Fe’lning grammatik kategoriyalari haqida.

0
Fe’lning grammatik kategoriyalari haqida.

Fe’lning grammatik kategoriyalari haqida.

Fe’lning grammatik kategoriyalari haqida.

Fe’lning grammatik kategoriyalari haqida. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida fe’lga xos grammatik kategoriyalar qo‘yidagilar: 1) nisbat kategoriyasi; 2) bo‘lishli va bo‘lishsizlik kategoriyasi; 3) mayl kategoriyasi; 4) zamon kategoriyasi; 5) shaxs-son kategoriyasi.

   2-§. Nisbat kategoriyasi. Fe’ldan anglashilgan harakatning bajaruvchi va bajariladigan harakat o‘rtasidagi munosabatining ifodala-nishi fe’l nisbati deyiladi. Masalan: Sobir akasidan kelgan xatni Alisherga o‘qitdi gapida Sobir ega, Alisherga to‘ldiruvchidir. Ushbu gapda asosiy harakat bajaruvchi Alisher, ya’ni to‘ldiruvchi bo‘lib, Sobir, ya’ni ega harakat bajarilishida vosita bo‘lgan shaxs xolos. Jumladagi ikki bajaruvchi orasidagi harakat bajarish bilan bog‘liq ana shunday munosabat fe’lning nisbat shakli orqali ifodalanadi: o‘qi+t+di.  Fe’l nisbati maxsus shakl yasovchi affikslar vositasida ifodalanadi. Bu affikslar fe’lning lug‘aviy ma’nosini batamom yangilamay, unga qo‘shimcha ma’no bo‘yog‘i qo‘shadi. Qiyoslang: yuv+(di)-yuv+in+(di) – yuv+il+(di) – yuv+ish+(di) – yuv+dir+(di). Ba’zi fe’llarga nisbat qo‘shimchalari birdan ortiq qo‘shilib kelishi ham mumkin: yoz+dir+il+di, beza+n+tir+ish+di. Bunday holda fe’l nisbati oxirgi nisbat qo‘shimchasiga qarab belgilanadi. Fe’l nisbatlarning quyidagicha  beshta turi bor:

  1. Aniq nisbat. Harakatning ega orqali ifodalangan shaxs yoki narsa tomonidan bajarilganini yoki bajarilmaganini ifodalaydi. To‘ldiruvchi esa harakatning obyekti bo‘ladi. Aniq nisbat maxsus  affiksga ega emas: o‘qidi, yozdi, kutdi kabi sof fe’llar ana shu nisbatdadir.
  2. O‘zlik nisbat. Harakatning bir shaxs yoki narsaning o‘zida sodir bo‘lishini anglatadi. Bu nisbat quyidagi affikslar orqali hosil bo‘ladi: a) fe’l o‘zak-negiziga unlidan keyin -n, undoshdan keyin -in affiksini qo‘shish orqali: o‘ra+n, yuv+in; b) fe’l o‘zaknegiziga  unlidan keyin –l, undoshdan keyin -il affiksini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi: cho‘m+il, surka+l;  d) fe’l o‘zak-negiziga  unlidan keyin -sh, undoshdan keyin -ish affiksini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi: joyla+sh, ker+ish. Yetakchi ko‘makchi fe’lli birikmalarga o‘zlik nisbati qo‘shimchasi, asosan, yetakchi fe’lga qo‘shilib keladi: suya+n+ib turmoq, yuv+in+ib kelmoq, qo‘zg‘a+l+ib ketmoq kabi.

Shuni ham ta’kidlash lozimki, tilimizdagi zavq+lan, achchiq+lan, foyda+lan, o‘ng‘aysiz+lan kabilar o‘zlik nisbatdagi fe’llarhisoblanmaydi. Chunki zavqlanmoq, achchiqlanmoq kabi fe’llar tarkibidagi -n nisbat yasovchi emas, balki -la va -n bir butun holda (-lan) affiksidir. Shu bois, zavqlan, achchiqlan fe’llari aniq nisbat shakli hisoblanadi. Xuddi shuningdek, ba’zi o‘timli va o‘timsiz fe’llardan ham o‘zlik nisbati yasalmaydi: bor, yugur, o‘qi, hayda, ek, min, sug‘or kabilar, shular jumlasidandir.

