Eritmalarning konsentratsiyasi.
Eritmalarning konsentratsiyasi.To’yingan eritmalar kam ishlatiladi. Ko’pgina hollarda to’yinmagan eritmalardan foydalaniladi. Kam modda erigan eritmalar suyultirilgan, ko’p miqdor modda erigan eritmalar konsentrlangan eritmalar deb yuritiladi.
Eritmaning yoki erituvchining ma’lum massa miqdorida yoki ma’lum hajmida erigan modda miqdori eritmaning konsentratsiyasi deb ataladi. Eritma konsentratsiyasini ifodalash usullari:
- Erigan moddaning foizlarda ifodalangan massa qismi. Erigan modda miqdori eritmaning umumiy miqdoriga nisbatan foiz hisobida ifodalanadi. Masalan, 15% li osh tuzi eritmasi deyilganda 100 gramm eritmada 15 g NaCl bor, 85 grami suvdir.
Mol qism erigan modda miqdorining eritmada erigan modda va erituvchining mollari yig’indisi nisbatiga tengdir. Mol qism N2 harfi bilan belgilanadi:
n1
N 2 n1 n 2
bunda n1 va n2 – erituvchi va erigan moddaning mollari soni
- 1000 g erituvchida erigan moddaning mollar soni bilan ifodalangan konsentratsiya molyal konsentratsiya Odatda molyal konsentratsiya m harfi bilan ifodalanadi. Masalan, sulfat kislota eritmasi uchun m = 2 mol/kg bo’lsa, suvning bir kilogrammiga 2 mol sulfat kislota to’g’ri keladi.
- Erigan moddaning 1 litr eritmadagi mollar soni eritmaning molyar kon-sentratsiyasi Buday eritmalar molyar eritmalar deyiladi.
Odatda molyar konsentratsiya CM yoki M bilan ifodalanadi. Masalan, 2M H2SO4 eritmasi deganda har bir litr H2SO4 eritmasida 2 mol sulfat kislota erigan deb bilish kerak. Demak CM = 2 mol/l.
- Normal eritma deb 1 litr eritmada erigan moddaning ekvivalentlar soniga aytiladi. Bunday eritmalar normal eritmalar deb ataladi. Ular CN yoki n harfi bilan ifodalanadi. Chunonchi, 2 n H2SO4 eritmasi deganda bir litr eritmada 2 ekvivalent sulfat kislota erigan deb tushunish kerak.
O’zaro reaksiyaga kirishayotgan eritmalarning normal konsentratsiyalari o’zaro teng bo’lsa, bu eritmalar qoldiqsiz reaksiyaga kirishadi. Bunday eritma-larning qoldiqsiz reaksiyaga kirishadigan hajmlari ularning normalliklariga teskari proporsionaldir:
V1 : V2 = N2 : N1
Bu nisbatdagi V1 – birinchi eritmaning hajmi, V2 – ikkinchi eritmaning hajmi, N1 – birinchi eritmaning normalligi, N2 – ikkinchi eritmaning normalligi.
Bu tenglama asosida reaksiya uchun kerak bo’ladigan eritmalarning hajmigina emas, balki reaksiya uchun sarf bo’lgan eritmalarning konsentratsiyasini ham hisoblab topish mumkin. Bu tenglamadan analitik kimyoda eritmalarni titrlash uchun foydalaniladi. Eritmaning 1 millilitrida erigan moddaning massa miqdori titr debataladi.
- Eritmaning titri quyidagicha aniqlanadi:
m
Т
V
T – eritmaning titri, m – erigan modda massasi, V – eritmaning hajmi.
- Eritmaning titri bilan normalligi orasidagi bog’lanish quyidagicha: Т E N , bunda E
1000 – erigan moddaning ekvivalent massasi, N – eritmaning normal kontsentratsiyasi.
Eritmalarning konsentratsiyasi.











