«Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifati.

0
«Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifati.

«Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifati.

«Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifati.

«Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifati va aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlarining ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20172021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiya qilish va barcha sohalarni erkinlashtirishdan iborat ekani haqidagi fikrlari o‘ta muhim ahamiyatga ega.

Harakatlar strategiyasi davlat hokimiyatini izchil demokratlashtirish va davlat boshqaruvi tizimining yanada samarali ishlaydigan mexanizmlarini yaratish borasida yangi vazifalarni ilgari surmoqda. Harakatlar strategiyasi doirasida ma’qullangan

Davlat dasturida davlat boshqaruvini takomillashtirish, eng avvalo, davlat xizmatini isloh qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy sektor o‘zaro foydali hamkorligining zamonaviy shakllarini, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini ratsional tashkil etishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumki, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlash masalasi insonning axborot olish, axborotni va o‘z shaxsiy fikrini tarqatish huquqi va erkinligini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, bu O‘zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muhim sharti, ta’bir joiz bo‘lsa, tamal toshi hisoblanadi»1.

Mamlakatimizda mustaqillik yillari mobaynida jamiyatni axborotlashtirish, fuqarolarning axborot olish (undan foydalanish, tarqatish) erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarining rivojini ta’minlaydigan, demokratik talab va mezonlarga to‘la mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Bu davrda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga oid axborotni fuqarolarga etkazishga, ommaviy axborot vositalarini erkin va jadal rivojlantirishga, axborot sohasining maqsadli va natijali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan o‘ndan ziyod qonunlar qabul qilindi.

Davlat boshqaruviga elektron hukumat tizimini yanada kengroq joriy etish lozim. Bu tizim vositasida davlat mitsyosida idoralararo va boshsaruv jarayonida ishtirok etuvchi sub’ektlar o‘rtasida elektron hujjat aylanishi, avtomatlashtirilgan axborot-ma’lumot tizimi, Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish servisi hamda axborot resurs bazalaridan samarali foydalanish amalga oshiriladi. Natijada davlat boshsaruvi tizimida ma’muriy tartib-tamoyillar va davlat xizmatlarini ko‘rsatish elektron shaklda amalga oshirilishi yo‘lga so‘yiladi. Elektron hukumat suyidagi prinsiplar asosida faoliyat yuritadi: davlat organlari faoliyatining ochitsligi, davlat xizmatlarining hammabopligi, axborotning muhofazalanganligi, ma’muriy axborotning elektron tahlil etilishi, davlat organlarining o‘zaro kelishilgan tarzda harakatlanishi, davlat organlari faoliyatining sifat jihatidan muttasil yaxshilanishi va h.k.

Davlat organlari faoliyatidagi ochiqlikni ta’minlashning, shu bilan birgalikda «axborotlashgan jamiyat» shakllantirish va rivojlantirishning samarali usullari sifatida «Elektron hukumat» bilan bir qatorda «Elektron parlament» tizimini ham joriy etish muhim.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2013 yil 18 yanvardagi Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida «Elektron hukumat» tizimi, shu jumladan, boshqaruv jarayonlari, shuningdek, biznes sohasiga va fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini shakllantirish konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni jadallashtirishga, axborot tizimlarining idoralararo va idoraviy komplekslarni integratsiya qiladigan milliy tizimini yaratishga alohida e’tibor qaratish lozim» deb ta’kidlagan edilar.

Mamlakatimizda inson, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish va ushbu munosabatlarni samarali tashkil etish, boshqarish va tahlil  etish maqsadida Parlament tomonidan 2015 yilning 9 dekabrida «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi «Elektron hukumat» sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

Qonunning 3 moddasiga asosan «Elektron hukumat» davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi hisoblanadi. Shu bilan birga, bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, fuqarolar ehtiyojlarini hisobga olgan holda davlat xizmatlari ko‘rsatishga qaratilgan davlat boshqaruvining tashkiliy shakli hamdir.

Mazkur qonun bilan birga davlat boshqaruvida zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish va «Elektron hukumat» tizimini shakllantirishga oid masalalar milliy konunchiligimizda ZOdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topgan bo‘lib, «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida», «Axborotlashtirish to‘g‘risida», «Elekgron raqamli imzo to‘g‘risida», «Elektron tijorat to‘g‘risida», «Elektron to‘lovlar to‘trisida»gi qonunlar shular jumlasidandir.

E’tiborlisi shundaki, Harakatlar strategiyasi tarkibidagi davlat dasturida «Elektron parlament» tizimini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chikish nazarda tutilgan.

Shuningdek, davlat boshqaruvini axborotlashtirish bilan bog‘liq masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoni, «Axborotkommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori, Vazirlar Mahkamasining «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari orqali ham bevosita tartibga solinadi.

«Elektron hukumat» tizimini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni soddalashtirish va bir vaqtning o‘zida rivojlantirishdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev o‘zining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak va bu haqiqatni, avvalo, barcha bo‘gindagi rahbarlar yaxshi tushunib olishi zarur», deb ta’kidlagan edi.

«Elektron hukumat» tizimi Prezidentimizning yuqoridagi fikrlarini amaliyotga samarali tatbiq etishda muhim o‘rin egallamokda. Xususan, u davlat boshqaruv organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini fuqarolik jamiyati sub’ektlariga tez va samarali, asosiysi qulay etkazishga xizmat qiladi. Elektron hukumatning yaratilishi: hukumatning qaror qabul qilishda ochiq-oydinligi va hisobdorligini ta’minlaydi hamda shu orqali korrupsiya xavfini pasaytiradi; axborot olish erkinligini oshiradi (qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar, statistik

va boshqa axborotlar); fuqarolik jamiyati institutlarining davlat hayotidagi keng ishtirokini ta’minlaydi; kichik va o‘rta biznesning turli chiqimlari (vaqt, yo‘l va boshqa xarajatlar)ni kamaytiradi; xalqning davlat boshqaruv organlariga murojaatlarini osonlashtiradi hamda ushbu murojaatlarning ko‘rib chiqilishini avtomatik ravishda nazorat qilish imkoniyatini yaratadi;

murojaat jarayonida taqdim etiladigan hujjatlarning maksimal qisqarishi orqali turli byurokratik to‘siqlarga barham beriladi;

davlat xizmatlaridan foydalanishda eskirgan ko‘pbosqichlilik tizimidan emas samarali va tezkorlikka asoslangan mexanizmdan foydalaniladi;

elektron ko‘rinishda murojaat qiluvchi shaxsga o‘ziga qulay bo‘lgan joydan murojaat qilishdek qulayliklar yaratadi.