Fonetikaning predmeti va maqsadi.Fonetik birliklar.
Fonetikaning predmeti tilning tovush tomoni, fonetik qurilishidir. Tilning tovush tomoni nutq tovushlari bo`g`in, urg`u, ohang (intonatsiya, melodika) kabi birliklarni o`z ichiga oladi.
Fonetikaning maqsadi fonetik birliklarning fizik-akustik, anatomik-fiziologik va lingvistik-funksional asoslarini o`rganish, ularning til mexanizmidagi rolini aniqlashdan iborat. Bunday maqsad uning quyidagi vazifalarini belgilaydi: a) tovush, urg`u, melodika kabi birliklarning yuzaga kelish qonuniyatlarini o`rganish; b) talabalarni yuqoridagi qonuniyatlar va shu qonuniyatlarga oid ilmiy-nazariy fikrlar bilan tanishtirish; v) adabiy tilning fonetik-fonologik tizimiga oid munozarali masalalarni aniqlash, ularga munosabat bildirish; g) talabalarda fonetik tahlil ko`nikmalarini shakllantirish; d) talabalarga shu sohada ishlagan fonetist-fonologlar haqida qisqacha ma’lumot berish.
Har qanday tilning fonetik birliklari dastlab ikki guruhga–segment va supersegment birliklarga bo`linadi: a) segment birliklarga nutq tovushlari va bo`g`in kiradi. Bunday birliklar so`z yoki morfemalar tarkibida birin-ketin keladi, yotiq (gorizontal) yo`nalishda birbiriga ulanib, zanjirsimon tarzda joylashadi. Masalan: kitob so`zidagi 5ta tovush (k,i,t,o,b) va ikkita bo`g`in (ki-tob) segment birliklar, demak, shu so`z tarkibidagi qismlar sanaladi; b) supersegment birliklarga urg`u, ohang, melodika, pauzalar kiradi. Bunday birliklar so`zga, frazaga, gapga yoki nutqqa yaxlit aloqador bo`lib, ularni so`z, gap yoki nutqdan ajratilgan holda tasavvur qilib bo`lmaydi. Shuning uchun ularni ustama hodisa (M.Mirtojiyev) deb nomlash hollari ham uchraydi.
Fonetik birliklar til tizimida quyidagi vazifalarni bajaradi:
1)shakllantiruvchi vazifa (ruscha: образующаяфункция). Bunda fonetik birliklarning so`z yoki morfemalar tarkibida yoxud gap va nutq tuzilishida qurilish materiali sifatida ishtirok etishi nazarda tutiladi. Chunonchi, paxta so`zining tarkib topishida 5 ta tovush (p, a, x, t, a), ikkita bo`g`in (pax-ta) va bitta so`z urg`usi (paxta) «qurilish materiali» vazifasida qatnashgan, bu birliklarning shu tartibda joylashtirilishidan paxta so`zining tovush qiyofasi – fonetik so`z shakllangan. Ohang, melodika, pauza kabi supersegment birliklar esa gap qurilishida yoxud nutqning tarkib topishida ustama hodisa sifatida qatnashadi: darak so`roq va buyruq gaplarning o`ziga xos intonatsiyalari, she’riy misralardagi ohang tovlanishlari bunga misol bo`ladi;
Fonetikaning predmeti va maqsadi.Fonetik birliklar.