  1. Orttirma nisbat. Harakatning boshqa bir shaxs yoki narsa ta’sirida, tazyiqida bajarilishi, orttirilishini ifodalovchi fe’l shaklidir.  Quyidagicha affikslar orqali hosil qilinadi: 1) – dir (tir): yozdir, kuldir; 2)  – gaz (-giz, -g‘az, -g‘iz, -kaz, -kiz, -qaz, -qiz): ko‘rgaz, ketkiz, o‘tqaz; 3)  -t: o‘qit, qurit, ishlab; 4) – iz: oqiz, tomiz; 5) – ir: botir, tomir,oqir; 6) – ar: chiqar, qaytar; 7) – sat: ko‘rsat.

Ayrim fe’llarning orttirma nisbatni yasashda ko‘rsatilgan affikslardan faqat bittasini, boshqa fe’llarda esa bir nechtasini sinonim sifatida qo‘llash mumkin: ko‘n+dir – to‘la+tto‘l+dir – to‘l+g‘iz kabi. Shuningdek, orttirma nisbat boshqa nisbatlardan farqli ravishda fe’lga birdan ortiq affikslar qo‘shish bilan yasalishi mumkin: jo‘na+t+tir+di, yoz+dir+tir+di.

Orttirma nisbat o‘timli yoki o‘timsiz fe’llardan ham yasaladi: uxla -uxlat, o‘qio‘qit kabi. Orttirma nisbat o‘timsiz fe’llardan yasalganda, o‘timli fe’l yuzaga keladi: ko‘kar-ko‘kartir, uch -uchir kabi.

Ayrim fe’llarda orttirma nisbat yasovchi affiks aniq ko‘rinib tursa-da, lekin hozirgi o‘zbek tili nuqtai nazaridan ularni morfemalarga ajratib bo‘lmaydi: tuzatmoq, surishtirmoq, uzatmoq kabi. Ayrim fe’llarda orttirma nisbat ko‘rsatkichini boshqa nisbat ko‘rsatkichi bilan almashtirish mumkin: uyg‘ot-uyg‘on, yupat- yupan kabi. Lekin bu fe’llar ham hozirgi til nuqtai nazaridan morfemalarga bo‘linmaydi.

Yetakchi va ko‘makchi fe’lli birikmalarga orttirma nisbat qo‘shimchasi, asosan, yetakchi fe’lga qo‘shiladi: ye+dir+ib qo‘ydi, aylan+tir+ib keldi. 

  1. Majhul nisbat. Harakat to‘ldiruvchi anglatgan narsa yoki shaxs tomonidan bajarilib, egaga o‘tadi yoki  haqiqiy bajaruvchisi noma’lum bo‘ladi: O‘qish boshlandi (bajaruvchisi noma’lum), yer haydaldi (harakat bajaruvchisi traktorchilar).Bu nisbatan  -in  /  -n va -l / in affikslari orqali hosil qilinadi: tara+l, ulu+n, keltir+il, ol+in kabi.

Fe’lning majhul va o‘zlik  nisbatlariga xos ko‘rsatkichlar o‘zaro grammatik omonim bo‘lib, ba’zan ayni bir affiks ham o‘zlik, ham majhullik nisbatni yasashi mumkin. Bunday holda, fe’lning qaysi nisbatdaligi gap mazmunidan anglashiladi: Ot qoqildi- mix qoqildi.

Majhullik va o‘zlik nisbatlari bir xil affiks bilan yasalganda, ularni farqlashda orttirma nisbat affiksini qo‘shib ko‘rish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki majhullik nisbatdagi fe’l ayni paytda orttirma nisbatda ham qo‘llanishi mumkin, biroq o‘zlik nisbat bunday xususiyatga ega emas: polga mix qoq+tir+il+di.

O‘zlik va majhullik nisbat affikslari ayni bir fe’lga qo‘shilib, ham o‘zlik, ham majhullik shaklini hosil qilishi mumkin: tara+n (o‘zlik) – tara+l(majhullik), yuv+n (o‘zlik) – yuv+il(majhullik) kabi.        Yetakchi va ko‘makchi felli birikmalarda majhul nisbat ko‘rsatkichi, asosan, ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi: so‘rab ko‘r+il+di, aytib qo‘y+il+di.

O‘zlik nisbati kabi majhullik nisbat affikslari ham o‘timli fe’lni o‘timsiz fe’lga aylantiradi: o‘rinni bo‘shatdi- o‘rnidan bo‘shatildi.

  1. Birgalik nisbat shakli -(i)sh affiksi yordamida yasaladi va harakatning birdan ortiq shaxs tomonidan bajarilishini bildiradi: yozishdi,tozalashdi. Birgalik nisbatdagi fe’llar mazmunan a) harakatni bajarishda birga ishtirok etish ma’nosi: tozalashdim, yuvishdim ; b) o‘zaro, galma-gal   bajarilgan   harakat   ma’nosi: urishdi, tortishishdi, talashishidi kabilarni ifodalaydi.

