Eneolit davrini o’rganilishi.Eneolit davrining o‘ziga xos xususiyatlari.

0
Eneolit davrini o’rganilishi.Eneolit davrining o‘ziga xos xususiyatlari.

Eneolit davrini o’rganilishi.Eneolit davrining o‘ziga xos xususiyatlari.

Eneolit davrini o’rganilishi.Eneolit davrining o‘ziga xos xususiyatlari.

Eneolit makonlari birinchi bo’lib Ikki daryo oralig’i va Misrda vujudga kelgan. Arxeologlar eneolit davriga xos bo’lgan 5 umumiy birlashtiruvchi alomatni ajratib ko’rsatadilar:

  1. Xo’jalikning hamma turidan ko’ra motiga bilan qilinadigan dehqonchilikning ustunligi;
  2. Chaqmoqtosh qurollar ko’p bo’lishi bilan birga mis qurollarining paydo bo’lishi.
  3. Katta-katta ibtidoiy jamoa birlashmalarining katta-katta paxsa uylarining mavjudligi; 4. Hayvonlarning loydan yasalgan va onalik urug’iga xos bo’lgan haykalchalarning mavjudligi;
  4. Rangdor sopol buyumlari (gul solingan) ning tarqalishi.

Yuqoridagi alomatlar Misr, Mesopotamiya makonlarida, keyinroq Yevropa, Markaziy Osiyo yodgorliklarida ko’zga tashlanadi. Eneolitda Mesopatamiyada rangdor sopol buyumlarga katakli bezaklar, Misrning rangli sopol buyumlariga esa syujetli suratlar chizilgan. Osiyo va Yevropaning keng hududlarida esa rangdor sopol makonlari tarqalgan.

Eneolit makonlarining ko’pchiligida, ya’ni dehqonchilikning ibtidoiy usullari tarqalgan hududlarida rangdor sopol buyumlar tarqalgan bo’lsada, ba’zilarida mutlaqo uchramaydi. Masalan, Germaniya, Frantsiya, Yevropaning yana boshqa mamlakatlarida eneolit makonlarida rangli sopol buyumlar yo’q. Aksincha, bu yerdagi makonlarda naqshi tasma-tasma qilib o’yilgan kulolchilik buyumlari mavjud bo’lgan. Markaziy Osiyo, xususan O’zbekistondagi eneolit makonlarida sopol buyumlar sirti qizil yoki qora bo’yoqlardan ishlangan geometrik shakllardan iborat bo’lgan.

Eneolit makonlari yer yuzida dastlab Ikkidaryo va Misrda vujudga kelgan. Yuqo-rida ko’rsatilgan eneolit besh alomati bu mamlakatlardagi yodgorliklarda mavjud bo’l-gan. Masalan, Ikkidaryo oralig’ining rangdor sopol buyumlariga bezaklar chizilgan. Misrning rangli sopol buyumlariga syujetli suratlar solingan. Miloddan avvalgi IV-III ming yillikda Ikkidaryo oralig’i va Misrda (eneolit hali davom etayotgan davrda) qul-dorlik asosida yuksak madaniyat yuzaga kelgan. Ammo bu vaqtda Osiyo va Yevro-paning katta hududlarida unumdor ho’jalik shakllari endi rivojlana boshlagan edi.

Eneolit davriga xos bo’lgan birinchi xususiyat bevosita unumdor xo’jalik shakli – dehqonchilik mashg’ulotiga borib taqaladi. Eneolit davrida dehqonchilikda motiga bilan ishlov berish ustun darajada bo’lgan. Ammo o’z xususiyatiga ko’ra misdan foydalanish mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilgan bo’lsa-da, dehqonchilikda motiga tishi sifatida toshdan foydalanilgan. Mis qurollar tosh qurollarga nisbatan takomillashgan bo’lsa-da, u kuchli, og’ir va qattiq qurollar yasashga yaroqsiz edi. Mis o’z xususiyatiga ko’ra yumshoq va juda tez o’z shaklini o’zgartirgan. Shuning uchun ham motiga tishi sifatida toshdan foydalanilgan.

