Fe’llarning yasalish turlari haqida batafsil ma’lumot.

0
Fe’llarning yasalish turlari haqida batafsil ma'lumot.
Juni 1988 Bonn Gymnasium - Englischunterricht

Fe’llarning yasalish turlari haqida batafsil ma'lumot.

Fe’llarning yasalish turlari haqida batafsil ma’lumot.

Fe’llar, asosan, affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasaladi.

1-§. Affiksatsiya usuli. Bu usul bilan fe’l bo‘lmagan so‘zlarga maxsus yasovchi qo‘shimchalar qo‘shib fe’llar yasaladi. Fe’l yasovchi  affikslar  cheklangan bo‘lishiga qaramay, ular vositasida yasalgan fe’llar anchagina miqdorni tashkil etadi:

-la. Bu affiks quyidagi so‘zlardan fe’l yasaydi:1) otdan: qatiqla, gulla, metrla; 2) sifatdan: oqla, yaxshila, tozala;3) olmoshlardan: senla, sizla; 4) ravishdan: tezla, sekinla; 5) taqlid so‘zdan:  taqqilla, gursilla; 6) undovlardan: ohla, dodla.

       – a.Ot, sifat va taqlid so‘zlardan: sana, osha, ata (ot+a), yasha (yosh+a), qiyna,  shildira, yaltira.

-y\-ay. Ot, sifat va ravishdan: kuchay, qoray, toray, sarg‘ay, pasay, susay, ko‘pay, ozay. 

        -r\-ar. Faqat sifatlardan fe’l yasaydi: qizar, oqar, ko‘kar, eskir.

-ik\- iq. Ba’zi ot, sifat, son, ravish va undov so‘zlardangina fe’l yasaydi: yo‘liq, zo‘riq, birik, hayiq.

-ir\-ur.  Ot va undov so‘zlardan: gapir, tupur. 

        -sira. Ot va olmoshlardan yasaydi: suvsira, qonsira, sensira, sizsira. 

        -i. Ot va sifatdan fe’llar yasaydi: changi,boyi, tinchi.

        – illa. Taqlid so‘zlardan: taqilla, shig‘illa, miltilla.

       -lan. Ot, sifat va ikki sonidan yasaydi: ovqatlan, jonlan, sergaklan, shodlan, ikkilan.

-lash. ot, sifat va bir sonidan: gaplash,  birlash, qiyinlash, do‘stlash.

        -t\-it. Sifatdan kamsonli fe’l yasaydi: to‘lat, berkit.

Shuningdek, fe’l yasovchi – qir undov so‘zlardan: hayqir,– sa,- ka ba’zi otlardan: suvsa, iska fe’l yasaydi. Biroq fe’l yasovchi qo‘shimchalar bilan fe’ldan fe’l yasalmaydi.

      2-§.Kompozitsiya usuli. Qo‘shma fe’llar komponentlarining  qaysi turkumga oidligiga ko‘ra ikki asosiy turga  bo‘linadi: 1) ot + fe’l shaklidagi  qo‘shma fe’llar; 2)  fe’l + fe’l shaklidagi   qo‘shma fe’llar.

Birinchi tipdagi fe’llarning asosiy qismlaridan biri  sifatida  qilmoq, aylamoq, etmoq, bo‘lmoq so‘zlari ishtirok etadi: bayon qilmoq, kashf etmoq, kasal bo‘lmoq kabilar. Ular ko‘pincha fe’l yasovchi affikslar bilan yasalgan fe’llarga ma’nodosh bo‘ladi: kasal bo‘lmoq-kasallanmoq, hozir bo‘lmoq-hozirlanmoq kabi. Fe’l bo‘lmagan so‘zning qilmoq, erimoq, aylamoq, bo‘lmoq fellaridan biri bilan  birikishidan hamma vaqt  ham qo‘shma fe’llar hosil bo‘lavermaydi. Masalan, o‘qituvchi edi, o‘qituvchi bo‘ldi shaklidagi  birikuv tarkibidagi fe’llar  ot kesimga  qo‘shiladigan bog‘lamalardir.

O‘zbek tilida ikki fe’lning birikuvidan  hosil bo‘lgan qo‘shma fe’llar uncha ko‘p emas. Masalan, olib kelmoq, sotib olmoq, terib bormoq kabi qo‘shma fe’llar shular jumlasidandir. Bu qo‘shma fe’llarni ko‘rib qolmoq, o‘qib chiqmoq,ishlay boshlamoq singari ikkinchi qismi mustaqil ma’noga ega bo‘lmagan ko‘makchi fe’lli  birikmalardan farqlash lozim.

Mavzular.

manba