Birgalik nisbat shaklidagi fe’l ko‘plik ifodalovchi -lar affiksi bilan sinonim hisoblanadi: keldilar-kelishdi, o‘qidilar-o‘qishdi.

Yetakchi va ko‘makchi felli birikmalarda birgalik nisbat ko‘rsatkichi quyidagi tartibda qo‘shiladi: a) yetakchi fe’lga: kel+ish+ib qoldi, quv+ish+ib ketdi; b) ko‘makchi fe’lga: quvib ket+ish+di, kelib qol+ish+di; b) har ikkalasiga qo‘shiladi. Bunda yetakchi fe’ldagisi birgalik ko‘makchi fe’ldagisi esa ko‘plik ifodalaydi: kul+ish+ib qo‘y+ish+di, ayt+ish+ib qol+ish+di.

4-§. Bo‘lishli va bo‘lishsizlikkategoriyasi. Tildagi har qanday fe’l bo‘lishli yoki bo‘lishsiz shaklda bo‘ladi. Bo‘lishli shakl harakatning tasdig‘ini, bo‘lishsiz shakl esa uning inkorini ifodalaydi: keldi-kelmadi. Fe’lning bo‘lishli shakli maxsus grammatik ko‘rsatkichga ega bo‘lmaydi. Chunki uning bosh shakli doimo bo‘lishli bo‘ladi. Bo‘lishsizlik esa quyidagi kabi maxsus vositalar yordamida ifodalanadi:

-ma affiksi deyarli barcha fe’l shakllarida bo‘lishsizlik ifodalash uchun xizmat qiladi: kelmadi, kemagan, kelmabdi kabi. Fe’lning ba’zi vazifadosh shakllarining bo‘lishsizligini hosil qilishda –ma affikisining quyidagi morfologik shakllaridan foydalaniladi:

-maslik affiksi harakat nomining bo‘lishsiz shaklini yasaydi: aytish-aytmaslik, borish-bormaslik kabi.

-may\-mayin affiksi fe’lning –b(-ib) affiksi bilan yasaluvchi ravishdosh shaklining bo‘lishsiz shaklini yasashda ishlatiladi  : bilib-bilmay, ko‘rib-ko‘rmay.

mas affiksi fe’lning –r//-ar qo‘shimchasi asosida hosil bo‘ladigan shaklining bo‘lishsiz shaklini hosil qilishda ishlatiladi: yurar- yurmas, borar-bormas.

–ma affiksi yetakchi+ko‘makchi fe’lli birikmalarga quyidagicha qo‘shiladi:1) yetakchi fe’lga qo‘shiladi: bormay tur; 2) ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi: bora ko‘rma; 3)har ikkalasiga qo‘shiladi: bormay qo‘yma.. Bunday birikuvda yetakchi yoki ko‘makchi fe’l yoki ularning har ikkalasi birgalikda ifodalaydigan ma’no o‘zaro farqlanadi: a)-ma affiksi yetakchi fe’lga qo‘shilganda, ana shu fe’lga xos harakat inkor etiladi. Biroq ko‘makchi felda bo‘lishlilik ma’nosi saqlanadi: yurmay qoldi, kelmay qo‘ydi kabi;  b) bo‘lishsizlik shakli ko‘makchi fe’lga qo‘shilsa, bu fe’l bildirgan ma’nodagi harakatning inkori ifodalanadi: kelib qolmadi, aytib qo‘ymadi; d)bo‘lishsilik shakli yetakchi va ko‘makchi fe’lga qo‘shilganda esa qat’iy bo‘lishlilik ifodalanAdi: aytmay qo‘ymadi, kelmay qo‘ymadi. 

-emas to‘liqsiz fe’li faqatgina –gan qo‘shimchali sifatdosh va -moqchi affiksli maqsad maylidagi fe’llarning bo‘lishsiz shaklini yasash uchun qo‘llanadi: ketgan emas, ketmoqchi emas kabi. Shuningdek, emasyordamida qiyoslanayotgan ikki harakathodisadan sifatdosh, ravishdosh yoki harakat nomi hamda narsa, belgi, miqdor kabilarning inkorini ifodalashda ham foydalaniladi: o‘qib emas, yozib kelish kerak; qarashi emas, kulishi chiroyli;behi emas, olma;  katta emas, kichik; o‘nta emas, to‘qqizta.