Mis-tosh davrida odamlar metall bilan tanishadi. Ungacha ibtidoiy odamlar 2-3 million yillar davomida faqat toshdan, yog’ochdan va suyakdan yasalgan qurollardan foydalangan edilar. Mis qurollar qattiq, kuchli bo’lmay, ayrim xususiyatlari jihatdan tosh qurollarga nisbatan pastroq darajada bo’lsa-da, o’zining shakli, ishlab chiqarish jarayonida qo’llanishidagi qulayligi, shuningdek juda tez turli shaklga kelishi oson bo’lganligi uchun ham chaqmoqtosh qurollar bilan parellel holda ishlatila boshlangan.

Ma’lumki, eneolit davrida Markaziy Osiyo aholisi madaniyati bir bosqich yuqori ko’tarilgan. Lekin ularning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti bir xil darajada bo’lmagan. Bu davrda unumdor xo’jalikka asoslangan qabilalar tezroq rivojlangan. Qo’shimcha ho’jalik bilan mashg’ul bo’lgan kishilar madaniy jihatdan bir necha yuz yillar orqada bo’lgan. Urug’ munosabatlari ham tobora taraqqiy topib, kengaya boshlagan. Endi kichik-kichik oilalardan iborat bo’lgan urug’ makonlari o’rniga bir necha urug’lar yashagan yirik manzillar paydo bo’ladi, ular jamoa birlashmalarini tashkil etadi. O’troq hayot ko’nikmalarini egallayotgan qabilalarning xom g’ishtdan yoki paxsalardan qurilgan katta-katta uylari paydo bo’ladi.

Yirik jamoa birlashmalari yashagan makonlardan ko’plab mehnat ov qurollari, zeb-ziynat buyumlari topilgan. Moddiy topilmalar ichida ayollarning ijtimoiy hayotdagi e’tibori va mavqeini ko’rsatuvchi haykalchalari ham bo’lgan.

Eneolit makonlari yer yuzining turli nuqtalari – Xitoy, Eron, Markaziy Osiyo, Ukraina, Bolgariya, Gretsiya, Frantsiya, Germaniya hududlaridan topib o’rganilgan. Mesopatamiyada Xassuan yodgorligi, Eronda So’za kompleksi, Ukrainada Tripole madaniyati, Kavkazortida Shengavit, Turkmanistonda Anov, Nomozgoh makonlari eneolit davriga mansubdir.

Eneolit makonlaridan topilgan qurollarning eng ko’p tarqalgani – retushlangan egri o’roqlar va silliqlangan tosh motigalardir. Egri o’roqlar barcha mamlakatlarda eng qadimgi dehqonchilik xo’jalik mashg’uloti bilan birga paydo bo’lgan. Yevropa va Osiyo hududlaridan topilgan makonlarda 3 xil don – bug’doy, arpa va tariq qoldiqlari topilgan. Bu donlarning yovvoyi xillari Yevropada yetishtirilgan. Ular bu yerlarga Markaziy Osiyo va Hindiston hududlaridan olib kelingan.

Eneolit  davri  iqlim  sharoiti  hozirgi  davrdan  ancha  farq  qilgan.  Yog‘ingarchilik  ko‘p

bo‘lgan.  Tog‘  oldi  soylari,  daryolar  sersuv  bo‘lib,  ular  cho‘l  zonalarining  ichkarisigacha  kirib  borganlar.  Eneolit  jamoalari  shu  suv  etaklarida  o‘zlariga  manzilgohlar  qurib,  yangi  erlarni  o‘zlashtirganlar.

