Embrionda qon aylanishi haqida batafsil ma’lumotlar.
Embrion; kislarodga ozuqa moddalariga boy bo`lgan qonni bachadon devoridagi plottsentadan oladi. Yo`ldoshdan kindik venasi boshlanib, kindik orqali o`tadi. Kindik venasidan arterial qon oqadi, u embrionni jigar qismiga 2 tarmoqqa ajraladi.
Ularning biri darvoza venasiga, ikkinchisi pastki kovak venaga quyiladi, darvoza venasiga davom etgan tarmoq, jigar orqali o`tib, jigar venalari sifatida pastki kovak venasiga quyiladi.Natijasida kindik venasi orqali oqib kelayotgan arterial qon jigar orqali yoki to`gridan-to`gri pastki kovak venaga quyiladi.
Pastki kovak venadagi aralash qon yurakning o`ng bo`linmasiga quyiladi, embrion yurakning o`ng bo`lmasi oval darcha orqali chap bo`lmacha bilan qo`shilgan bo`ladi. Shu sababli o`ng bo`lmachaga quyilgan aralash qon oval darcha orqali chap bo`lmachaga va qisman o`ng qorinchaga o`tadi. O`ng qorinchaga tushgan qon esa o`pka arteriyasiga davom etadi, chap bo`lmachaga o`tgan qon chap qorinchaga davom etadi.
embrion o`pkasi ishlamaganligidan o`pka arteriyasidan yo`nalayotgan qon to`gri tushuvchi aortaga davom etadi.
Embrionda qon aylanishi haqida batafsil ma’lumotlar.
Embriondagi qon kindik arteriyasi orqali chiqadi, kindik arteriyasi juft bo`lib, ulardan aralash qon oqadi va bu arteriyalar embrioning ichki yonbosh arteriyasidan boshlanadi. Tug`ilgandan so`ng o`pka ishga tushib ichki a`zolar o`z vazifasini bajara boshlaydi, kindik bog`lanib nafas olish natijasida kichik qon aylanish doirasining ishga tushishi quyidagi o`zgarishlarga sabab bo`ladi.
- O`pka arteriyasi va aorta orasidagi arterial nay yopilib birinchi 8-10 kun ichida boylam arteriyasiga aylanadi.
- O`ng bo`lmacha va chap bo`lmachalar orasidagi oval darcha bola tugilgandan so`ng bekiladi.
- Kindik venasi jigarning yumaloq boylamiga aylanadi.
- Kindik arteriyasining boshlanish qismi yopilmasdan siydik qopchasining yuqori arteriyasiga uning davomi esa siydik qopchasini kindik sohasi bilan birlashtiruvchi boylamiga aylanadi.
- Kindik venasi bilan pastki kovak vena orasidagi nayi venoz boylamiga aylanadi.
Limfa tizimi.
Limfa tizimi qon tomirlar sistemasiga qo`shimcha bo`lib, ularning kapilyariga so`rila olmaydigan moddalarning to`qima va hujayralaridan chiqarib turadigan qo`shimcha tomirlar tizimidir. Limfa kapilyariga malekla ogirligi va hajmi katta bo`lgan moddalar so`riladi.
Limfa to`qimalari qonning shaklli elementi bo`lgan limfotsit ishlab chiqaradi.
Limfa tizimining quyidagi tarkibiy qismlari bo`ladi: limfa kapilyari, limfa kapillyar to`ri, limfa tomiri, limfa tuguni, asosiy limfa yo`li. Limfa kapilyari to`qimalardan qovuzloq shaklida berk kengayma holatidan; boshlanuvchi naychalar tizimidan iborat, qon tomir kapilyarlariga esa aksincha arteriyalar va venulalar bilan bog`lanuvchi ikki tarafi ochiq naychadir.
Qon tomir kapilyari singari limfa kapilyarining devori ham bir qator endoteliy hujayralaridan tuzilgan, lekin limfa kapilyarining diametri kattaroq bo`ladi.
Ular quyidagi sohalarda uchraydi: bosh va orqa miyada, tog`ay moddalarida, terining epidermis qavatida, ichki a`zolarning epiteliy katlamida . Limfa kapilyari berk holatda boshlanib, bu limfa kapilyarining to`rini hosil qiladi. Undan limfa tomiri boshlanib bu tomirlar devori kalinlashadi va u sillik mushak tolalaridan tuzilgan bo`lib, uning ichida limfa suyuqligini bir tomondan oqishini ta`minlovchi klapanlar bo`ladi. Yirik limfa tomir vena qon tomiri bilan birga joylashib ularning nomi bilan ataladi.
Limfa tomirlari ma`lum joylarda limfa tugunlariga bo`linadi. Qo`lning limfa tomirlari asosiy limfa tomirlarida quyilguncha 5-8 marotaba limfa tugunlariga bo`linadi, oyoqda esa 8-10 marotaba limfa tugunlariga bo`linib, so`ngra asosiy limfa yo`llariga quyiladi.
Limfa tugunlarining miqdori tuban darajadagi sut emizuvchi hayvonlardan primatlarga qarab oshib boradi.Ular odamda ayniqsa ko`p bo`lib jag` osti tutqichida, chov sohasida, qo`ltiq osti, tirsak va tizza osti chuqurchasiga uchraydi.
Limfa tugunlari zich biriktiruvchi to`qimalardan tuzilgan, kapsula bilan o`ralgan, bu kapsula limfa tugunlarining ichiga to`siqlar chiqaradi, to`siqlar orasida limfosit va magiz moddasi shaklida joylashadi, har bir limfa tugunchasiga bir necha limfa keltiruvchi tomir quyiladi. Bu limfa keltiruvchi tomir kapsulani teshib o`tadi, sinuslarga ochiladi.
Limfa tugunlarida hosil bo`lgan limfotsit qushilib tugunlardan chiqib ketuvchi tomirlardan o`tadi. Olib chiqib ketuvchi limfa tomirlarini miqdori kamroq lekin diametri katta bo`ladi. Lima tugunlarining vazifasi:
- Limfotsit yetishadi 2. Limfa suyuqligi tozalanadi.
- Antitela ishlab chiqaradi.
- To`qimalar ushlanib qolib mexanik filtr vazifasini o`taydi.
Embrionda qon aylanishi haqida batafsil ma’lumotlar.