yo‘q so‘zifaqatgina –gan// -yotgan qo‘shimchali sifatdoshning bo‘lishsiz shaklini yasash uchungina qo‘llaniladi: ‘yozgani yo‘q., borayotgani yo‘q. Bu fe’llarning yuq so‘zi yordamida yasaluvchi inkor shaklida shaxs-son ko‘rsatkichlari fe’lning o‘ziga qo‘shiladi:

yozganim yo‘q, borganing yo‘q, kabi.

na yordamchisi vositasida harakatning inkori alohida ta’kid bilan ifodalanadi. Bunda fe’llar bo‘lishli yoki bo‘lishsiz shaklda qo‘llanishi mumkin. Fe’lning o‘zi bo‘lishsiz shaklda qo‘llanganda, na yordamchisi bog‘lovchi vazifasini bajaradi va ma’noni kuchaytirish-ga xizmat qiladi: Na o‘qidi, na yozdi.

Bo‘lishsizlik ma’nosining ifodalanishida ohangning ham alohida o‘rni bor. Bunday hollarda inkor shakli bo‘lsa, tasdiq ma’nosi, tasdiq shakli bo‘lsa, inkor ma’nosi anglashiladi: Bu bosh bevafo dunyoda nimalarni ko‘rmadi deysiz.(tasdiq).Ketasiz-a, ketasiz,… sizni bu yerdan ketkizarmidik (inkor).

5-§. Mayl kategoriyasi. Ish harakatning voqelikka munosabatini ifodalovchi fe’l shakli mayl deyiladi. Fe’l mallari harakatning voqelikka munosabatini ifodalab, grammatik zamon, grammatik shaxs bilan uzviy bog‘lanadi. Bu uch hodisa fe’lning gapda kesimlik vazifasidan kelib chiqadi. O‘zbek tilida fe’l mayllarining to‘rt turi bor: 1) xabar mayli, 2) buruq-istak mayli, 3) shart mayli, 4) maqsad mayli.

  1. Xabar mayli. Ish-harakatning uch zamondan birida bajarilish va bajarilimaganligini ifodalaydi. Xabar maylining maxsus grammatik ko‘rsatkichi yo‘q. U fe’lga uchala zamon va shaxs-son affikslarini qo‘shib tuslash orqali shakllanadi. Masalan: o‘qidim, o‘qiding, o‘qidi, o‘qiganman, o‘qigansan, o‘qigan, o‘qimoqchiman, o‘qimoqchisan, o‘qimoqchi. Xabar maylidagi fe’lning asosiy sintaktik vazifasi gapda kesim bo‘lib kelishdir.
  2. Buyruq-istak mayli. Ish-harakatni bajarish-bajarmaslik haqida buyurish, istash, so‘rash,iltimos, maslahat,chaqiriq kabi ma’nolarni ifodalaydi. Buyruq-istak maylidagi fe’l xabar maylidan farqli ravishda maxsus mayl ko‘rsatkichlariga ega bo‘lib, bu mayl quyidagicha tuslanadi:

 

  B ir l i k K o‘ p l i k
1shaxs

2 -haxs

 

 

3- haxs

yoz+ay, ishla+yin yoz (yoz+gin), 

ishla(ishla+gin)

 

yoz+sin, ishla+sin

yoz+aylik, ishla+ylik yoz+ing, ishla+ng, ishla+ngizyoz+sin (lar), ishla+sin (lar)

Birinchi shaxs birligi -(a)y va -(a)yin affiksi yordamida yasaladi: boray, so‘zlayin. Bu shaxsda so‘zlovchining harakatni bajarish istagi, harakatga bo‘lgan rag‘bati ifodalanadi: Mana bu kitoblarni o‘quvchilarga yetkazay.

So‘zlovchining o‘ziga o‘zi buyruq berishi mantiqqa to‘g‘ri kelmay-di, shuning uchun birinchi shaxs sof buyruq ma’nosida ishlatilmaydi. Xususan, o‘zgaga bo‘lgan murojaatda istak bilan birga iltimos ham ifodalanadi: Siz bilan boray. Xuddi shuningdek hollarda buyruq, do‘q ham ifodalanishi mumkin: Bu qilig‘ingni ikkinchi ko‘rmay!

Birinchi shaxs ko‘plik faqat istakni emas, harakatga da’vat, iltimos kabi ma’nolarni ham ifodalaydi. Chunki bu shakl so‘zlovchidan tashqari u bilan birga bo‘lgan shaxslarni ham o‘z ichiga oladi: Bir yoqadan bosh chiqaraylik. Keling, mana shu ona-yer oldida so‘z beraylik. (P.Qodirov) 

Qat’iy buyruq ma’nosi ikkinchi shaxs vositasida ifodalanadi. Chunki bunda nutq qaratilgan shaxsning o‘zi qatnashadi:Salim qoraga ayting, fermada hisob-kitobni to‘g‘rilab qo‘ysin. (H. F.)