Eneolitning  ilk  bosqichida aholi bir-biriga  zich  qilib  qurilgan  bir  xonali  uylardan  iborat  qishloqlarda  istiqomat  qilganlar.  Uylar  tor,  kvadrat  shaklida  xom  g‘ishtdan  qurilgan  bo‘lib,  xona  devorlari  somonli  loy  bilan  suvalgan.  O‘rta  bosqichida  esa  qishloqlarning  markaziy  qismi  mudofaa  devori  bilan  o‘ralib,  ko‘p  xonali  uylar  ham  uchraydi.  Ularning  orasida  doira  shaklidagi  xonalar  ham  bo‘lib,  tadqiqotchilar fikricha bu ibodatxona bo‘lib, ular bu erda olovga  sig‘inishgan.  Eneolitning   so‘nggi  bosqichida  qishloqlar  hududi  kengayadi  va  ko‘p  xonali  uylarning  soni  oshadi.  Ularda  dahlizlar  va  hovlilar  vujudga  keladi.  Hovlilarni  birlashtiruvchi  tor  ko‘chalar  rasmiylashgan  va  ularning  hammasi  qishloqning  markazidagi  maydonga  chiqqan.  Har  bir  uyda  xo‘jalik  kompleksi-omborxonalari  bo‘lgan.

So‘nggi  bosqichda  qishloqlar  yiriklashib,  shaharlar  qiyofasiga  o‘ta  boshlagan.  Shu  jihatini  inobatga  olib, arxeologlar uni shaharlargacha  (protogorod)  bo‘lgan davr  madaniyati  belgilari  deb  hisoblaydilar.

Eneolit  davrida  mehnat  qurollari  asosan  toshdan,  hayvon  suyaklaridan  va  qisman  misdan  yasalgan.  Mis  mehnat  qurollari  mavjud  bo‘lganligi  eng  qadimgi  mehnat  qurollarini  ximiyaviy  analiz  qilish  asosida  isbotlandi.  Dastlabki mis  qurollar  sof  misdan  yasalgan.  Odamlar  dastlab  misni  toshning  bir  turi  deb,  sovuq  holda  ishlov  berganlar. Miloddan avvalgi  IV  ming  yilliklardagina  uning  olovda  erish  xususiyati  kashf  etilgan.  Mis  qurollari  yumshoq  va  egiluvchan  bo‘lganligi  sababli  tosh  qurollarni  siqib  chiqara  olmagan.

Eneolit  davridagi  mehnat  qurollari  asosan  dehqonchilik  xo‘jaligi  bilan  bog‘liq  edi.  Bu  qurollar  chaqmoqtoshdan  ishlangan  qistirma  o‘roq, pichoq, o‘roq  randa, qirg‘ich, bigiz, yorg‘uchoq, ketmoncha  va  boshqalar  bo‘lgan. Misdan  bigiz, igna, to‘g‘nag‘ich, bolta, pichoq, nayza, kurakchalar  va  turli  taqinchoqlar  yasaganlar.

Eneolit  davrining  ilk  va  o‘rta  bosqichida  sopol  loyiga  maydalab  ezilgan  somon  qo‘shib  idish  yasalgan.  Bu  sopol  buyumlar  qalin  va  mo‘rt  bo‘lib, tagi  yassi  bo‘lgan.  Sopol  idishlar  sarg‘ish,  och  sariq,  och  qizil  va  qizil  angob  bilan  bo‘yalib,  qora  mineral  rang  bilan  sodda  geometrik  naqsh  berilgan.

So‘nggi  bosqichida  esa  sopol  idishlar  yasashda  katta  o‘zgarishlar  yuz  beradi. Birinchidan,  sopol  buyumlar  sifati  yaxshilanadi,  ya’ni  loyga  gips  aralashtiriladi.  Natijada  sopol  buyumlar  jarangli  va  mustahkam  bo‘ladi.  Ikkinchidan  ba’zi  sopol  idishlarda  3  tadan  oyoq  paydo  bo‘ladi.  Uchinchidan  sopol  buyumlar  naqshi  murakkablashib,  jimjimador  bo‘ladi  va  hayvon,  parrandalarning  rasmini  solish  odat  tusiga  kiradi. Sopol  idishlar  turi  ko‘paygan.

