Fe’l so‘z turkumi. Felning leksik-grammatik xususiyatlari.

0
Fe’l so‘z turkumi. Felning leksik-grammatik xususiyatlari.

Fe’l so‘z turkumi. Felning leksik-grammatik xususiyatlari.

Fe’l so‘z turkumi. Felning leksik-grammatik xususiyatlari.

Fe’l so‘z turkumi. Felning leksik-grammatik xususiyatlari. Harakat tushunchasini anglatuvchi so‘zlar fe’l deyiladi. Harakat ma’nosi juda keng tushuncha bo‘lib, o‘ylamoq, xayol surmoq fikrlamoq singar tafakkur, yugurmoq, sakramoq., ishlamoq kabi jismoniy faoliyat, so‘zlamoq, demoq, aytmoq kabi nutq, uxlamoq, mudramoq, kutmoq , kulmoq kabi holat, qurmoq, chizmoq, yasamoq, yaratmoq kabi natijali faoliyat bilan bog‘liq ma’noviy guruhlarga mansub fe’llarni o‘z ichiga oladi. Fe’llar bir umumiy so‘roqqa-nima qilmoq? so‘ro-g‘iga javob bo‘ladi. Fe’llar leksik-grammatik xususiyatlariga ko‘ra ham ikki guruhga bo‘linadi: 1) mustaqil fe’llar; 2) yordam-chi fe’llar.

  1. Mustaqil fe’llar lug‘aviy ma’noga ega bo‘lib, nutqiy jarayonda biror gap bo‘lagi vazifasida ishlatiladigan fe’llardir. Mustaqil fe’llar  turli grammatik kategoriyalarga birlashadigan sof fe’l va   vazifadosh   shakllardan tashkil topadi. Masalan: keldim — aniq nisbat, bo‘lishli, xabar mayli, o‘tgan zamon, birinchi shaxs, birlik kabilar muayyan grammatik kategoriyalarni ifodalovchi sof fe’llar hisoblansa; kelgan – sifatdosh, kelgach – ravishdosh, kelish -harakat nomi shaklida ekanligi esa fe’lning vazifadosh shakllaridir.
  2. Yordamchi fe’llar mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmay, turli grammatik ma’no va vazifalarni yuzaga chiqarish uchun xizmat qiladigan fe’llardir. Yordamchi fe’llar   o‘z   xususiyatiga   ko‘ra   quyidagi turga bo‘linadi:

1)  qo‘shma fe’l yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi fe’llar.Masalan:xabar qilmoq, xursand bo‘lmoq, tasdiq etmoq  kabi;

2) kesim tarkibida bog‘lama vazifasini bajaruvchi yordamchi fe’llar. Bu vazifadagi yordamchi fe’llarga a) leksik ma’nosini mutlaqo yo‘qotgan sof bog‘lamalar, ya’niedi, ekan, emish to‘liqsiz fe’llari  kiradi; b) leksik ma’nosini tamomila yo‘qotmagan bo‘ladi, bo‘lmaydi, deyiladi, hisoblanadi  kabi bog‘lamalar kiradi;

3) fe’llarga birikib, turli qo‘shimcha ma’no ifodalovchi ko‘makchi fe’llar: chiqo‘qib chiq, qol-uxlab qol kabi.

Fe’llarning bosh shakli uning o‘zak-negiziga  –moq affiksini qo‘shish orqali yasaladi: o‘qimoq, ishlamoq, yozmoq, o‘tirmoq, o‘qib chiqmoq, bilib olmoq. Ular lug‘atlarda ham shu shaklda beriladi.

 O‘timli va o‘timsiz fe’llar. Fe’llar undan anglashilgan ish-harakatning narsaga munosabatiga ko‘ra  o‘timli yoki o‘timsiz bo‘ladi.

1.Harakatning tushum kelishigidagi ot bilan ifodalangan narsaga o‘tishini bildiruvchi fe’llar o‘timli fe’l deyiladi. Masalan: ol, o‘qi, saqla, tozala fe’llari o‘timlidir.

2.Narsaga bevosita o‘tmaydigan harakatni anglatadigan fe’llar o‘timsiz fe’llardir. Masalan: bor, kel, o‘tir kabi fe’llar o‘timsizdir.

Fellardagi o‘timli yoki o‘timsizlik leksik-semantik va morfologik vositalar orqali ifodalanishi mumkin: a) o‘timli yoki o‘timsizlik fe’llarning leksik ma’nosidan anglashilib turadi. Ya’ni ular affikssiz qo‘llanganda ham o‘timli yoki o‘timsizlikka daxldor bo‘ladi. Masalan: yech, qo‘y, saqla, so‘ra, ko‘r kabi fe’llar o‘timli; bor, o‘tir, uxla, ko‘kar, tur kabi fe’llar esa o‘timsizdir. Fe’l ko‘p ma’noli bo‘lganda o‘z va ko‘chma ma’nosi bilan o‘timli yoki o‘timsiz bo‘lishi mumkin: kitob o‘qiydi- o‘timli, kitobdan yoki maktada o‘qiydi – o‘timsizdir; b) fe’lning o‘timli yoki o‘timsizligi unga qo‘shilib keladigan morfologik vositalar orqali belgilanadi. Bunda nisbat yasovchi affikslar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi: 1) orttirma nisbat affikslari o‘timsiz fe’lni o‘timliga aylantirishi mumkin: oq-oqiz, yur-yurgiz, kel-keltir, ishla-ishlat; 2) o‘zlik va majhullik nisbat affikslari esa o‘timli fe’lni o‘timsiz fe’lga aylantiradi: och-ochil, ko‘r-ko‘rin, tara-taran, tort-tortin. Ba’zan mustaqil fe’l tarkibida nisbat qo‘shimchalari ketma-ket qo‘shilib kelishi mumkin. Bunday holda fe’lning o‘timli yoki o‘timsizligi oxirgi nisbat yasovchi qo‘shimchaga qarab belgilanadi: kel-o‘timsiz, keltir-o‘timli, keltiril-o‘timsizdir.

 Fe’l shakllarining garammatik kategoriyaga munosa-bati. Fe’l shakllari fe’lning ma’lum bir grammatik kategoriyasiga xos shakllar tizimini hosil qilish xususiyatiga ega yoki ega emasligiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 1) kategorial; 2) nokategorial (vazifadosh) shakl.

Kategoriyal shakl, fe’lning ma’lum bir kategoriyasiga xos grammatik ma’nolarni ifodalaydi. Masalan, daraja, mayl, zamon va shaxs-son kategoriyalariga xos shakllar ana shunday fe’llardir.

Fe’lning biron-bir grammatik kategoriyasiga xos bo‘lmay, turli modal ma’nolar ifodalash yoki boshqa vazifalarni bajarish uchun qo‘lla-nuvchi shakllari vazifadosh, ya’ni nokategorial shakllardir. Masalan, harakatning takroriyligi, kuchsizligini bildiruvchi turtkila, kulimsira kabilar, shuningdek, sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi kabilar fe’lning vazifadosh shakllaridandir.

Fe’l so‘z turkumi. Felning leksik-grammatik xususiyatlari.

Mavzular.

manba