Bu shaklda sof buyruq bilan birga do‘q qilish, iltimos, hatto yalinish kabi munosabatlar ham ifodalanishi mumkin: Yo‘qol, dedim! Ko‘zimga ko‘rinma!(do‘q). Stol ustiga qo‘ya qol (iltimos). Yo rabbiy, ilmimni ziyoda qilg‘il (o‘tinch).

Ikkiichi shaxsning –gin\\ -gilaffiksi bilan yasaluvchi shaklida esa buyruq ma’nosi kuchsizlanadi. Bu shakl ko‘proq iltimos yoki oddiy undash, da’vat uchun qo‘llanadi: Boshingga qilich kelsa ham to‘g‘risini gapirgin. Otangga bo‘lmagilarzanda bandi, Bandidan chiqib bo‘l  hunar farzandi. ( A.Jomiy)

Uchinchi shaxsda harakatga undash, buyruq ma’nolari ikkinchi shaxs orqali bo‘ladi: Odamlar bilan yaxshi tanishsin, keyin menga uchrasin. (H. F.) 

Uchinchi shaxsning sof buyruq uchun qo‘llanishi, asosan, majhul nisbatdagi fe’llarda uchraydi: Tuyaning dumiga bog‘lab sazoyi qilinsin. (As.M.)  Shuningdek, 3-shaxs istak, iltimos kabi ma’nolarni ifodalash uchun ham qo‘llanadi: Farzandlarimiz murodmaqsadlariga yetishsin, qo‘sha qarishsin.

Buyruq-istak maylining birinchi va uchinchi shaxs so‘roq, taxmin, o‘ylash kabi ma’nolarni ifodalovchi vositalar bilan qo‘llana oladi. Ikkinchi shaxs shakli esa bunday xususiyatga ega emas. Bunga bu shaxs shakllarining ma’no xususiyatlari sabab bo‘ladi. Masalan, ertaga kelaymi, ertaga kelsinmi, ertaga kelaymikin, ertaga kelsinmikin kabi qo‘llanish ko‘p uchraydi.

Buyruq-istak maylining bo‘lishsiz shakli harakatning bajarilish ehtimoli borligi, unga ogohlantirish kabi ma’nolarda ham qo‘llanadi: Otlariga ishonib biror falokatga yo‘liqishmasin, tag‘in.

Yordamchi fe’llardan faqat edi to‘liqsiz fe’li buyruq-istak mayli-dagi fe’llarning ikkinchi va uchinchi shaxs shakli bilan qo‘llana oladi: borgin edi, borsin edi kabi. Bunday qo‘llanish natijasida: 1) buyruq-istak mayli shakliga xos ma’no butunlay yo‘qoladi: bor borgin edi, aytma aytmagin edi; 2) buyruq – istak maylida harakatning bajarilishi mantiqan kelasi zamonga, edi to‘liqsiz fe’li bilan qo‘llanganda esa o‘tgan zamonga oid bo‘ladi: kelsin kelsin edi; 3) buyruq-istak shakli edi to‘liqsiz fe’li bilan yoki usiz qo‘llanganda ham istak ma’nosi  ifodalanadi.

Shart mayli biror ish-harakatning yuzaga chiqishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo‘lgan harakatni ifodalaydi. Shart mayli -sa affiksi va shaxs-son qo‘shimchalarining qo‘shilib tuslanishidan hosil bo‘ladi.

 

    B i r l i k   K o‘ p l i k  
1-   shaxs

2-   shaxs

3-   shaxs

Bor+sa+m bor+sa+ng bor+sa+0 bor+sa+k bor+sa+ngiz bor+sa+(lar)

 

Fe’lning bu shakli quyidagi ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi: 1. Shart mayli shaklidagi fe’l boshqa biror harakatning bajarilishi uchun shart bo‘lgan harakatni bildiradi: Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko‘payadi (A.R).  2. Shart maylidagi fe’l payt ma’nosini bildiradi va payt ergash gapning kesimi vazifasini bajaradi: Ertalab derazadan qarasam, hammayoq oppoq qor ekan. 3. Istak ma’nosini bildiradi. Bunday holda edi  to‘liqsiz fe’li ishtirok etib bu ma’noni kuchaytiradi: Qani edi bir parcha soya-salqin joy topilsa…(H.G‘). 4. Agar edi to‘liqsiz fe’li bilan qo‘llangan

shart maylidagi   fe’l   bo‘lishsiz  shaklda  qo‘llansa,  gumon  manosi  hosil bo‘ladi: Biror qaltis gap aytib, sharmanda qilmasa edi.