O‘zbekiston  hududida  Amudaryo  etaklaridagi  eneolit  davri  yodgorliklarini  S.P. Tolstov,  quyi  Zarafshon  hududlarini  Ya.G‘. G‘ulomov,  A. Asqarov,  O‘.  Islomovlar  tadqiq  qilishgan.

O‘rta  Osiyoning  shimoliy  va  markaziy   hududlaridagi  qabilalar  metall  bilan  miloddan  avvalgi  III  ming  yilliklar  oxiri  va  II  ming  yilliklarning  boshlarida  birinchi  bor  tanishishgan  hamda  bu  hududlardagi  eneolit  davri  makonlari  qalin  madaniy  qatlamga  ega  bo‘lmagan,  ular  qisqa  muddatli  makonlar  tipidagi  qishloqlar  bo‘lgan.  Shunday makonlar Zarafshonning  quyi  oqimida  Kaptar  ko‘li  va  Katta  Tuzkon-35  mavzelari  atrofining  4  ta  joyidan  eneolit  davri  makonlari  topilgan.  Bu yodgorliklar 1960 yillarning boshlarida A.Asqarov va O‘.Islomovlar tomonidan o‘rganilgan. Bu joylardan  miloddan  avvalgi  III– II  ming  yillikning  chegarasida iste’qomat qilgan eneolit davri urug‘ jamoalarining kulbalari qoldiqlari topilgan. Ularning madaniy qatlamlari ming yillar davomida shamollar ta’sirida buzulib ketgan. Moddiy buyumlar –  yorg‘uchoqlar,  o‘roq,  pichoq  qadamalari,  mis  mehnat  qurollarining  siniqlari  taqir  va  qum  ustida  sochilib  yotgan.

Yer yuzining ko’p hududlarida eneolit davri ibtidoiy dehqonlarning qishloqlari keng tarqalgan. Ular ho’jaligida dehqonchilik va chorvachilik asosiy mashg’ulot bo’lishi bilan birga, ovchilik ham mavjud bo’lgan. Ovchi qabilalarning faoliyati izlari ularning mozor qo’rg’onlarida saqlanib qolgan. Ularning eneolit davriga xos bo’lgan «Qadimiy chuqur» mozor qo’rg’onlari deb atalib, yer yuzida ulardan qadimiyrog’i yo’q. Ular miloddan avvalgi III ming yillikka oid. Qabr tagidagi oddiy go’r chuqurlar bu davr uchun nom bo’lgan. Qadimiy chuqur mozor-qo’rg’onlarida chaqmoqtosh o’q uchlari, qirg’ichlari pichoqsimon tosh qurollar uchraydi.

Eronning Koshon shahri yaqinida ko’pqatlamli eneolit davriga oid manzilgoh xarobasi topib o’rganilgan. Bu yerdan turar joy qoldiqlari, qabrlar, sopol idishlar, mis va jez (bronza) dan ishlangan qurollar va boshqalar topilgan.

Sialktepa manzilgohi 3 ga maydonni tashkil etib, bir nech bosqichdan iborat va o’ziga xos madaniyatni hosil qilgan (Sialk I). Tehron vohasida aynan shu madaniyatga xos, juda ko’p va qiziqarli ashyolarni o’zida jam qilgan Ray shahri yaqinida Chashma Ali manzilgohi topib o’rganilgan (Sialk III). Markaziy Eronning katta hududida, Qum shahridan Sialk II bosqichiga xos Qalai Duxtar manzilgohi topib o’rganilgan. Ularning hammasida olib borilgan qazuv ishlari jarayonida rangli sopol buyumlari, turli xil mis va jezdan yasalgan qurollar, paxsa va xom g’ishtdan qilingan ko’p xonali uylar, tosh qurollari topilgan. Uylarning asosi xom g’ishtdan qilinib devori paxsadan iborat bo’lgan, pol qismi ham ba’zi hollarda xom g’ishtdan iborat bo’lgan, devorlari esa loy bilan suvalib qizil rang bilan bo’yalgan.

