya guruhlari rolini oshirishdan asosiy maqsad muhim davlat qarorlari qabul qilishni va davlat hokimiyati organlarini shakllantirishni xalq irodasi va xohish-istagi asosida amalga oshirishdan iboratdir. Xalqning siyosiy manfaatlari va irodasini ifoda etish, ularni himoya qilishning asosiy instituti, bu siyosiy partiyalarni demokratik talablar darajasida rivojl antirishdir.
Mahalliy vakillik organlaridagi partiyaviy guruxdarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirib turadigan, ularning mahalliy hududlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata olishiga shart-sharoitlar yaratib beradigan me’yoriy hujjatlarni yanada takomillashtirish fuqarolarning manfaatlarini mahalliy vakillik organlarida ifodalash va himoyalash uchun shart-sharoit yaratadi. Mahalliy kengashlardagi partiyaviy guruxdarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirib turadigan, ularning mahalliy hududlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata olishiga shart-sharoit yaratib beradigan me’yoriy hujjatlarni yanada takomillashtirish partiyaviy guruhlarning faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishi muqarrar.
Harakatlar strategiyasida Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalaridagi Doimiy vakili (bundan keyin Doimiy vakil) lavozimini ta’sis etish, uning doimiy vazifasi qonun chikaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning qonun ijodkorligi sohasida, shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan parlament nazoratini tashkil etitttda o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirishga qaratilishi ko‘rsatildi. Bu kabi Doimiy vakil instituti barcha rivojlangan davlatlarda parlament va hukumat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashning alohida bir bo‘g‘ini sifatida o‘zini namoyon qilmokda.
Bu kabi hamkorlik ijro hokimiyatining qonunlar loyihasini takomillashtirishdagi rolini oshirishga, konunlar ijrosi samaradorligini ta’minlashga, hukumat va parlament o‘rtasidagi aloqalarni tezkorlik bilan amalga oshirishga, qonun ijodkorligi jarayonida ijro etuvchi hokimiyat nuqtai nazariga e’tibor berilishini ta’minlaydi.