  1. Maqsad mayli-moqchi affiksi yordamida yasaladi va harakatning bajarish maqsadini, niyatini, mo‘ljalini bildiradi:

 

     
1-

shax

s

2          –

shax

s

3          –

shax

s

bor+moqchi+man bor+moqchi+san bor+moqchi bor+moqchi+miz, bor+moqchi+siz bor+moqchi+(lar)

 

Fe’lning bu shakli faqat maqsad, mo‘ljal ma’nosini bildiradi. -moqchi affiksli fe’l edi to‘liqsiz fe’li bilan qo‘llanganda, o‘tgan zamon ifodalanishi mumkin. Lekin bunda harakat o‘tgan zamonga (o‘tgan zamonda bajarilishi) emas, balki maqsad o‘tgan zamonga oid bo‘ladi: bormoqchi edim, bormrqchi eding, yubormoqchi edi.

-moqchi affiksi bilan yasalgan shakl bo‘l fe’lining o‘tgan va hozirgi zamon shakllari bilan qo‘llanganda ham harakatning emas, balki maqsadning hozirgi zamon yoki o‘tgan zamonga oidligi ifoda-lanadi: bormoqchi bo‘layapman, bormoqchi bo‘laman, bormoqchi bo‘ldim.

Fe’l mayllari sinonimiyasi. Fe’l mayllarini hosil qiluvchi affikslar nutq talabiga ko‘ra o‘zaro sinonim sifatida ham ishlatiladi:

  1. Xabar maylidagi fe’l buyruq-istak mayli manosini ifodalashda ishlatiladi: Qani, yigitlar, ketdik! Kechagi qiliqlaring uchun bugun hech yoqqa chiqmaysan, tushundingmi!
  2. Xabar maylidagi fe’l shart mayli vazifasida qo‘llanadi: Va’da berdingmi-bajar. Boshga bir ish tushdimi, yagona yo‘l- uni jasorat bilan yengishdir.
  3. Buyruq-istak maylidagi fe’l xabar mayli vazifasida ishlatiladi: Bolani o‘qitish o‘rniga xizmatingizni qildiring, yana urdiring! Sizda insof bormi? (xizmatingizni qildiribsiz, urdiribsiz) Buyruq–istak maylidagi fe’l shart mayli vazifasida qo‘llanadi: Kimlardir mehnat qilsin-u, rohatini siz ko‘rasizmi?! Avval qo‘ng‘iroq chalsin, keyin hammamiz birga tashqariga chiqamiz.

5.Shart maylidagi fe’l xabar mayli ma’nosini ifodalashga xizmat qiladi: Kenjaboyning o‘g‘li yugurib kelsa-yu, to‘ni bilan sumkasini qo‘limga tutqazsa bo‘ladimi? (O.)  (qo‘limga tutqazdi).

  1. Shart maylidagi fe’l buyruq-istak mayli vazifasida qo‘llanadi: Sabr qilsang, g‘o‘radan halvo pishar (sabr qil, g‘o‘radan halvo pishadi).

      6-§.Fe’llarning tuslanishi. Fe’l mayllari, odatda, grammatik shaxs, zamon ma’nolari bilan bog‘liq holda  ifodalanadi. Shuning uchun ham ularni yuzaga  keltiruvchi grammatik shakllar shaxsson affikslari  deb yuritiladi. Fe’llarning shaxs-son affikslari bilan o‘zgarish esa, tuslanish deyiladi. Demak,  shaxs-son  affikslarining jami tuslovchilardir. O‘zbek tilida  tuslovchilar quyidagicha uch  guruhga birlashadi.

 

1.To‘liqsiz tuslovchilar:

  B i r l i k    K o‘ p l i k
I        shaxs

II     shaxs

III   shaxs

o‘qidi+m o‘qidi+ng o‘qidi+0 o‘qidi+k

o‘qidi+ngiz o‘qidi+(lar)

2.To‘liq tuslovchilar:

  B i r l i k K o‘ p l i k
I       shaxs

II    shaxs

III  shaxs

o‘qib+man

o‘qib+san o‘qib+di

o‘qib+miz o‘qib+siz o‘qib+di (lar)

3.Buyruq-istak mayli bilan tuslanish:

  Birlik Ko‘plik
I       shaxs

II    shaxs

III  shaxs

o‘qi+y// -yin o‘qi // o‘qi+gin o‘qi+sin o‘qi+ylik o‘qi+ngiz o‘qi+sin(lar)

 

Bu tuslovchilardan birinchi guruhi (to‘liqsiz tuslovchilar)  mayl va zamon bilan aloqador bo‘lsa, -di va -sa affiksli sof fe’llarga  qo‘shiladi. Ikkinchi guruhli (to‘liq shakl) esa, ravishdosh, sifatdosh va kesim  vazifasidagi boshqa so‘zlarga  qo‘shiladi. Uchinchi guruh tuslovchilar faqat buyruq – istak mayli uchun xosdir.