Sialk manzilgohida bevosita XX asrning 60-yillarida qazuv ishlrini olib borgan R.Girshmanning ta’kidiga ko’ra, sopol buyumlarini asosan maxsus xumdonlarda pishirishgan. Ular asosan geometrik shakldagi naqshlar bilan bezatilgan, ayrim hollarda esa echki tasviri ko’zga tashlanadi.

Hozirgi Xuziston viloyatida, Diza yoki Abi-Diza daryosi irmoqlari bo’yida 1,5-2 ga maydonga ega ko’plab manzilgohlar joylashgan. Ular Eronning Suza madaniyatiga xos bo’lgan eneolit davri yodgorliklaridir. Bu protoelam yoki suza kompleksi nomini olgan manzilgohlarga Jafarobod, Jovi va Bendebalni kiritish mumkin.

Jovida olib borilgan qazuv ishlari jarayonida mis buyumlari topilmagan bo’lsa-da, ko’plab sopol buyumlari, tosh qurollar, ho’kiz, echki va qo’y, ba’zan ayol haykalchalari topilgan. Tosh bolta va motigani bitum bilan mahkamlanganligini ko’rish mumkin. Sopol buyumlarning zoomorf va antromorflar belgilar uchraydi.

Bendebal kompleksidagi sopol buyumlarining katta qismida hayvonlarning tasviri tushirilgan.

O’zbekistonda eneolit yodgorliklar yaxshi o’rganilgan. Arxeolog S.P. Tolstov Quyi Amudaryo etaklarida neolitdan mis-tosh davriga o’tish davrini aniqlagan. Quyi Zarafshon vohasining qadimgi eneolit makonlari arxeologlar Ya.G’ulomov, A.Asqarov, O’.Islomovlar tomonidan o’rganilgan. Arxeolog olimlarning fikricha Buxoro viloyatining Lavlakon va Beshbuloq qishloqlarida, Zamonbobo I qabristonidan topilgan moddiy manbalar eneolit davriga oiddir. Bu makondan chaqmoqtosh qurollar bilan birga misdan yasalgan ignalar, munchoqlar ham topilgan.

Quyi Zarafshonning Kaptarqum va Kattatuzkon manzillarida to’rt joydan eneolit yodgorliklari topilgan. Bu yerdan toshdan ishlangan yorg’uchoq-lar, o’roq pichoqlar, pichoq qadamalar bilan birga misdan ishlangan qurol siniqlari qazib olingan.

1977 yilda Yuqori Zarafshon (Tojikiston bilan O’zbekiston chegarasida) hududida Sarazm qishlog’i xarobasi topilgan. U eneolit davriga oid muhim yodgorlik bo’lib, o’rganilgan moddiy manbalar O’zbekistonda dehqonchilik qabilalarining O’rta Osiyoning shimoli-sharqiy hududlariga siljiganini ko’rsa-tadi. Chunki, shimol ziroatchilari janubiy O’rta Osiyoning Turkmaniston dehqonchilik markazlari bilan bog’langan edi. Sarazm yodgorlikligini olimlar to’rt bosqichga bo’ladi. Bu yodgorlik AQSh, Fransiya olimlarini ham e’tiborini tortgan, ular ham turli yillarda ilmiy izlanishlar olib borgan. Sarazm yodgorligi eneolit davridan ilk bronza davrigacha yashagan bobodehqonlar manzilgohi ekanligi aniqlangan.

