F.Perruning «O’sish qutblari va rivojlanish markazlari g’oyasi haqida.
Iqtisodiyot nuqtai nazaridan uncha o’zlashtirilmagan, xo’jalik sig’imi past va hududlarni rivojlantirish va jonlantirish borasida o’sish qutblari va rivojlanish markazlari to’g’risidagi nazariya ham katta ahamiyatga ega. Uning asoschisi fransuz olimi Fransua Perrudir.
- Perru «markaziy o’rinlar» g’oyasidan kelib chiqdi, omillarni emas, tarmoqlarni rivojlanish xususiyati, harakatchanligi, atrofga ta’siri bo’yicha tabaqalashtirdi va ularni uch guruhga ajratdi. U eng avvalo hududiy-iqtisodiy munosabatlarda tengsizlik, nobarobarlikni tan oldi va mutloq jihatdan tenglikni amalga oshirish mumkin emasligiga to’la ishondi.
- Perru fikricha, uchinchi guruh tarmoqlari tez, jadal rivojlanish, rayon hosil qilish salohiyatiga, qobiliyatiga ega bo’lib, aynan ana shunday mintaqaviy iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi tarmoqlar rivojlanishi o’sish markazlarini tashkil qiladi. Markazlarning mustahkamlanishi, ularda turdosh korxonalarning ko’payishi, atrofga bo’lgan ta’sir doirasining kengayishi natijasida o’sish qutblari vujudga keladi.
O’sish qutblari g’oyasi shved olimi — Lund universiteti professori (Shvetsiya) T. Xagerstrandning yangiliklar diffuziyasi nazariyasiga o’xshab ketadi. Faqat muallif bu g’oyani ko’proq sotsial geografiya bo’yicha ishlab chiqqan.
F.Perruning «O’sish qutblari va rivojlanish markazlari g’oyasi haqida.
Chindan ham, jahon taraqqiyoti, dunyo xo’jalik tizimining rivojlanish tarixi fan-texnika yutuqlari, ilmiy yangiliklar va kashfiyotlar, innovatsiyalar, texnologik determinizm bilan bog’liq. Tarix nuqtai-nazaridan yondashilganda, jahon xo’jaligi rivojlanishida ma’lum sikllarni ajratish mumkin. Bu davr yoki sikllar yangi kashfiyotlarning ixtiro etilishi, tatbiq etilishi, tarqalishi va ularning o’rniga boshqa innovatsiyalarning kelishi bilan belgilanadi.
Maxsus adabiyotlarda amerikalik U. Rostouning (XX asr, 58-60-yillar) iqtisodiy rivojlanishning bosqichlari, stadiyalari, rus iqtisodchisi N.D.Kondratyevning 30-yillarda ilmiy-texnika o’zgarishlariga asoslangan «uzun to’lqinlar» nazariyasi mavjud. Shuningdek, amerikalik olim R.Vernonning (XX asr o’rtalari) eksport tovarining hayot sikli to’g’risidagi g’oyasi ham yangiliklarning diffuziyasi va texnologik determinizm bilan bog’liq.
Diffuziya (fizik atama bo’lib), singish va tarqalish xususiyatiga ega bo’lgan holatdir. Birinchisida yangilikning amaliy tatbiq doirasi asta-sekin singib boradi, ikkinchisida esa bu birin-ketin sodir bo’ladi, yangilik biridan ikkinchisiga ko’chadi. Xuddi shu xususda amerikalik iqtisodchi M. Porterning (1993) markazdan chetga kashfiyotlarning, yangi texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish tarmoqlarining ko’chishi, bir mamlakatdan ikkinchi, uchinchiga va h.k. darajalarga kaskadsimon o’tishi, migratsiyasi haqidagi ilmiy ishlanmalari ham bor.
Sobiq Ittifoqning parchalanishi va mustaqil davlatlarning paydo bo’lishi bilan geosiyosiy vaziyat o’zgardi. Ana shunday sharoitda chegara atrofi mintaqalarini o’rganish, «Markaz-chekka» (perifiriya) munosabatlarini tadqiq qilish masalalari ham ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bevosita aloqadordir.