    Shaxs-son affikslari sinonimiyasi. Shaxs-son affikslari o‘zaro sino-nimik munosabatda bo‘lish xususiyatiga ega bo‘lgan fe’l shakllaridan-dir. Xususan, ular o‘rtasidagi ma’nodoshlik quyidagilarda ko‘zga tashlanadi:

  1. Fe’lning 1-shaxs ko‘plik shakli uning birligi o‘rnida qo‘llanilib, kamtarlik, manmanlik, o‘zini katta olish kabi ma’nolarni ifodalaydi: Shu masalalarning mazkur ishda qanday hal etilganligi haqida fikrlar bayon etilishini juda istaymiz (A.Hojiyev). Mehmonni ishga solar ekanmiz-da,-dedi Yo‘lchini birga olarkan Yormat.
  2. Fe’lning1-shaxs birligi o‘rnida 2- yoki 3-shaxs birligi va ko‘plik shakli qo‘llanadi. Bunday holda shaxsning nutqi o‘ziga qaratilgan bo‘ladi: Mo‘lla Tursun, mana oliy ma’lumot haqidagi diplomni ham olding // Mo‘lla Tursun, mana oliy ma’lumot haqidagi diplomni ham oldilar.
  3. Fe’lning 2-shaxs ko‘pligi 1-shaxs ko‘plik o‘rnida ishlatiladi. Bunda shaxs ma’nosi mayl ma’nosi bilan birga ko‘chadi: – Qani, yigitlar, ishni boshladik,- dedi boshliq ishchilarga.
  4. Gap tarkibida kishi, odam so‘zlari ega vazifasida qo‘llanganda 1-shaxs birlik o‘rnida 2-shaxs ishlatiladi: Bu gaplarni eshitib, hayron bo‘lasan kishi.

     6-§. Fe’l zamonlari ish harakati  nutq so‘zlanib turgan paytdan avval, nutq so‘zlanib turgan paytda yoki nutq so‘zlanib turgan paytdan keyin bajarilgan, bajarilmaganligiga munosabatni ifodalovchi fe’l shaklidir. Shunga ko‘ra, fe’l zamonlari, dastlab,  uch guruhga bo‘linadi: 1) o‘tgan zamon, 2) hozirgi zamon, 3) kelasi zamon.

     O‘tgan zamon – nutq so‘zlanib turgan  paytdan avval bo‘lib o‘tgan yoki bo‘lmagan harakatni anglatadi. O‘tgan zamonning quyidagicha besh turi  mavjud: 1) yaqin o‘tgan zamon, 2) o‘tgan zamon hikoya fe’li, 3) uzoq o‘tgan zamon, 4) o‘tgan zamon davom fe’li, 5) o‘tgan zamon maqsad fe’li.

  1. Yaqin o‘tgan zamon nutq so‘zlanib turgan paytdan oldin, so‘zlovchining  ko‘z o‘ngida yoki bevosita ishtirokida sodir  bo‘lgan harakatni ifodalaydi. U -di affiksini fe’llarga qo‘shish va  tuslash orqali hosil bo‘ladi: o‘qi+di+m, o‘qi+di+ng, o‘qi+di.
  2. Uzoq o‘tgan zamon ancha avval, qachondir bo‘lib o‘tgan yoki bo‘lmagan  harakatni  ifodalaydi:  Bu shakl -gan sifatdoshi + edi, ekan,  emish  singari to‘liqsiz fe’llarni qo‘shish va tuslash orqali hosil qilinadi: o‘qi+gan+man,  o‘qi+gan ekan+man,  o‘qi+gan emish+man, o‘qi+gan edi+m kabi.
  3. O‘tgan zamon hikoya fe’li nutq so‘zlanib turgan paytdan ilgari kutilmaganda, qisqa vaqt oralig‘ida bo‘lib o‘tgan hikoya qilish, tasvir-lash orqali hosil bo‘ladi. Bu shakl – b / ib yoki-b/-ib + edi to‘liqsiz fe’li orqali yasaladi:ol+ib+man, ol+ib+san, ol+ib edi+m, o‘qi+b edi+ng kabi.
  4. O‘tgan zamon davom fe’li nutq so‘zlanib  turgan paytdan ilgari  davomli  bo‘lgan, takrorlanib turgan harakatni ifodalaydi. Bu shakl –r (-ar), – yotgan, -moqda affikslari + edi to‘liqsiz fe’li yordamida yasaladi:  bil+ar edi+m,  bil+ar eding; ol+ayotgan edi+m, ol+ayotgan edi+ng;  ol+moqda edi+m, ol+moqda edi+ng kabi.
  5. O‘tgan zamon maqsad fe’linutq so‘zlanib turgan paytdan avval maqsad qilingan harakatni ifodalydi. Bu shakl –moqchi, -digan affikslari va to‘liqsiz fe’li yordamida yasaladi: ol+moqchi edi+m, ol+moqchi edi+ng; ol+adigan edi+m, ol+adigan edi+ng