Sarazm 90 ga maydonni egallagan, 10 ta tepalikdan iborat yodgorlikdir. Sarazm I eneolit davriga oid bo’lib, bu erdan topilgan idishlarda qora va qizil bo’yoqlarda ishlangan geometrik shakllar mavjud.

Sarazm II so’nggi eneolit va ilk bronza asriga o’tish davriga mansub. Bu bosqich naqshsiz sopol buyumlari bilan xususiyatli. Sarazm III-IV esa bronza davriga mansub.

Sarazm I bosqichida guvaladan kulbalar qurgan dehqonlar manzilga asos soladilar. Arxeologlar bu erdan mudofaa devorlari bilan o’ralgan 48ta kulba, ya’ni paxsadan qurilgan uyni topib o’rganganlar. Bu uylar 2-3 xonali qilib qurilgan bo’lib, ular yakka, kichik oilalarga mo’ljallangan.

Xonalardan kichik, dumaloq shakldagi o’choqlar topilgan. Bular – otashkadalar, jamoa olovi o’rni bo’lib, unda olov saqlangan. Otashkadalar e’tiqod markazi yoki joyi hisoblangan.

Yana bir eneolit va bronza davriga oid bo’lgan yodgorlik qoldiqlari Zamonbobo madaniyati nomi bilan mashhur. Arxeolog Ya.G’ulomov 1950 yil qadimgi qabriston qoldiqlarini topib, o’rganadi.

Ma’lumki, kishilik madaniyatining bir necha ming yillarni o’z ichiga oluvchi tarixi yozuv bo’lmagan davrga to’g’ri keladi. 5 ming yillik tarixiy davrdan ilgarigi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiymadaniy jarayonlar moddiy topilmalarni o’rganish orqali tiklanadi. Eneolit mis-tosh davrining o’ziga xos tarixi, biz yuqorida keltirib o’tgan 5 madaniy jarayonda o’z aksini topgan. Eneolitning besh umumlashtiruvchi alomatlari bu davr qabilalari madaniyatining o’zidan oldingi davrlarga nisbatan bir bosqich yuqoriga ko’tarilganidan dalolat beradi.

Sarazm moddiy topilmalari ichida Shimoliy Afg’aniston, Eron, Kaltaminor madaniyatiga mansub buyumlar ham bor. Ular eneolit davri qabilalarining keng madaniy va iqtisodiy aloqalarda bo’lganligidan dalolat beradi.

Markaziy Osiyoda eneolit yodgorliklari Turkmaniston hududlarida yaxshi o’rganilgan.

Turkmanistonda eneolit 3 bosqichga bo’lib o’rganiladi:

  1. Ilk eneolit (Anov I, Nomozgoh I makonlari).
  2. Rivojlangan eneolit (Anov II, Nomozgoh II).
  3. So’nggi eneolit (Nomozgoh III).

Turkmaniston eneolit makonlaridan tosh qurollar (o’roq va pichoq qadamalar, qirg’ichlar, sopol idishlar geometrik shakllar bilan naqshlangan) topib o’rganilgan. Bu davr makonlarida uy joylar paxsa yoki g’ishtdan, dumaloq va to’g’ri to’rtburchak shaklida qurilgan. Inshootlarning o’rtasida markaziy o’choq bo’lgan. U diniy marosimlar o’tkazish va e’tiqod joyi vazifasini o’tagan. Dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi qabilalar yerga, quyoshga, suvga, hosildorlikka sig’inishgan. Murdani ko’mishda urug’ a’zolarining saganalari paydo bo’lgan. Murdaning yoniga sopol idishlar, mehnat qurollari va zeb-ziynat buyumlari qo’yilgan. Eneolitda ibtidoiy diniy tasavvur – totemizm hayvonlar haykallarini tarqalishida ko’zga tashlanadi.