            Hozirgi  zamon ish – harakatning nutq so‘zlanib  turgan paytda bajaradigan, bajarilmaganini ifodalaydi. Hozirgi zamon fe’lining quyi-dagi ikki turi mavjud: 1) hozirgi-kelasi zamon, 2) hozirgi zamon davom fe’li.

  1. Hozirgi – kelasi zamon nutq so‘zlanayotgan payt va undan sung  sodir bo‘ladigan harakatni  ifodalaydi: -a / -y ravishdosh  affiksini olgan  fe’lni tuslash orqali shakllanadi:  ol+a+man, ol+a+san;  ishla+y+man, ishla+y+san.
  2. Hozirgi zamon davon fe’li nutq so‘zlanayotgan paytda davom etib turgan harakatni ifodalaydi va fe’lning o‘zak-negiziga –yap, -moqda, -yotib,-yotir affikslarini qo‘shib tuslash orqali hosil bo‘ladi: ishla+yap+man, ish+la+yap-san; ishla+moqda+man; ishla+yotib+man; o‘qi+yotir+man     Kelasi zamon harakatning  nutq so‘zlanib  turgan  paytdan so‘ng bajaralish yoki bajarilmasligini ifodalaydi.  Bu zamonning ikki turi mavjud:1) kelasi zamon maqsad fe’li, 2) kelasi zamon gumon fe’li.
    1. Kelasi zamon maqsad fe’li bajarilishi maqsad qilib qo‘yilgan harakatni  ifoda etadi va fe’lning o‘zak negiziga –moqchi, –digan-ajak affikslarini qo‘shib tuslash orqali hosil bo‘ladi: ishla+moqchi+man, ishla +moqchi+san; ishla+yajak.
    2. Kelasi zamon gumon fe’li harakatning bajarilishi  mo‘ljali, taxminini  ifodalaydi va –r,-ar affiksini fe’lga qo‘shib tuslash orqali yasaladi: ol+ar+man, ol+ar+san, ol+ar,  ol+ar+miz kabi. Fe’l zamonlari sinonimiyasi. Boshqa fe’l shakllarida bo‘lganidek, zamon shakllari o‘rtasida ham grammatik ma’nodoshlik munosabati mavjud:
    3. O‘tgan zamon fe’lini hosil qiluvchi –di affiksi, hozirgi zamon o‘rnida qo‘llanadi: Hozir qorong‘uda qayoqqa bordigu, nimayam qildik// qayoqqa boramizu, nimayam qilamiz.

2.O‘tgan zamon fe’lini hosil qiluvchi -gan affiksi hozirgi zamon ma’nosida ishlatiladi: Birov kitob o‘qigan, kimdir shaxmat atrofida. 

3.Hozirgi zamon shakli kelasi zamon ma’nosida qo‘llaniladi. Bunday hol, asosan, ket bor, yubor,boshla kabi fe’llar doirasida uchraydi: Ertaga Buxroga ketayapmiz.

4.Kelasi zamon fe’li o‘tgan zamon ma’nosida qo‘llanadi: Rais majlisni ochiq deb e’lon qiladi, hamma o‘rnidan turadi, O‘zbekiston gimni yangraydi.

  1. Kelasi zamon fe’li hozirgi zamon ma’nosini ifodalaydi: Ha, bu yer-da hayot qaynaydi… Talabalar baxtiyor yoshlik gashtini surmoqdalar.

Fe’lning grammatik kategoriyalari haqida.

Mavzular.

manba