Kavkazortining eneolit davriga oid ilk dehqonchilik manzilgohlari mil. avv. VI ming yillikning oxiri – IV ming yillik boshlari bilan davrlashtiriladi, ammo bu yerdagi birorta manzilgoh to’liq ochib o’rganilmagan. Ular orasida Kyultepa (Ozarbayjondagi Naxichevan yaqinida), Shulaverisgora (Gruziya), Texut (Armaniston) va boshqalar.

1-2 ga maydonga ega manzilgohlarda paxsadan yoki xom g’ishtdan qilingan, markazida o’chog’i bo’lgan aylana shaklidagi bir xonali uylar bo’lgan. Unda kichik bir oila yashagan. Umumiy holda olganda 30-40 uylar o’zaro birlashib mahallachani hosil qilgan va undagi aholi 120-150 kishini tashkil etgan. Tadqiqotlar jarayonida tosh, shox va suyakdan qilingan qurollar topilgan. Aruxlo I (Armaniston) va Imrisgora (Gruziya) da dehqonchilik yerlarini sug’orish uchun sodda, bir martalik kanal izlari topilgan.

Markaziy Kavkazbo’yi hududida Agubekov va Kabardin-Balkariyadagi Nalchik mozorqo’rg’oni topib o’rganilgan. Nalchik mozor-qo’rg’oni shaharning markazida joylashgan bo’lib, 147 ta qabr ochib o’rganilgan. Bu yerda odamlar oila-oila qilib dafn etilgan; erkaklar o’ng, ayollar chap yoni bilan dafn etilgan. Qabrlardan mis uzuklar, tosh munchoqlar, yorg’uchoq va motigalar topilgan.

Bunga o’xshash yodgorliklarni Chechen-Ingushetiyada ham ko’rish mumkin.

Sharqiy Karpat yoni va O’rta Dnepr bo’ylarida Tripole madaniyati keng tarqalgan. Ruminiyada Kukuteni madaniyati deb ataladi. Kiev yaqinidagi Tripole qishlog’idan topilgan va shu nom bilan atalgan. 1899 yilda ukrain arxeologi V.V. Xvoyko arxeologlar syezdida o’zining yangi topilmasi, ya’ni «o’liklar uyi» haqida ma’lum qiladi. Deyarli 35 yil davom etgan tortishuvlardan so’ng bu madaniyat nafaqat Uraina, balki unga qo’shni hududlardan tortib boshqa joylardan ham aynan uning xususiyatlariga xos belgilardan iborat ashyolar topilganligi aniq bo’ldi. V.A. Gorodtsov va A.A. Spitsinlar uni yer osti turar joyi deb taxmin qilishadi va V.V. Xvoyko xato qilganligini isbotlaydilar. 1934-1938 yillar davomida T.S. Passek va Ye.Yu. Krichevskiylar tomonidan 15 ming kv. m. li maydon qazib o’rganiladi va dehqonchilik madaniyatini o’zida jam qilgan Tripole madaniyati fanga ma’lum qilinadi.

Tripole madaniyati 3 ta bosqichga: ilk (mil. avv. IV ming yillik), o’rta (mil. avv. IV ming yillik oxiri – III ming yillik 1-yarmi), so’nggi (mil. avv. III ming yillikning 2-yarmi) bo’linadi. Tripole madaniyati qishloqlari doira yoki tuxumsimon shaklda joylashgan bo’lib, markazida qolgan ochiq joy mollar uchun qo’ton vazifasini bajargan. Turar joylar ko’ndalang to’siqlar bilan alohida xonalarga ajratilgan. Xonalardan don yanchayotgan ayol haykalchasi, yorg’uchoq, bug’u shoxidan yasalgan motiga, yirik xumlar, tandir va boshqa xo’jalik anjomlari, naqsh solingan sopol idishlar (850 ta), mis buyumlar (444 ta turli xil buyumlar – bolta, to’rt qirrali bigiz, qarmoq, xanjar) topilgan. Tripole madaniyati vakillari misni Bolqon yarim orolidan olib kelishgan. Tripole madaniyati vakillari, asosan, chorvachilik, dehqonchilik, shuningdek, ovchilik va baliq ovlash bilan shug’ullangan.

Maykop madaniyati Shimoliy Kavkaz tog’ oldi hududlarida tarqalgan bo’lib, mil. avv. III ming yillikning 2-yarmiga oiddir. 1897 yilda tekshirilgan. Maykop madaniyatiga ko’plab qo’rg’onlar, ba’zan mustahkamlangan manzilgohlar mansubdir. Maykop madaniyatining so’nggi bosqichida tosh maqbaralar, jumladan, dalmenlar paydo bo’lgan. Asosiy jangovar v mehnat qurollari sifatida mis boltalar, motiga, cho’qmor, pichoq, xanjar, panshaxa, nayza uchlari hisoblangan. Turli bezak buyumlari, Maykop madaniyatiga mansub qabilalar Sharq xalqlari bilan aloqada bo’lishgnidan dalolat beradi. Maykop madaniyatining qizil, ba’zan naqshinkor sopol idishlari kulolchilik dastgohida tayyorlangan. Xo’jlikning yetakchi shakli – chorvachilik va dehqonchilik bo’lgan. Maykop madaniyati qabilalari ibtidoiy jamoa bosqichiga yashaganlar. Ba’zi qo’rg’onlardan topilgan qimmatbaho buyumlar jamiyatda mulkiy tabaqalanish ildiz otganligidan dalolat beradi.

Maykop madaniyatiga xos Maykop qo’rg’oni Maykop shahri (RF ga qarashli Aligeya Respublikasi poytxti, Kuban daryosi irmog’i Belaya daryosi sohida joylashgan) hududida joylashgan. N.I. Veselovskiy tomonidan 1897 yilda o’rganilgan. Qo’rg’onning balandligi 11 m bo’lib, undagi boy qabrda qabila sadori va uning ikki xotini dafn etilgan. Maykop qo’rg’onidan kumush taqinchoqlar va ularga mustahkamlangan 4 ta oltin buqa haykalchalari hamda qimmatbaho guldor chodir topilgan. Chodir yopinchig’iga oltin suvi yuritilgan halqalar, sher v buqa suratlari solingan. Sardorning yoniga 2 oltin va 14 kumush idish qo’yilgan. Ulardan biriga Kavkaz tog’i va bir qator bo’lib ketayotgan hayvonlarni tasvirlovchi manzara o’yib ishlangan. Bu idishdagi tasvirlar – eng qadimgi xaritografik rasmlardan biridir. Sardor xotinlari qabridan bezak buyumlari – tillaqoshlar, turli xildagi olitn va serdolik munchoqlar, feruza va la’l tumorchalar, shuningdek, malika kiyimlariga qadalgaan turli hayvon haykalchalari topilgan. Maykop qo’rg’oni topilmaalari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanadi.

Eneolit  makonlari  Buxoro  viloyatining  Lavlakon,  Beshbuloq  va  Zamonbobo  I  makonlaridan  ham  topilgan.

O‘zbekistonda eneolit davri manzilgohlari kam o‘rganilgan. Lekin mavjud arxeologik manbalar asosida eneolit davrining ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish yo‘llarini aniqlab olish   mumkin. Bu davrda O‘zbekistonning shimoliy xududlarida hali neolit davri jamoalari, ya’ni Kaltaminor madaniyati jamoasi yashab kelardi. Lekin ularning janubiy xududlar bilan aloqasi ularning iqtisodiy xayotlariga o‘zgarishlar olib keldi. Jumladan, 3 ming yillikning oxirlarida metall bilan tanishdilar,  ilk chorvachilik va  dehqonchilik xo‘jaliklari paydo bo‘la boshladi. O‘zbekiston xududida bronza davrida ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyot jadal rivojlandi.

Mavzular.

manba